14 daqiqada öqiladi

476 marta körilgan

Bahor ifori

Xoliyor Safarov

(Hikoya)

Navröz arafasi. Şu vaqtgaça kurtak çiqarib, gullaşi kerak bölgan daraxtlar hamon sovuq urgandek qoramtir tusda. «Töqson, töqsoning ham bir kunimça yöqsan», deya öğillaridan qahrlangan Ayamajuz özining oppoq etagini hamon borliqdan yiğiştirgani yöq. Şiğalab qor yoğmoqda. Keçagina issiq paltolarni yeçgan yoş-yalanglar bugun yana qalin kiyimlarda. Köçalarga tuşayotgan qor onasining qaynoq bağrida birdan yuvoş tortib qolgan bezori boladay erib ketayotgan esa-da, yölaklarda, uylar atrofida, oyoq izi tuşmagan yerlarda qiş janggohda qolgan yarador jangçiday hamon özini namoyiş etmoqda.

Elbek qoş qorayganda tor köçadan uyiga keldi-da, darvoza oldiga kelib, signal berdi. Hadeganda darvoza oçilavermagaç, «Televizor körişyaptimi, nima balo?» deya maşinadan tuşib, darvoza eşigini itardi. Eşik oçilmadi, qulf.

– Yo tavba?! – Elbek ğudranganiça özidagi kalit bilan avval eşikni, söng darvozani oçdi va maşinani içkari kiritdi. Qölidagi kalitlarni öynatgança uyga qarab yurarkan, allaqaçon qoronğu tuşgan bölsa-da, uy çiroqlari yoqilmaganiga hayron bölib ovoz berdi. – Aziza! Ho, Aziza!

Içkaridan sado bölmadi. Bu vaqtda avval qizi, izidan xotini yugurib çiqar va uni kutib olişardi. Elbek uyga kirib, avval dahliz, keyin barça uy çiroqlarini yoqdi. Hatto oşxonaga borib, u yerni ham qaradi: uyda heç kim yöq! U xavotirga tuşa boşladi va qöl telefonini olib, xotiniga qönğiroq qildi. Apparat öçirilgan. Bir lahzada Elbekning miyasiga ming xil öy keldi.

– Işqilib tinçlik bölsin-da… – tahlikaga tuşgan Elbek şunday deya qaynonasiga sim qoqdi, göşak kötarilmadi. Keyin qaynotasining uyi bilan boğlanişga harakat qildi. Apparat öçirilganmi, gudok ketadi-yu, javob bölmaydi. Birgina umid – qaynota. Elbek şoşa-pişa unga qönğiroq qildi. «Abonent xizmat körsatiş doirasidan taşqarida».

Miyasi qotgan Elbek hovli örtasida u yoqdan bu yoqqa yurdi, keyin şartta maşinasiga ötirdi-da, qaynota uyiga yöl oldi. U yerga qanday yetib bordi, Xudo bilmasa, özi bilmadi. Darvoza qönğiroğini çalganda içkaridan «Hozi-ir» degan ingiçka ovoz eşitildi va zum ötmay eşik oçilib, semizligidan pildirab yuruvçi qaynonaning dömboq yuzi körindi.

– Tinçlikmi, kuyov?

Har kallada har xayol. Elbekning yuragi «şiğ» etdi. “Nahotki ular bu yerda ham bölmasa?”

– Nevaralaringiz şu yerdami? – Elbekning birinçi gapi şu böldi. Qaynona esa qoş çimirib, u kutmagan gapni aytdi.

– Ularni nima qilasiz? Yuravering-da maişatingizni qilib?!

– Tuşunmadim? – Elbekning boşiga bolğa bilan urilgandek böldi. – Nimalar deyapsiz?

– Yöqoling-ye, uyatsiz! – eşik qarsillab yopildi va «şaraq» etib zulflandi.

Elbek uzatgan qöli quruq qaytgan gadoday eşik ortida qoldi. Miyasi qizib, kallasi öziga oğirlik qilib ketdi. U bunday munosabatlar nima uçunligini, Aziza nega he yöq-be yöq bu yerga kelib olganini tuşunolmayotgandi. U bir muddat darvoza ortida turib qoldi va yana qönğiroqni bosdi, ammo endi içkaridan sas ham, sado ham bölmadi. U qönğiroqni qayta-qayta bosdi. Ana şunda yana eşik oçilib, qaynona yuz körsatdi.

– Daydi itday uy aylanmang-da, keting!

Elbekning qoni qaynab ketdi, ammo kuyovlik hurmatini unutib, oğiz juftlagunça eşik yana qarsillab yopildi.

“Menga nimaga bunaqa dedi?” – Elbek darvozaga suyanib qoldi. Atrofni qoplagan zulmat uning qalbini-da çölğadi. Havo sovuq, maydalab yoğayotgan qor parçalari böyinlaridan kirib ketayotgan bölsa-da, u qizib ketdi. Yuragini kimdir ombur bilan qisgandek böldi.

U yana bir muddat şu kuyda darvoza tagida turdi-da, nima qilişini bilmay, iziga qaytdi. Maşinaga ötirişi bilan miyasiga çaqmoqdek bir fikr keldi-yu, peşonasiga muştladi.

– Ahmoq! – dedi u öziga-özi. – Endi bildim, ular maşinada Dilyani olib ketayotganimni körişgan! Kim biladi, balki keça uyiga borganimdan ham xabardordir?! – u boşini rul çambaragiga qöydi. – Attang, nimalar qilib qöydim-a?

Elbek endi bu yerda turişning hozirça foydasi yöqligini bildi va sekin maşinasini yurğizdi. Loyqalagan suv tinguniça vaqt kerak. Uyga borgisi kelmadi, biror restoranga kirib ötirişga hafsalasi bölmadi. Uy boşpana. Yiğlagan ham, kulgan ham, quvongan ham, quvilgan ham uyiga keladi. Elbek ham xayol bilan qanday uyga kelib qolganini sezmay qoldi. Maşinani garajga qöygaç, uyga kirdi-yu, battar öyga toldi.

«Dilya bilan maşinada ketayotganimni kim kördi ekan-a? U ham mayli, Dilyaning uyiga borganimdan qanday xabar topişgan? Yo, tavba?..»

Boşi löqillab oğriyotgan Elbek oşxonaga ötdi-da, qahva damlab içdi, bölmadi. Labiga sigareta qistirgança yotoqxonasiga qaytdi, ammo yotgisi ham kelmadi. Divanda ötirib, sigareta çeka boşladi. Ötirişdan toliqdi, şekilli, yonboşlaş uçun yostiqni oldi. Ne köz bilan körsinki, yostiq tagidan xat çiqdi. Elbek şartta qölidagi sigaretani stolda turgan kuldonga taşladi-yu, maktubni öqişga tuşdi.

“Sizni nima deb ataşni ham bilmayman. Bevafo! Siz xiyonat qildingiz… Sizni sevib, közim sizdan boşqani körmay, quloğim sizdan boşqani eşitmay tört yil öqişingiz tugaşini kutib, hatto ota-onamga qarşi çiqib, sizni desam-u, olgan mukofotimni qarang. Şunçalik past ketdingizmi? Meni qöying, mayli, uyga kelganingizda quçoğingizni, qalbingizni töldirib turgan mana bu ikki bolangiz ham közingizga körinmadimi? Siz Olloh bergan şunça quvonç, şunça baxtni, mening gulzorimni payhon qilib, özga boğdan şör olma yedingiz… Yuzingiz burişmadimi? Siz mazaxörak bölibsiz… Mayli, endi bilganingizni qiling. Sizga heç kim halal bermaydi, meni va bolalarni öylab ham ötirmang. Ölmagan qul bir kunini köradi. Siz baxtli böling… Sizning yuzingiz yoruğ, qaddingiz baland bölişi uçun hamişa gung böldim, közlarim kör böldi. Hamişa sizning baxtingizni özimga saodat bildim. Mayli, yana siz baxtiyor böling, men har galgidek qurboningiz bölay…”

Xat mana şu yerda tugagan va maktub egasi yiğlagan bölsa kerak, qoğozning pastki qismidagi nam qurib, öquvçisining yuzidek burişib, pistoqi tusga kirib qolgan edi…

Elbekning boşidan qaynoq suv quyilgandek böldi. Maktubni qölida tutib, boşini çangallagança turarkan, iç-içidan bir narsa böğziga kelib tiqilayotganini sezdi. Göyo kimdir tomoğidan böğayotgandek nafas olişi qiyinlaşdi va yugurib uydan çiqib ketdi. Taşqarida hamon qor böralab yoğar, barçasi vijdonga kelib taqalgandek, şamol uyut qilib, hovlidagi qorlarni eşik oldiga urardi. Elbek bir lahza şu izğirinda turib, göyo şu zulmat qaʼridan bir najot keladigandek olis-olislarga tikilib qoldi. Ana şu vaqt hovlidagi eski simyoğoçdan bir kuy taralayotganini sezdi. Simyoğoç yoriqlari va elektr simlari şamoldan şunday bir tovuş çiqarayotgan ediki, bu Elbekning quloqlariga haydaliş kuyi bölib çalindi. Bu kuy şunçalar maʼyus, şunçalar hazin ediki, yurakni ezar, iymonni vijdon bilan yonma-yon qöyardi. Beixtiyor Elbekning köz oldidan hozirgina qaynota uyiga borgani va şu kungaça «Elbekjon», deya tilidan bol tomib yurgan qaynonaning qanday qilib, eşikdan haydab solgani, yostiq tagidan maktub topilganda uni öqib, qay ahvolga tuşgani öta boşladi. Uning endi yana qaynota eşigiga borişga yuzi, ayoli nafrat va ğurbat uruğlarini soçib ketgan uyga kirişga köngli yöq edi.

Elbek göyo zulmat qaʼridan nur axtarayotgandek nomaʼlum bir nuqtaga tikilgança eşik oldidagi zinaga ötirib qoldi. 

“– Dadasi, nega sovuqda ötiribsiz?”

Elbek «yalt» etib, ortiga qaradi, ammo közlari oçiq, ğira-şira nur tuşib turgan eşikdan boşqa narsani körmadi. Azizaning ovozi qayerdan keldi, bilolmadi. Ana şundagina bu xayol ekanligi, u eşik oldida ança vaqt ötirib qolgani, sovuqdan aʼzoyi badani qaltirab ketayotganini his etdi.

– Yo, tavba… – Elbek şunday deya örnidan turib, uyga kirdi va özini bolalar xonasida kördi. Xonaning ikki tomonidan qöyilgan ikki divanda qizi bilan öğlining kiyimlari soçilib yotar, uy esa ularsiz xaridorsiz bozorday huvillab turardi.

Elbek beixtiyor bolalari qayergadir çiqib ketgan-u, hozir çuvillaşib kelib qoladigandek tuyulayotgan xonaga yana bir qur nigoh taşladi va qizining şkaf ustida turgan suratini oldi. Soçlari patila-patila qizining ikki yoşligida tuşirilgan suratiga qarab turib, Elbek ularsiz bir kun ham yaşolmasligini tuşundi. Keyin öğlining suratini oldi. Bu öğlining bir yoşligida tuşirilgan surati. Çaqaloq yangi kiyimlarda dunyodan bexabar kulib turibdi…

Elbek goh öğlining, goh qizining suratiga qarab, har birida özining eng masʼud damlarini esladi. Esladi-yu, yuragida bir sançiq turganini sezdi. Keyin suratlarni olib, yotoqxonaga ötdi. U yerdagi şkafda esa Aziza bilan tuşgan suratlar bor. Töygaça, nikoh kunida, töy-haşamlarda, bolalari tuğruqxonadan çiqqan kunda… Bu suratlarning har biri unga gözal turmuşini eslatar, ammo bugungi vaziyat esa uydan yasanib taşqariga çiqişi bilan boşiga quş axlat taşlab ketgandek  taʼbini tirriq qilardi.

Elbek şkafni oçib, barça oilaviy suratlari jamlangan fotoalbomni olmoqçi böldi, ammo fikridan qaytdi.

– Rasm tomoşa qilişdan foyda yöq, ularga qança qarasam, şunça yuragim ezilayapti. Undan köra, ertalab yana boraman, hammasini tuşuntiraman.

Elbek şu xayollar bilan joyiga yotdi. Uyqu qayoqda. Yolğizlik – bedorlik. Yolğizlik – xayollar sayri. Uni  Aziza bilan tanişganidan to bugungaça bölgan xayollar çirmovuqday örab oldi…

Elbek azondan maşinaga ötirib, yana qaynota uyiga yöl oldi. Eşik qönğiroği qayta-qayta bosilgaç, yana qaynonaning ingiçka ovozi eşitildi.

– Ki-im?

Elbek ovoz bermadi, kutdi. Zum ötmay eşik oçildi va qaynona çiqdi.

– Assalomu alaykum… keçirasiz.

Salomga alik ham olinmadi, keçirilmadi ham  – eşik yopildi. Elbek yana qönğiroqni bosdi, ammo javob bölmadi.

– Eşikni oçing! – eşikni muştladi u. – Avval nima bölganini biling, keyin meni ostonangizdan haydang!

Qaynona eşik ortida turgan ekan, birdan eşikni oçdi-da:

– Men şunçalar esi ketgan xotinga öxşaymanmi? – dedi. – Azizam atirgul edi, siz uni tikanga almaştirdingiz!

– Men…

– Aybdor odam özini oqlamoqçi böladi, – qaynona uni gapirişga qöymadi. – Keting, Aziza itlangan odam bilan yaşaşni istamaydi! 

Eşik yana yopildi. Kaltak etni, ortiqça gap betni qotiradi.

– Gapingizga tuşunmadim, ammo bilib qöying, men it emasman, lekin oilamga itday vafodor bölmaganimda ostonangizga kelmagan bölardim! – dedi Elbek ham yuzidan şarm pardasini kötarib.

Yopilgan eşik oçilmadi. Elbek bir muddat eşik ortida turdi-da, qaytib maşinasiga ötirdi, ammo qayoqqa borişini bilmay qoldi. Ortga yöl, oldinga yurişga köngil yöq. Qanday bölmasin, munosabatlarni tiklaşi kerak. Bir keçada parişon tortib, çodirxayol bölib qolgan Elbek qölini rul ustiga yostiq qilib, boşini qöyib ötirarkan keça işxonada gazetada öqib qolgan narsalari yodiga keldi. Gullar…

U töğri gul bozoriga yöl oldi va bir dona akatsiya guli xarid qildi. Söng darrov iziga qaytdi va gulni qaynotasining eşigi tutqiçiga qistirdi-yu, yölida davom etdi. U qança bilimli va qança romantik bölsa, şunça sodda ham edi. U hozir eşik oçilib, qaynonasi (aslida kim bölsa ham) gulni köradi va hayajonlangança Azizaga olib boradi. Aziza gulni olgaç, buning ifodasini, ramzini tuşunadi, deb öylayotgandi: «Meni keçir va aybsiz ekanligimni isbotlaş uçun imkon ber. Seni sevaman!»

Elbek kun böyi şu xayolda işladi va Azizaning qönğiroğini kutdi, ammo na qönğiroq böldi, na bir işora. «Balki, endi qilgan işidan xijolat bölib, uyalayotgandir… – öyladi Elbek. – Özimning borişimni kutayotgandir?»

U şunga işondi. Işdan qaytişda endi gul bozoridan bir dona qizil atirgul oldi. Ertalabki akatsiya gulini qanday töğri tuşungan bölsa, buning ham ramzini töğri anglaydi: «Seni sevaman! Sensiz yaşolmayman!». Şu xayol, şu işonç va umid bilan yana qaynota uyiga kelgan Elbek maşinadan tuşişi bilan darvoza yonidagi ariqça içida yotgan akatsiya gulini kördi-yu, yuragi orqasiga tortib ketdi. Maktubi yirtib taşlangan oşiqday xörlandi. Bir muddat nima qilişini bilmay turdi-da, tavakkal qilib, hozir olib kelgan atirgulni eşik tutqiçiga qistirib qöydi…

Öşa keç Elbek uyga ham siğmadi. Qayerga qaramasin, bolalarining narsalari, qaysi xonaga kirmasin, Azizaning xotirasi. U bir qöliga kuldonni olgança xonalar böylab sigareta çekib yurdi. Söng yotoqxonaga kirdi-da, şkafdan albomlarni oldi. Elbek hamon masalaning mohiyatiga yetmasdan kimningdir ğiybatiga işonib, uydan ketib qolgan va onasini qalqon qilib olgan Azizaga tuşunmayotgandi.

«Qönğiroq qilsam javob bermaysan, uylaringga borsam, itday qilib, ostonadan haydaysizlar? Sizlarga nima bölyapti özi? Bir martagina özing çiqib, hol söraşga madoring yoki qaroring yöqmi? – Elbekning savollari javobsiz edi. Qaynota uyiga bir qulf osilgan-u, uning kalitini topolmayotgandi. Bu işlarni özidan boşqa heç kim bilişini istamagan Elbekning negadir xörligi keldi. – Özim qurgan binoni özim yiqitmayman!»

U albomdagi suratlarni körarkan, beixtiyor eng baxtiyor lahzalar muhrlangan rasmlarni ajratib olayotganini sezib qoldi. Qarasa, ançagina bölibdi. U endi ajratilgan suratlarni eng közga taşlanadigan joylarga – eşik va derazaga, şkaf va televizor ustiga qöyib, şkaf va koridordagi oynalarga ham yopiştirib çiqdi. Keyin öziga-özi dedi:

– Ularsiz menga hayot yöq! To ular uyga qaytmagunça bu suratlar meni ğazab bilan nafratdan himoya qilib, umid bağişlab turadi…

Aziza bolalarni olib ketib qolgan bölsa-da, endi ular göyoki şu yerda edi. Elbek uy içida mayda qadamlar taşlagança bir-bir suratlarni tomoşa qilib çiqarkan, yana xotiralarga berildi: Aziza bilan qanday tanişgani, ehtirosli muhabbati, qizi tuğilgan, onasi vafot etgan kunlar, öğli tuğilganda yiğlaganlari, maşina sotib olganida «Şu kunlarni ota-onam körolmadi…», deya mehmonxonada osiğliq turgan suratlarga qarab armon qilganlari, öşanda Aziza uning yelkalarini silab, «Dadasi, ökinmang, armonsiz odam bormi? Endi hayotimiz, aytgan sözimiz va qilgan işlarimiz bilan ularning ruhlarini şod qilaylik…» deganida, yugurib taşqariga çiqib ketgani,  öksib-öksib yiğlaganlarini esladi…

– Aytganlaring bilan qilganlaring töğri kelmay qoldi-ku, Aziza? Nega menga işonmayapsan?

Elbek xayollarga berilgança divanda şiftga tikilib yotdi. Bir mahal usti oçiq uxlab qolibdi. Tuş köribdi. Tuşida xotini bilan buğdoyzor oralab ketayotgan emiş. Uning qölida bir dasta lola, ammo Aziza gulni olmasmiş-u, yuzini yaşirib, «piq-piq» kularmiş. «Atrofimiz töla gul, uzib bermasangiz ham, bularning barçasi menga ekanligini bilaman!» dermiş. «Bilsang nega yuzingni yaşirasan?»

Elbek gapirinib uyğonib ketdi. Qarasa, heç qanday buğdoyzor yöq, divanda yotibdi. Terlab ketibdi. Deraza tomonga nigoh taşladi, tong yorişyapti…

Elbek ertalab yana gul bozoriga bordi-da, endi bir dasta atirgul xarid qildi. Qaytib, qaynota uyiga kelsa, yana har galgidek eşiklar qulf, ammo atirgul yöq. Elbek maşinaga qaytdi-da, bloknotdan bir varaq yirtib oldi va yozdi. «Har kuni begunoh ekanligimni aytiş uçun kelişim sizlarga aybimni yuviş uçun kelayotgandek tuyulayotganini bilmagan ekanman! Men bir ğaribga yaxşilik qilib, özimnikilardan yomonlik kördim. Uyga kelganni it qopmas. Sizlar maqolimni ham yer bilan bitta qildinglar. Mayli, şuni maʼqul köribsizlar, sizlar aytgandek böla qolsin!»

Elbek qoğozni buklab guldasta yoniga qistirdi-da, aççiq ustida devordan oşirib, içkariga otib yubordi. Söng işga ketdi.

Oradan uç kun ötdi. Yerdagi qorlar erib, zamin tani ança isidi. Devorlarigaça yaxlab ketgan uylarga  ham bir harorat ingandek böldi. Elbek bu kunlarda na qaynota uyiga bordi, na gul xarid qildi, ularning birortasiga qönğiroq ham qilmadi. Faqatgina ertalab işga ketişdan oldin va işdan kelganida uy içida har qadamda, har soniyada heç bir narsa oilasi va farzandlaridan ustun emasligini eslatib turuvçi suratlarga qarab çiqar, könglidan nelar ötayotganini özidan boşqa birov bilmasdi…

Törtinçi kuni keçqurun odatdagidek işdan qaytişda köçadan ovqatlanib, uyga kelsa, çiroqlar yoniq. Maşinani garajga qöygaç, ostonadan kirsa, bösağada bir qator oyoq kiyimlar. «Kelişibdi…», beixtiyor sevinib ketdi u. Şu payt içkari uy eşigi oçildi-yu, qizçasi yugurib çiqdi.

– Dadajo-on?!

Elbek qizini kötarib oldi, bağriga bosdi.

– Sizni soğindim… – bidirladi heç narsadan bexabar qizça.

Elbek jigarbandini yanada qattiqroq quçdi, ammo uyga kirişni ham, kirmaslikni ham bilmay qoldi. Şu vaqt içkaridan öğlini kötarib, Aziza çiqdi.

– Assalomu alaykum, dadasi… – ayol şunday dedi-yu, nigohlar töqnaşişi bilan közlarini olib qoçdi. – Meni keçiring… Hamma ayb menda.

Elbekning qizini quçgan qöllari, aʼzoyi badani qizib, iç-içidan yonğoqdek bir narsa kelib, böğziga tiqildi. Bir Azizaga, bir suratlar osilib turgan devorga qaradi.

– Kiring…

Elbek xuddi begona uyga kirayotgandek sekin qadam taşladi. Içkari kirsa, uy örtasida qaynonasi turibdi.

– Assalomu alaykum…

– Tilim qursin, kuyov, – dedi qaynona alik olişni ham unutib. – Bizni keçiring, hamma ayb menda. Qiziqqonlik qilibman. Suriştirib bildim, haqiqatdan sizning bölimingizda işlaydigan öşa ayolni eri bir nogiron bolasi bilan taşlab ketgan ekan. Tez-tez tobi qoçib turadigan bu bolaga ammasi qararkan. Hammasini bildim, öğlim. Meni keçiring.

Elbek heç narsa demadi, ammo ularning yonida ötirişga yuzi çidamadi. Endi kiyimlarini almaştiriş bahonasida çiqib ketmoqçi edi, qaynona dedi:

– Elbekjon, men esi ketgan xotinni keçiring. Siz yuborgan gullardan ham maqsadingizni tuşunmabman. Ularni Azizaga körsatganim ham yöq. Ammo sadoqatingizga, sabringizga qoyil qoldim. Sizdan u dunyoyu bu dunyo roziman. Hammasi joyida ekanligidan boşim kökka yetdi. Endi men boray, bu yerda turişga holim yöq…

– E…

Qaynona kuyovni gapirişga ham qöymay eşikka çiqdi.

– Sizni olib borib qöyaman, – dedi Elbek.

– Yöq, taksi bilan ketaveraman.

– Qöysangiz-çi, özim taşlab kelaman, – qaynonasining nega qolişni istamayotganini bilgan Elbek maşinani olib çiqdi.

Ular yöl-yölakay bir oğiz ham gaplaşmadilar. Faqat maşinadan tuşayotganda qaynona dedi:

– Ötgan beş kun davomida könglingizdan nimalar ötdi, bilmayman, ammo Azizaning ham yiğlamagan kuni bölmadi. Ovqatini majburlab yedirdim. Özlaringizga qaranglar, siz ham ozib ketibsiz…

Elbek heç narsa demadi, boş çayqagança iziga, uyiga qaytdi. Dimoğiga ajib bir bahoriy ifor urildi.

 

Xoliyor SAFAROV

“Yoşlik”2012/7

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Oldingi
Keyingi

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (375)