(Hikoya)
Tört öğildan söng tuğilgan qizaloqning örni boşqaça bölarkan. Buning ustiga, qoraçadan kelgan, kipriklari uzun-uzun, közlari çaqnab turadigan Madina gödakligidan otasiga mehribon bölib ösdi. Qizaloq ikki yaşarligidayoq onasini şoşa-pişa emar, söng emaklab bölsa ham otasining bağriga yetib olardi. Işdan har qança çarçab kelgan bölmasin, Madinaning qiqir-qiqir kulişini eşitsa bas, Sadriddin barça çarçoqlaridan foriğ bölar, beixtiyor iljaya boşlardi.
Madina boğçaga qatnaganida ham, maktab öquvçisi bölganida ham otasining erkatoy qizi bölib qolaverdi. Sadriddin erinmas, har kuni keçqurun qizaloğiga heç bölmasa bir dona şokoladmi, saqiçmi olib kelişni kanda qilmasdi. Mukofot olgan paytlari-ku, mehribon padar birinçi örinda xotiniga yoki öğillariga emas, qizçasiga sovğa izlab qolardi. Bunaqa mahallari xotini uni gap bilan çimdib olardi:
– Ha, endi, Madinani özingiz tuqqansiz, özingiz emizib katta qilgansiz. Şunday bölgandan keyin uni yer-kökka işonmaysiz-da…
Madina şiringina qizaloq bölib ösdi. Uning tili çiqqan mahallari çuğurlaşlarini, bilsa-bilmasa şeʼr öqişga tuşib ketişlarini, yoinki televizorda musiqa sadosi eşitilsa bas, ğalati muqomlar qilib öyinga tuşib ketişlarini körganida Sadriddin közlaridan yoş çiqquday darajada sevinardi.
Sadriddin qaçonlardir bir şoirning “Qizim – ortimdan qolar izim”, degan misrasini eşitgan va könglining tubiga joylab qöygan edi. Şu şoirning “Biz hali hammadan özamiz, qizim” degan satri ham uning yuragiga muhrlanib qolgan va Sadriddin ularni takrorlab çarçamasdi. Vaholanki, ota izini öğil bosar, degan aqida unga yaxşi taniş edi. Ammo… ammo baribir Sadriddin qizaloğini jonidan ortiq yaxşi körardi. Uyda birov Madinani xafa qilib qöygudek bölsa, u barça işini yiğiştirib qöyib ham öşa odam bilan erinmay jiqillaşar va oxir-oqibat Madinadan keçirim söraşga majbur etar edi.
Umr – oqar daryo deganlari çin ekan. Nazarida, Sadriddin hali köz oçib-yumişga ulgurmadi, bir payt qarasaki, yolğizgina, suyukli qizaloğining böyi yetib turibdi-da.
Ota öz közlariga işonmadi, ammo sovçilar eşik turumini buza boşlaganlari çin edi.
Sadriddin bu haqda suyunçi sörab kelib turgan xotiniga qattiqroq gapirib yubordi:
– Esing joyidami, Madina hali bola-ku!
Biroq Nargiza böş kelmadi:
– Voy, erkatoyingizning bolaligi qoldimi? Maktabni bitirdi, kollejni bitirdi. Ön töqqizga kirdi. Bu yoşimda qornimda tönğiçim bor edi.
Bu zalvorli dastakka javoban nima deyişni bilmay qolgan Sadriddin tönğilladi:
– U zamonlar boşqa edi…
Xotin bir gapdan qolmadi:
– Zamon bu masalada hamişa bir xil bölib kelgan…
Bu eʼtiroz otaning dilini oğritganday böldi. Har qalay, Madina – suyukli farzandlari. Şunday ekan, Nargizaning ham unga joni açişi, uni ayaşi lozim emasmi…
Erining könglidan ötgan gaplarni ilğadimi, xotin yotiği bilan gapirişga urindi:
– Dadasi, qizini erga berayotgan bir siz emas. Özingiz bilasiz, qiz bola birovning hasmi böladi, vaqti-soati yetganda albatta ota-onasining uyini tark etadi. Qiz bola – palaxmon toşi, borgan joyida qoladi. Qizingizni bir umr bağringizga bosib ötirolmaysiz-ku, axir.
Töğri, bularning bari rost gaplar edi. Biroq şunga qaramasdan Sadriddinning yurak-yuragida boşqa bir sezgi, eʼtirozmi, norozilikkami öxşaş bir hissiyot bor ediki, buning nimaligini uning özi ham na tuşunar, na tuzuk-quruq ifodalab bera olardi. Xullas, Sadriddinning nazarida uning erkatoyi Madinaga munosib kuyov… juda boşqaça yigit bölişi kerak. Mayli, ertaklardagidek şahzodalikni talab qilib bölmas, ammo har tomonlama mukammal, serfazilat, bir söz bilan aytganda komil inson bölmoği şart.
Sadriddin öşa maqtalgan, osmonga olib çiqib qöyilgan yigitlarni orqavarotdan suriştirib kördi.
Yöq, bölmaydi.
Nahotki erkatoy qizçasi, Madinasi, hali gödak Madinasi şunday… hali ona suti oğzidan ketmagan, qölidan bir iş kelmaydigan, ota-onasining erkatoyi bölgan, nari borsa institut yoinki universitetda taʼlim olayotgan yigitçalarning yori bölsa? Axir er xotin uçun suyanç toği bölişi lozim emasmi? Bu bolalarning esa özlari suyançga zorga öxşaydi…
Sadriddin birini “öpoq”, dedi, boşqasini “söpoq” dedi, işqilib, kuyovlikka nomzodlarga rad javobini beraverib çarçadi, ammo sovçilar oqimi sira susaymadi.
Bu orada Nargiza noroziligini oçiqdan-oçiq izhor qilib, tönğillaşga ötib oldi:
– Osmondagi oyni qidirayapsizmi, nima balo?!. Bu ketişingizda şu bolaning baxtini qora qilasiz, keyin tinçiysiz. Axir ne-ne odamlarning bolalari qizingizning qölini sörab turibdi. Tezroq tanlamaysizmi birovini?! Erta-bir kun ostonangizni heç kim hatlamay qöysa, peşonangiz devorga urilardiku-ya. Lekin unda keç böladi-da… Anavi Ilhom akaning bolasi kimdan kam?
– Qaysi Ilhom akang? – deb söradi sal ğaşi kelib Sadriddin. Zero, Nargiza bu ismni bundan avval ham ikki-uç marta qandaydir ğalati tarzda eşilib, çuqur hurmat bilan aytgani yodiga tuşgandi.
– Taniysiz, dadasi, taniysiz. Bu atrofda Ilhom akani tanimaydigan odamning özi yöq. Uç marta odam yubordi beçora. Özi beş yildan beri soliqning boşliği bölib işlaydi. Bir marta ukam bozorda somsa sotib yurib soliqçilar qöliga tuşib qolganida, u kişining bir oğiz gapi bilan qöyib yuborişgan, jarimayam tölattirişmagan… Öğli yuridikaning ikkinçi kursida öqirkan. Biram odobli, biram mömin-qobil deyişadiki…
Sadriddin asabiylaşdi:
– Mömin-qobil bölsa yuridikaga kirolarmidi? Bir balosi borki… U yoğini sörasang, öşaningniyam suriştirganman… orqavoratdan. Maktabda otasining kuçi bilan öqigan ekan.
– E, dadasi, içi qora odamlar gapiraveradi-da. Aybi – amaldorning bolasi bölganimi? Men özim öqitganman u bolani, özim yaxşi bilaman. Biram tirişqoq, mehnatsevar, qunt bilan öqiydigan bola. Agar hammadan ayb qidiraversangiz, dadasi, topasiz-da. Oydayam doğ bor, axir. Sal könglingizni keng qiling. Bu dunyoda ertakdagi şahzodalarni topib bölmaydi…
Asli ona tili va adabiyoti böyiça mutaxassis bölgan Nargiza çiroyli gaplarni qalaştirib taşlab uzoq gapirdi. Bir gapirdi, ikki gapirdi, uç gapirdi… Axiyri kördiki, er odatdagiday sarkaşlik bilan emas, boşini irğab, öyçan tarzda tinglamoqda uning gaplarini. Demak, muz örnidan köçgan.
