Yozuvçi Ahmad AʼZAM bilan suhbat
– Ahmad aka, özbek nasrining bugungi mavqei haqida gaplaşsak. Yaxşi bilasiz, ötgan asrning 90-yillarigaça kimdir biror qissa yozsa maşhur bölib ketar edi. Ne tongki, öşalarning ayrimlarinigina bugun yodga olamiz. Ikki yil burun Yozuvçilar uyuşmasi yiğinida jonkuyar mutaxassislardan biri Mustaqillik yillarida yuz yigirmadan ortiq roman çiqqanini taʼkidlab, ularning röyxatini taqdim etdi, buning ustiga majlis qatnaşçilariga şu yöriqda anketa savollariga javoblar yiğdi. Tabiiyki, röyxatdagi asarlarning aksariyatini adabiyotçilar ham, yozuvçilarning özlari ham öqimagan bölib çiqdi. Hayronman, hozir öqimaslik moda kasallikka aylanib qolmadimikan?
– U paytlari… boşqa narsa ham bor edi – katta asar yozişga, eʼlon qilişga unça-munça odamning haddi siğmas, qissani ham nasrning raviş-yönalişlarini yaxşi özlaştirgan, poetikasini his qila olganlar yozgan, bu ham avvalo muallifning malaka çiğiriğidan ötib, jamoatçilikning yaxşi kutib olişiga şuuri yetgani taqdirda eʼlon qilinar edi. Toğay Murod, Murod Muhammad Döst kabi u paytlari yoş adiblarning qissalari tili, badiiyati, poetikasi bilan yarq etib közga taşlangan. Adabiyot oldida, Söz oldida masʼuliyat juda katta, keyin asarning har bir jumlasi, har bir söziga qaraydigan Vahob Rözimatov kabi qahri qattiq sinçilarining nazaridan qoliş, bemaza yozibsan deb zahrini soçadigan Mahmud Saʼdiy kabi tahrir pirlariga röpara böliş doim kun tartibida turar edi. Yoşlarning öz adabiy davrasi ham yaxşigina hakam, yangi çiqqan asar avvalo şu davraning özida muhokamadan ötar, bemaza narsa bosilib qolsa, öqigan odamga ham xuddi behurmatlikka uçragandek taʼsir qilar edi. Şuning uçun ham oz va soz yozilgan aksariyat asarlar. Adabiy tilimiz martabasi ortgan, böşroq yozadigan yoş yozuvçilarning asari ham işlov berilmay, puxta tahrirsiz çiqmas edi. Adabiy tilimizning katta rivoj bosqiçi ham şu davrda keçdi. Ha, darvoqe, hozir bir neçta yozuvçilarimizning yozganlarini eʼlon qilmayotganlari sababi ham şunga kelib taqaladi – bugun tekin tahrir qilib beradigan zahmatkaş “mardikor”lar zamoni ötdi. Köp narsalar qanday yozilgan bölsa, şunday çiqib ham ketyapti. Buning bir yaxşi tomoni ham bor: şeriklikka sunʼiy asar yaratilmaydi. U davrlarda, oçiq gap, baʼzi yozuvçilarimiz romanlari ham uning ustida naşriyotdami, redaksiyadami yetti bukilib ter tökişi bilan qatorga kirardi. Qanday yozgan bölsa, şunday eʼlon qilayotganlarning misi öz-özidan çiqyapti, bularning tili pala-partiş, tozalanmagan, albatta bunaqa asarni qölga olgan kitobxonning umuman kitobdan köngli qoladi.
Til masʼuliyatining yöqolişi söz sanʼatiga yaqin ham kelmaydigan narsalarni urçitib yubordi. Töğri kelgan odam xayoliga kelgan narsani yozyapti, qölbola rivoyatlardan tortib qotirma romanlargaça. Ilonning nimaligini bilmagan bolakay çaqişidan qörqmay uşlayveradi, tarix nima, unda haqiqatan nimalar keçgan, odamlar qanday yaşagan, ruhiyati qanday bölgan, qanaqa şevayu ohanglarda gaplaşgan, buni öylab ham ötirmay, bir manbani öqisa, şunga suyanib yoki “badiiy” köçirib, “borodurman-kelodurman” degan yasama “tarixiy” tilda jild-jild romanlar ham yozib taşlanyapti. Mayli, yozsinlar, şu yozganlari hujjat, manba asosida bölsa kerak, ularning maʼrifiy qimmati ham bor, lekin tadqiqot desinlar, izlanişlar, taassurotlar desinlar, lekin roman deb janrning obrösini tökmasinlar.
Yoşlar öqimaydi, deymiz – şunaqa narsalarni öqiydimi? Özimizning ham saviyasi past narsalarga közimiz nurini ketkizişdan boşqa yumuşimiz yöqmi? Axir, öqiydigan narsani öqiymiz-da. Menga, oçiq gap, asarning boşlanişidan yarim sahifa, hattoki, birinçi jumlasini öqib köriş kifoya, tortsa – kalla taşlab öqiyman, yoqmasa, joyiga qöyib qaytib qölimga olmayman. Til badiiyatini egallamay asar yoziş –öziga nisbatan behurmatlik va kitob ahliga nisbatan axloqsizlik. Axloqsizlikni sökkandan köra, uni quloqni bekitib, eşitmagan maʼqul deb bilaman..
– Albatta, odamning öşa romanlarga birvarakay baho berişga jurʼati yetmaydi. (Adaşmasam, öşa majlisda öşa “mutaxassis” tomonidan “nega Erkin Aʼzam roman yozmaydi?” degan xurmaça döq ham urilgan edi). Birinçidan, ularni öqiş kerak, ikkinçidan vaqt va undan söng hafsala ham zarur. Nazarimda, birgina Qozoqboy Yöldoş ularni muttasil öqib, erinmay fazilatlar topib maqola yozib yotibdi. Heç kim bahsga ham kirişmaydi. Biz talaba edik, Ahmad Aʼzam degan tanqidçi bot-bot adabiyot gazetasida yeng şimarib katta olimlarga ham qörqmay taşlanib qolardi va haq gapini isbotlar edi.
Nega axir, bugungi 60 yoşlilar öşa faollikdan bezib qolişdimi?
– Ayni kunlarda adabiy tanqidçiligimizda mezon böla oladigan fikrlar, yetakçi tanqidçilarimiz yöq. Bevosita adabiy jarayonga ijobiy taʼsir ötkazadigan fikr darğalarini nazarda tutyapman. M.Qöşjonov, O.Şarafiddinov singari salobatlari bilan qör tökib, adabiyot darovazasidan kirmoqçi şunçaki havasmandlarni hayiqtirib turadigan ustozlarimiz ötib ketdilar. Adabiy-tanqidiy tafakkur beega qolgandek, uning maydoni ham nihoyatda torayib, taʼsir kuçi yöqolib, özi tanazzulga yuz tutdi Özingizni yoşi ötgan tanqidçi örniga qöyib köring: bir umr bu borada mehnat qilgansiz, yozganlaringizni ilgari öquvçilar nazardan qoldirmagan, qaysi asarlarni tahlilga olgan bölsangiz, öşalarni ham izlab topib mutolaa qilgan, bugun sizni ham, siz umr böyi tahlilu tadqiqot qilgan asarlarni ham öqimaydi. Zamonga moslaşib yangi narsalar bozoriga tuşişga esa oyoğingiz tortmaydi. Nima qilasiz? Nima qilamiz? E-e, bu zamon qayoqqa qarab ketyapti, ötgan örtaça yozuvçilarimiz mayli, lekin nimaga buyuklarimiz ham eʼtibordan qolyapti, ha, hammasiga OAV, köça matbuoti, Internet sababçi, adabiyotga esa ğarbdan modernizm balosi kirib kelyapti deb, yomonning kuçini yapaloqqa körsatamiz; kuçimizni özimizga nisbatan yoş, lekin allaqaçon ellikni qoralab, oldinga ötişga odob saqlab turgan adiblarimiz yo şoirlarimizga körsatamiz, yangiça badiiy tafakkur özgarişlarini yot taʼsirlarga yöyib, qani anʼanalarimizga sadoqat, qani buyuklarimiz xotirasini hurmatlaş deb naʼra tortişga çoğlanamiz – befoyda, yoşlar ğadir-budur bölsa-da, özlari kaşf qilgan yöldan ketaveradi, ötmişimizning çöng qoyalarini darsliklarda tiklab qöygan bölsak-da, ularga qaramaydi. Ha-ya, tortadigan naʼramiz ham içimizda – kitob öqimagandan keyin ötmiş iztirobi bilan yozilgan maqolamizni ham öqimaydi-da. Keyin, ön kun, bir oy ötirib yozgan maqolamizga özi zörğa kun körayotgan gazeta hemiri ham bermaydi.
Damimizni içimizga yutib ötiraveramiz. Hayot esa ilgarilab ketib borayotir, adabiy jarayonda, istaymizmi, yöqmi, ötmişga tarmaşgan irodamiz bilan hisoblaşmay, botiniy özgarişlar keçayotir. Dagiş işini qilyapti, qirğoqning tagidagi qumlarni allaqaçonlardan beri yuvib ötyapti, yupqagina yuza turibdi xotiramizda, qurigan çinorlari bilan. Özimizni hali ham röyxatdagi şu çinorlar soyasida deb öylaymiz…
Töğri, vaqt ötişi bilan adabiyot saralab, saralanib boraveradi, ança-munça asarlar eskirib, tasarrufdan çiqadi, ularning örniga yanada yangiroq, yanada tozaroq asarlar kirib keladi. Bu – muqarrar keçadigan içki rivoj qonuniyati, busiz söz sanʼati yaşay olmaydi Lekin siz aytayotgan töqsoninçi yillar boşida faqat sanoqli asarlar emas, adabiyotning yangilaniş jarayonining özi tagdan buhronga uçradi, ayni paytda şu buhron tubidan adabiyotimiz kelajagi ölaroq yangiça badiiy tafakkur qoyalari ösişga boşladi. Bu faqat şöro tuzumining patarot topişi bilan boğliq emas… Töğri, yangi Mustaqillik tuzumi, yangi davrdagi fikr erkinligi ayni badiiy tafakkurning eski mahsullaridan qoniqmay, unda ham özgarişlar qiliş talabini qöydi. Bu tabiiy hol, lekin bozor talablari, erkinlik havosi deb adabiyotni öz holiga taşlab qöyişda jamiyat özgarişi bilan birga özimiz “yaratgan” sabablar ham bor. Kitob tarqalişi, savdosi butkul izdan çiqib, badiiy adabiyotni tarğib etadigan matbuotning nomi köpaygani holda tirajining tamom tuşib ketgani ham bir omil.
Vakuum böş turmaydi, professinonal baquvvat asarlar bilan özini töldira olmagan vakuum bozor orqali saviyasi past, adabiyot emas, biznesni közlagan oldi-qoçdi bejamalarni sörib oldi. Hozir kitob dökonlari şularga töla.
Buning yanada özimizga, adabiy jamoatçilikka tegişli jihatlari bor. Yangilaniş tarixi boşlanganiga yigirma yildan oşib ketdi, biz esa haligaça ötgan ustozlar yetagida yuribmiz. Yoşlar kitob öqimaydi, hamma Internetga yopişgan deymiz, lekin nimani öqimayapti, nima yaxşi asarlardan yuz buryapti kitobxon? Eskidan qolayotgan, eskirayotgan asarlarni bizning tengdoşlar ham öqimaydi, çunki şöro zamonida yaratilgan asarlardan hidini bir çaqirimdan bilib qoçamiz, yangilari esa yo yöq, yo ularga didimiz könikmayotir. Yoşlarga esa adabiyot darsliklaridagi şu eskilar ham yuqmaydi, özlariga töğri keladigan yangilar juda kam.Nima öqisin ular? Oçiği, şu savolni qöyyayapman-u, javobiga xuddi adabiyotimiz ötmişiga toş otayotgandek, qiynalyapman.
Albatta, yangi asar, yangiça tafakkur yöq yerdan paydo bölmaydi, adabiyotda davomiylik bor, u – adabiy tilning ravnaqi, bunda uziliş bölmaydi. Lekin A.Qodiriy asarlari yaratilganiga sakson-töqson, A.Qahhor asarlari yaratilganiga ellik yildan oşyapti, hozirgi şakllangan avlod yozuvçilari şu asarlardan til tarbiyasini olgan, lekin adabiy til çiqqan dovonida qotib turmaydi, ösadi, ustozlarimiz ham bir joyda qotib turmaydi-ku. Ustozlarimiz ham men kelgan çegaradan u yoğiga ötmaysizlar degan ögit bermagan. Toğay Murodning xalqona suyumli, Murod Muhammad Döstning baland havoli, teran falsafaga boy, Erkin Aʼzamning har bir sözni çertib olib yozilgan tili yaralib boşlaganiga ham öttiz-qirq yil bölyapti. Til tuyğusi ona suti bilan, aql bilan birga beriladi, keyin özgaradi, sayqal topadi, lekin ilk asarlari tilidan unça uzoqqa ketmaydi yozuvçining tili. Demoqçimanki, adabiy tilimiz rivoji saksoninçi yillar oxirigaça keldi, keyin hayot taşvişlariga öralaşdik, bozor tamoyili degan gaplar çiqdi, xullas, unga eʼtibor öldi. Ana şundan keyin, siz aytgandek dökon peştaxtalarini öz didini ayaydigan, özini hurmat qiladigan odamlar öqimaydigan kitoblar istilo qildi.
