5 daqiqada öqiladi

701 marta körilgan

Rep haqida gap

Yarim asrdan ziyod taraqqiyot yölini bosib ötgan özbek estrada qöşiqçiligi bugungi kunga kelib şou-biznes olamiga aylanib qoldi. U bugun son-sonoqsiz yoş qöşiqçilarni öziga jalb etgan. Ommaviy axborot vositalari, televideniye va radio dasturlari orqali efirga uzatilayotgan qöşiqlarning salmoqli qismini estrada janri egallab turganligi fikrimiz dalilidir. Hatto Navröz, Mustaqillik kabi umum xalq bayramlarini, xalqimiz töyu tomoşalarini, turli marosimlarni estrada qöşiqlarisiz tasavvur etiş muşkul. Demak, biz xohlasak-xohlamasak estrada musiqasining ohanglari-yu usullari, yönaliş-u uslublari ongimizni zabt etib, ruhiyatimiz, maʼnaviy dunyomizga kirib boraveradi. Butun jahon madaniyatining taʼsiri natijasi ölaroq Özbekistonga ham estrada musiqaning köplab uslub va yönalişlari kirib keldi. Jumladan: jaz, pop, rok, disko, texno va xip-xop kabilarni sanab ötişimiz mumkin. Şuningdek, bugungi kunda yoşlarimizning repga bölgan qiziqişlari tobora ortib borayotganligi köz öngimizda namoyon bölmoqda. Biroq, tinglovçilar orasida yoki mutaxassislar davrasida uşbu estrada musiqasining yönalişlariga bölgan munosabatlarini körib har kimda ham turli fikrlar tuğilişi begumondir. Şu bizga kerakmi? Undan manaviy ozuqa, estetik zavq oliş mumkinmi? Qolaversa, bizning mentalitetimizga töğri keladimi? Şu kabi savollar köpçilikni öylantiradi. Va uşbu janrlarning negizida qanday falsafa yaşiringanligi borasida qiziqib qolasiz.

RAP – bu “Rhythmical African poetry”, yaʼni “Ritmli Afrika poeziyasi (şeʼriyati)” sözlarining qisqartma şakli. Rap (rep) – inglizçada “taqqillatmoq”, “urmoq”, “zarba bermoq” kabi luğaviy maʼnolarni bildiradi. Odatda rep reçitativ tarzda oğir ritmga asoslangan musiqa ostida öqiladigan şeʼriy hikoya va tarixan afro-amerika anʼanaviy madaniyatining bir körinişi sifatida paydo bölgan. Biroq qadimdan rep va u singari aytimlar nafaqat qora tanlilar folklorida, balki har qanday xalq anʼanaviy madaniyatida u yoki bu şaklda mavjud bölganligi ham maʼlum. Fikrimiz dalili sifatida quyida qisqaça tarixiy maʼlumotlarni keltirib ötamiz.

Islomgaça bölgan arab dunyosi bozorlarida repga öxşaş janr keng tarqaladi. Har bir köçmançi arab qabilasidan bir şoir-notiq (ritor) davraga çiqib, boşqa qabilalarga qarata badihagöylik bilan oçiq-oydin haqoratli aytimni boşlaydi. Öz navbatida boşqa qabilalardan çiqqan şoir-notiqlar ham unga öz javoblarini aytişadi. Odatda bunday “aytişuv”lar ommaviy janjallar bilan yakun topgan.

“Yamb” deb ataluvçi xuddi şunday musobaqa qadimgi Yunonistonda Dionis va Demetrilar şarafiga bağişlangan bayramlarda ham uyuştirilgan. Qadimgi skandinaviya anʼanasida mazkur musobaqalar “manjafbr”(erkaklar olişuvi) sifatida maşhur bölib, asosan u svyatki (rojdestvo) kunlarida ötkaziladigan öyin hisoblanadi.

Avvaldan afro-amerikaliklar örtasida repga öxşaş musobaqalar bölganligi haqida baʼzi (çala-çulpa) maʼlumotlar uçrasa-da, rep va uning (“Dozens”(ön ikkilar), “Signifying” (izhor qilmoq), “Talking şits” (kemalar suhbati) kabi şakllari haqidagi ilk ilmiy tavsiflar 30-yillarda Garlem va Janubiy Bronksda bölgan. Ösmirlar muayyan qatʼiy kanonik qoidalar asosida tuzilgan 3 ta törtlik şeʼr matnini (“dyujin”– 12 lar, rep şakli şundan kelib çiqqan) navbatma-navbat aytib, imkon qadar aniq va ritmik improvizatsiya qiliş borasida bellaşadilar. Ikki raqib, keskin özgaruvçan ritm asosida törtlik almaşadilar. Ulardan birining (ritorika) – nutqi boşqasidan afzal çiqqunga qadar davom etadi. Repning asosiy maqsadi raqibni haqoratlab yerga uriş bölgan.

  1. “Dyujins” – repning maxsus şakllaridan bölib, unda dastlabki törtlik maqtançoqlikka asoslanib, badihagöy-muallifni öz obrösini kuçli darajada orttirib körsatişga qaratilgan böladi. Şundan söng raqib tomondan ham buning sözlaridan kulimsirab nafratlanib aytilgan (mendek mohir repçiga qarşi çiqişga qanday jurʼat qilding degan maʼnodagi) javobi yangraydi. Keyingi törtligi mahalla hayotidagi voqealar, turli ğoyalar va umuman yangi tuğilgan fikrlar asosida quriladi. Bu jarayon soatlab davom etişi mumkin va agar ğolib aniqlanmasa, unda qatnaşuvçi va işqiboz-muxlislarning özaro uriş-janjali bilan yakun topadi.
  2. “Signifying” (boşqa bir şakli) – dyujindan çeklanmagan badihagöyligi bilan farqlanadi. U ritmning maqsadli buzilişi va sinkopalanişi asosida bölib, oxiri dastlabki ritmga qaytiladi. “Signifying” rus tez aytişlariga yaqindir. U öz navbatida 10 satrdan iborat matnning yagona qofiyaga asoslanganligi bilan mukammal hisoblanadi. Bu janrlar asta-sekin Nyu-York diskotekalarida rivojlanadi.

Aytiş joizki, rep davrlar oşa rivojlanib xalqlar ijroçilik amaliyotida örnini topdi va ijro anʼanalari ham tubdan özgardi. Janr sifatida qöşiqqa yaqinroq körinişga keldi va eng muhimi sahna sanʼatidan joy oldi. Jumladan: “Sugar Xill Gang” guruhining “Reppers Delayt” qöşiği ilk rep yozuvlaridan biridir. Mazkur qöşiq dunyo miqiyosida xit darajaga kötariladi.

Yuqorida keltirilgan rep musiqasining tipologiyasidan körinib turibdiki, janrning ilk şakllanişi ğalizroq bölsa-da, rivojlaniş jarayonida musiqiy janr sifatida va xalqona matnlarni ifoda etişga möljallangan körinişga kelgan. Yaʼni, repning söz-matnining maʼno-mazmuni, maqsadi özgargan, lekin undagi şakl, yöl-yölakay mos kelib qoluvçi qofiyaga asoslangan hikoya tarzidagi söz badihagöyligi saqlanib qolgan.

Mustaqillikka erişganimizdan söng özbek estrada ijroçiligiga turli uslublar bilan bir qatorda rep yönalişi ham kirib keldi. Albatta, bu uslubning namoyondalari sifatida Şohrux, Şahriyor va “Radius 21” nomlarini tilga olamiz. Mazkur xonandalar ijodi yoşlar tomonidan iliq kutib olinganligi ham rost. Lekin, nazarimizda, özbeklarning mentalitetiga töğri kelişi yoki kelmasligi maʼnaviyat va madaniyatga taʼsiri xususida ham öylab köriş zarur. Çet el rep ijroçilarining egnidagi libosi, taqinçoqlari, soç turmaklari va hatto behayo raqs harakatlarini ham özbeklarda körib ajablanmay qoldik.

Rep qöşiqlarining mazmuniga ahamiyat beradigan bölsak, söz qöllaş sanʼatining fojiasiga guvoh bölamiz:

Madorim yöq şu bugunda bor-u yöğim mana şu

Yuragimda absolyutniy bardak, vot tak.

Keçagina berilgan bu vaʼdalaring

Unutildi darrov, gapirildi prosto tak.

Yana nima-nima, har gal bitta gapingga işonib

Yaşadim man axmoq.

Sani gaping mana bundoq:

– Keling endi iltimos mani keçiring,

Endi yaxşi yaşaylik.

Şohrux repning “Xato” nomli bu qöşiği köpçillikka manzur bölar balki, lekin, xaqiqatni aytiş lozim. Bu qöşiq emas, safsata, bemaʼni valdiraş emasmi? Bu bizga kerakmi? Nima uçun? Köça sözlari, qolaversa, ikki til (özbek va rus) qorişib yotibdi. Mening nazarimda bunday söz matnlarini sanʼatda qöllaş şarq madaniyati, şeʼriyati, sözamolligiga putur yetkazişdan boşqa iş emas. Afsuski, bu yöldan şiddat bilan borayotgan yoşlarimizning safi talaygina. Jumladan, “Ummon” guruhi ham bugun köplab muxlislarga ega böldi, özining konsert dasturlarini ötkazdi. Repertuaridan örin olgan qöşiqlari soni ham ortib bormoqda. Sifati esa yuqorida aytilganidek, xolos. Ayniqsa “Ummon baribir ummon-de”, “Mayli ketaver”, “Sevaveraman”, şu kabi bir qator qöşiqlarini eşitib yoqa uşlaysan kişi.

Balki, repning ijro uslubi mazkur xonandalarga yoqar, lekin, şuni esdan çiqarmaslik lozimki, sanʼat bedarvoza emas, istagan kişi kirib, öz işini qiladigan. Sanʼatning maqsadi:

– Maʼnaviyatni yuksaltiriş, estetik zavq ulaşiş va ezgulikka yetaklaş. Har qanday ijodkor bu maqsadni yoddan çiqarmasligi zarur. Sanʼat xalqning maʼnaviyati uçun xizmat qilişi kerak.

Biz özbek estrada ijroçiligida rep uslubini umuman inkor etiş maqsadida emasmiz. Aksinça, özbek musiqasining negizida özbekona odob, axloq, munosabat va lutf doimo gözallikka intiliş, gözallik haqida kuylaş, gözallikning jozibasini namoyon etiş, hayotga zavq beriş va faoliyatga çorlaş kabi mezonlar yotadi. Va bu barkamol avlod tarbiyasida muqobil keladigan omillar sifatida qadrlanib keladi.  

Gulhayo UZOQOVA,

Özbekiston Davlat konservatoriyasi talabasi

“Yoşlik”2012/6

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (375)