– Sen onasan-ku, – deb gap taşlab qoldi bir kuni Sadriddin. – Kirib, sekin qizingning köngliga qöl solib kör-çi, birontasi bilan vaʼdalaşgandir; bunday bölişi-ku, gumon, ammo ehtimol birontasi köngliga ötirişgandir… Uyalmasin, aytaversin, buni umr savdosi deydilar.
Xotin eriga ajablanib qaradi:
– Qizingiz siz bilan köproq sirdoş edi, şekilli.
– Bor, bor, deb, Sadriddin besabr qöl siltadi. – Sen aytgan işni qil. Qaysi ota qiziga bunaqa savol beradi?
Nargiza norozi tarzda qoşini çimirgança çiqib ketdi.
Biron soatlardan söng Nargiza yayrab, qoşlarini ğalati suzib çiqib keldi içkari xonadan. Xotinining özini bunday tutişi yoqmagan Sadriddin öqraydi:
– Xöş?
– Bor ekan, dadasi, bor ekan. Bor bölganda ham yigitlarning sultoni ekan.
– Kim ekan u? – pönğilladi Sadriddin.
– Şuhratjon, dadajonisi, Şuhratjon.
– Qaysi Şuhratjon?
Nargiza yana qoş uçirdi:
– Ilhom akaning öğli, dadasi, bu öşa yuridikada öqiydigan bola…
Sadriddin birdan böşaşib qoldi. Uning nazarida, bunday bölmasligi kerak edi, Madinaday oqila, esli-huşli qiz özining şahzodasi sifatida bu bolani körmasligi kerak edi…
Sadriddin şubhalanib, qoşlarini çimirdi:
– Rost aytyapsanmi yo… somsapaz ukangni öylayap-sanmi?
Nargiza xafa bölgan odamday ters ögirilib oldi:
– Siz aytdingiz, men borib söradim. Işonmasangiz, marhamat, Madinani çaqirib berişim mumkin. Erkatoyingiz bilan bemalol sirlaşişingiz mumkin…
– Bölmasa… – dedi böğiq ovozda Sadriddin, – bölmasa… yana öşa yoqdan odamlar kelişsa… öylab köraylik, deb tur-çi…
– E, yaşang dadasi! – dedi yaşnab ketgan Nargiza beixtiyor çapak çalib yuborarkan. – Bu yoğini menga qöyib bering, boplayman.
Darhaqiqat, eridan röyxöşlik olgan xotin bu tomonini bopladi. Nargiza nima qildi, nima qöydi – biliş muşkul, ammo oradan ikki hafta ötar-ötmas non sindirildi.
Kattagina töy böldi.
Sadriddin bazm mahali tökin dasturxon atrofida ötirgan mast-alast mehmonlardan köra uzoqdan bölsa ham köproq qiziga sinçkovlik bilan qarab-qarab yurdi. Nazarida, kelinçakning harir libosiga çulğanib, yanada çiroyli bölib ketgan, uyalinqirab, boş egibgina ötirgan Madina özi kutgan darajada xursand emasdek edi. Ammo ota buni qizining ibosiga yöydi.
Şunday bölsa-da, qiziga oq fotiha tilab, peşonasidan öpayotgan mahal Sadriddin quyilib kelgan köz yoşlarini tiyolmay qoldi. Uning nazarida, Madinaning piq-piq yiğisida alam bordek edi…
Madina ketdi.
Hovli otaning köngli misoli huvillab qoldi.
Sadriddin uç-tört kungaça özini qöyarga joy topolmay yurdi.
Yaxşiyam birovlar “kuyov çaqirdi”, boşqalar “çarlar”deb ataydigan rusum bor ekan.
Sadriddin yelib-yugurib ikkita xonaga dasturxon tuzadi, şirinliklarni uyib taşladi. Uning xayolida, dasturxonga qança köp şirinlik qöysa, qizining hayoti şunçalik şirin ötadigandek edi. Tört xil ovqat, şunga yaraşa gazak…
Işqilib, kiçkinagina bir töyça böldi-da.
Töy kuni ulkan çiroqlar yoğdusida yuzi yaltirab turgani boismi, Sadriddin kuyoviga yaxşilab razm sololmagandi. Çaqiriq mahali kördiki, tuzukkina yigitga öxşaydi. Çözinçoq yuzi oqiş, qalin qoşlari tutaş, iyagining sal turtib çiqqanimi, közlarining çaqnab turişimi uni mard va jasur yigitga öxşatardi.
Ota iç-içidan rizolik tuydi. “Qizim bejiz rozi bölmagandir”, degan, bezovta köngliga tasalli beradigan öylarga berildi. Şu bois yelib-yugurib xizmat qildi, çarçaş nimaligini bilmadi. Kuyovi yonida kelgan beş-oltita yigitçalarning yuz gramm içib olgandan söng kuçanib suyuqroq latifa aytişga urinişlariga ham eʼtibor bermadi. Muhimi, Şuhrat içmadi. Maşina haydab kelgan ekan. Buni eşitib ota yana bir bor iç-içidan mamnuniyat tuydi. Har qalay, uning erkatoy qizaloği, Madinasi u yer-bu yerga borganda odam tiqilinç avtobuslarda ezilib, qiynalib, yoinki begona maşinalarga qöl kötarib yurmaydi. Şunisiga ham şukr…
Şuhrat artilgan çinniday top-toza maşinani haydaşni yaxşi köradi şekilli, bir jörasi bilan şamollaşga çiqqan mahal “Neksiya”siga diqqat bilan qaradi-da, söng çöntagidan römolçasini çiqarib, maşinaning old oynasini artib qöydi.
Faqat… kim biladi, balki Sadriddinga şunday tuyulgandir, işqilib, çaqirdi tugab, dasturxonga fotiha öqilgan, hamma örnidan turib hovliga çiqqan va xayr-xöşlaşiş ançagina çözilib ketgan mahal içkaridan şoşib çiqib kelayotgan ota hovli çetida, mehmonlar orasida qizi öziga möltirab tikilib turganini kördi-yu, yuragi jizillab ketdi. U beixtiyor Madina tomon yurdi va xuddi şu mahal kuyovining qiziga qarab:
– Maşinaga çiq! – deganini eşitdi.
Otaning yuragi muzlab ketdi. Zero, Şuhrat, hozirgina köziga ötday körinib turgan kuyovi qiziga, uning suyukli Madinasiga qarab öşqiribroq gapirganday bölgandi.
Sadriddin bir amallab özini qölga oldi. “Menga şunday tuyulgandir”, deb özini özi işontirişga urindi. Ammo qizining neçukdir munğayib qolganini, maşina tarafga istar-istamas yurganini körganida yuragi battar ezildi…
Mehmonlar ketişdi.
Sadriddinning köngli esa negadir bezovta…
Kiçik çillasi çiqqandan söng uyga birrov kelib-ketgan Madinaning közlari yiğidan qizarganday tuyuldi. Vaholanki, Madina otasi bilan ikki oğiz hol-ahvol söraşgan mahal yerdan köz uzmay turgandi.
Axiyri bir kuni tong saharda Sadriddin xotiniga bir oğiz aytib ham ötirmasdan qizining uyiga jönadi. Yöl-yölakay bozorga kirib, u-bu şirinlik xarid qildi.
Haşamatli ikki qavatli hovlining eşigi qiya oçiq ekan. Sadriddin eşikni taqillatib ötirmasdan içkariga kirdi.
Boloxona yonida öşa kun Şuhrat minib borgan oppoq maşina yaraqlab turardi.
Otaning köngli bejiz ğaş bölmagan ekan.
Şuhrat engaşib, kamoli diqqat bilan maşinaning ort oynasini nazardan ötkazmoqda edi.
Ota töxtadi, yötalib qöymoqçi ham böldi, zero oradagi masofa ön-ön beş qadam kelardi. Ammo ulgurmadi…
Tösatdan kuyov baqirib yubordi:
– Madin!
Içkaridan şoşilinç qadam tovuşlari eşitildi va bir lahza ötar-ötmas oyoğiga eski kaliş ilib olgan Madina çopqillab çiqib keldi:
– Labbay?
