Bu insonni yurtimizda köpçilik biladi. Keling, şunday bölsa-da men ham yana bir bor taniştiray: Xuşboq Rahim. Sözi ötkir, didi baland ijodkorlarimizdan. Şeʼriyatga oşufta yurak. Mamlakatimiz mustaqilligi Xuşboq Rahimga öziga xos ilhom manbayi böldi. Şoir özining “Surxondaryo” dostonini yozdi.
Darhaqiqat, Huşboq Rahim dostonini öqiganlar asar yoziş uçun ijodkor kundalik hayot bilan kirişib ketgan, söngra tarixni, mavjud fan yutuqlarini, falsafa qonun-qoidalarini yaxşi özlaştirgan bölişi lozim, degan xulosaga keladi. Yuqoridagilardan yuzakiroq xabardor kişi Xuşboq Rahim şeʼrlarining mazmun-mohiyatini qanday bölsa şundayligiça anglab yetmasligi mumkin.
Mustaqil dunyo ham erkin tafakkur
Tarixni tuyaning juniday titdi.
Quyoş ham tojiga tirnoqdoş Xuşboq
Şonu şuhratingga qasida bitdi.
Surxondaryo.
Surxondaryo yurakday yagona kurrayi zaminda qoyaday mustahkam Özbekistonning muştarak qismi. Şoir vohadagi Teşiktoş ğori yoki Boysun va Bobotoğ qiyofasini va bisotinigina emas, balki şu hududning zarraçasini ham sinçkov tafakkuri qamrovidan qoçirmaydi. Uni kitobday öqiydi, u bilan dardlaşadi. Zarrani koinot bilan, beli va belboği bilan, Surxondaryo bilan bir butunlikda köradi. Yurt, koinot, inson qaddi, bel va belboğining moddiy va mavjud zarraday tinç va soğlom bölişini istaydi. Çunki eng katta boylik – tinçlik va soğlomlikdir.
Zarrani kitobday öqidim, bugun
Qaddimda Dunyo ham öşa mador, öq.
Belboğ ham belimda mulki koinot
Tinçlik ham soğlikdan katta boylik yöq.
Surxondaryo.
Surxondaryo iqlimi nihoyatda qulay. Yilning tört fasli quyoşli. Qiş-qirovli kunlar kam. Bu hudud insoniyat tamaddunining dastlabki beşiklaridan biri. Qadimgi Baqtriya, Kuşonlar davlati va uning poytaxti şu hududda joylaşganligini arxeologlar aniqlaşgan. Eng qadimgi şaharlar örni, mahalla, arki aʼlo, mudofaa devorlari, jahondagi eng qadim qabriston, sopol idişlar, sopol siyohdon, omoç, turli taqinçoqlar, davlat muhrlari, jun, paxta, ipak töqima qoldiqlari, buğdoy doni, ğöza çigiti, dastlabki metall zavodining örni, şişa, pişiq ğişt, zargarlik aşyolari, naqşinkor yoğoç siniqlari va boşqa qator tarixiy qadriyatlar Surxondaryo hududidagi asrlardan asrlar oşa kökka kökrak kerib turgan tepalar bağridan topilgan. Huşboq Rahim doston orqali kitobxonlarni mazkur topildiqlarni sinçiklab öqişga, Surxondaryo tarixi va bugunini eʼtibor bilan örganişga çaqiradi.
Hunar keksarmaydi, köngil qarimas
Mehnatning ortidan yutuqlar bari.
Oromiy yozuvi, raqam ham çiziq
Boru bir, bahru bar kitob, daftari.
Surxondaryo.
Şoir “Surxondaryo” sözini daryo maʼnosida, moddiy, bir jinsli vaqt maʼnosida, tabiat, jamiyat va inson tafakkuri taraqqiyotining eng umumiy qonunlarini, odam va olam munosabatlarining hammabop aloqa va boğlanişlarini biliş va bildiriş, tahlil va tadqiq etuvçi dialektik metod maʼnosida ham işlatgan. Darhaqiqat, daryo suviga ikki marta tuşib bölmaydi, ötgan vaqt iziga qaytmaydi. Bugungi yutuqning qusuri ertaga körinadi, ijtimoiy hodisalarning qanday yuz berişi mavjud şart-şaroitga, öringa, vaqtga boğliq. Ularni bir xil mezon, toşu tarozi bilan ölçaş, bir xil böyoq bilan böyaş, bir qolipga joylaştiriş dialektika tabiatiga zid.
Şu maʼnoda şoir Huşboq Rahim şeʼrlarida davlatlar va ular örtasidagi munosabatlarning şart-şaroit va zamon talabiga muvofiqligi madh etilgan.
Temir yöl, avto yöl, osmonda ham yöl
Kundalik haqiqat, tarixiy yumuş.
Döstlarga sarflangan ezgu fursatning
Örnini bosolmas na oltin, kumuş.
Surxondaryo.
Döstlik tuyğusi qadimiy, maʼnaviy qadriyat. Jahonda ziddiyatli, boğlanmaydigan, manfaatli munosabatda bölmaydigan davlat, oila, odam yöq. Döstlik, tinçlik, totuvlik, teng manfaatli munosabat va boşqalarni boşqalarga köz-köz qiluvçi, davlatlardan har birining rasmiy ramzlari, jumladan bayroği bor. Mustaqil Özbekiston bayroği, şoir taʼbiriça, oddiy rang va ölçamdagi mato emas, balki yigirma yetti million, undan-da köproq qalbdan töqilgan tuğ. U ajdodlar ijodi, avlodlar baxti, özbek xalqining ğururi, ğoya va mafkurasi dunyoday sobitdir. Xuşboq Rahimning köksini toğ, dilini boğ, könglini çoğ, umri kuzini qayta bahor aylagan, Vatan jam bölgan jamiki borliq – Özbekiston va uning oy ham ön ikki yulduzli havorang bayroğidir.
Inson oliy qadriyat. Uning qadami iş vaqti yo böş vaqtidan iborat. Iş vaqtida moddiy va maʼnaviy boyliklar yaratiladi. Inson böş vaqtining mazmun darajasi iş vaqtida qölga kiritilgan sof daromadning miqdor va sifati bilan töğri proporsional. Biroq moddiy boylikni birovlar bilan baham körsang kamayadi, maʼnaviy boylik esa, aksinça, köpayadi. Moddiy boylikka jiğildon, maʼnaviy boylikka inson qalbi muhtoj. Amaliy hayotda tomoq, kiyim-keçak va uy-joyga nisbatan qalb ehtiyojiga juda kam sarf-xarajat qilinadi. Bir yangi kitob xarid qilişdan köra, bir six kabobga pul sarflaşni xuş köradiganlar köp. Töy, tuğilgan kun, sinfdoşlar ötirişi, qizlar davrasidagi çiqimlarning oqibati aniq. Vaqtida maʼrifatga, maʼnaviyatga çanqoqligi qondirilmagan öşalar yuragi faqat oila taşvişi, mayda gap, miş-miş, xurofot va boşqa çiqindilarning uyasiga aylanadi. Şoir Huşboq Rahim köksidagi suvaydo, unga tunu kun tinçlik bermagan haqiqat şu.
Odamlar özgardi, qoyim koinot
Maʼdanda köp emas, oltindan ozim.
Turmuşda tirikday yaşamoq uçun
Miyani çiqitdan tozalaş lozim.
Tinglovçi, köksimda suvaydo, tugun
Özingni tuşunib yetdingmi bugun?!
Insonning özini tuşunişi, bir butun olamning oddiy bir zarraçasi ekanligini anglab yetiş oson emas. Oramizda, afsuski, hayotga nima uçun kelib, nima uçun ketayotganligini loaqal bir marta öylab körmagan basirlar topiladi. Inson qiyofasi bir-biridan nisbatan kam farq qiladi. Ularning içki olami esa bir-biridan çigal, bir-biridan murakkabdir. Özini tuşungan odam boşqalarni ham tuşunadi. Özini hurmat qilgan boşqalarni ham hurmat qiladi. Özining kimligiga va nima işlarga qodirligini anglab yaşagan maʼnaviyatli odam boşqalar uçun ham yaşaydi.
Huşboq Rahim mustaqil, yangi hayotda yamoqday yaltirab közga taşlanguvçi kamçilik va qusurlarning kuşandasini zamonaviy savodxonlikda, uni suv misol içgan mustaqil fikrlovçi, ijodkorlarda köradi. Şoirning nazarida ötmiş yoki ötiş davri teşa zarbidan kökargan tirnoqqa öxşaydi. Xasta tirnoqni yangi, soğlom tirnoq surib çiqaradi. Soğlom tirnoq – şoirini ğururlantiruvçi mustaqil Vatanning avliyo va allomalaridan kam bölmagan, bilimdon, kelajagi porloq öğil-qizlaridir.
Töqmağiz çigitday ixçam xulosa
Uşbu damlar heç bir dami ğam emas.
Internetga şönğib ketgan har bolang
Avliyoyu allomadan kam emas.
Surxondaryo.
Har bir şoirning kitobxonga yoqtiriş va yuqtirişga yönaltirilgan ğoyasi böladi. Xuşboq Rahimdagi bunday ğoya birlik va jinslikdir. Vatan, odamlar va ularning olam bilan bir butunligidir.
Şoir Xuşboq Rahim uçun Koinot bir butun, Kurrayi Zamin, Vatan va uning manfaatlari bir butun, oila, mahalla, tuman, viloyat, Özbekiston bir butun, millat, milliylik, dunyoviy fanlar predmeti, islom olami bir butun, işlab çiqaruvçi kuçlarning unsurlari bir butun, mulk şakllari bir butun, gul bir butun, gulzor bir butun, tirik va notirik bir butun.
Gul misol hayot ham olami kubro
Ulardan ajralmas inson ham ismi.
Közlarim gavhari Özbekiston ham
Kurrayi Zaminning eng obod qismi.
Surxondaryo.
Badiiy pişiq şeʼr köngillarni yayratadi, qalbni quvontiradi. Kitobxonni suvdan olib ötga, ötdan olib suvga taşlaydi. Şeʼrdagi dardning zalvori yiğlaganlarni yupatadi, ğamdan yiroq basirlarni yiğlatadi. Ommaning baland ruhini osmonlarga kötaradi, belini yanada baquvvat qiladi. Urvoq ham ummon, gard ham gul, zar ham zargar vujudidagi yopiq, lekin yaşirin yulduzlarni oşkor aylaydi. Şeʼr – maʼnaviy kaşfiyot. Kaşfiyotning sababi oçiq, aççiq va maşaqqatli mehnatdir. Oqsoç oçun bir kaşfiyoti uçun minglab marta tajriba, sinovini takrorlagan tabiatşunos olimlarni biladi. Yaxşi şeʼr ham şoirdan heç bölmaganda öşa kaşfiyotni qölga kiritgan tabiatşunos mehnatini talab qiladi. Muşkul va maşaqqatli mehnatning oqibati esa maqtovlarga loyiq.
Toştemir TURDIYEV,
filologiya fanlari nomzodi
“Yoşlik”2012/6
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida

