19 daqiqada öqiladi

238 marta körilgan

Pianino

(Hikoya)

«Janob Antoni Evans konsert beradi».

Bu sözlar teatr eşigiga yozib qöyilgandi. Bino devorida esa janob Antonining pianino bilan tuşgan katta surati… yuzlab tomoşa muxlislari çiptaxona qarşisida turnaqator tizilib turişibdi. Lekin menda alohida taklifnoma bor, çunki men muxbirman – konsert oldidan maşhur pianinoçi bilan suhbatlaşişim lozim. Taklifnomani nazoratçiga körsatib, teatr içkarisiga kirdim. Keyin zinalardan kötarilib, pardozxona tomon yöl oldim. U yerga yetib borgunimga qadar bu maşhur pianinoçi haqida öylab ketdim. Men hatto bir oz çöçirdim ham. Nihoyat pardozxona qarşisida töxtadim. Eşikning katta oltin yulduzçasi bor edi. Qönğiroqni çaldim, eşikni uzun böyli, ança keksaygan, malla közlari kulib turuvçi bir kişi oçdi. Ha, bu öşa maşhur va maʼlum pianinoçi Antoni Evans edi. U qora şim va oq köylak kiygan, soçi silliq qilib taralgan edi.                                                                                                    

– Mening ismim Salli Xill, – gap boşladim men.

– Aytişingizning hojati yöq, – u mening hujjatimni körib jilmaydi. – Siz muxbirsiz. Qaysi gazetada işlaysiz?

– «The Sunday Times»da, janob.

– Juda yaxşi gazeta. Kiring, marhamat! Bemalol savollaringizni beravering. Biz ham qaçonlardir yoş bölganmiz, axir, töğrimi, Linda? – şunday deya u yonidagi ayolga ögirildi. Ayol menga döstona közlarini tikib jilmaydi. «Bu Evans xonim bölsa kerak», öyladim men. Va körsatilgan joyga ötirib daftarimni oçdim.

– Janob, Antoni, menga özingiz haqingizda gapirib bersangiz. Siz musiqaçilar oilasida tarbiya topganmisiz? Xuddi Motsartga öxşab pianino çalişni uç yoşdan boşlaganmisiz? – söradim.    

Pianinoçi jilmaydi, söng javob berdi:

– Yöq, yöq, azizim. Men oilamdan çiqqan ilk pianinoçiman. Va birinçi marta pianino çalganimda 14 yoşda edim. – U mening hayronligimni körib dedi – konsertgaça oz qoldi, lekin men ungaça sizga ötmişimni gapirib beraman…

* * *  

Toni tez-tez musiqa eşita olmasdi. Uning oilasi qambağal va bunday odamlarda musiqa tinglaş imkoniyati bölmasdi. U paytlarda radio yoki televizor kabi narsalar yöq, ammo şaharçalarda konsert bölib turardi. Biroq, kambağallar u yerga ham borolmasdilar. Baʼzan italyan musiqaçi şaharga kelardi. Uning ğildirak aravaçasida kiçik pianinosi bölar, pianino ustida esa ozğingina maymun ötirardi. Uning musiqasini eşitiş uçun odamlar uylaridan çiqar, şunda maymun konserva bankasini uşlagança odamlar atrofida aylanardi. Musiqaçi esa «bizga ehson qilinglar», deb qöşiq aytardi. Lekin maymun qaytib kelganda konserva bankasi doim böş bölardi. Musiqaçi boşini sarak-sarak qilgança yölida davom etardi. Maktabda esa Toni musiqa darslarini intiqib kutardi. Çunki bu paytda Toni döstlari bilan xuddi quşlar kabi kuylardilar. Musiqa öqituvçisi Lark xonim soat 12 da pianino qopqoğini keyingi haftagaça yopardi va «xayr» degança çiqib ketardi.

Toni maktabni tugatgaç, şaharçadan iş topa olmadi. Bir kuni onasi uni erta sahar uyğotdi.  Ular tekin avtobusga çiqişdi va olis yöl yurişdi. Avtobusdan tuşişgaç:

– Yuraqol, Toni, – dedi onasi. Ular quyoş tiğida, piyoda ikki çaqirim yöl bosişdi. Yöl yoqasida oq va sariq gullar oçilib yotardi. Toni bu yerga qiziqib qoldi. Çunki ularning şaharçasida na daraxt bor edi, na gul. U adirlardagi sigirlarga qaradi. «Umrimda haqiqiy sigirni körmagandim», dedi öziga-özi. Jöjalar don izlaş bilan ovora. Semiz, oppoq muşuk esa devorda turgança, uyqusiragan közlari bilan ularni kuzatardi. Oyisi uni fermaga yetaklab kelganini endi tuşundi. Şu payt  röparadagi uydan bir erkak çiqib keldi. U oilaning eski dösti janob Vud edi. Toni ilgari bu kişini körmagandi.

– Salom, Betti, seni körganimdan xursandman. Xating uçun rahmat. Işlaring qalay? – janob Vud xuddi ming yillik qadrdonlardek sözlaşardi. Ular ança suhbatlaşişdi.

Toni eşik yonida turardi. U özini negadir noqulay sezar, uyga ketgisi kelardi.

– Bu sening öğlingmi, Betti? – söradi janob Vud.

– Ha, uning ismi Antoni, lekin biz Toni deb çaqiramiz. U ikki hafta oldin maktabni bitirdi. Toni juda tirişqoq, iltimos unga iş bering. Bilasiz, oltita farzandimiz bor, biz pulga muhtojmiz.

Janob Vud Toniga ögirildi.

– Xöş, yigitça, fermada işlaşni xohlaysanmi?

Toni şaharçani esladi. Dökonda işlaş şovqin-suron, zavodlar bundan battar edi. Qaçon qarasa, u yerdagi işçilarning yuzlari kasalnikidek oppoq, zahil böladi. U yuzlari oftobdan qizargança jilmayib turgan ğayratli fermerga qaradi.

– Xohlayman!

Antoni çindan ham kuçli, baquvvat va ança tirişqoq edi.

Janob Vudning Linda ismli yakkayu yagona qizi bölib, ota qizini juda sevardi. Ammo doimo öğli bölişini juda-juda istardi. Toni keçgaça tinim bilmasdi. Keçqurun uning yelkalari, oyoqlari oğrirdi. Şu sababdan yostiqqa boş qöyişi bilan qotib uxlab qolardi. Toni ovqatdan qisilmasdi: janob Vud yetiştirgan mazali meva va sabzavotlardan yer, istagança sut ichardi. Eski kiyimlarini esa, töplagan puliga qöşib uyiga-ukalariga yuborardi. Toni uyiga kam borardi. Şuning uçun uning borişi ham, qaytişi ham bayram bölardi.  

Janob Vudning oyoq kiyimlari fabrikasiga ega bir oğaynisi bor edi. U ikki öspirin öğli Pit va Jonning katta biznesmen bölişini orzu qilar, şu boisdan öğillarining suyagi mehnatda qotsin deb, fermer xöjaligiga işlaş uçun yuborardi. Bu yilgi maktab taʼtilida ham Pit va Jon fermaga kelişdi.

– Men fermer bölmoqçiman, – dedi Pit Toni bilan tanişib olgaç.

– Ha, – deb Jon uning gapini maʼqulladi. – Fermerlik dunyodagi eng zör kasb!

– Lekin sizlar bu yerga faqat taʼtilda kelasizlar, xolos-ku? – Toni hayratini yaşirolmadi. – Yoz esa doimiy emas, quyoş hamişa çiqavermaydi. Fermerlar qişda qiynalişadi.

– Lekin bu iş senga yoqadi-ku? – dedi Jon kulimsirab. U haq edi. Toni fermani sevardi.

* * *

Yozning jazirama kunlarida bolalar öt örişardi. Quyoş ayamay qizdirar, issiqqa çidab bölmasdi. Öşa issiq kunlarning birida Janob Vud ularning oldiga keldi.

– Bolalar, sizlarga bir iş bor, – dedi u va ötloq yonidagi omborxona tomon yurdi.

