(Hikoya)
M Y E N
Havo tundlaşgandan tundlaşdi. U göyo lahza sayin qoronğulaşib borayotgan qismatimga öçakişayotgandek edi.
Men şoşa-pişa işdan qaytar edim. Ust-boşim şallabbo. Yomğir tinay demasdi. Şu dam negadir yomğirning taʼmini bilgim keldi va hovuçimni behuş yoğayotgan yomğirga tutdim.
Bir zumda hovuçim töldi. Bolaligimda ariq suvini içganday uni yutoqib sipqordim. Bunça totli. Men doim yomğir yoğişini osmon yiğlayapti, deb taʼriflardim.
Aytişlariça, ğamdan yiğlasang köz yoşing şör, şodlikdan yiğlasang şirin bölar ekan… Osmon bunça xuşbaxt bölmasa?!
Men hamon ketardim özini tanib-tanimagan yomğirlar bilan, mening bosgan qadamlarim yelkasiga malol kelayotgan yöl bilan… Ortimdan kelayotgan bir erkak hansiraganiça qölidagi ulkan qora soyaboni panasiga meni ham taklif etadi. Unga minnatdor boqib: “Soyabonni xuş körmayman”, deyman. U mening yomğir yuvib borayotgan yuz-közimga ajablanib qaragança yugurib ketadi. Men nega özi soyabonni yomon köraman? Negadir soyabon mening boşimni qöriqlabgina qolmay, balki erkimni ham böğib qöyayotgandek bölaveradi. Yaratganning özi keçirsin-u, baʼzida osmon ham boşimda ulkan bir soyabonga aylangandek böladi. Öşanday paytlarda şu qadar siqilib ketamanki, böğiliş jahdida beixtiyor osmon ortidagi dunyo haqida öylay boşlayman. Qiziq, u yerda nima bor ekan-a? Harçand urinmay çala-çulpa öqigan kitoblarimdagi baʼzi manzaralar va allaqanday farazlarimdan boşqa heç narsa topolmayman.
Hozir esa yomğirli olam içra borar ekanman, röparamdan bir-birining pinjiga kirgança kelayotgan yoşgina oşiq-maʼşuqlarga közim tuşarkan, nima haqda öylayotganimni esimdan çiqaraman. Ularga qorni oç qolib sevimli taomining şirin hidi dimoğini qitiqlayotgan odamdek entikib qarayman. Şu payt bir tomçi yomğir kiprigimga ilinib közimga tölayotgan suv bilan öynaşgisi kelganday şöxlik qila boşlaydi. Endi yuzimda şirin va şör suv bir-birining pinjiga kirgan oşiq-maʼşuqlarday bitta bölib oqa boşlaydi.
Köça çiroqlari birin-ketin yonib, atrofimda baxtiyor raqsga tuşayotganga öxşaydi. Men hanuz kalovlanib borayapman, ammo qayerga?! Albatta uyimga-da, deb öylayman, miskin karaxtlik bilan. Mening uyim. U qayerda edi, özi bor edimi?! Tahlikali bir savol butun vujudimni uyğotmoqçi bölganday barmoğimdan soçim uçigaça sovuq örmalaydi. Men esa loqayd dunyo-ning bir loqayd savoli yangliğ hamon qayoqqadir sud-ralaman. Koşkiydi şu damda ( hatto qattol ğanimim bölsa ham mayli) kimdir yölimni tösib çiqib, mendan hol sörasa. O, öşanda bulutday tilkapora bölib tökilardim. Aytaverardim, yiğlayverardim, aytaverardim, yiğlayverardim. Mendan hol söragan ustimdan kulsa ham mayli…
Ğiyqillagan keskin bir ovoz yölning örtasida meni özimga keltiradi. Haşamatli maşina egasi boşini çiqarib, sökinadi:
– Ölging kelgan bölsa, boşqa joy izla, iflos, sening kasofatingga qolaymi endi?!
Bir zum huşyor tortaman: “Iflos dedimi?” Nimadandir jahlim çiqqandek böladi. Ammo, zum ötmasdan yana labimga loqayd tabassum sigir yeliniga yopişgan kanaday yopişadi. Bu tabassum şu qadar mazmunsizki, agar şu lahzada kimdir menga boqsa yiğlab yuboriş heç gap emas, deb öylayman.
Nega tört tomonim böm-böş, könglimning içida huvillayotgan kimning ovozi?! Men qayoqqa ketayapman?!
Xullas, mana şunday savollar arqoniga özimni çandib taşlaganimga ança böldi. Har tongda sönggi jangga otlangan majolsiz askarday hayotga kiraman. Faqat bu jang söngida ğolibligimni ham, mağlubligimni ham anglolmayman. Hozir esa yomğirlar şaffof qamçisida meni savalab ana şu oğir xayollar içidan quvib çiqarmoq uçun zör berayotgandek. Afsuski, men allaqaçon öşa xayolning öziga aylanib bölganman.
Yomğirli şomning soyasiga qoqilib ketaman. Xayriyat-yey, yiqilmadim. Meni bekatda ançadan buyon avtobus poylayotgan bir ayol suyab qoladi. Unga rahmat aytgança, şoşilib sörayman:
– 21- avtobus ötmadimi?
U ayol parişon javob beradi:
– Ötmadi şekilli.
Bu ayol közimga juda taniş körinadi. Uni avval qayokda körgan edim-a? Uning bir tutamgina bölib qolgan yuzi, taram-taram ajinga töla peşonasi, közlari içidagi mung yuragimni azob tirnoğida qitiqlay boşlaydi.
Bekatda u ayoldan boşqa heç kim bölmaganligi boismi yoki yuragimdagi ğaşlikni tarqatiş uçunmi, uni suhbatga tortgim keladi:
– Siz qaysi avtobusni kutayapsiz?
– Bilmayman.
– Nima, adaşib qoldingizmi?
– Adaşganimga ança bölgan.
– Farzandlardan neçta? – sörayman suhbatga sal iliqlik kiritiş uçun.
Ayol avvalgi ohangda javob beradi:
– Bitta öğlim bor…
U şu sözni aytib, nazarimda juknjikkandek böladi. U yoqdan bu yoqqa betoqat yura boşlaydi. Ayolning bu holatini kuzatib turib, ösmoqçilab sörayman:
– Nimadandir xafamisiz?
– Özimdan xafaman, – deydi ayol közlariga tölib borayotgan qoronğulikni yaşirib.
– Qiziq, men sizni qayerdadir körgandekman. Qayerda işlaysiz?
– Radioda işlayman, – deydi u nimadandir toliqqan va nimadir joniga tekkanday.
– Men ham radioda işlayman, ammo sizni u yerda körmaganman, – deyman hovliqib.
Ayol mening közlarimga manosiz boqadi. Ruhimda jinlar bazm qura boşlaydi, jonim qandaydir noxuşlikni sezganday tinimsiz tipirçilaydi. Bor kuçimni töplab sönggi savolimni beraman:
– Uzr, könglingizga kelmasin-u, qayerda yaşaysiz?
Ayol toşdan yönilgan örta asr haykaliday sovuq va pinagini buzmasdan men yaşaydigan manzilni aytadiyu borib bekatdagi örindiqqa ötiradi. Odmigina sumkasini çangallagan qöllariga boqaman. Uning barmoqlarida mening sevimli kumuş uzuklarim siniqqina jilmayadi. Mening esa bu ayolning oldidan tezroq ketgim, yomğirgami, şamolgami aylangim keladi. Ovozsiz bir ovozda baqiraman:
– Men kimman, u ayol kim?!
Mening hayqiriğimni bekatda daydib yurgan yomğirli şamol yutib yuboradi.
SEN
Tun edi. Sen çöçib uyğonding. Kim uçundir yaşirib qöyganing xasta yurak, endi heç kimga kerak emasligini sezganidanmi, sozanda yomğirlar çertayotgan deraza oynasidan taralayotgan kuyga öziga qasd qilgandek tinimsiz raqsga tuşar, uning bu zarbi sening kökrak qafasingga oğirlik qilar edi.
Sen özingga böysunmayotgan vujudingni sudrab, bir amallab derazani oçib yubording. Bahor va yoz qovuşgan tunning havosi xonangga gupirib kirdi. Yana yomğirda ivigan tuproqning juda taniş hidi dimoğlaringni töldirdi. Nogahon unda onangning şirin böyini tuyib, entikib qöyding.
Deraza raxiga suyanib uzoq ötirding. Qiziq, yomğir yoğayapti-yu, oy heç narsa bölmagandek bulutlar oşa kulib turibdi. Şu damda oyga juda havasing kelib ketdi. Qaniydi men ham barça ğamu qayğularim ustidan kulib yaşay olsam edi, deb öylading.
Ammo öylaring ham şu qadar ojiz ediki, ruhingdagi qoronğulikdan çöçib seni bir zumda tark etdi.
Yana sudralib kelib, sovib ulgurmagan örningga yotding. Uyqusizlikdan oğriyotgan közlaringni harçand yumişga urinmagin, ular uxlaşdan boş tortardi.
Şunda birdan oçiq derazadan kirib kelgan oppoq nurga nigohing tuşdi. U nur xonangni obdon aylandi va ğalati ovozda şivirladi:
– Uyqung kelmayaptimi?
Avvaliga ğayritabiiy bir qörquvdan titrab ketding. Söng esa aqldan ozayapman şekilli, degan xayolga bording. Nur senda keçayotgan holatni sezdi. Va yana tilga kirdi:
– Meni tanimadingmi, deyman.
– Sen özingni qölga olişga urinding va xasta ovozda sörading:
– Sen kimsan?
Nur sening yoşlikdagi ovozingda uzoq qahqaha urdi.
Nigohingga kirguday bölib şivirladi.
– Endi tanidingmi?
– Tanigandayman…
– Men sening joningdan qoçgan nurman.
– Nega jonimdan qoçding?
– Sen bilan birga tuğilgan edim. Men bilan naqadar gözal eding, xuşbaxt eding. Afsus, meni qadrlay olmading. Menga xiyonat qilding.
– Xiyonat, qanday xiyonat?!
– Arzon garovga qayğu, ğamlarni sotib olaverding. Senda şaffof bir işq bor edi. Uni yolğonning bir bösasiga tuhfa qilib yubording. Agar yodingdan çiqqan bölsa, mana kör.
Oq nur bir aylanib közguga aylandi-da, sening ötgan kunlaring bu közguda aks eta boşladi. Sen ularni köra turib hayqirib yubording:
– Bas, bas, yetar. Maqsading nima özi sening? Yo meni ajalimdan burun öldirmoqçimisan?!
– Yöq, aslo unday emas vaholanki neça yildan buyon eşiging ortida ajaling seni poylab turibdi… Faqat men uni çalğitib seni undan asrayapman.
– Taşakkur, mendan arazlab ketganingni bildim, ammo qaytişingning boisi nima?
– Senga juda rahmim keldi.
– Hozir qayerda yaşayapsan?
– Baland oq terakning uçidagi bir yaproqda…
– Jonimga qaytsang bölmaydimi?
– Yöq, endi u yerga qaytolmayman. Faqat bu dunyoni tark etganingda joningni kötarib Haqning oldiga borişim kerak..
– Unda ayt-çi, yana qança yaşayman?
– Buni aytişga ojizman. Faqat quşlarning köziga qamalgan osmon ozod bölgan kuni omonatingni topşirişingni bilaman, xolos.
– Yaqinginamda yaşar ekansan, nega oldinroq kelmading?
– Seni har kuni kuzataman. Bu tun juda abgorsan, taskin beray deb keldim. Bilasanmi, sening çekkan har ohing menga borib tegadi va mening kuçimni zaiflaştiradi. Nahotki hayotdan rozi bölib yaşaşingning iloji bölmasa?!
– Men köp harakat qildim. Ammo…
– Yöq, bu şunçaki bahona. Men seni yana bir sirdan ogoh etmoqçiman. Barça döstlaringning yuzida, hattoki sevgan insoningning yuzida ham niqobi bor. Sening eng katta fojiang dunyoga niqobsiz boqişingda.
– Yöğ-yey, nahotki döstlarim meni aldasa?! Aytganday men sevgan insondan xabaring bormi?! U baxtlimi?!
– Uni bilmadimu, ammo seni allaqaçonlar unutib yuborgan…
– Unutiş şunçalar osonmi?!
– Har holda niqobi borlarga yaşaş ança oson… Aytganday tunlarda derazangdan qandaydir nigoh seni kuzatganini sezasanmi?
– Sezganman. Menga şunday tuyuladi deb öylardim…
– Yöq, u bir senga öxşagan alamzada ayolning nigohi.
– Tuşunmadim.
– Bu dunyoni tark etar çoğda hayotga töymagan insonlarning ruhi daraxtlar ruhi bilan qovuşadi.
– Nahotki?!
– Ha, şunday, derazang oldidagi katta örik daraxtiga öşa ayolning ruhi köçgan. U ayol bir paytlar juda dilbar va davlatmand bölgan. Husnining davlati ortida turib öz işqiga xiyonat qilgan. Işqning qarğişi urgan.
– Qanday qilib?!
– Yaqin bir dugonasi zaharlab öldirgan. Qilgan xiyonatini özga bir xiyonat oğusi bilan yuvgan bu ayol qiyomatgaça daraxtdan daraxtga köçib yaşaydi.
– Sen bularni qayerdan bilasan?
– Esingdan çiqarma, men Oq Nurman.
– Tuşundim. Ammo menga qaytişingning heç ham iloji yöqmi?
– Iloji bölganda qaytgan bölar edim. Mayli, men ketdim.
– Şoşma, şoşma, yana kelasanmi?!
– Balki….
– Ayt-çi, men qanday qilsam yaxşi yaşayman?!
– Hayotning köziga qörqmasdan qara. Hayot kuçlilarni yaxşi köradi…
Oq Nur xonangni yana bir bor aylanib çiqdi-da, xayr deganday bir silkinib çiqib ketdi. Sen esa özingni ança bardam his qila boşlading.
Yomğir ham tindi. Osmonning oppoq şohi römoli sirğalib yerga tuşdi. Tong mayingina jilmaydi. Tun böyi yomğir bodasidan töygan ğunçalar kerişib köz oçdi.
Farroşlarning supurgisi tiriklikning yangi qöşiğini kuylay boşladi.
Sen titrab turgan baland oq terakning uçidagi yaproqqa köz tutding. Unda qandaydir nur porlab turardi. Joning öşa nurga yomon talpindi.
U
U Buxorodan ança olis, ammo ildizlari Buxorodan suv içgan, kiçik bir qişloqçada yaşar edi. Bolaligi kapalaklar qanotiday rang-barang kunlar jilvasida ötdi. Quşlar, qumursqalar, maysayu giyohlar tilini örganişdan aslo erinmadi.
Ammo negadir uni şamol sevgisi öziga jalb qilar, qayerda bölmasin şamolning soğinçi bilan yaşar edi.
Beda gullarining nafis hidiga kömilgan dalalarda şamol bilan öynaşdan çarçamas, içidagi bor- yöq dunyosini unga tuhfa qilgisi kelardi. Sunbulaning soçlariga quyoş özini osgan kunda şamol uning yuragini sirli çimçiladi. Va Uni ortidan boşlab katta şaharga yöl oldi.
U yöl böyi bolalikdan yod bölgan qöşiqni xirgoyi qilib bordi:
Şamol-şamol kokili haydar.
Sen darbadar, men ham darbadar…
Bu qöşiqni u şamol bilan şu qadar köp kuyladiki, bundan çarçagan hayot ularning ovozini eşitmaslik uçun quloğini berkitdi. Şundan söng hayotning quloği eşitmaydigan bölib qoldi.
Xullas, u şamolning ortidan ergaşib, nokaslar oyoği ostida taʼna-maʼlomatlardan ezilib yuragi toşga aylangan şaharga kelib qoldi.
Şamol bilan bu şaharni obdon aylandi. Uzoq yillar bu şahardan nimadir izladi. Ammo nima izlayotganini özi ham bilmas edi. U şodlikdan ham, ğamdan ham töyib bölgan bir paytda, sodiq dösti şamol uning quloğiga şivirladi:
– Yur, seni dunyoning eng toza joyiga olib boraman. U avvaliga şamolning gapiga işonmadi. Çunki u bu dunyoda toza joy qolmagan deb öylardi.
Ammo azbaroyi zerikkanidan şamolning ortidan yana yölga tuşdi. Va nihoyat boğ desa boqqa, toğ desa toqqa öxşamaydigan joyga yetib keldi. Qiziq, boğ desa, daraxtlarining mevasi yöq, örta-örtasida marmar toşlar boş kötarib turibdi. Toğ desa çöqqisi yöq…
Bu joy şunçalar sokin ediki, u kar quloqlarining içidagi bezori şovqinning aks-sadosi yanada balandlaşganini sezdi.
Nogahon közi yaltirab turgan qora marmartoş ustida oyoqlarini öynatib xotirjam ötirgan ösmirga tuşdi. Ösmirning közlari içidagi armonli şuʼla şu qadar oğir ediki, u buni kötara olmay, beixtiyor yerga ötirib oldi.
Ösmir hayron bölib unga uzoq tikildi. Va uningg sevimli qöşiğini baralla kuylay boşladi:
Şamol, şamol kokili haydar,
Sen darbadar, men ham darbadar.
Avvalliga bu bola uni masxaralayotganday tuyulib, rosa, jahli çiqdi.
– Hey, bola, uyalmaysanmi özingdan kattani masxara qilişga?!
– Men heç kimni masxara qilganim yöq, bu bolalikdagi sevimli qöşiğim.
– Senga bu qöşiqni kim örgatgan?
– Şamol örgatgan. Siz ham bilasizmi bu qöşiqni?!
– Bilaman.
– Keling, birgalaşib aytamiz bölmasa.
Bolaning köngli uçun U bu qöşiqni jör bölib aytdi.
Qöşiq tugagaç, boladan söradi:
– Sen bu yerda nima qilyapsan?
– Men uç yildan buyon şu yerda yaşayman.
– Nega, uying yöqmi?
– Mana mening uyim,– dedi bola katta qora marmartoşning ostini körsatib…
Şundagina uning köngli sovuq bir nimani sezganday böldi.
– Seni bu yerda yaşaşga nima majbur qildi?
– Özim, – dedi bola puşaymonligini oşkor etmoqçiday.
U razm solib bolaga qaradi şundagina bolaning böynida qolgan arqon izlarini kördi.
– Nega axir bunday qilding?!
– Qadrimni ötkazmoqçi edim.
– Xöş, ötkaza oldingmi?
– Bir yilça eslab yiğlab oldimga kelib yurişdi. Ammo keyin hamma döstlarimning yodidan çiqdim. Bilasizmi, sinfimizda juda gözal bir qiz bor edi. Uni yaxşi körardim. Ammo u menga qiyo ham boqmasdi. Men uçun kuydimi, yöqmi – bilmayman…
Şu payt yuzlariga ğam soya solgan bir ayol töğri ösmir örnaşib olgan marmar toş tomon kela boşladi.
Bu ayolni körgan bola sakrab tuşdiyu, “oyijon” degança ayolga talpindi. Ayol karaxt edi. Muk tuşib yiğlarkan, böyniga osilgan bolaning mehribon qöllarini sezmasdi. U mung haykaliga aylanayozgan onaga va öz xatosini keç anglagan ösmirga qanday söz ila taskin berişni bilmasdi.
Ularni xoli qöyib, yana şamol etagi bilan erinmay artayotgan marmar toşlar oralab borar ekan, U kar quloğini qomatga keltiruvçi baland- past, turli-tuman ovozlarni eşita boşladi.
U göyo qiyomatning şahriga kelib qolganday edi.
Mahobatli marmar toşga suyangan, qirq yoşlardagi soçi oppoq kişi özidan sal naridagi yaqindagina qorni döppaygan tuproq boşida abgor ötirgan keksa odamga qahrini tökardi.
– Oxiri kelar ekansanku men kelgan joyga. Nega şunday qilding-a, senga mening unvonim kerakmidi, seni döst deb işonibman. Uyalmay-netmay özing qilgan rasvolikni mening böynimga yuklading. Beçora bir qizning şaʼnini bulğab, yana uni öldirib yubording. Hammasi uçun esa men javob berdim. Bu körguliklarga yuragim doş berganda edi, hammasi boşqaça bölardi.
Bilasanmi, öşa qiz har tunda kelib menga dardlarini aytib ketadi…
– Men nobakorni keçir, döstim.
– Döst dema, heç qaçon döst dema…
Marmar toşlar aro u yoqdan bu yoqqa yugurib yurgan bir telba ayolning fiğoni ikki döstning suhbatini bosib ketdi.
Marmartoşlarning sovuq, sirli nigohi telba ayolga tikiladi.
Ayol tinimsiz:
– Öğri, öğrini uşlang, topgan barça boyligimni öğirlab ketdi….
U bu telba ayolning suratini qaysidir marmartoşda körganday böldi. Qörquvdanmi yoki bu joyning sovuq nafasidanmi, eti junjikib ketdi.
Telba ayol yugura-yugura öşa surati aks etgan marmartoşning oyoğida huşidan ketib, oğzidan köpik oqa boşladi. Ammo heç kimning u bilan işi yöq edi.
Zotan, hayot bu göşadan allaqaçon oyoğini uzgan. Uning qonuni bu yerda kor qilmas edi.
U bu yerda qorni döppayib, umid bilan farzand kutayotgan onalarning allasini eşitdi, visol tunidan ayro tuşgan kelinçaklarning yor-yorini tingladi. Ammo ular juda sovuq, umidsiz edi. Ulardan quyoşning nur tomirlari allaqaçon uzilgan edi.
Özidan ketib borayotgan ruhini mahkam quçoqlagança U şamolni çaqirdi .Ammo şamol javob bermadi.
Toğ desa toqqa, boğ desa boqqa öxşamaydigan joydan bir amallab çiqdi-yu, hayotni töyib-töyib hidladi.
– Mayli, arzu-dodimni eşitmaydigan kar bölsa ham Hayot juda xuşböy, juda şirin, – dedi u yuragining rangini öğirlab, köziga qaray olmay botişga çoğlangan oftobga boqib…
Halima AHMEDOVA
“Yoşlik”2012/9
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


