5 daqiqada öqiladi

130 marta körilgan

Andişasizlik ayb emasmi?

Bir kuni Nasriddin Afandi qarşisiga bir uyum kitobni yiğib olib, ularni varaqlab ötirgan ekan. Afandining bu harakatini tuşunmagan tanişi sörabdi:

– Afandi, bunça kitobni öqib olim bölarmiding. Nima qilmoqçisan, özi, – debdi.

– Kitob yozmoqçiman!

– E, kitob yozmoqçi bölsang, nega boşqalarning kitobini öqib ötiribsan. Özing yozda kitobni, – yana eʼtiroz bildiribdi tanişi.

Afandi şundan söng bu “öqimagan”ga sodda, tuşunarli qilib: “Odamdan odam, kitobdan kitob tuğiladi-da”, degan ekan.

Endi bu latifa bölmay qoldi. Çunki, bu – falsafa. Donişmand Nasriddinimiz ham çakana odam bölmagan-ku, axir. Uning topağonligi, qoçirim va kesatiqlari zamirida “nimadir” bölgani şubhasiz. Uning “Kitobdan kitob tuğiladi” degan fikriga qöşilmaydiganlarga esa bizda eʼtiroz bor.

Keling, latifani qöyib, hayotga qaytaylik. Dunyoning istalgan şoir yoki adibi, boringki, ziyolisi faoliyatiga qaraylik. U albatta minglab kitob öqigan, biror oliygohda tahsil olgan yoki buvi, yo bobosidan, opasidan ertak eşitgan. Ilmiy bölmasa-da, hayotiy, aqliy tajriba bilan uslub, janrni özlaştirgani aniq.

Hazrat Alişer Navoiy yoşligida Farididdin Attorning “Mantiq ut-tayr” asarini öqiydi. Öqigandayam asar içiga, mantiq olamiga çökib mutolaaga kirişadi. Yeyiş-içiş va hokazolarni unutib, Attorni örganadi. Bundan taşviş tortgan kattalar yoş Alişerning qölidan kitobni olib, yaşirib qöyişadi. Bu hayot haqiqatiga qançalik mos keladi, yöq, ahamiyatsiz. Ammo Navoiyning öşa asar taʼsirida yozilgan betakror “Lison ut-tayr”i dunyo yuzini körgani rost-ku. Şu holat kitobdan kitob tuğilişining tastiği emasmi?

Bobur, Maşrab, Amiriy, Nodira, Munis, Ogahiy, Feruz yoki Qodiriy-u Çölponga, Said Ahmad-u Ozod Şarafiddinovga boşqa, özlaridan avval ijod qilganlarning, aniqroği, kitoblarning taʼsiri bölmadimi?

Fikrimizça, ular kitob öqimay turib, şoir-yozuvçi bölişga uyalgan. Bilimsiz böla turib, birovga aql örgatişga, balandparvoz “falsafa” söqişga, öxşamagan öxşatişni, noörin taşbihni qöllaşni or bilgan. Özidan uluğlar tanbeh berib, xatosini körsatganda, örgatganda, ters burilmagan, aksinça, jon quloği bilan eşitgan. Xatosini töğrilagan. Maşrabning ilm oliş uçun ustozi poyiga yiqilgani haqiqat emasmi? Vaholanki, u jahonşumul şoir. Şoirlarga ijobiy maʼnoda telbalik nisbati berilişiga ham Maşrab sababdir balki.

Buxorolik bir yoş yigitning uç-törtta kitobi naşrdan çiqib ulguribdi. Şeʼrlarining ançasi qöşiq bölib ketgan. Baʼzi “modern” yoşlar öşa kitoblarni xarid qilayotgani ham rost. Biz ham kitoblarni varaqlab kördik. Avvalo, töplamning muqovasi eʼtiborni jalb qiladi (şeʼrning emas, “şoir”ning reklamasi). Yoşgina bölişiga qaramay, soqoldor muallifning surati. Özini tutişidan – göyo sanʼatkor. Kitob orqasida özining kimligi, tabrik söziga öxşab ketadigan jumlalarni keltirganki… Bunday katta daʼvoni eng nomdor şoirlar ham qilolgani yöq hali.

Ming istihola bilan yoziş mumkinki, öşa, biz katta daʼvo deyayotgan jumlalarda ijodkorning qanday xastalik bilan oğrib, kasallikni qanday yengib ötgani, ulkan hayotiy “tajribasi” haqidagi bitiklarni öqiymiz. Yoki sevgi haqidagi “çuqur” mulohazalarga közimiz tuşadi. Göyo bu bizga ibrat bölişi kerakka öxşaydi…

Töplamning mazmun-mundarijasi haqida yoşi uluğroq, tajribaliroq munaqqidlar fikr bildirgani maʼqul, albatta. Bizning kiçik xulosamiz esa kitobdan örin olgan şeʼrlarni adabiyotni tuşunadigan heç bir kişi körmagan, tahrir-tahlil qilmagan, degan fikr bilangina çeklanişga yetadi. Bir söz bilan aytganda, matn mazmuni işqiy, qarğiş, aql örgatiş kayfiyatidagi dahanaki jangni eslatadi.

Afsuski, aksariyat yoş qalamkaşlar matbuot, naşriyot eşigiga “yotib” olişgan. Hatto ota-onasi ham  ergaşib keladi: “Bolamning şeʼrini çiqarsang. Aks holda öqişga kirolmaydi, tanlovlarda ğolib çiqolmaydi”.

Zerikişdan qölga qalam olayotganlari-da topiladi. Endi öylang, sizning nönoq bolangiz (aynan ijodga) qoralagan allambalolarni xaspöşlab, silliqlab gazetada bossa, naşriyot töplam(ça) qilib bersa (azbaroyi zada bölganidan), u qobiliyatli bölib qolarmidi? Yoki biror oliygohga imtiyoz asosida qabul qilinarmidi? Yoki maşhur bölib ketarmidi? Şunça sarsongarçilik, mablağni behuda sarflaş örniga, bolaning qöliga törtta darslik, ikkita badiiy kitob olib berişning nafi köproq emasmi?

Şu örinda yana bir muammoning yeçimiga yetgandaymiz. Viloyatlarda televideniyelar, baʼzi markaziy telekanallar, radiolarda tinimsiz efirga uzatilayotgan, na ovozi, na musiqasida tayini bölgan “sanʼatkorlarning” tegirmoniga biz tilga olib ötgan ijodkorlar suv quymayaptimikan. Şevaşunoslik, baçkanalikdan nariga ötolmay qolgan “sanʼatkorlarni” ruhlantirib yubormayapmizmi? Andişasizlik ayb emasmi? Açinarlisi şundaki, xizmat körsatgan, hatto xalq artistlari ham öşanday maza-matrasi, saviyasi bölmagan şeʼrlarni topib kuylayapti. Balki şundandir, sanʼatkor bilan sanʼatkorni, qobiliyatli bilan qobiliyatsizni farqlolmay qoldik. Hammasi bir xil, bir rangda. Farqi şundaki, birovi özini reklama qila oladi, birovi yöq. Musiqa matni, mazmun-mohiyatini nazorat qilişi kerak bölgan mutasaddilar qayerga qarayotgani nomaʼlum.

Matbuot ham «oppoq» emas. Köplab xususiy gazetalar, tarmoq naşrlari ozuqa manbayi sifatida şov-şuv kötarişni bilib olişgan. Yurakning qonga aylanib, daryo bölgani, oyning engaşib qöşiq aytgani (dostonlarda ham bu darajada köpirtirilmagan misralar), uyqusiz keçalarning oğriqlari, bir havaskorning beş yuz marta sevgani, xatosidan afsus çekayotganini şeʼr, deb tuşunayotgan adabiy xodimlarning borligi, uyalmay-netmay gazetasining muqovasida dabdabali suratini bosişgani köngilni ezadi. Birovga şoir nisbatini berişdan oldin, ozgina bu haqda öylasak, nima deyayotganimizni fahmlasak bölarmidi. Nahotki saviyamiz ommaviylaşib boraversa… Öylagani qörqadi kişi. 

Kattalarimizda döppini bir çetga qöyib, yaxşilab öyla, degan ibora bor. Qaçon öylaymiz? Döppi-ku boşimizda yöq. Lekin döppi biz uçun öylamaydi-da. Adabiyot qayerga qarab borayapti? Yoki adib Şukur Xolmirzayev taʼbiri bilan aytganda, adabiyot ölayaptimi? Yoki darvozasiz qoldimi? Dod-voy qilib, ayyuhannos solayotgan odam bölib köriniş niyatimiz yöğ-u, ammo şoirman, yozuvçiman, deb kökragiga urayotganlarning nihoyatda köpayib borayotgani rostdan taşvişga asos böla oladi-da. Qöşiq va musiqa şou-biznes degan balandparvoz «madaniyat»ning qurboni bölib ulgurganiga-ku ança böldi. Nima, endi navbat adabiyotgami? Nahotki, şu holat taşvişga asos bölmaydi, deysiz?!

Bunaqada yigirma yildan söng maktab darsliklariga kimlar kiritilişi haqida hatto öylaş  ham qöçqinçli.

Nazm yoki nasrda bölsin, iqtidorli yoşlar, yangi-yangi qobiliyat egalari yuzaga çiqavergani yaxşi. Bundan quvoniş kerak. Ammo, ular kitob öqigan, adabiyotdan xabardor bölsa yaxşi-da. Tağin, şoirman, adabiyot bilimdoniman, şu sanʼat turining ertasini öylayman, degan borki, ijod eşigini qoqqanga, adaşib turtib qöyganga darvozani lang oçib qöymasa, deymiz. Aks holda adabiyot latifaga aylanadi. Yoki biz…

Isomiddin PÖLATOV

“Yoşlik”2012/10

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (375)