– Uning hamişa bizlarga «bir işi» böladi, – dedi Pit uning ortidan muğombirona köz qisib. Toni va Jon kulib qöyişdi.

Fermer ombor eşiklarini lang oçdi.

– Yanagi hafta mening yangi maşinam böladi, – tuşuntirgan böldi janob. – Omborxonani esa garaj qilmoqçiman. Bu yerdagi hamma narsani olib çiqib uloqtirib yuboringlar. Keyin yaxşilab tozalanglar. Yangi maşinamning uyi bu.

Janob Vud jönab ketdi. Bolalar omborda tölib-toşgan narsalarga hayron bölib qarab qolişdi.

– Bu iş köp vaqtni oladi, – dedi Toni omborni aylanarkan.

– Ha-a. – Jon uni maʼqullagan böldi.

Toni buyumlarga bir-bir qararkan, burçakdagi katta, çang bosgan quti diqqatini tortdi.

– Nima bu? – söradi Toni.

– Pianino, – Jon buyumga yaqinlaşib javob qildi.

– Pianino! – Toni hayajon bilan Jonning sözlarini qaytardi. Söng şoşib köylagini yeçib, pianinoning çangini artdi. Tonining közi undagi turli xil quşlar, gullar, barglarning suratiga tuşdi. Ular qoronğu omborda xuddi çaraqlab turgan yulduzlarga öxşardi. Toni pianino qopqoğini oçib, klavişlarga havas bilan tikildi.

– Biz buni taşlab yuborolmaymiz! Bunday qilolmaymiz! – dedi söng hayajon bilan.

Aka-ukalar bir-biriga qarab yelka qisişdi. Toni eski stulni pianinoning yoniga qöyib ötirdi. Barmoqlarini klavişlarga tekkizişi bilan közlarini yumdi. Uning xayolida yodida qolgan musiqalari bir-bir takrorlana boşladi. Barmoqlari klavişlar uzra öz-özidan harakatlana boşladi.

– Men buni çala olaman, – deb öylardi Toni. – Menga heç kim örgatmagan bölsa-da, miyam barmoqlarimga nima qilişni aytyapti. Men musiqa çalayapman!

Darhaqiqat, pianinodan ajib bir kuy taralardi. Jon va Pit kuy ohangidan mast bölganday joylarida qotib turişardi.

– Bu qaysi kuy? – söradi Pit Toni barmoqlarini klavişlardan olgaç.

– Bilmayman. – dedi Toni böşaşib.

Şu payt eşik tomondan ovoz kelganday böldi. Uçala bolaning közi baravar eşikka qadaldi. Ostonada böyçan, ozğin, unça çiroyli bölmasa-da, istaralikkina Linda Vud uzun, jigarrang soçlarini öynab, şirin jilmayib turardi.

Toni ayb ustida qölga tuşgandek qizarib yerga qaradi.

– Nega töxtading? – söradi qiz ohista.

– Tugatdim, – javob qildi Toni yerdan boş kötarmay.

– Qaranglar, – dedi Linda heç narsa bölmaganday şodon qiyofada içkariga kirarkan. – Oyim sizlarga tuşlik berib yubordilar.

Hammalari ovqatlanişga kirişişdi.

– Çalişni kimdan örgangansan, Toni? – Linda pianinoga işora qilib, Toniga boqdi.

Toni kir oyoq kiyimlaridan köz uzmay javob berdi:

– Heç kimdan. Men çalişni bilmayman.

– Aldama, – qiz kulimsiradi. – Bizning maktabda ham pianino bor. Muallimdan ança-munça narsa örganişga harakat qilganman, ammo sençalik çalolmayman. Sen çalgan musiqani bilaman. U «Yaşil ötloq» deb nomlanadi. Buni menga örgatsang yaxşi bölardi…

– Qanday qilib? – Toni hayron böldi. – Men notalarni bilmayman. Bizning maktabda notalarni örgatişmasdi… – Tonining yodiga musiqa öqituvçisi Lark xonim tuşdi. Uning darslarini eslab jilmaydi. – Biz seşanba kunlari qöşiq kuylardik, xolos.

U öyçan tarzda pianino qarşisiga bordi. «Men buni albatta örganaman», – dedi öziga-özi. «Bu haqida janob Vud bilan gaplaşib körişim kerak».

Keçki ovqatni Toni xayolçan tanovul qildi. U özining idişlarini yuvib, eşik tomon yurdi.

– Yöl bölsin? – söradi Jon çoy höplar ekan.

– Janob Vud bilan pianino haqida gaplaşişim kerak, – dedi Toni ortiga burilmay.

Xonadon sohiblarining hammalari öz yumuşlari bilan band. Vud xonim Lindaning kiyimini tikib ötirar, qizi xirgoyi qilgança, matoga gul rasmini solardi. Janob Vud esa odatiça «Fermerlar haftanomasi»ni öqiş bilan maşğul. Eşikning ohista çertilgani ularning diqqatini böldi.

– Kiring, – dedi janob Vud gazetadan boşini kötarmay.

Toni eşikdan kirib, xonadagilarga bir-bir köz taşladi. Söng bir oz botinmayroq söz boşladi.

– Janob Vud, omborxonada eski pianino bor ekan…

– Heç narsani eşitişni xohlamayman, – dedi fermer keskin ohangda.

– Eşitişni istamaysiz? – Toni beixtiyor janobning sözlarini takrorladi. – Axir pianinoni axlatga taşlab yuborolmaymiz.

– Menga maşinam uçun joy kerak. Şuning uçun pianinoni taşlab yuborasizlar, vassalom, – dedi janob Vud va mayinroq ohangda qöşib qöydi. – Bugun juda oğir kun böldi, senam çarçagandirsan, boraqol. Men bir oz gazeta öqimoqçiman.

Vudning ohangidan Toni bir oz dadillandi.

– Lekin pianino…

– Öşa almisoqdan qolgan pianino haqida eşitişni istamayman, – dedim senga! Bor, jöna! – dedi Vudning jahli çiqib.

Toni bir söz demay xonadan çiqdi.

Aka-ukalar Tonining qovoq-tumşuği osilib qaytganini körişib, masalaning ijobiy hal bölmaganini tuşunişdi.

– Biz senga yordam beramiz, – dedi Pit oldin Toniga, keyin Jonga qarab.

– Qanday?

– Pianinoni janob Vudning yuk maşinasiga joylaymiz, bu albatta vaqtinça, keyin bir gap bölar.

Hammaga bu gap jöyali tuyuldi va ular pianinoni bazör kötarişgança maşinaga joylaşdi. Söng hammalari tinç uyquga ketişdi.

* * *   

Ertasiga ular yana öt öriş bilan band edilar. Tuş payti ular çanqaşib suv idişlariga qöl çözişdi.

– Iye, tugab qolibdi-ku? – dedi Jon hafsalasi pir bölib.

– Uyga borgandan köra yaqin-atrofdan qidirib köriş kerak. Axir anavi yerda maktab bor-ku,  u yerda albatta suv böladi, – dedi Pit aqlidan quvonib.

– Men borib kelaman, – Toni şunday deb idişlarni oldi va maktab tomon ketdi.

U maktab atrofini aylanib quvurni topolmadi. Maktab eşigi oldiga bordi. Itarib körgandi, oçilib ketdi. Kiçkina oşxona, burçakda artezian suvining jömragi közga taşlandi. Toni jömrakni burab, qölini tutdi. Avvaliga iliq, söng tanani yayratadigan muzdek suv şarillab tuşdi. Toni yutoqib suv içgaç, maktabni aylangisi keldi. Bunga köp vaqt ketmadi. Çunki maktab birgina sinf xonasidan iborat edi. Xonadagi kiçik stol-stullar, taʼtilga ketgan bolalarni kutgandek jimgina turişardi.

– Öqiş sentyabrda boşlanadi, ungaça hali ikki oy bor, – öylay ketdi Toni. – Pianinoni şu yerga qöyib tursam böladi-ku! Maktab boşlangunça yana bir iloji topilar…

Toni xayoliga kelgan fikrdan quvonib, idişlarni suvga töldirdi-da, bolalar oldiga şoşildi.

– Talqon yeb, seni suvga yuboriş kerak ekan-ku! – Pit kuldi.

– Men pianinoni qöyib tursa böladigan joy topdim! – dedi Toni quvonçini yaşirolmay maktab tomon işora qilarkan.

– Ahmoq bölma, – dedi Jon qöl siltab. – Öqituvçi urişadi.

– Qanday urişadi, axir u taʼtilda-ku? – Toni Pitga ögirildi. – Sen ham hozir taʼtildasan-ku, töğrimi?

– Töğri.

– Maktabning eşigi oçiq, hatto qorovuli ham yöq. Sizlar menga yordam bersalaring, pianinoni maktabga olib kirib qöyardik.

Aka-ukalar bir-biriga maʼnoli qaraşdi. Söng maʼqul deganday boş irğaşib, yana işlariga şönğib ketişdi.

Vud xonim yiğinga ketganligi uçun keçki ovqatni Linda tayyorlagandi.

– Bolalar, – dedi qiz stol ustiga idişlarni qöyar ekan, – otamning yuk maşinasi sizlarda ekan…

Ular savol nazari bilan bir-biriga qaraşdi. Hali ular pianinoni köçirişmagandi. «Nahotki, Linda sezgan bölsa? Otasiga aytsa, hamma urinişlarimiz zoye ketadimi endi?» degan savollar könglidan ötdi ularning. Uçovlon Lindaning yuziga baqrayib qaraşdi.

– Meni qişloqqa taşlab qöya olmaysizlarmi? Dugonam Ketrin kasal ekan, körib kelmoqçi edim…

– Bajonidil taşlab qöyamiz, lekin…

Toni sözini oxiriga yetkazmay, örnidan turdi. Xonani bemaqsad aylandi. Söng Lindaning közlariga tikilgança, bor gapni aytib berdi. Linda Tonini diqqat bilan eşitgaç, jilmaydi.

– Seni tuşundim, Toni. Menam sizlarga yordam beraman.

Bolalar qizni Ketrinning uyiga taşlab ötdilar.

– Soat töqqizdan keçikmay uyda bölinglar, – dedi Linda ular bilan xayrlaşar ekan. – Dadam sezib qolişi mumkin.

Uç öspirin tasdiq işorasini qilişib, boş siltaşdi. Pianinoni maktabga joylaştiriş oğir böldi. Uni maşinadan tuşirib, sinfga olib kirgunlariça, qora terga botişdi. Pianinoni devor oldiga qöyişdi.

– U mana şu yerga yaraşadi! – dedi Pit. Söng klavişlarni birin-ketin bosib köra boşladi. Xonani şovqin, ğalati ovoz bosdi.

– Sen uç yil pianino darsiga qatnagansan, ammo çalgan musiqangni qara. Agar şuni musiqa deb ataş mumkin bölsa… – der ekan Jon Toniga yuzlandi. – Bizga biror narsa çalib ber.

Toni stulga ötirdi. Qöllari klavişlar ustida öz-özidan öynay boşladi. Musiqa uning miyasiga quyilib kelardi. U özga olamda uçib yurardi…  Döstlari  esa diqqat bilan tinglaşardi.   

Yoz Toni uçun maroqli keçdi. Har kuni ovqatdan söng Lindaning velosipedini minib maktabga borar, miriqib pianino çalardi. Keç tuşişi bilan yana fermaga qaytardi. Işdan böşagan paytlarda esa Lindadan nota öqişni örganardi.

– Bu oson ekan, – dedi u Lindaga. – Notalar barmoqlarga nima qilişni aytarkan.

– Töğri.

– Linda Tonining sözlarini yaxşi anglamagan bölsa-da, uni quvvatlab. – Qara, mana bu – italyança musiqa.

Toni notalarni tez örgandi. Bunda Lindaning yaxşi öqituvçi ekanligi iş berdi. Bu darslar Lindaga ham, Toniga ham yoqardi. Toni bora-bora bu darslardan söng yurgan yölida xirgoyi qilib yurişga odatlanib qoldi. Undagi yangi odatni birinçi bölib, Vud xonim payqadi.

– Menimça, Toni kimnidir sevib qolgan, – dedi u Linda bilan keçki ovqatni hozirlar ekan.

Linda jilmayib qöydi.

* * *

Janob Gorden qişloq maktabining yakka-yu yolğiz öqituvçisi edi. U öz işini, ayniqsa bolalarni juda sevardi. Şuning uçun özidagi bor bilimni bolalarga berişga harakat qilardi. Maktabda pianinoning yöqligi janob Gordenning könglini bir oz öksitardi. Ammo u bunga köpam parvo qilavermasdi. Pianinosiz ham öz şogirdlari bilan berilib qöşiq aytaverişardi.

Yoz keçalarining birida janob izlagan kitobini uyidan topolmadi.

– Esladim, – dedi u qöl siltab. – Maktabda qolgan. Maktab uzoq emas, tezda borib kelsam böladi.

U boğ orqali maktabga kirib bordi. Çöntagidan kalitni qidirdi, lekin topolmadi. Qarasa, maktab eşigi oçiq. (Toni maktab çiroğini yoqmasdi, çunki kimdir uni körib qolişidan qörqardi).

– Eh, qarilik qursin, – dedi u boş çayqab. – Eşikni qulflaşni unutibman-ku! Içkarida kimdir bor… Menimça, u öğri! Endi nima qildim-a?

Janob Gorden turli xayollar bilan eşikdan içkariga hatladi. Içkaridan musiqa tovuşi eşitilardi. Janob Gorden seskanib ketdi. Ammo xurofotdan nari odam bölgani uçun yana bir-ikki qadam taşladi. Derazadan taralayotgan oyning yoğdusidan xona bir oz yorişib turardi. Janob Gordenning közi pianino oldida ötirgan bolaga tuşdi. U bexosdan oyoği ostidagi stulni turtib yubordi. Stuldan çiqqan tovuş yetarli böldi: pianinoning ovozi şu on tindi.

Toni örnidan sakrab turdi va keskin orqasiga burildi.

– Iltimos, politsiyaga aytmang, – dedi u titrab. – Men heç narsa öğirlaganim yöq.

– Xöp, xöp, – dedi muallim tutila-tutila. – Ammo sen kimsan? Bu yerda nima qilib yuribsan? – Gorden stolga suyandi.

Toni oldida turgan odamning hayrixohlik bilan gapirayotganini sezdi. Şu sababli uning savollariga batafsil javob berdi.

Janob Gorden fermaga kelib, Vudlar bilan bafurja suhbat qurdi.

– Tonida katta isteʼdod bor, – dedi u suhbat poyonida. – Qirq yil öqituvçilik qilib unga öxşagan bolani uçratmaganman. U musiqa darslariga qatnaşi kerak, keyin Londonga… Musiqa kollejida taʼlim olişi, kuçli musiqaçilar bilan işlaşi lozim.

– Lekin uning oilasi juda noçor yaşaydi, – janob Vud tuşuntirgan böldi. – Ular Tonining hatto maktabda öqişi uçun ham pul tölolmaydilar. Bu yerga ham Toni işlab, uydagilariga yordam beriş uçun kelgan.

– Bular hal böladigan masala, – janob Gorden xuş kayfiyat bilan örnidan turdi. – Ötgan keça men maktabga borib, ajoyib bir musiqaçi bilan tanişdim. Uning uçun qança köp mablağ ajratsam, şunçalik xursand bölardim.

Bu gaplar janob Vudning izzatiga tegdi.

– Yöq, – dedi u qizarib, – Toni yaxşi bola. Unday öğlim bölişini juda-juda xohlardim. Tonining oilasi kambağal bölsa-da, biz noçor emasmiz.

– Töğri, – Vud xonim keskinlikni yumşatiş uçun taşabbusni qöliga oldi. – Biz Tonini öz hisobimizdan kollejga öqişga yuboramiz.

– Barakalla, xonim, – deb Gorden yengil taʼzim qildi va Vudga qarab quvnoq ohangda davom etdi. – Demak, musiqa darslari bizdan, kollejda öqitiş sizlardan!

Hayotini butkul özgartirib yuborgan bu suhbatdan faqatgina maşina yuvayotgan Tonigina bexabar edi.

– Janob Gorden ertadan boşlab senga musiqadan saboq beradi!

Fermerning bu sözlarini eşitib, Tonining közlari porlab ketdi. Ammo sal ötmay böşaşib boş çayqadi:

– Menda öqiş uçun pul yöq.

– Men u bilan gaplaşdim, sendan öqitgani uçun pul olmaydi. Har kuni soat törtda maktabga borasan. Ikki soat şuğullanib, fermaga qaytasan.

– Işim-çi?

– Men boşqa işçi toparman, – dedi janob Vud Tonining yelkasiga qoqib. – Evaziga birinçi konsertingdan uçta çipta berasan! 

Toni barvaqt turar, uy yumuşlarini bajarar, soat törtda maşğulotga şoşardi. Janob Gorden unga musiqaga oid kitoblarni mutolaa uçun berardi. Baʼzan Toni ularni öqigan holda uxlab qolardi. Va tuşiga ham musiqa kirardi. Daraxt barglarini tökdi, qiş ham keldi. Toni darsdan qaytgunça qoronğu tuşardi, baʼzan qalin qor yoğardi. Toni maktabga piyoda qatnasa-da, birorta darsni qoldirmasdi. Janob Vud muallimdan Tonining özlaştirişi haqida sörab turardi. Gorden esa undan nihoyatda mamnun edi.

Daraxtlar yaşil libosga burkandi. Bahor keldi.

– Yozda musiqaçilar tanlovi bölarkan, – dedi Gorden bir kuni Toniga.

– Biz ham tomoşa qilgani boramizmi? – quvondi Toni.

– Yöq, Toni, men tomoşa qilaman, sen esa unda iştirok etasan. Men sening nomingni ham yozdirib keldim.

– Qanday?! – Tonini hayajon bosdi.

– Şunday. Sen unda qatnaşasan. Sen bilan birga dunyoning maşhur musiqaçilari ham iştiroq etadilar.

Toni özi uçun berilgan taklifnomani kördi.

– Heç kim meni Antoni demaydi-ku? Nega ular Toni deb yozişmagan? – Toni ustoziga savol berdi.

– Toni yoş bolaning ismi. Antoni kattalar nomi. Toni Evans-ferma bolasi. Antoni Evans esa musiqaçi! Bir kun kelib sen juda maşhur musiqaçi bölasan. Noming dunyoni tutadi. Men seni bugundan boşlab Antoni deb atayman.

* * *

Tanlov kuni ular bir oila bölib, janob Vudning maşinasida şaharga borişdi. Vud xonim Tonini dökonga boşladi. Ular jigarrang kostyum-şim va oq köylak sotib olişdi. Söng xonim uni poyabzal dökoniga olib kirdi. Bu dökon Jon va Pitning otasiga qaraşli edi. U Toniga yangi oyoq kiyim sovğa qildi. Tufli juda bejirim va çiroyli, Toniga ham, xonimga ham juda yoqdi. Faqat u Toniga bir oz kiçik keldi. Ammo u xonimga heç nima demadi. Jonning otasi Tonining yelkasiga qoqarkan, dalda berib qöydi:

– Ismingni tanlov dasturida öqigandim. Antoni Evans-jarangdor ism. Omadingni bersin!

Ular tanlov ötadigan binoga qarab yöl olişdi. Bino oldida janob Gorden ularni kutib turardi. Vudlar öz joylariga ötirişgaç, u Tonini sahna ortiga boşladi. Juda köp musiqaçilar ötirgan xonaga olib kirgaç, ustozi Antoniga qöl uzatdi:

– Senga omad tilayman! – deya xonani tark etdi.

Antoni ötirib uzoq kutdi. Tuflisi ayovsiz oyoğini qisardi. Qöllari esa muzdek edi. Bir ozdan söng pianinoning ovozi eşitildi. Antoni hamma narsani unutdi: pianinoning sehrli ovoziga berildi. Uning xayolini faqat har ön-ön beş daqiqada kirib, kimningdir ismini aytadigan yigitning ovozigina bölardi. Nihoyat:

– Janob Evans, sizning navbatingiz! – dedi yigit Antonining oldiga yaqinlaşib.

Antoni örnidan turdi. «Oh, oyoğim! – deb öyladi u yigitning ortidan engaşib borarkan. – Xuddi Charli Chaplinga öxşab yurayapman. Hamma ustimdan kulayotgan bölsa kerak.»

U tomoşabinlarga qaradi. Ustozini ham, Vudlarni ham köra olmadi. Lekin ularning mehrini, sevinçlarini his qildi. Oyoği oğriqdan, qöllari muzlaşdan töxtadi. Barmoqlarini pianino klavişlariga ohista qöydi. Bu pianino maktabdagidan ança katta edi. «Men çalişim kerak! Axir bu yerga şuning uçun kelganman.» – dedi öziga-özi. Barmoqlari klavişlar ustida öynab ketdi. Antoni qarşisida ötirgan minglab odamlarni ham, özini ham unutdi. U döstlari, oilasi  uçun çaldi, Vudlar uçun, Linda uçun çaldi. Janob Gorden uçun va albatta Lark xonim uçun çaldi… «Hozir qayerdasiz, Lark xonim? Toni Evansni eslaysizmi? Menda musiqaga mehrni siz uyğotdingiz! Siz meni unutsangiz ham, men sizni heç qaçon unutmayman. Rahmat sizga!»

Gulduros qarsaklar yangradi. Antoni musiqani tugatganini şunda sezdi.

– Bu hayotimdagi eng baxtli kunim böladi! – dedi u öziça.

– U albatta şohsupani egallaydi! – Gorden ham öz hayajonini yaşirolmadi.

Antoni ustozi öylaganidek ğolib böldi. Buni u ertasi kuni gazetadan bildi. Oyoğining oğrigani tanlovdan esdalik bölib uzoq yillar uning yodida qoldi.

* * *

Janob Antoni hikoyasini tugatib, diqqat bilan menga qaradi.

– Şundan söng mening musiqiy hayotim boşlandi. Uç yil musiqa kollejida öqidim. Har yili yozgi taʼtilda fermaga qaytardim.

Yoşim yigirmaga tölgan kuni Linda Vudga özimning eng muhim savolimni berdim: «Hozir senga heç narsa berolmayman. Lekin bir kuni men maşhur va badavlat bölaman. Öşanda menga turmuşga çiqişga rozi bölasanmi?»

Linda menga mehr bilan uzoq tikildi. Söng kuldi.

– Oh, Antoni… – dedi u. – Buni kutib ötirma. Hozir söra!

Şunday qilib, men uning qölini söradim: biz turmuş qurdik.

– Bunga ham oltmiş yil töldi. – Linda xonim suhbatga qöşildi. – Bir oy burun bizni qiroliça Bukingem saroyiga taklif qildi.

– Men u yerga borgunimça Antoni Evans edim. U yerdan esa «Ser Antoni Evans» bölib çiqdim, – deya musiqaçi kulimsirab rafiqasining qölidan tutdi. – Mening Lindam esa, «Ledi Evans» böldi.

Şu payt eşik qönğiroği çalindi.

– Ikki daqiqadan keyin çiqişingiz lozim, Ser Antoni, – dedi xonaga kirgan yigit.

– Men tayyorman, – dedi ser Antoni va menga ögirildi. – Men hozirgaça ikki mingta, balki uç mingta konsert bergandirman. Ammo hamişa ilk marotaba konsert berayotgandekman… Siz endi boraqoling, hikoyangizni yozing. Öquvçilarga mening juda baxtli ekanligimni yetkazing.

Rosemory BORDER

Ingliz tilidan Nodirabegim IBROHIMOVA tarjimasi

 

“Yoşlik”2012/7

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (375)