(Hikoya)
I
Quyoş töla tutilganga öxşar, unga oyning soyasi emas, oydan ham ulkan boşqa bir sayyoraning kölankasi tuşib turganday notabiiy bir manzara zuhur etgan, butun borliq qönğirtob ranglarga qorişib yotganligi sababli hamma narsa vahimali va ayni tobda sirli körinar, Tuşning yolğiz özi (u hamişa yolğiz edi) ana şu manzaraga bir bölak şişa siniği orqali qarab ötirardi.
Saltanat ajoyibu ğaroyib voqea-hodisalarga naqadar boy bölmasin, ulardan foydalanişga Tuşning haqqi yöq. Ularning hammasi Miyabekaning tasarrufida va Miyabeka öz saltanatini ğoyat qattiqqöllik bilan boşqarib tunda öz aʼyonlari bilan uyquga ketişdan oldin öşa ajoyibu ğaroyib voqea-hodisalar vodiysi ustiga ulkan çoyşab yopib ularni uxlatib qöyardi.
Qarib quyulmagan donişmand va ayni paytda boladek öyinqaroq Tuşning tunkezarligi hamma uxlagandan keyin dunyoni boşqarişga öziça behuda urinib saltanat köçalarini aylanişi, çoyşab ostidan uçi çiqib qolgan bitta-yarimta voqeotni topib olib turli-tuman şakllarga solişi Bekaga maʼlum bölsa-da, bundan heç kimga jiddiy zarar yetmasligini hisobga olib indamasdi.
Dekabrning uzun keçalaridan birida Miyabeka va uning saltanati uyquga ketgandan söng Tuş odatdagidek çiroqlari öçgan uylar derazasidan möralagança boqarkan, xarobgina bir kulbada ertangi darsga hozirlik körib ötirgan ikkinçi toifa öqituvçisi Qurbononi körib qoldi. Darhol qöliga siniq şişasini olib köziga tutib qaradi.
Şunda Qurbono ham odatdan taşqari nimadir yuz berişi muqarrarligining dastlabki belgilari zuhur eta boşlaganini payqadi va işga boriş oldidan har ehtimolga qarşi şimini dazmolladi, javondan eng yaxşi köylagini olib kiydi. “Krokodil” firmasida tayyorlangan bu köylak andek şalvirab qolgan bölsa ham şuni maʼqul kördi. Töğriroği köylakning özi emas, yoqasi va çöntagi ustiga tuşirilgan kök timsohning suvrati unga yoqardi. Şu köylakni kiyib, havorang böyinboğini boğlab çiqqan kuni özini dadilroq sezardi u.
Kiyinib bölgaç taqvimga qarab kunni belgiladi: çorşanba, 1899-yil, dekabr.
– Oktyabr, barqut mavsum, – deydi Tuş deraza rapiga bemalol joylaşib olib, – oktyabrning örtasi, adaşma.
Qurbono derazadan qarab yaproqlari zaʼfaron tus olgan tutni kördi. Uning yonida lovullagan gulxanga aylangan zardolu va yaproqlari qirmizi rangga böyalgan terak. Ammo bu ranglarning hammasi qönğir şişa orqali namoyon bölayotgani sababli tumanga çölğanganday taassurot qoldirardi.
Qurbononing hayrati oşdi, qoşlarini çimirib, “yo tavba!” degança çözinçoq qotma yuzini siladi, maktabga borgaç bu ğaroyib manzara töğrisida öquvçilarga gapirib berişni öylab jilmayib qöydi.
– Yöq, – dedi Tuş, – sen maktabga bormaysan, maoşing kam, hayoting noçor, tun böyi uxlamay konspekt yozasan, daftar tekşirasan, körgazmali qurol tayyorlaysan, sen bu oğir mehnatdan qutilib, heç bölmaganda maorif sohasining rahbari bölişing kerak. Bu xomxayol Qurbononi çalğitolmadi. Şunday bölsa-da, şirin bu orziqiş içra iyagini silay boşladi, soqoli olinmagandi, erindi, bir kun işga özi xohlagandek borsa osmon uzilib yerga tuşmasligi xayolidan ötarkan, böyinboğini yeçib taşladi. Nazarida böyinboğ soqoli olinmaganini börttirib körsatadiganday.
Böyinboğsiz köçaga çiqdi-yu, közga körinmas allaqanday kuç taʼsirida yana qaytib hovliga kirarkan, devorlarga darz ketganini kördi. Qanşaridagi oğirlik (öşa kuçning taʼsiri bölsa kerak) siljib ensasiga ötdi. Tut yaproqlari boşiga, yelkasiga qöndi. Daraxt tanasidan qop-qora suyuqlik oqayotganini körib unga barmoğini tekkizdi va yalab kördi, noxuş taʼm: aççiq-taxir, kakraday. Tutning qoni!..
Içkarida suvaraklar dasturxonga hujum boşlagandi. Ular şu qadar köpayişgan ediki, bu yerda inson uyning egasi ekanligini xayollariga ham keltirişmasdi. Oyoğini yerga tap-tap urdi Qurbono. Suvaraklar bir dam töxtab boşlarini kötarişdi, şoxlarini osmonga töğrilab qotib turişdi va non bölaklariga avvalgidan ön karra kuçli iştaha bilan yopişdilar.
Qurbono ortiga tisarildi va qiçqirdi:
– Zibijhavo!
Uning çorloviga heç kim javob bermadi. Aslida Qurbono yolğiz yaşar, böydoqligini bilar, şunday bölsa-da, mana bir neça daqiqadirki, özini Zibijhavoga uylangan deb hisoblardi.
Zilzila oldidan böladigan guvranişga öxşaş ovoz eşitilar, davomli, bosiq, salobatli edi bu ovoz. Dunyodagi boşqa birorta kuçni tan olmaydigan zuğum sezilib turardi unda. Vaziyat yomon, işga borişim kerak. Ana şunday qaror bilan yana yölga otlandi Qurbono. Hovliga çiqqanda daraxt yam-yaşil barg yozib turardi. Beixtiyor jilmaydi Qurbono. Osmon zangor tusda. Quyoş. Devor ustida bir töp qizğaldoq. Yengil bir kuyni xirgoyi qilib ketaverdi.
“Agar qorningga bir tepsam,
Naqang… qurvaqadek sayrar…”
“Naqang” deganda qoğozga yoziş noqulay bir narsani közda tutardi u. Oçiq aytişdan istihola qilardi. Işxonaga yaxşi kayfiyat bilan kirib bordi. Lekin boşliq qovoq osib, hurpayib qarşi oldi. Şunda közga körinmas kuçning yana bir alomati “mana man” deb yaqqol körindi. Boşliqning xonasida uzoq yillardan beri osilib turgan suvrat örnini boşqa suvrat egallagandi. Közlari çağir bir odam.
Xonaga boşliq örinbosari va yana beş kişi kirib kelişdi.
– Xayolingiz joyida emas. – Tanbeh berdi boşliq.
Qurbononing peşonasi tirişdi. Beixtiyor soqolini siladi. Soqol qöygan kişilarning hammasi şunday qiladi. Soqol gohida vaziyatdan çiqişga yordam beradi, uni silab turib vaqtdan yutiş, fikrni töplab oliş, raqibni çalğitiş mumkin.
Hammaning nigohi Qurbonoga qadalgandi. Buni payqadi Qurbono, şundanmi, barmoqlarining uçida titroq paydo böldi. Soqolini yuzidan sidirib taşlaşga çoğlangan kabi kaftini yuziga bosib avvalgi harakatini bir qadar tez va asabiy tarzda takrorladi-da, qölini darhol stol ostiga yaşirdi.
– Dam oling, – dedi boşliq.
Kimdir yengil xörsindi. Qurbono boş kötarib boşliqqa qaradi.
– Dam ola turing, – takrorladi boşliq.
– Qanday maʼnoda? – söradi Qurbono.
– Töğri maʼnoda, – javob qildi boşliq.
– Biror özgariş yuz berdimi? – söradi Qurbono.
– Berdi.
– Gazeta öqimaysiz, – gapga aralaşdi örinbosar.
– Nima kerak özi sizga şu dahmaza!
“Dahmaza” deb soqolni aytayotgandi boşliq.
Qurbononing qöllari yuziga tomon kötarildi-yu, soqoliga yetib bormadi. Bir dam havoda muallaq qolib, söng yana stol tagiga kirib yaşirindi. Dam olsam qaytangga yaxşi emasmi, xayolidan ötkazdi Qurbono. Örnidan turdi, xayrlaşdi va taşqariga çiqib eşikni asta yopdi.
II
Bir hafta uydan çiqmay yotdi, kitob öqidi. Xona devorida Leonardo da Vinçi bilan Lev Tolstoyning suvrati osiğliq. Ikkala çol ham soqolli, ikkalasi ham ğoyat buyuk. Öqiyotgan kitobini qöyib suvratlarga qaradi. Ikkalasining ham soqollari oq, paxmoq, bir quçoq. Özinikini silab kördi va oynaga qaradi. Soqoli qisqa kuzalgan, çekkasi böylab toki jağigaça töğri tuşgan va iyakka tomon qayrilib kelgan, yunon nusxa. “Soqol qöygan bilan inson ahmoq bölib qolmaydi”. Ana şunday xulosaga keldi Qurbono.
Boşliq aytgan muddat tugagan va endi işga borişi kerak. Ertalab soat yetti bölmay örnidan turdi. Nima uçundir taşqari hali yorişmagan. Xuddi derazalarning taşqi tarafidan qora parda tutib qöyganday. Eşikni oçarkan, yeru kökni tuman qoplab olganini körib hayrati oşdi. May oyida ham şunday qalin tuman tuşişi mumkinmi? Yöq, bölişi mumkin emas, oldi yoz. Aqlga siğmaydigan holat. Tumanmi özi şu, degan şubha bilan qölini çözgandi, qöli tirsagidan kesib taşlanganday tumtoq körindi. Qörqib ketib birdan qölini tortib oldi. Söngra barmoqlarini silkitib loyqa suv betidagi xas-çöplarni çaypayotganday harakatlar qilib kördi. Qölini tölğaganda tumanlik siyraklaşar, çekinar, oraliq paydo bölar va qöl harakatdan tinişi bilan zarralar yana avvalgiday quyuqlaşardi. Tuman içkariga ham bostirib kira boşlaganini, uning bir bölagi eşik ortidagi kunjakni egallaşga ulgurganini körib eşikni darhol yopdi. Eng yomoni: tuman uning közlaridan, burnidan, quloği va oğzidan kirib boş çanoğini töldirayotgandi. Qurbono buni payqab sarosimaga tuşdi. Balki biror xabar eşittirib qolişar degan umidda radio quloğini buradi.
Bir maromdagi guvillaş orasidan kimdir xirqiroq ovoz bilan hayotning farovonligi, dasturxonning tökinligini maqtardi. “Axmoq özini maqtaydi” ikkinçi bor xulosa çiqardi Qurbono va bunday paytda uyda qolişi mumkin emasligini tuşundi. Vaziyatga uy emas, taşqi olam aniqlik kiritadi degan umidda köçaga otildi.
Tuman qalinlaşgan, zulumot, heç narsa körinmaydi. Dov-daraxtlar qani? Yöl böylab ulkan ilondek buralanib yotadigan issiqlik quvurlari qani? Közlarini qançalik yirib-yirtib qaramasin heç narsa körolmadi.
Tumanlik içida Niso turganini payqadi. Uni körolmadi, lekin şu narsa aniqki, Niso şu örtada. Nisoning oldiga boriş uçun qora tumanlikni xuddi suvda suzayotganday quloçkaşlab surib taşlab olğa intildi. Ammo Nisoni köriş imkoni bölmadi. Tuman borgan sari qalinlaşardi. Niso esa şu örtada. Havoni hidlab kördi. Nisoning hidi. Faqat Nisogina şunday hid taratadi. Atrofga alanglaş befoyda, çaqirdi:
– Niso, qayerdasiz?!
– Qurbono! – ovoz berdi qiz.
Tovuşning qaysi tarafdan kelayotganini bunday tumanda anglaş qiyin. Qurbononing yuragi orziqib tumanning bu qadar qalinligidan xursand bölib ketdi. Juda soz! Nisoni bemalol quçoqlaş mumkin, heç kim körmaydi! Qizni avval biror marta bölsin quçoqlamagan, hatto qölidan uşlaşga ham jurʼati yetmagan. Mana endi imkoni bor. Faqat uni topsam bas, quçoqlab olaman. Indamaydi. Çunki… şu joyga kelganda biroz öylab qoldi Qurbono, nega indamaydi? Indamasligi aniq, lekin nega indamaydi? Çunki bugun odatdan taşqari kun. Tuman. Nimadir yuz beradiganday. “Yuz bera boşladi” öz fikrini tuzatdi Qurbono. Agar tuman kötarilsa yer yuzida heç vaqo qolmaydiganday, hammasini tuman özi bilan osmoni haftumga olib çiqib ketadiganday. Şunday ekan, Niso nega ayasin özini, ayamaydi. Şunday öylar xayolida çarx urib yana çorladi:
– Nis-o-o!
– Men bu yerda, Qurbon-noo! – qiçqirdi qiz uning yonginasidan. Qöl çözgandi Qurbononing barmoqlari qizning köksiga tegdi. Uşladi. Qiz indamadi. Ammo şu lahzada işga borişi yodiga tuşdi.
– Xayr! – dedi Qurbono va quloçkaşlab suza ketdi.
Qiz indamadi.
– Seni işdan keyin “Tökin dasturxon” yemakxonasida kutaman degan qiçqiriq eşitildi tumanlik ortidan. Qiz bunga ham javob qilmadi.
Suzib borarkan, öz-özidan quvonib ketdi Qurbono. Çunki endi suzib borayotganini aniq payqagandi. Bunday holatda boşmoq yirtilmaydi, köpga çidaydi.
III
Işxonada köp narsa özgargan. Boşliqning xonasida yana boşqa kişining suvrati.
– Xöş, xizmat? – dedi boşliq soqolini silay turib.
– Işga, – javob qildi Qurbono.
– Qanaqa işga? – ajablandi boşliq.
– Özimning örnimga, – javob qildi Qurbono.
– Siz kimsiz özi? – söradi boşliq.
– Men Qurbono.
– Tanimadim.
Xonaga uç nafar xodim kirib keldi. Hammasi notaniş. Soqol qöygan yoşlar. Hammasining yuzida ajablaniş. Yana ikki kişi kirib keldi. Ikkalasi ham soqollik. Ularning biri taniş, boşliq muovini. Örnidan turib qöl çözdi Qurbono. Muovinning körinişi öşa-öşa, özgarmabdi, bir haftada özgarib qayerga ham borsin. Quyuq söraşdi Qurbono, şu odamga xuşomad qilgisi keldi.
Boşliq söradi:
– Bu kişi kim?
– Bir paytlar bizda işlardi, – javob qildi muovin.
– Nega bir paytlar? – ajablandi Qurbono.
– Yetti yillar böldi-yov, – dedi muovin Qurbononing gapiga eʼtibor bermay.
Dam boşliqqa, dam muovinga jovdirab qaradi Qurbono.
– Işdan ne sabab ketgansiz? – söradi boşliq.
– Ketganim yöq, – javob qildi Qurbono.
– Ketmagan bölsangiz endi ketasiz.
Muovinga savol nazari bilan qaradi Qurbono.
– Gazeta öqimaysiz, – öpkaladi muovin.
– Ştat qisqargan, – yakun qildi boşliq.
Qurbononing xörligi keldi.
IV
“Soqolimni qirib taşlamaganimda balki şunday bölmasdi” dedi Qurbono öziga özi. Xodimlar boşliq xonasini tark etişdi. Nega soqolimni oldim özi, birov meni majbur qilmagandi-ku! “Nima qilasiz şu dahmazani” degandi öşanda muovin, bor gap şu. Ularning soqoli yöq edi, bir haftada devordagi suvrat özgarişi hamon soqol qöyvorişibdi.
– Sizga ruxsat, – dedi boşliq.
Darhol örnidan turdi Qurbono.
– Bugun tuman tuşgan, – dedi könglida paydo bölgan mubham ilinj bilan. Tabiat kuçlarining odatdan taşqari şiddati inson könglini yumşatadi, odamlarni bir-biriga mehribon qilib qöyadi.
Lekin boşliqning köngli yumşamadi.
Quyi Qavat dahlizida muovinni körarkan, uning “yetti yil böldi-yov” degani esiga tuşdi. Nega bular bir haftani yetti yil deyişadi, meni mazax qilişayaptimi? Yo bölmasa ularniki Yer vaqti-yu, meniki koinot vaqtimi? Koinot vaqti! Koinot vaqti!
Ana şunday öylar oğuşida köçaga çiqdi. Tuman tarqalmagan, ertalabkiday. Heç narsa körinmaydi. Özini qora qurum zarralari bağriga otdi Qurbono va har ikkala qölini baravar işga solib suza ketdi. Röparadan quloç otib kelayotgan keksa bir kişi salomlaşib ötdi. Şunisi qiziqki, öz uyini adaşmay topib keldi. Uyning devori va eşik-derazalari körinmasa-da, qöli bilan paypaslab ayrim belgilarni tanidi.
Uyga kirib oyna oldiga bordi. Közgu sathini qoplab olgan çang pardasi ortida ikkita qoraçiq. Barmoqlari bilan changni silagança oynaga goh öng, goh çap yoni bilan qarab Niso bilan özi örtasidagi munosabatlarning çuqurlaşib borayotgani va bir kun kelib şu qizga hayotiy masalada gap oçişga zarurat tuğilişi, qiz uyalib közlarini yerga qadab “mayli” deb javob berişini öylarkan, afsus, şunday nozik damda uning yuzini, közini, kipriklarini körolmayman, laʼnati tuman xalaqit beradi degan xayolga bordi-yu, közgu oldidan şaxt ila uzoqlaşib xona töriga, devorga taqab qöyilgan kursiga borib ötirdi.
V
Deduşka tuman
Всё спрятал в карман
И леса, и поля…
Bolaligida yod olgandi Qurbono bu örisça şeʼrni. Heç kim majburlamagan, özi yod olgandi. Biroq şu asnoda davomini eslolmadi. Sözlarni ham töğri aytganiga şubhalandi. “Ha, xotiramning mazasi qoçayapti” degança boşini uşlab-uşlab qöyarkan, rangi uniqib ketgan ikki dona dorini oğziga taşlab sovuq çoy bilan yutib yubordi. Yana oynaga qaraganda qoraçiqlari kuçli haroratdan yoğdulanib turganini kördi. Çekka tomirlari odatdan taşqari kuç bilan löqillab urardi. Vujudida lohaslik. Döxtirga boriş kerak degan öy bilan taşqariga çiqdi. Öttiz-qirq çoğli odam baravariga quloçkaşlab suzib ötdi oldidan. Ular zobitlar edi. Zobit degani zabt etuvçi, yaʼni bosib oluvçi degani. “Bular qayerni bosib olmoqçi ekan” degan öy lip etib xayol közgusida bir körindi-yu, darhol söndi. Bu töğrida öylaşning zarurati yöq. Zobitlarni tanib bölmas, yuz-közlari körinmas, egnilaridagi liboslari hurpayib turardi. Siltab taşlayotgan qöllari havosiz böşliq va kuçli oqim hosil qilayotgani sababli tumanlik nişoldaday çözilar, dam qisqarar, qoronğu keçada undan-da qoronğiroq soyalar öynayotganday körinardi.
Agar közim lovullab alangalanib turmaganda balki ularni umuman körolmagan bölardim, xayolidan ötkazdi Qurbono. “Karkidon” yemakxonasi yonida ikkita qora şarpa körindi. Şakli-şamoyili odamday. Bir-biriga qapişib turibdi. Erkaklar bunçalik biri ikkinçisining pinjiga kirib turmasligi kerak, ayollar ham. Demak, ularning biri ayol. Şunday bölgaç ikkinçisining erkak bölişi şubhasiz.
– Niso-oo! – çaqirdi Qurbono.
Tumanlik harakatga keldi.
– Nima işi bor senda, – tönğilladi erkak.
– Hozir, – dedi Niso unga va Qurbono tomon kela boşladi. Erkak ortidan ergaşdi-yu, ikki qadamça narida “nima gap” deganday qarab turaverdi. Söngra xuddi yöl torlik qilganday Nisoning qölidan uşlab nariroq surib qöydi-da, özi oldinga ötdi. Taqalib keldi. Soqoli tuman rangida bölgani uçun ham iyagidan yergaça osilib tuşganday körinardi. Qöynidan piçoq olib Qurbonoga xezlandi.
– Öldirma, – dedi Qurbono.
– Nima uçun? – söradi Soqolli.
– Özim ölaman, – javob qildi Qurbono.
– Aldama, – pöpisa qildi Soqolli.
Niso yuzini teskari ögirib turardi. Keyin sal nariroqqa borib toş ustiga ötirdi. Tumanlik orasidan uni aniq va tiniq körib turardi Qurbono. Piçoq taqab turgan erkakning harakatlarini nazardan qoçirmagan köyi köz qiri bilan qizni ham kuzatmoqçi bölardi.
– Aldama! – vişilladi ğazabi toşgan Soqolli.
– Hamişa rost gapirganman, – dedi Qurbono bosiqlik bilan.
– Hozir heç kim rost sözlamaydi. Rost gapirganman deganingni özi aldov. Hatto anaviyam, – toş ustida ötirgan qizga boşi bilan imo qildi Soqolli.
– Men özim uçun javob beraman, – dedi Qurbono.
– Nima, undan keçasanmi?
– Undan boşqa heç vaqom yöq, keçmayman.
– U meniki.
– Men unga uylanaman. Seniki bölsa ham mayli, uylanaman.
– Besoqolga tegmaydi.
– Soqol qöyaman.
– Ulgurmaysan.
– Meniki tez ösadi.
– Avval joningni qutqaz. Ölikning soqoli ösmaydi.
Qurbono indamadi.
– Tezlatinglar, – qiçqirdi qiz.
Nozu istiğnoga töla bu ovoz erkaklarning diqqatini tortdi. “Hozir-hozir” deyişdi ular va tezlatiş maqsadida bir-birlariga köz tikib, yuzlariga qatʼiyat ifodasini berişdi.
– Soqolim bor edi, bir sabab bilan oldirişga töğri keldi, – murosa qila boşladi Qurbono.
– Öldiraman, – vişilladi nimadandir battar jahli qözigan Soqolli.
– Aytdim-ku senga özim ölaman deb.
– Qaçon?
– Yaqinda.
– Kunini ayt.
– Bir kunga yetmaydi.
– Avjima.
– Rost aytayapman. Bir neça daqiqa qoldi.
– Men öldirarkanman-da unda?
– Yöq özim ölaman.
Soqolli soatiga qaradi va söradi:
– Zahar içganmisan?
– Şunday desam ham böladi.
– Unda nega azoblanmayapsan?
– Azobdaman. Hali biror kun rohat qilganim yöq.
– Kuraremi?
– Undan ham battar.
– Balki sinil kislotasidir?
– Içganman.
– Margimuş kerak edi senga, – maslahat berdi Soqolli.
– Yeganman.
– Lekin manavi piçoq işni hammasidan tezroq bajaradi, piçoq yeysan.
– Xohişing, – dedi Qurbono afsus bilan, – besabr ekansan. Özingga qiyin. Meni öldirsang özing ham omon qolmaysan. Heç bölmaganda qamalasan. Nisodan mosuvo bölasan. Qöy, undan köra özim ölay. Umrim qisqa, bor-yöği bir neça daqiqaga yo yetadi, yo yetmaydi.
– Xöp, köramiz, – dedi Soqolli va piçoğini qöyniga tiqib qiz tomon odimladi.
– Men koinot vaqti bilan aytdim – qiçqirdi Qurbono uning ortidan.
– Menga baribir, – qöl siltadi Soqolli, – ölsang bas.
VI
Şifoatxonaga yöl olgan Qurbono tumanlikda adaşib jun jiyitiş korxonasi oldidan çiqib qoldi. Yaşil böyoq bilan katta-katta qilib yozilgan “J-J-J” harflari yuqoriga qarab baravar örmalab ketayotgan qönğizlarga öxşardi. Jun jiyitiş jamoasi deb har doimdagidek içki ovoz bilan öqidi Qurbono. Toğoralarning daranglaşi, suvning şapirlaşi, ivigan yungning şap-şap etib yerga tuşişi quloğiga çalindi. Binoning zax bosgan va şörlangan devorlari şarq tomondan teri qabul qiliş omborxonasiga, ğarb tomondan teri oşlaş sexiga tutaş. Hovlining oldida oşxona, orqasida öt öçirişga möljallangan hovuz.
Qurbononing şuurida ikkilaniş. Şunday bölaversa işdan ajralib qoladiganday. Heç qurisa şu yerga işga kiraman deb könglidan ötkazdi. Darvozadan içkariga kiraverişda “Ilğorlar” degan lavha. Narigi devorda “Jahon bizga tan berdi!” degan şior, uning yonida körsatkiçlar jadvali. Jadval yonida karmakda ivigan terini piçoq bilan qirtişlayotgan işçi tasviri. Bamisli mijozning soqolini qirayotgan sartaroş qiyofasida. Beixtiyor jağini silab soqoli ançagina ösib qolganini payqadi Qurbono. Iyagining osti qiçidi. Ikki barmoği orasiga olib ezğilab qiçiğini qoldirdi va yana suratga qaradi.
Soqoli tez ösayotganidan qöngli toğdek kötarilib baland ruh bilan qaddini tik tutib işxonasiga yöl oldi. Tumanlik yer sathidan ikki yarim quloç yuqoriga kötarilgan köyi qotib qolgan. Özining eng sara liboslarini kiyib olgandi Qurbono. Kolorado qönğiziday yöl-yöl köylagi ança kiyilgan bölsa ham hali yap-yangiday körinar, malla tusdagi çiy baxmal şimi öziga yaraşib turardi.
Yöl böyidagi yoğoç örindiqda qarta öynab ötirgan ikki çol xuddi möjizani körganday oğizlari oçilib Qurbonoga qaraşdi.
– Dunyoni buzayotgan ana şular, – tönğilladi çollardan biri.
– Bunga birorta ham ayol turmuşga çiqmaydi, – pixillab kuldi ikkinçi çol, – soqolini qara!
Qurbono ortiga ögirilib qaradi. Çollarning şalvirab qolgan soqolsiz yuzlari takaki teriday tarovatsiz.
Işxona darvozasi oldida turgan mirşab hujjat söradi.
– Şu yerda işlayman, – dedi Qurbono.
– Uç yildan beri şu darvoza oldida turaman, sizni körmaganman.
– Katta jamoa, hammasini tanimaysiz-ku?
– Taniyman. Bu yerda soqolli kişilar işlamaydi.
– Boşliq ham, muovini ham soqolli, xodimlar ham.
Mirşab bilan uzoq tortişdi Qurbono va nihoyat beş daqiqaga ruxsat sörab oldi. Boşliq öz xonasida ötirardi.
– Xöş, xizmat, – dedi boşliq salobat bilan.
– Işga.
– Vaʼda berolmayman, – dedi boşliq.
– Soqolim bor-ku, – ajablandi Qurbono.
– Soqol hujjat emas. Undan taşqari köpçilikdan ajralib qolmaslik kerak. Bir özing dono bölgunça, köp bilan devona böl, deydilar.
– Axir keçagina hammaning soqoli bor edi, – eʼtiroz bildirdi Qurbono.
– Siz aytgan “keça”dan buyon köp suvlar oqib ötdi.
– Böpti, qirdirib taşlayman, işlaşim kerak. Menga soqol emas, iş kerak. Bir kunda şunça özgariş, – dedi Qurbono devordagi suratga qarab.
– Zamondan ortda qolmaslik kerak, – nasihat qildi boşliq, – unga zid bormaslik ham kerak.
– Axir, soqolning qölidan nima ham kelardi.
– Haliyam anglamadingiz, – deya örnidan qözğaldi boşliq. Suhbat tugaganini tuşundi Qurbono.
