6 daqiqada öqiladi

299 marta körilgan

Şon haqida doston

Non barça zamonlarda ham bayramu sayllarning, dasturxonlarimizning körki, odamlarning haqiqiy madadkori va quvvati bölgan. Non tökinlik, farovonlik, ahillik, birodarlik, odamiylik, qadr-qimmat, samimiyat va döstlik ramzidir. Non ana şunday tabarruk va muqaddas neʼmatdir.

Özbek şeʼriyatida öz örniga ega bölgan isteʼdodli va köp qirrali şoir Sirojiddin Sayyid ham bu qadimiy va betakror mavzuda jiddiy doston yaratdi va uni “Non va nom” deb nomladi.

Avvalo şuni eʼtirof etiş kerakki, xalq dostoni va ertaklarida, maqol va matallarida odamiylik, vatanparvarlik, mehnatsevarlik kabi fazilatlar uluğlanadi. S.Sayyid ham folklor anʼanalaridan ijodiy foydalangan holda doston bitgan.

“Non va nom”ning syujeti anʼanaviy, xalqona syujet asosiga qurilgan. Doston qahramoni Omon polvon mehnat kişisi. Doston asosida mehnatni uluğlaş motivlari yotadi.

Şoir dostonga bu xalqona syujetni şunçaki olib kirmaydi, balki uning har bir halqasiga maʼlum bir ğoyaviy-badiiy vazifani yuklaydi. Muallif mustaqillik tufayli baxt-saodatga erişgan, mustaqillik ğalabalarini himoya qiliş uçun yonib yaşayotgan mamlakati farovonligi, dasturxonlar tökin-soçinligi yölida fidoiylarça kuraşayotgan inson obrazini yaratib berişni öz oldiga maqsad qilib qöyadi.

“Non va nom” dostonida mamlakatimizning ğalla mustaqilligi, mamlakat tegirmonlariga keltirilgan donni unga aylantiriş jarayoni haqida hikoya qilinadi. Asardagi Omon polvon ana şunday jarayonda fidoiylik körsatayotgan insonlardan. Şoir öz qahramoni Omon polvonga nisbatan bölgan iliq va samimiy munosabatlarini “Omon aka zör-da, ukalar!”, “Ey, Omonboyga gap yöq, qandini ursin” kabi olqişlar orqali taʼriflaydi. Şoirning yutuği şundaki, folklor syujetiga ijodiy yondoşib, katta ijtimoiy mazmunni istiqlol yillari voqealari, şart-şaroitlari bilan boğlaş orqali mahoratli ifodalaşga erişgan.

“Bir paytlar şöro davrida ufqlardan-ufqlarga qadar faqat paxtazorlardan iborat bölgan Özbekiston mustaqillik zamonida qisqa muddat içida oltin buğdoyzorlar mamlakatiga ham aylandi, – deb yozadi şoir, – Özbekiston yeri yolçib buğdoy kördi, yolçib don kördi. Buğdoyni-ku kim ekişini biz yaxşi bilamiz, uning ignaday maysadan to böliq boşoqlar holatiga kelguniça çekiladigan mehnatu zahmati kimning zimmasida ekani ham yaxşi maʼlum. Buğdoy örilib, yançilib, alal oxir tegirmonga keladi. Mamlakat tegirmonlariga bu tegirmonlar boşida kimlar turibdi, kimlar işlayapti, ularning öy-xayollari ne, ular qanday kişilar, orzu-umidlari, taşvişlari qanaqa – hikoyamiz şu xususda, yaʼni tegirmon boşida turganlardan biri, Şarof Raşidov nomidagi Şörçi don mahsulotlari kombinati hissadorlik jamiyatining rahbari Omon Beknazarov haqida”.   

Şoir dostonda odamzotning azal-azaldan, neça ming yillardan buyon ikki narsa – NON va NOM talaşişi, kuraşişi, jon çekib ter tökişi, ranju zahmat tortişini hikoya qilarkan, quyidagilarni yozadi.

“Agar odam bölsang yaratgin özingga NOM”, deydi çeksiz buğdoyzorlar diyorining uluğ oqini.

“Yigit kişi qirq yoşgaça öziga NOM çiqarişi, obrö-eʼtibor qozonişi kerak, qirq yoşdan keyin uni şu nom boqadi”, degan hikmatnamo gap ham yuradi elning orasida.

Bizning Vatanimiz uluğ NOMlar mamlakati, dunyoda öz uluğ farzandlari nomini bizçalik eʼzozlaydigan boşqa diyor yöq. Dunyoda NONni bizning elimizday közga surib qadrlaydigan boşqa bir xalq bölmasa kerak.

Bu diyor

Buğdoy non isli diyor

Şirmon non isli diyor

Gul, rayhon isli diyor

Osmonlar erkalagan,

Oy quyoş yuzli diyor.

Endi şoirning öz qahramoni haqida aytgan taʼrifiga eʼtibor qarataylik.

Biroz ğurur, biroz mubolağa uyğunlaşib ketgan taʼriflarda şoirning öz qahramoniga bölgan mehr-muhabbati mujassam:

“Har davru zamonning el-ulus orasida nomi çiqqan, donği ketgan insonlari böladi. Bunday zotlarning öz fayzi, öz örni bor. Ularga hamma köz tutadi, hamma taşvişi bormi, dardu ilinji bormi ularga aytadi, bunday zotlar hammaning muşkulini hal qiliş, hammaning könglini kötariş uçun tuğilganday, ularsiz ötadigan töyu maʼraka qandaydir tuşkun, ular iştirokisiz keçadigan davra yo yiğin selsiz, toşqinsiz daralarday sokin va betarovat. “Xudo nazar qilgan odam”, deb ham sifat beradi edi, “Qahramon” deyişi mumkin, “jonkuyar, kuyinçak” yoki “xaqiqiy tadbirkor, işbilarmon” desa ham töğri kelaveradi, yoinki “el dardi bilan yaşaydi” debon kitobiy taşbihlar ila çopon kiygizilsa ham yaraşiqli çiqadi. Bu xislat, sifat , fazilat va hokazolarning bari unda jamuljam ekanini inkor qilmagan holda men doston qilmoqçi bölganim bu insonga faqat birgina söz loyiq, munosib: Polvon. Omon Polvon “Surxonu Qaşqa vohalarida ovozasi ketgan, öspirinlik çoğlaridayoq kuraşga tuşgan, töylardan keyin nomi ösmir polvonlar orasida naqlu rivoyatlarga aylangan, hayoti turfa xil sarguzaştlaru qiziq-qiziq hangomalarga töliq bir ajib-ajabtovur inson edi. Kelbati toğday, tovaday panjalari muşt bölib tugilganda, temirçining sandoni deysiz. Egnidagi çoponiga menday ozğin şoirlarning beşovi bemalol siğişi mumkin. Xudo köngilni ham gavdaga, qaddu-bastga qarab bersa kerakki, bağri keng, qalbi yoz osmoniday oçiq”.

Vohadagi eng yirik sanoat korxonalaridan birini davrning talabu, ehtiyojlari darajasiga kötariş, ravnaq toptiriş, şuning barobarida xalqning ehtiyojini ham öz vaqtida qondiriş, bu haqda uzluksiz öylaş, yöl izlaş, reja tuziş, baʼzan haftalab, oylab rohat-halovatning bahridan keçiş, yana kombinatning eşigu darvozasi, tösiqlaridan ötib qabulxonagaça zorlanib keladigan ehtiyojmand bormi, beva-beçora bormi, barçasining har kuni neça martalab dardini eşitib, könglini kötariş, yordam qölini çöziş …. bularning hamma-hammasi Omon polvon qilgan va qilayotgan işlardan bir şingil xolos.

Bugina emas, Omon polvon davralarda kuraş tuşib, öz qişloğining, ajdodlarining nomlarini uluğlaydi. Kuraşganda ham halol kuraşib neça polvonlarning kuragini yerga tekkizib turadi.

Omon polvonning fikriça “Yurt nima, Vatan nima deydi baʼzilar. Mana şu buğdoyzorlar, şu mehnat, tandirdagi, dasturxondagi non ham Vatan. Ana çangga belanib işlayotgan işçi bor-ku, şul ham Vatan. Öz-özidan bölmaydi. Bilgan bor, bilmagan bor buni”.

Omon polvonning odamlarni qabul qilişi ham qiziq. U qabulxonadagi barça odamlarni birdaniga qabul qiladi. Ular bilan gapni dangal va lönda qilib gaplaşadi. Dastlab momolarning dardini eşitadi. Kimdir iş, kimdir maʼraka ötkaziş va hokazo masalalarda Omon polvonning huzuriga kelgan. Polvon ularni noumid qaytarmaydi. Omon polvon rafiqasi kasalxonada yotgan işçining maoşini ololmay qiynalayotganligini eşitib, hisobçiga uning iş haqini darhol berişni buyuradi va masʼuliyatsizligi uçun kassirni şu yerning özida işdan böşatib yuboradi. Bu Omon polvonning odamlar taqdiriga befarq bölgan xodimlarni keçirmasligini körsatuvçi holatdir.

Omon polvon xalq mulkini köz qoraçiğidek ehtiyot qiladi. Korxonada talon-tarojlikka yöl qöymaydi. Şuning uçun ham Omon polvon nomdor şoirdan un berib yuboriş haqida xat olib kelgan hofizga qarata “Biz şoirni hurmat qilamiz. Lekin bilasizmi, men har kuni bundoq xatlardan yuztasini olaman. Xudoga şukr, taniş-biliş köp. Har biriga bir qopdan un berib yuborganda ham yuz qop böladi. Uyim kuyadi-ku, uka! Aybga buyurmaysiz endi…” deb izza qiladi.

Omon polvon xalqimizning tarixini hurmat qiladi. Aziz insonlarning qabrlarini ziyorat qilib turadi. Omon polvon “Böta bözlar ota” ziyoratgohini Ollohning yölida xayp-ehson bölsin deb özi tiklaganligi haqidagi lavha buning isbotidir. Xullas, şoir öz dostonida istiqlol fidoiylaridan bölgan yurtdoşlarimizning obrazini real hayotiy lavhalar orqali körsatib beradi. Xudoning barça bandalari qatori Polvonni ham kimlardir yaxşi köradi, kimlarningdir unga boqib közlari kuygani-kuygan, deydi.

Xalqona uslubda yozilgan “Non va nom” dostonidagi har bir söz, ohang va şeʼriy parçalar bayonidagi ritm kitobxonni voqealar oqimiga kuçli jalb etadi. Muallif öz qahramonini ertagu dostonlardagi qahramonlarga qiyoslaydi. Omadi yurişgan, el-yurt taşvişida yonib yaşayotgan Omon polvon hamişa elning olqişini olib yaşaydi. Ertak va dostonlardagi qahramonlar baxtga sehrli buyumlar, parilar yordamida erişsalar. Omon polvon öz baxtini halol mehnati orqali qölga kiritadi. Bunday xalq qahramonlarini esa faqatgina xalqning özi yaratişi mumkin. Sirojiddin Sayyidning “NON va NOM” dostoni özbek dostonçiligi degan muazzam kitobning  yorqin sahifalaridan biri bölib qolişi şubhasiz.

Turğunoy KAZIYEVA

“Yoşlik”2012/11

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (375)