Şuhrat xotiniga çaqçayib qaradi-da, söng körsatkiç barmoğini oynaga bigiz qilgança öşqirdi:
– Höl latta bilan yuvgandan keyin ustidan quruq latta bilan artib çiq degandim-ku!
Madina qunişib, aybdorona ohangda özini oqlaşga urindi:
– Aytganingizday qilgandim…
Şuhrat tutaqib ketib, oynadagi tangaday kattalikdagi, bilinar-bilinmas doğga işora qildi:
– Unda manavi nima?
Cadriddin dong qotib qoldi. Uning suyukli qizçasi, Madinasiga baqirişmoqda edi! Öz uyida bölganda-ku, bu mahmadonaning tilini suğurib olgan bölardi-ya! Ammo ne qilsinki, endi Madinajoni şu xonadonning aʼzosi, manavi haftafahm tönkaning umr yöldoşi…
– Körmay qolibman… Hozir…
Bu Madinaning iztirobli tovuşi edi.
Er norozi tarzda tönğilladi:
– Körmay qolganmiş… Bor, işingni qilaver. Özim…
Şuhrat çöntagidan erinmasdan, aytiş mumkinki, hafsala bilan römolçasini çiqardi va mana şunday erinmasdan, kamoli diqqat bilan oynadagi doğni artgaç, römolçasini xotini tomon otib yubordi:
– Buni yuvib qöy. Boşqasini opçiq.
Hamon boş egib, mutelarça, aybdor singari turgan Madina zipillab kelib yerda yotgan römolçani oldi va mana şunday şoşqin tarzda içkariga kirib ketdi.
Ota bir lagan loyday böşaşib, oyoğini bazör kötarib bosgan köyi bir amallab ortga qaytdi.
Keçga borib otaning issiği qirqqa çiqib ketdi. U endi alahlay boşlagandi:
– Qizimga tik boqma… Sen kim böpsan uning oldida… Ablah… Qizginam… Nega sen… Qizaloğim…
Qörqib ketgan Nargiza döxtir çaqirdi. Tez yetib kelgan “Tez yordam” maşinasi otani tuman markazidagi şifoxonaga olib ketdi…
Ertasi kuni otani körişga uzun-qisqa bölib Şuhrat bilan Madina kirib kelişdi.
Yelkasiga oq xalat taşlab olgan Şuhrat gerdayib, lekin xuşçaqçaq ohangda:
– Burga tepdimi, ota? – deya gapni hazildan boşlaşga urindi.
Biroq Sadriddin ensasi qotib yuzini ögirgani bois palataga noqulay jimlik çökdi.
Otaning nazarida kuyovining turişida, gapirişida, özini tutişida nedir bir nosamimiyat borday edi. Ilgari payqamaganini…
Sadriddin keskin ögirilib, kuyoviga sinçkovlik bilan tikildi-da, negadir:
– Rahmat, – deb qöygaç, istihola qilib ham ötirmasdan dedi: – Qizim bilan ozroq gaplaşib olsam, degandim…
Endi öziga ötirişga joy qidirayotgan Şuhrat qaynotasiga ajablanib qarab qöygaç, noiloj qölidagi xaltani Madinaga tutdi va:
– Mayli, – degança xonadan çiqib ketdi.
– Ötir, qizim, – dedi Sadriddin past, dardli ovozda.
Ozib ketgan, közlari kirtayib qolgan Madina ötirdi.
Döxtirlar köp gaplaşişga ruxsat bermagani bois vaqt ziqligini anglab turgan ota gapni aylantirib ötirmay, tilining uçida turgan savolni berdi:
– Turmuşing qalay, qizim?
Madina “yalt” etib otasiga qaradi, söng şu zahoti boşini quyi egib olarkan:
– Şukr, yomonmas, – dedi piçirlab.
Mana şu armonli piçirlaşning öziyoq köp narsadan şohidlik berib turardi.
Sadriddin xörsindi.
– Men sening turmuşing “yomonmas” emas, zör bölişini istovdim, qizim… Avzoyingga qarasam, unaqaga öxşamaydi…
Madina otasiga möltirab qaradi:
– Siz… bilmasmidingiz bularning qanaqa odamlar ekanligini…
– Men senga işongandim, qizim… Bekorga tanlamagandirsan deb armonda qoldim…
Madina hayron böldi:
– Axir… axir siz özingiz… siz özingiz tanladingiz-ku… Oyimga aytipsiz… “Şundan boşqasi bölmaydi”, depsiz… Men sizga işonib…
Bu gaplar maʼnosi ongiga yetib borgan Sadriddin boşini çangallab qoldi. Söng:
– Nargiza! – deb bökirdi.
Ammo Nargiza bolalardan xabar oliş uçun uyga ketgan ekan…
Otasining avzoyini köriboq barisini tuşungan Madina piqillab yiğlab yubordi…
Nargiza erining qahrli qiyofasini köriboq gap nimadaligini tuşundi. Lekin u aybini inkor etib turib oldi, Sadriddinning baqir-çaqirlariga javoban esa:
– Men qizimizga yaxşilik tilaganman. Xudoga şukr, Madina köplar havas qiladigan oilaga kelin bölib tuşdi, – deb takrorlayverdi.
Bir haftadan keyin Sadriddinga javob berişdi.
Şörlik ota betini sidirib taşlab, qiziga işonçli vositaçi orqali xabar yubordi:
– Ahmoq otangni keçir, qizim… Köngling bölmasa, şu uyda tur deb zörlamayman… Qaytib kelsang, birga yaşayveramiz…
Özi zörğa çidab turgan ekanmi, Madina şu kuniyoq etagini silkib erining uyidan çiqqan-u, otasining uyiga kelib olgan.
Keyingi bir-ikki oy janjal-suronlarda ötdi. Ilhom soliqçi xotini, öğli bilan uç marotaba kelişdi, ularga Nargiza ham qöşildi. Ammo ota va qiz öz ahdidan qaytişmadi. Qarğanaverib hammani bezor qilib yuborgan onasiga esa Madina tik boqib şunday dedi:
– Öşa uyni yelkamning çuquri körsin. Menga bitta ninasi ham kerakmas. Meni tinç qöyişsa bas…
Nargiza yana avj qilayotgan edi, oraga Sadriddin qöşildi:
– Madinaga yana bir oğiz gap gapirsang – ajraşamiz.
Nargiza dod soldi:
– Sizning kallangiz aynib qopti özi, dadasi?! Erdan qaytgan qizingizga özingiz istagan şahzodani qayerdan topasiz?
Bu daʼvoga nisbatan Sadriddinning javobi bitta böldi:
– Uç taloqsan!
Nargiza erini miyasi aynib qolgan deb ayyuhannos soldi, döxtirlarga çopdi, militsiyaga yugurdi, işqilib hovlini özida olib qoldi. Sadriddin suyukli qizi Madina bilan bir xonali uyda ijarada yaşay boşladi.
Qöni-qöşnilarning aytişlariça, bir-biriga bu qadar mehribon ota-bolani ular umrlari bino bölib körişmagan ekan.
Nargiza esa yeng şimarib, navbatdagi jangga tayyorgarlik körib yuribdi. U döxtirlar bilan gaplaşib, erining… miyasi şamollaganligi haqidagi maʼlumotnomani olibdi. Endi sud Sadriddinni otalik huquqidan mahrum etsa bas ekan, ana öşanda Madinani uning qölidan qonun yöli bilan tortib olsa bölarkan…
Ana undan keyin…
Baʼzi gap-sözlarga qaraganda, Nargiza qudalari bilan yaşirinça muzokaralar olib borib yurgan emiş. Boşqa gap-sözlarga qaraganda esa, Nargiza Madinani avval qonuniy ajratib olib, söng xotini ölgan bir boyvaçça savdogarga yeng içida, imi-jimida uzatib yuboriş taşvişida…
Hozirça esa, hozirça esa bir-birlariga favqulodda mehribon ota va qiz xotirjam, osuda, baxtiyor umr keçirişmoqda… Hozirça…
Abduqayum YÖLDOŞ
“Yoşlik”2012/11
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida

