2017-yil men uçun omadli, baxtli va sermazmun böldi. Şu vaqtga qadar hikoya va tarjimalarim ança yiğilib qolgandi, yil davomida ularni kitob holiga keltiriş va naşriyotlarga taqdim etiş bilan maşğul böldim.
Yozuvçilar uyuşmasi tomonidan “Birinçi kitobim” ruknida “Yoningdagi baxt” nomli hikoyalar töplamim çop etildi. Omad kelsa, qöşa keladi, deganlari rost ekan. Birinçi kitobimdan söng “Özbekiston” naşriyoti tomonidan “Jodugar yoxud ming yillik hayot” nomli qissam hamda “Öqituvçi” naşriyotidan “Dunyodagi eng baxtli odam” nomli tarjima hikoyalar töplamim naşr etildi.
Yil boşida xalqaro miqyosdagi Open Eurasian Book Forum & Literature Festival tanloviga bir qissamni taqdim etgandim. Kuz faslida saralangan ijodkorlar qatorida borligimni körib, juda xursand böldim. Sababi, bir neça yillardan buyon tanlovda qatnaşib, finalgaça yetib bormagan edim-da. Mehnatlaringiz samarasini köriş, xalqaro hayʼat aʼzolari tomonidan eʼtiborga tuşiş – joriy yilning men uçun unutilmas keçişiga yana bir sabab böldi.
Yil yakuniga yetayotgan kunlarda esa, «Özbekiston Yoşlar ittifoqi mukofoti» sovrindori böldim. Nasr yönalişi böyiça «Yilning eng yaxşi yoş ijodkori», nominatsiyasida ğolib deb topildim.
Şaxsiy hayotga kelsak, şu yilning bahorida uçinçi farzandim tuğildi – onalik saodatini yanada teranroq angladim. Yaratgan egam menga şunday baxt berganiga şukurlar aytaman. Hozirda farzandlarim tarbiyasi bilan bandman. Ammo ijoddan sira çekinganim yöq. Qaytaga, kelgusida bajarişim, yozişim va tarjima qilişim kerak bölgan işlarni rejalaştirib, ayrimlariga kirişib ham ketdim. Masalan, yiğilib qolgan qisqa hikoyalar töplamimni öquvçilarga taqdim etiş, jahon adabiyotidan yangi mualliflar asarlarini tarjima qiliş öyi sira tinçlik bermayapti.
Yangi 2018-yil barça ustozlarim va tengdoşlarim uçun ijodiy zafarlarga, yutuqlarga boy bölişini tilayman. Yana bir gap, “Yoşlik”da diydorlaşiş nasib etsin. Har birimizning, jumladan, “Yoşlik” öquvçilarining xonadonida ham doimo yoruğ kunlar bölsin!
Nodirabegim IBROHIMOVA,
yoş yozuvçi
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