Erkin Aʼzam nimaga yoşi oltmişdan oşib roman eʼlon qildi? Haligi mutaxassis iddao qilgandek, oldinroq nimaga yozmadi? Nimaga biz havas qiladigan isteʼdodlarning bor-yöği bitta yo ikkita romani bor? Bu kuçi yetmaganidan emas, balki roman nimaligini, unga qanday til tajribasi zarurligini anglab, özini tayyor bilmagunça qöli bormaganidan. Erkin hozir ham yozib taşlayvermaydi, bunday yozuvçilar uçun yoziş – Söz masʼuliyati, vijdon işi. Hozir qarang, bularni ayrim ham deya olmaysan, qöş jildlik, trilogiya, hatto tetralogiyalar çiqib ketyapti, ikki xatboşisini öqiysiz-da, qaytib qölingizga olmaysiz – tili yozuvçining tili emas, tasvir yöq, dialog yöq, poetika yöq, badiiyatning asos xossasi – tili ğaribdan ğarib.
Kitob dökonlarida savlat tökib turgan muhtaşam bezakli “yostiq”larni körib odam hayiqasan: e-e, bunga ozmunça mehnat sarf bölganmi, qoğoziyu boşqa xarajatini qöyavering, qança umr sarf bölyapti; mayli deysan, katta qismi yaxşi niyatda qilinyapti-ku, ertami-bir kun bu oqim ham tiniqlaşib, içişga yaraydigan bölib qolar, deb tilingni tiyasan.
Oltmişni urib qöyganlarning faol emasligi… yoş bilan, oilaviy, turmuş taşvişlari köpayişiga, moddiy manfaat yöqligiga boğliqdir. Lekin adabiyotni kuzatib-öqib boriş sönmagan bölsa kerak deyman. Men köp gaplaşadiganlardan Ibrohim Haqqul, Erkin Aʼzam, Xurşid Döstmuhammad doim öqib borişi misolida tengqurlarimizdan köpçligi adabiy jarayonga befarq emas degan xulosaga kelaman. Şoir Xurşid Davronni gapirmayman, uning faolligini hamma biladi, tarixiy siymolarimiz haqida qator nasriy asarlar, tadqiqotlar yaratiş bilan bir qatorda Internetda har kuni turkiy adabiyotlar, tillar, maʼnaviyat haqida önlab(!) kitoblar eʼlon qiladi, bahslarga aralaşadi, öz fikrlarini muntazam bildirib boradi. Endi, baribir, köpçilikning bunça jimib ketişini maʼqul körmayman. Tengqurlarimning pastga tuşib, tortişuv-olişuvlarda qatnaşmasa ham, törda qör tökib ötirişlarini istar edim, çunki ularning borligi majlis ahliga adabiyotning yukini har kim yelkalab keta olmasligini eslatib turadi. Qozoqboy akaga kelsak, u kişi bizga tengdoş, demak qatorimizda faol munaqqidimiz ham bor, omon bölsinlar, lekin boşqalari… barmoq bilan sanaşga ham yetmaydimi deyman. Endi bugungi kunda tanqid bilan şuğullanişni heç kimga oson tutib bölmaydi. Bu iş juda katta zahmat va rağbatni talab qiladi. Lekin, umid şulki, yoşlar yetişib kelyapti, nasrning yillik muhokamasida kördim, ularning çiqişlarida asar haqida umumiy gapiriş yöq, muayyan konsepsiya bilan yondaşiş, aniq fikrlaş bor. Şundoq, keyingi avlodlarning öz tanqidçilari bor, lekin menga ular haddan ortiq boodobdek, ustozlar qoşida tortinib turadigandek tuyuldi.
– “Asqartoğ tomonlarda” degan qissangiz bosilayotganda men “Yoşlik” jurnalining kiçik xodimi edim. Oçiği, bu qissada biz könikib qolgan silliq mavhumot va mavhumday tuyuluvçi ziddiyatlarga qarama-qarşi ölaroq favqulodda reallikni körganman. Ö.Usmonovning “Girdob” romanidagi domlalar bilan “Asqartoğ…”dagi domlalarning, garçi zamon öşa-öşa bölgani bilan, farqi ança edi-da. Bu bilan Sizga pişang berib maqtamoqçi emasman-u, har qalay vaqti-zamonida özingiz aytgan bir gap miyamda muhrlanib qolgan: “Proza odam odam bilan bemalol, oçilib suhbatlaşgani singari tabiiy bölişi kerak”. Şundan beri qarayman, kuzataman, öqiyman. (Yozganlaringizning deyarli barini öqigan çiqarman). “El qatori” ança jimib ketdingiz ham. Keyin: “Tiqin”, “Hali hayot bor”, “Tugmaçagul”, “Dutor bilan tanbur”, “Özi uylanmagan sovçi”, “Röyo yohud Ğulistonga safar””, (şu romanni andak istisno qilganda) tabiiy maromni köraman. Öylab qolamanki, bu boşqalarga örgatib yo tatbiq qilib bölmaydigan Ahmad Aʼzamning özigagina xos ijodiy prinsipi bölsa kerak…
– Adabiyot, söz sanʼati haqida gapirib turganda, odamning birdan öziga ötişi juda noqulay. Saksoninçi yillar jahon adabiyotiga ayniqsa ruju qöygan yillarim. Bitta men emas, qirq töqqizinçi yil avlodi deymiz, bizga dunyoning sara asarlarini mutolaa qiliş, örganiş bir urf edi. Men rus tilini “tvoya-moya” darajasida bilgan holimda, öqişni harbiyda birdaniga D.J.Selinjerning “Nad propastyu vo rji” asaridan boşlaganman. Kutubxonada bor ekan, sözni sözga töqiştirib, yigirma kunlar bosib ötirib öqidim va şu bilan rus tilidagi gözal tarjimalar bilan tanişişga yöl oçib oldim. Xemingueyning bir suhbatini öqib, u öqigan yozuvçilar asarlarini qidirişga tuşdim, adabiyotşunos bölaman deganim uçun yozuvçilarning öz ijodlari, adabiyot haqidagi suhbatlari, ular haqidagi tadqiqotlarni örganib, xayolimda dunyoning sara yozuvçilari röyxatini tuzib oldim. Şu bilan asta-sekin jahon badiiy tafakkur maydonini öz biligimça kezişga tuşdim. Hozir ham Yasunari Kavabata, Xorxe Luis Borxes, Jan Pol Sartr, Ğulomhusayn Saadiy (rusçada “Saedi”), Maks Friş asarlarini qayta mutolaa qilib turaman. Tili ohorli-toza asarlarni sevaman, tabiiyki, “Qissasi Rabğuziy”, “Boburnoma” tili qanaqadir entiktiradigan hayajonlarga tortib ketadi, rostdan! “Ötkan kunlar”, “Ötmişdan ertaklar”. “Bolalik”, “Şum bola” yoşligimdan tiliga mahliyo bölganim asarlar. Tili unça toza bölmagan asarlarni öqiy olmayman, jumladan qiyomiga yetkizmay qilingan tarjimalarni ham. Demoqçimanki, meni tanqidçilikni taşlab, yozuvçi bölişga undagan omil şu. Dunyoning sara asarlaridan juda köpini öqib yurdim, rus tiliga qilingan şu tarjimalar orqali şakllandim. Yozuvçi bölib, u-bu narsalarga erişgan bölsam, ana şu tarjimalar va öz adabiyotimizdan terib-tergilab olib öqişim tufayli. Va bunda, albatta Samarqand universitetida Navoiy bobomizdan çuqur darslar olganimizning ham uluşi juda katta. Qanaqa yozuvçi ekanimga özim bir narsa deyişim qiyin, bahoni kitobxon beradi. Men qanaqa yozuvçi bölişga intilganimni gapiryapman. Şu öqiş, örganişlar maromida öquvçi, kitobxonni hurmatlab, unga aql örgatavermaslik, hayot haqida uning özi ham biladigan xulosalarni tiqiştirmaslik, tendensiyayu mafkuradan qoçiş, xolis turib, tasvirdan fikr çiqarib olişni öquvçining öziga qoldirib yoziş yölini tanlaşga harakat qildim. Ha, siz aytganday, odam bilan odam oçilib gaplaşgandek tasvirlaşni. Buning tagida, albatta, tasvirni xuddi rasmga tuşirgandek özini beriş nazarda tutilmaydi, detal, tafsilot, voqea ham öqigan odamda boşqa taassurotlar uyğotişi lozim. Yozuvçi xolis qoladi, özini bilmaslikka oladi, baʼzan anoyi tutadi, tasvirlari keraksiz ham tuyuladi, lekin til ohanglari bilan tortib turadi va şu ohanglar kitobxon könglida aks-sado bölib, fikr uyğotadi. Orzuim şunaqa çiroyli. Qani edi şunday yoza olsam deyman.
Bir maromda, uzmay yoza olmaganman, bir işda işlagan paytlarim yozmaganman, şuning uçun köp joyda ikki yilga borib-bormay, böşab ketaverganman. Faqat TVda ön bir yildan oşiqroq işladim, şu payti ham yozmadim, orada muharririyat almaşganda uçta hikoya yozib qolganimni istisno qilsa. “Röyo”gaça bir maromda kelgan bölsam, öşa özim ekanman. “Röyo”ni dardda yotib, dard bilan yozdim. Işqilib tugatay degan xavotir, M.M.Döst aytganday, “vasvasa bilan” oxiriga yetkazdim. Hammasi özining tabiiy maromida, yutuğu kamçiliklari bilan birga bölsin deb, odatimga xilof ravişda tiliga ham qayta teginmadim. Yana yozişni möljal qilgan, boşlab qöyilgan narsalarim bor, ularga ham vaqt qolişi, kuç yetişi kerak edi. Xudo xohlasa, siz aytgan, menga xos ijodiy prinsip şu urinişlarimda körinsa kerak. Bilmayman yana nima deyişni, kuç bersa, yozaveray-çi; yozişning özidan ham kattaroq gap yöq men uçun.
– Yoş yozuvçilardan biri bundan rosa 15 yil burun “bu yoğiga adabiyot elitarlaşadi” degan fikr aytuvdi. Özi-ku yozuvçi öşandan buyon tamoman jim. Lekin har zamonda yon-verimga qarab, men ğaflatdaligimda adabiyot jonivor “elitarlaşib” qolmadimikin deyman… Siz ham şunaqa fikrga borganmisiz?..
– Bu savolga javobni misoldan boşlasam. Sakson yettinçi yilmidi, yozuvçilar uyuşmasiga Parijdan “Aksion poetik” degan jurnal vakillari keldi. Ular bilan tanişdik, suhbatlaşdik. Gapdan gap çiqib, qaysimizdir bizda Erkin Vohidov, Abulla Oripovning şeʼriy töplamlari sakson-yuz ming nusxada çop etilişini aytgan edi, fransuzlar angrayib qoldi. “Men sizlarda qança nusxada bosiladi?” deb qiziqdim, e-e, bularni toza urib ketgan ekan-ku degan maʼnoda. Ulardan biri “Yuz-ikki yuz nusxada. Buni ham şoirning özi çop qildiradi, yoru döstlariga tarqatadi, ötsa yana çiqaradi. Katta tiraj beş yuzga boradi-da”, dedi. Men ajablanib, “Dunyoga maşhur şoirlaringiz ham şu ahvoldami?”, deb söradim. “Ha, men buyuklarni aytyapman”, dedi. “Şeʼriyat bunday bölsa, prozaning ahvoli qanday? Masalan, Fransiyada yaşayotgan Nobel mukofoti laureati Semyuel Bekket asarlari qançadan bosiladi?”, deb sörasam, “Bekketni uni tuşungan odamlargina öqiydi. Bular ham köp emas. Bekket teatri ham bor, unga ellik-oltmiş xos odamlargina tuşadi” dedi. Men Çingiz Aytmatovni söradim, “Uning asarlari katta tirajlarda bosilar ekan-ku sizlarda ham?” degan savolimga, “Ha, Aytmatov katta tirajda bosiladi. Lekin u bestseller”, deb gapni lönda qildi.
Uzun misol böldi, lekin nima demoqçiligimni bilyapsiz. Kitobxon deganimiz bir xil yuksak didli odamlardan tarkib topmaydi, öqiyotgan omma qiziqişi, didi, bilimi, saviyasi, dunyoqaraşi turli darajada bölgan qatlamlardan iborat. Butun dunyo kitobxoni şunday. Dökon peştaxtalarini asar emas, asarlar bosib ketdi deymiz, demak, şunça narsaga talab bor, uni öqiyotgan omma bor-da. Naşriyotlar ham ötmaydigan molini savdoga qöymaydi. Badiiyati teran asarlarni didi teran kitobxonlar öqiydi, bu qatlam unça qalin emas, ozçilikni taşkil qiladi, kelib çiqadiki, adabiyot elitarlaşyapti. Dunyoning ilğor adabiyotlari şunday: har bir kitobxon qatlamining öziga yaraşa mahsullari bor, lekin, keling, şunaqa deylik, yuksak adabiyotni bozor adabiyotidan past körmaydi, ayni paytda bozor adabiyotini ham yuksakka kötarmaydi. Hammasi özining örnida, öz maromi bilan rivojlanadi. Xususan özimizning şaroitga kelsak, adabiyotning baçki novdalari ğovlab ketişi bor, lekin bu şoxlar mangu kökarib turmaydi. Elitar adabiyot umuman adabiy jarayonni oziqlantirib, baçki novdalarni qayçilab turadi bari bir.