VII
Boşliqning xonasidan çiqib atrofni diqqat bilan kuzatdi, odamlarga razm soldi va dunyoda nimalar bölayotganini biliş uçun şaharning şarqiy mintaqasi tomon yöl oldi. Tuman xuddi keçagidek yer sathidan ança yuqori kötarilgança quyuq qora tim hosil qilgan köyi qotib turardi. Tört nafar ayol “Ilo-yo soqoling görda çirisin!” degança yugurgilab ötayotganini körib özini panaga oldi. Ayollardan biri nimanidir payqab qolganday ortiga qaytib keldi. Çaqqonlik bilan simyoğoçga yopişib yuqoriga kötarila boşladi Qurbono. Va tumanlik içiga kirib berkindi. Simyoğoç ostida töxtab yuqoriga qaradi ayol va ogohlantirdi:
– Tokka ehtiyot böling!
– Siz meni körayapsizmi? – ajablandi Qurbono.
– Hazilga balo bormi, – çiyilladi ayol va öz yöliga ketdi.
Yölakdan pista çaqib kelayotgan qiz Nisoga öxşardi. Yonida durustgina kiyingan erkak. Ikkovi gaplaşib kelişayapti. Simyoğoç tagiga kelib töxtab yuqoriga qaragança kula boşlaşdi.
– Nima gap? – söradi Qurbono.
– Özingdan sörasak, – dedi qiz hamrohiga köz qisib.
– Seni kutib turgandim.
– Qurbonomisan? – söradi erkak.
– Şunday, – javob qildi Qurbono.
– E… haliyam tirikmisan?
– Özing-çi?
– Bu nima deganing, axir sen ölaman deb vaʼda berganding.– Soqoling qani?
– Davrdan ortda qolgansan, Qurbono, – kuldi qiz.
– Senga uylaniş uçun soqol qöydim.
– Nahotki soqolli erkaklarning xotinlari qoçib ketişayotganidan bexabar bölsang?
– Xabarim bor. Hozirgina erlarini laʼnatlab ötib ketişdi.
– Unda şunga qarab iş qil.
Ular qöl uşlaşgança uzoqlaşdilar.
– Besoqolga tegmaydi deganding-ku, – qiçqirdi Qurbono ularning ortidan va simyoğoçdan tuşib orqasiga qaytdi.
Uyining derazasi tagiga bir uyum tuman çökib qolgandi. Oyoği bilan uni tepib kördi, şunda guvraniş kuçaydi. Qörqib ketib özini çetga oldi Qurbono. Söngra uyiga kirib oğir öyga çömdi. Balki umrida birinçi marta astoydil fikrlamoqda edi. Natija çakki bölmadi. Xayoliga şunday ajoyib fikr keldiki, hamma muammolarning yeçimi ana şu fikrda öz tajassumini topgandi.
Şoşilinç tarzda işga kirişdi. “Ha, inson ongi hamma narsaga qodir, faqat uni işga soliş kerak” dedi quvonçdan yuzi yorişib. – Zamon tez-tez almaşinib turibdi. Ayollar bugun soqollilarni yaxşi körişsa, ertaga besoqolga muhabbat qöyadilar. Iş masalasi ham xuddi şunday. Demak qarorim töğri”.
Qurbono sira ikkilanmadi. Soqolining yarmini olib, yarmini qoldirdi. Endi çap yuzi soqolsiz, öng yuzi soqolli. Oynaga sönggi marta nazar soldi. Ajoyib! Iyagining örtasigaça juda aniq çegara hosil qilgan soqolli hudud bilan soqolsiz mintaqa keskin ajralib turibdi. Közguga yonboşi bilan turdi, soqolli odam namoyon böldi. Teskari tomonga ögrilgandi, besoqol yigit yuz körsatdi.
Endi bemalol işga boraversa bölardi.
Köçaga çiqib qönğir tusdagi bir bölak oyna oyoq ostida sinib yotganini kördi. Tumanlik misli körilmagan darajada qalinlaşgan. Guvraniş kuçaygan, göyo har bir zarra öziça ovoz berar va ularning ovozi qöşilib umumiy guvraniş hosil qilardi.
Afsuski, Qurbono ana şu guvranişga diqqat bilan quloq solmadi. Vujudini tumanlik bağriga otdi-da, quloçkaşlab suzib ketdi.
Neʼmat ARSLON
“Yoşlik”2012/6
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida

