5 daqiqada öqiladi

166 marta körilgan

Birovning yuki

Avtobusda odam siyrak edi. Faqat örindiqlargina band. Unda-munda tik turgan yölovçilar öz xayollari oğuşida parişon ketişardi. Lekin Olmosning jaği-jağiga tegmaydi: ötgan kungi musobaqa haqida dösti Azizbekka tölib-toshib gapirib berardi.

Ha, rost. Olmosning omadi çopdi. Kuraş böyiça tumanda ğoliblikni qölga kiritib, şahar bosqiçida kuç sinaşadigan böldi. Uning bu yutuğidan maktabdagi  ustozlari, sinfdoşlari xursand. Biri qöyib, biri olib Olmos Qodirovni qutlaşadi. Oğizlaridan bol tomib uni maqtaşadi. Ayniqsa, Azizbek döstining ğalabasidan  behad sevindi. Çunki ikkovi uç yildan beri kuraş bilan şuğullanişadi. Arzimas bir sababga köra tizzasi lat yeganligi uçun Azizbek tumandagi musobaqaga qatnaşa olmay qoldi. Lekin Olmosning yutuğini öz yutuğiday bildi.

Mana, bugun ular darsdan söng galdagi maşğulotga otlanişdi.

Avtobus bir maromda imillab borardi. Baland-past imoratlar, gavjum köçalar, avtolar, odamlar oqimi deraza ortidan lip-lip ötib turardi. Qay kuni kuzning ilk yomğiri yoğib ötgani uçunmi, harneçuk, havo ança salqin.

– Raqibimning qöli juda qattiq ekan, –  deya hanuz jöşib hikoya qilardi Olmos, – bilagimni omburday qisdi. Lekin juda ehtiyotsiz harakat qilarkan. Ança payt poylab turdim.

Döstining hayajoni Azizbekka ham yuqqandi. Olmosning har bir sözini diqqat bilan tinglab, kuraş manzaralarini köz oldida jonlantirib borardi. Baʼzan beixtiyor bellaşuvga monand harakatlar qilib qöyardi.

– Endi şahar bosqiçiga yaxşi tayyorlanişing  kerak, – dedi u qöllarini mahkam muşt qilib.

– Töğri, qattiq şuğullanişim şart, – dedi Olmos közlari çaqnab, söng afsuslangannamo boş çayqadi, – sening qatnaşa olmaganing çakki böldi-da.

Azizbek xomuş boş egdi.

– Bilasan-ku, tizzam pand berdi.

– Ayb özingda. Doim biror işkalga aralaşib yurasan.

– Töğri…

Rost, Azizbek doim özini ötga-çöqqa urib yuradi. Bir kuni bozorda kiçkina bolani kaltaklayotgan uç-tört bezori bilan olişib ketdi. Ularni qoçib qolişga majbur qildi, lekin özi ham bir-ikki muşt yedi. Burni qonadi, qovoği kökardi. Eng yomoni, öşa yerda yurgan uçastka noziri uni tutib ketdi. Bezorilikda aybladi. Dadasini çaqirtirdi. Azizbek tavba-tazarru qilib zörğa qutuldi.

Tağin bir kuni ğalati voqea bölgan. Öşanda galdagi maşğulotdan qaytişayotgan edi. Köçada bir odam yiqilib yotgan ekan. Odamlar beparvo ötişardi. Lekin Azizbek çözilib yotgan kişining boşiga engaşdi.

“Qöysang-çi, ğirt mast bu”, – deb qölidan tortqiladi Olmos.

“Mastmasman”, – deb javob berdi şu payt öşa kişi, – yuragim sançib qoldi. Iltimos, yordam beringlar…”

Azizbek şoşa-pişa bir yölovçi maşinani töxtatdi. Söng döstlar birgalaşib haligi bemorni  kasalxonaga yetkazişdi. Juda keçga qolib ketişdi. Uydagilar rosa xavotirlanib turişgan ekan. Bölgan voqeani eşitdi-yu, Olmosning dadasi battar tutoqdi.

“Sen tirrançaga kim qöyibdi birovning ğamini yeyişni, – dedi u öğlining quloğidan çözib, – özingni öylasang-çi…”

Öşa keç dadasi Olmosga yana odatdagidek uzundan-uzoq nasihat qildi. Bölajak çempion har narsaga çalğimay, faqat özini öylab maqsad sari intilişi kerakligini bot-bot takrorladi.

“Hali zör bölib ketganingdan söng birovlarga yaxşilik qilasan”, – deb qöşib qöydi gap oxirida.

Olmosga nasihatlar bemaʼni tuyuldi. Negadir Azizbekni yomon körib ketdi.

“Şuni deb rosa taʼzirimni yedim”, – xayolidan ötdi uning.

Azizbek esa hanuz öşa-öşa. Birovlarga yordam beraman deb hamişa öz boşiga taşviş orttirib yuradi. Ana, qaysi kun maktabga ança erta kelib farroşga suv taşib kömaklaşibdi. Tösatdan sirpançiq yerda sirğalib ketib, tizzasi lat yegan. Şuning oqibatida musobaqaga borolmadi.

– Keyingi musobaqada albatta qatnaşaman, – deb qöydi Azizbek lablarini qimtib.

Olmos ham boş irğab uni maʼqulladi.

Şu orada ular manzilga yetib kelişdi. Avtobus gavjum bekatda töxtadi.

– Iltimos, bolalarim, biroz yordam bervoringlar!

Har ikkisi ovoz kelgan tarafga yalt etib qaraşdi.

Örindiqdan arang qözğalayotgan soç-soqollari oppoq, ozğin bir keksa kişi ularga javdirab qarab turardi. Oyoqlari ostida allanimalar solingan ikki quti körinardi.

– Narsalarimni avtobusdan tuşirib beringlar, – dedi qariya hansirab.

Azizbek darrov yordamga şoşildi. Olmos esa ikkilanib qoldi. Söng noiloj döstiga ergaşib, istar-istamas qutilardan biriga qöl çözdi.

Bekatda odam gavjum edi. Kimlardir turtinib-surtinib avtobusdan tuşar, kimlardir çiqişga urinardi.

– Barakalla, azamatlar, – deya alqadi qariya bolalarni, ular qutilarni olib tuşib bir çekkaga qöygaç, – köp yaşanglar!

Azizbek bir çolga, bir atrofga köz yugurtdi.

– Bu yoğiga qanday olib ketasiz, ota. Uyingiz qayerda?

– Huv muyulişdagi köçada, – deb işora qildi qariya, – qani… özim bir amallab olib ketarman.

– Qöyavering, biz yordam beramiz, – dedi Azizbek yana quti tomon intilib.

Olmos uning biqiniga turtib öqraydi, söng qariyaga yuzlandi.

– Yordam berardik-a, lekin maşğulotga şoşilyapmiz.

– Xöp, bolam, xöp… Rahmat sizlarga, boraveringlar.

Ammo Azizbek allaqaçon qutilardan birini qöltiqlab olgan edi. Olmos ham dimoğida pönğillaganiça ikkinçi qutiga qöl uzatdi.

Qariya yöl boşladi.

Şaharga asta-sekin keç kirib kelardi. Tevarakka qandaydir kulrang böyoq tökilib ketganga öxşardi. Katta yöl böylab avtolar çinqirib çopişadi. Hammayoq şoşqin-toşqin.

Olmos umrida bunday oğir yuk kötarmagan edi. Haş-paş degunça jiqqa terga tuşdi. Qölidagi qutini goh u, goh bu biqiniga oladi. Zimdan döstiga köz taşladi. Azizbek esa mamnun bir qiyofada ildamgina borardi.

– Qanaqa maşğulotga boryapsizlar? – deb söradi qariya tez-tez yurganidan hansirab.

– Kuraş klubiga qatnaşamiz, – deb javob berdi Azizbek.

– A-ha-a, polvonmisizlar?! Barakalla…

– Döstim, – deb Olmosga işora qildi Azizbek, – tumanda ğolib böldi. Zör kuraşçi.

– Barakalla.

Ular qariya körsatgan köça böylab yurib, pastakkina darvoza yonida töxtaşdi

– Şu yerga qöya qolinglar, – dedi qariya, söng Olmosga kulimsirab köz taşladi, – iya, polvon bolam rosa terlab ketibdi-ku?

– Narsangiz juda oğir ekan, – deb ğudrandi Olmos, qutini darvoza yoniga qöyib.

– Töğri, – deb boş çayqadi qariya, – birovning yukini yelkangda kötariş hamişa ham oğir. Birovning yukini qiynalmay yelkasiga olgan odamgina haqiqiy polvon, bolam.

Olmos xijolatlanib yuzidagi terlarini artdi.

Qariya tabassum bilan uning yelkasiga qoqib qöydi.

Şu payt darvoza oçilib kimningdir qorasi körindi.

– Iya, otajon? – dedi ajablanib, qariyaga nogoh közi tuşib. – Assalomu alaykum! Siz qaçon keldingiz?  Nega bizga xabar qilmadingiz?

– Sizlarni bezovta qilmay dedim-da, bolam.

Bu orada bolalar ham hangu mang qotib qolişgan edi. Çunki qarşilarida tuyqus paydo bölgan odam ularning murabbiysi edi.

– Assalom, ustoz! – deyişdi bolalar baravariga.

– Salom. Sizlar bu yerda nima qilib turibsizlar?

– Ular narsalarimni opkelişdi, – deya gapga aralaşdi qariya. – Juda tarbiyali bolalar ekan.

Murabbiy viqor bilan tomoq qirib qöydi.

– Bular mening şogirdlarim, ota. Juda aqlli, mard bolalar.

– Umrlari ziyoda  bölsin.

Olmos xuddi yelkasiga oğir yuk ortilganday xijolatdan egilib-bukilib turardi.

Ota duoga qöl oçdi.

Muborak RUSTAMOVA,

JIDU qoşidagi akademik litsey öquvçisi

“Yoşlik”2012/11

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (375)