3 daqiqada öqiladi

278 marta körilgan

…Köz öngimdan ketmaydi aslo

Abdulla Oripov

MUHABBAT

Turfa möjizaga boydir bu dunyo,

Yeru osmon töla kamalakdek rang.

Lekin köz öngimdan ketmaydi aslo,

Bir sening qiyofang, bir sening çehrang.

 

Dunyoda oz emas sohibjamol ham,

Duç kelsang nogahon titraydi yurak.

Baribir, men seni qömsayman, erkam,

Muhabbat degani şu bölsa kerak.

                             2013-yil 2 noyabr

            SOBIQ SAFDOŞLAR

Safdoş akalarim –

               ahli davronlar,

Omon çiqqandingiz qança qamaldan

Va lekin evrilib vaqtu zamonlar

Bir-bir ketgansizlar mansab, amaldan.

 

El bilan böldingiz goh şod, goh noşod,

Ogohmiz yolğonu ham çiningizdan.

Taşlangani kabi öljaga jonzot,

Qon ham tomgan edi qamçiningizdan.

 

Endi u haybat yöq, xuşomadlar yöq,

Soxta jöralardan qolmagan bir iz.

Garçi farzandlardan sizning köngil töq,

Lekin engaşmaysiz, bukolmaysiz tiz.

 

Siz-ku özingizni demassiz ğolib,

Hayot şu, Allohning dargohidir keng.

Yotmang göşalarda burkanib olib,

Axir quyoşli kun barça uçun teng.

 

Tört devor içida saqlaysiz özni,

Eşiklarni yopgan ehtimol ğurur.

Sezmaysiz borliqni, bahorni, kuzni,

Axir berilgan-ku bir marta umr.

 

Suronli yillardan ötdingiz omon,

Bilmayman men sizga nima derimni.

Mayliga, oğalar, jilmayib pinhon

Öqib qöya qoling uşbu şeʼrimni.

 

                                            2013-yil 31 dekabr

                    NABIRAMGA

Oh, bolam-a, şamol kabi yelasan-a,

Istanbulning maşhurligin bilasan-a.

Men bu yonda ölim bilan olişaman,

Sen dengizni tomoşalar qilasan-a.

       “Samo”şifoxonasi,  2014-yil 15 fevral

           

                  QUŞLARIM

Quşlarim, siz meni maʼzur tutingiz,

Yaxşisi, boğimga qönmay ötingiz.

 

Boğning atrofida misoli balo

Bezori bolalar bölmişlar paydo.

 

Ularning qölida palaxmon, kamon

Uçragan jonzotga keltirgay qiron.

 

Burgut bölsangiz ham yaqin kelmang, bas,

Özini asragan qörqoq sanalmas.

 

                             2014-yil 28-may            

                IKKI HAMROH

Bir kun hamroh böldi menga feʼli tor,

Sabrim tugab bitdi çekkan ohimdan.

Dedim: – Dözaxingga mayliga yubor,

Yo rab, qutqar meni şu hamrohimdan.

 

Bir kun hamroh böldi bağri keng siymo,

Asar ham qolmadi öşa ohimdan.

Dedim: – Mayli, qilma jannatni ato,

Faqat ajratmagin şu hamrohimdan.

                          2014-yil 12 iyun

 

ŞIFOXONADA

Vatanni anglatay,

Tingla meni tek.

Xorijda şifo top,

Mayli bölib bek.

Lekin birov seni

Kimsan demaydi,

Davolandi, – deydi

Qandaydir özbek.

            Istanbul,  2014-yil 24-mart

ÖĞRI VA TÖĞRI

Töğrilar qişloğiga

Kelib qoldi bir öğri,

Qanaqasi böldi, deb

Rosa boşin qaşladi.

Demakki, el qatori

Bölişim kerak töğri,

Öğrilikni taşladi.

 

Öğrilar qişloğiga

Kelib qoldi bir töğri,

U ham avval lol, hayron,

Rosa boşin qaşladi.

Demakki, el qatori

Bölişim kerak öğri,

Öğrilikni boşladi.

 

        2014-yil 31-may

                           * * *

Muz ham erib bir kun mayinlanadi,

Tarozu bordirki – şayinlanadi.

Avliyo bölişi mumkin har odam,

Faqat payğambarlar tayinlanadi.

                            2013-yil 5 noyabr

 

                           * * *

Kimnidir qarğaşar: – Közing oqsin, deb,

Kimnidir alqaşar: – Omad boqsin, deb.

Birov qöşnisini yozğirar edi:

– Yopmagan tomingga yomğir yoğsin, deb.

                                  2013-yil 7 noyabr

                           * * *

Sovğa bersang mezbonga – pora deydi,

Tön kiygazsang mehmonga – pora deydi.

Tovuq söysang bobongning arvohiga,

Bu işni ham osmonga pora deydi.

                                      2013-yil 8 noyabr

Abdulla ORIPOV,

Özbekiston Qahramoni,

xalq şoiri

2014/6

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (375)