2 daqiqada öqiladi

148 marta körilgan

Tekin dori

(Hajviya)

Voy, nimalar deyapsiz, ovsinjon. Ölar bölsam ölib böldim-ku. E-e-e, sizda nima taşviş, uyingiz boşqa, joyingiz boşqa. Keling, mundoq ötiring, hammasini öz közingiz bilan körasiz. Yaxşi körinsin, deb divanni şu yerga joylaştirganman. Ana, ana keldilar bizning qarib quyulmagan qaynotamiz. Naq Majnun deysiz. Hamişa qöllaridagi törvaxalta töla. Qarang-qarang, ön yil körişmagandek, yelkalaridan quçib söraşadilar. Kampirşoyam şu kunlarda rosa oçildilar. Bunaqa parvariş kimga ham yoqmaydi, deysiz. Ora-çora guldasta ham olib keladilar. Hay ovsin, bular umuman otasiga tortmagan. Qarang-qarang, çoy uzatişini köryapsizmi? Xuddi bir haftalik kelinçakday, yetti bukilganlariga ölaymi, özi şundoğam belni zörğa tutadilar.

– E-e-e, ovsinjon nimasini aytay, körib kuyib ketaman, ana hayot, ana muhabbat… Xaltani oçyaptilar. Bu yoği endi oçil dasturxon: baliq deysizmi, tabaka deysizmi… Ana aytmadimmi. Endi tomoşaning zöri boşlanadi: “Sen je, men je”. Nimasi yaxşi, voy tavba, “döstingdan top” degani şu bölsa kerak-da. Voy-voy-voy, nimasi yaxşi, bu muhabbatga töla hayot sahnasining iştirokçisi emas, quruq tomoşabini bölişning nimasi yaxşi?! Ha,  hozir, söppayib kirib keladilar. Ana, közingiz uçib turuvdi, keldilar. Bu kişi ham töğri “boği safo”ga yöl oladilar. Şu-şu, ota-ona duosini oliş kerak, savil. Nilu, çoy qöy, dadang keldi. Non yöq bölsa, tişingni tişingga bosib çidab tur, ana dadangga tutqazişyapti. Bu yoqdagilarga bölaveradi. Voy-voy, tarang qilganlariga ölaymi, içlarida jon-jon deb turibdilaru. Qayerdan kelardi, ovsin, jiyan-japo, kelin-keçak deganday. Bilasiz-ku bular özi it uruğ. Rostiyam şu-da. Biri keladi, biri ketadi, heç kim quruq kelmaydi. Ha, endi bizga ham dengizdan tomçi deganday, yetib turibdi. Voy, ana kelyaptilar, endi bizning sahna boşlanadi.

– Assalomu alaykum, dadajonisi, kelyapsizmi çarçamay? Işlaringiz yaxşimi, ha, juda yayrab ötiribmiz. Nimalar deyapsiz, kunda ön marta xabar olaman-ku, kördingizmi, hamma yoqni çinniday qilib tozalab berdim. Voy nimasi minnat, qanaqa minnat. Xöp, mana öçdim. Gapirmadim. Oşxonaga ötavering, bolalaringiz kutib ötirişibdi. – Nilu, dasturxon tayyorla. Boşim naq yorilay deyapti. Yuragimga qil siğmaydi. Hamma narsa yetarli, oşib-toshib yotibdi, lekin bir çimdim mehrga zorman. Na otasi, na bolalari qadrimga yetadi. Kundan-kunga ahvolim oğirlaşib boryapti. Qayerim bölardi, oşqozonim tinimsiz oğriydi, yara bölganmi deyman? Ustiga-ustak dorilar zahardan qimmat. Tekin dori deysizmi, qayerda bor ekan?! Nima-nima? Osoyiştalik… Bunaqa dorini endi eşitişim.

– E-e-e, qöysangiz-çi, oşqozonga asabning nima aloqasi bor. Yeganim yoqmaydiyam, yuqmaydiyam. “Ayb siz yegan narsada emas, sizni yeyayotgan narsada” deysizmi? Meni nima yeydi, ölay agar, tuşunmadim. Hay töxtang, qayoqqa ketyapsiz, şoşmang, mundoq odamga öxşab oçiqroq gapirmaysizmi? He, odam bölmay öl, kelib-kelib şunga hasrastimni oçdimmi? Nimaga kelganakan özi? Vo-o-oy, “öğlim maşina oldi” dedimi, “qayerga desangiz olib borib-olib keladi, kelinoyisi” emiş. Voy-voy-voy! Oşqozonim yomon sançdi-ku! Nilu, dorim qayerda, hoy yaşşamagur, dorini top deyapman…

Malika BOYXON

“Yoşlik”2012/5

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (375)