– Adabiyot , xususan, nasrning özini olganimizda ham had-hududsiz bir makon. Umrbod öquvçi bölib yaşab uning sarhadiga yetiş qiyin. Faqat maşhurlarning asarlarini öqişga ulguriş ham mahol. Bizda klassik romançilik anʼanalari bor. Hozirgi kundagi proza bari bir keçagidan farq qiladi. Bu ham tabiiy. Sababi bugungi odam bugungi şart-şaroitga moslaşib yaşayapti va öz-özidan fikr-öyi ham, muammosi ham keçaginikidan farq qiladi. Keça sokin va turğun bir keçmişda yaşayotganimizda Toğay Murod xalqona ohang va dardlar bilan qissalar yozganida sevinib, sevib öqişga tuşib ketganmiz. Bugun, masalan, şu kayfiyatdagi yozuvçi çiqişiga va söng odamlar uning asarlarini yopirilib öqişiga kişining közi yetmaydi. Pafos degani ham ayrim zamonlarda kötarilib, boşqa vaqtda tuşib yöqolib ketadi şekilli-da. Umuman olganda bugungi özbek nasrining örnini qanday baholar edingiz?
– Nima bölganda ham nasrning özi ham, ahamiyati ham yöqolmaydi. Özgarişlar tubdan yo oçiq keçişi mumkin, lekin millatning maʼnaviy ehtiyoji bir-ikki davr yo navbatdagi mafkura bilan qonib qolmaydi. Badiiy tafakkur harakati azaliy-mangu jarayon. U hozir sustlaşgandek, uning gurkirab ketişiga havo yetmayotgandek tuyular, lekin tub oqimlar harakatdan töxtamay, öz işini qilib, yangi isteʼdodlarni yetiştirib yotibdi. Men, masalan, özimga nisbatan yoş, lekin allaqaçon katta adib bölib tanilgan Nazar Eşonqul, Siz, Isajon Sulton, Uluğbek Hamdam kabilarni nazarda tutyapman. Bir davr şeʼriyatini badiiy tafakkurdan ayriça olmaslik kerak, bizda keyingi yillari, Mustaqillik zamonida şeʼriyat yangiça talqinlari bilan oldinga ham ötdi, uning Faxriyor, Abduvali Qutbiddin, Bahrom Rözimuhammad, Aziz Said, Xayrullo Fayz singari ustunlari borki, bular özlaridan keyingilarining erkin fikrlaşiga keng yöl oçib beryapti, juda yoşlar orasida unda-bunda çiqib, özlarining yangiça fikrlaş tarzini namoyiş etayotgalari bor, men şularga qarab, jarayonga nekbin yondaşişga urinaman. Hozir bugungi özbek nasriga bir qaraşda aniq taşxis böladigan baho beriş muşkul masala, Izlanişlarning juğrofiyasi juda keng, köpi yuza qatlamda, hali şakllanmagan, aytganimdek, tub oqimlar keçyapti, hali unça yuzaga çiqmagan, keyin, adabiyotimiz, jumladan nasr tarğiboti şu reklama zamonida ögay soha bölib kelyapti. Hozirça, ertangi nasr ham aniq belgi berayotgani yöq, lekin tagdan qalqib turibdi, yorib çiqib qolar deb umid qilamiz. Zero, har qanday şaroitda ham adabiyot rivojdan töxtamaydi. Yangilaniş ruhi, yangilaniş ehtiyoji bugungi özbek nasrining xos alomati bölsa kerak.
– Taniqli yozuvçi Murod Muhammad Döst şoir Faxriyor bilan suhbatida (“Yoşlik”, 2012 y. 4-son) yaponiyalik X.Murokami, braziliyalik P.Koelolarni puflab şişirilgan “daho”lar deb ataydi. Töğrimikan? Şuningdek, “Uruş va tinçlik”, “Aka-uka Karamazovlar”, “Master va Margarita”, “Arsenyevlar hayoti”, “Doktor Jivago”, hatto Aytmatovning ayrim romanlarini ham “orqasi keng” baʼzi ziyolilargina öqiyapti desak böladi. Özi adabiyotda qanday asarlar yaşab qoladi?
– Keyingi ön beş yillar mobaynida iş, siyosat va turmuş taşvişlari bilan bölib, ilgarigidek köp öqiy olmaganman. Jarayondan uzoqlaşdim, yoşlikdagi işonç ketdi, hakamlik qilişga haddim siğmaydi. Keyin, rus tilidan boşqa xorijiy tillarni bilmayman, binobarin, çet adabiyotni asliyatida öqişim imkoni yöq. Men ham köp qatori jahon adabiyoti namunalarini rus tili orqali, ruslarning tanlovida, ular tavsiya qilganlarini öqiyman. Masalan, Murakamini ham, Koelyoni ham mutolaa qilganman. Kafkani, Sartrni, Borxesni sevib öqigan odamda kötar-kötar bölgan bu yozuvçilar unça hayrat uyğotmaydi. Masalan, bularning heç birini Kamyu darajasiga qöymayman. Pamuk asarlari ham menga xalqaro Nobel mukofoti oladigan darajada tuyulmadi. Siz tilga olgan asarlardan Tolstoy va Dostoyevskiy romanlarini bahodan baland turişini taʼkidlaşni istar edim, Ç.Aytmatov asarlari esa hali vaqt, zamon sinovida.
Hozirgilaridan qanday asarlar yaşab qoladi, degan savolning javobi kelajak kitobxoniga oydin böladi. Har holda, aççiq haqiqat, şakkoklik emas bu, köp asarlarimiz tarix çiğiriğidan ötmaydi. Kimdir yo kimlarningdir xohiş-irodasi bilan emas, zamon özgarişi, mafkura – fikrlaşimiz yangilanişi bilan qança asarlarimiz ötmiş mulkiga aylandi, bu jarayon hali davom etyapti, adabiyot ehtimol şafqatsizlarça özini tozalayapti, bizning yozganlarimizdan qançasi bir kuni ötmiş mulki bölib qoladi, bu – boşdan döppini olib, xotirjam öylab köradigan masala.
– Yozuvçilar uyuşmasi huzuridagi taşkil etilgan “Ijod” jamoat fondi kömagida adabiyotimizning közga köringan asarlarini ingliz, ispan, nemis, rus tillariga tarjima qiliş işlari boşlanyapti. Özbek adabiyotining qaysi namunalari dunyo miqyosida bizning yuzimizni yoruğ qiladi deb hisoblaysiz?
– E-e, şu savolning javobiga qiynalaman. Gap özing kimsan degan eʼtirozga röpara kelişimda ham emas. Adabiy tanqid bilan şuğullanmay qöyganim boisi şunda. Dunyo adabiyotining eng zör asarlarini öqiyverib, özimizga çoğiştirib köra boşlaganda, oçiği, ayni şu yangilanişni “uriş” emas, qöllab-quvvatlaş kerakligini anglab, “otaşin” kuraşning befoydaligiga aqlim yetdi. Çunki, şöro davrida şunça dovruğ qozongan adiblarimiz bölişiga qaramay, badiiy tafakkurda yoş, navqironligimizça qolganmiz. Adabiy tilimiz hali dovonlar oşişi kerak. Buni neçoğli zarurligini badiiyati, dunyobinligi biznikidan tubdan farq qiladigan, tafakkur tarzi özgaça asarlarni öz tilimizga ögirgan tarjimonlar juda yaxşi biladi. Taglama orqali bizdan qilingan tarjimalarda ğalati holat paydo böladi, tili, badiiyati ğarib, lekin voqeasi, syujeti çet el kitobxoni uçun qiziq tuyuladigan xomaşyodan binoyidek asar yaratiladi. Çetga çiqqan yaxşi asarlarimizning özi ham juda kam, bir millat adabiyotini taniş uçun töla tasavvur bermaydi. Lekin özim öqib kelayotgan çet el yozuvçilari asarlariga xayolan qiyoslasam, bizdan uni tarjima qilsa böladi, bunisi bölmaydi, degan gaplarni aytişga, oçiği ikkilanaman, gapni bemalol qöyib yuborişga körpamiz kaltalik qilmasmikan deyman. Çöbir otlar poygasidan voz keçib, özimizga qaytaylik, aslimizni tiklaylik; egamen mamlakat, mustaqil millatmiz, tilimiz davlat tili, özimizga qoldi deb, uni bunça toptamaylik, rivojlantiraylik. Avval adabiy uyni sarişta qilib olaylik, dunyoga çiqiş qoçmaydi… Yuzimiz birinçi galda öz kitobxonimiz oldida yoruğ bölsin. Adabiyot, adabiy asar birinçi galda til hodisasi, u milliy tilda yaratiladi, uning milliy jarangi bölsa, çetdagilar eşitadi, yirtiq karnayu teşik çildirma bilan dunyoga çiqişni öylaş.. hay, bilmadim.
Ijod fondi ğayrat qilayotgan ekanmi, omadini bersin! Lekin bu yoqdagi emas, u yoqdagi konyukturaga qaraş kerak. Özimiz oşna-oğaynigarçilik qilib tuzgan rasmiy röyxat böyiça qilgan işimiz u yoqda izsiz yöqolib ketişi mumkin.
Ha, yana bir gap aytmoqçiman, yaxşi asar uni öqiydigan yaxşi kitobxon bölsagina, uni közlab yoziladi, binobarin, kitobxonning asar yaralaşida hissasi katta. Bu uçun ham uning tanglayi yaxşi kitoblar bilan kötarilgan bölişi kerak.
Suhbatdoş: Sobir ÖNAR
“Yoşlik”2012/6
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


