***
Şoir Rauf Parfi haqida badia
…
Naşriyotlar joylaşgan salobatli bino oldidagi ulkan ustunlar yonidan ötib zinadan köça tomon tuşib borarkanman, uzoqdan Rauf aka kelayotganini kördim. Kuz kunlari edi. U — hamişalik kostyumida, qölida hamroh portfeli. Qaçon qöyilgani esimizdan çiqib ketgan soqol-möylabi öziga yaraşgan. Uni uzoqdan ham tanib oliş mumkin, çunki soçlari oppoq edi. Qaysidir yoş şoir Rauf akaga bağişlangan şeʼrlaridan birida uni «Soçlari oqargan gödak» deya taʼriflagan edi. Şoir uning qalbi beğuborligiga, maʼsumligiga işora qilgan edi, albatta.
Rauf akaning közi menga tuşgaç, uzoqdanoq qölini kötarib, mamnunligini izhor qildi. Körişdik. Yuziga beğubor tabassum yoyilgandi. Odati şunaqa: kim bilan töqnaş kelmasin — xoh döst-birodari, xoh şogirdi, xoh şunçaki bir körgan tanişi, hatto butunlay notaniş kimsa bölsa ham, körişmoqqa çoğlansa, yuziga ana şunday samimiy, masʼum tabassum yoyilar edi. Bundan u bilan körişgan odamning ham dili xufton bölsa — yorişar, köngli ğaş bölsa, darhol ğaşligi omonat muz kabi erib ketardi.
— Xöş, yöl bölsin, ustoz? — dedim men ham odatiy jilmayiş bilan.
— Şu-şu-şu… — dedi Rauf aka labida tabassum öynab. Bu, özingiz bilasiz-ku, nima qilasiz sörab, degani edi.
— Ha-a, «işxona»gami?..
— «Işxona» yopilib ketganiga ança bölgan. Hozir faoliyatni «Möminxona»da davom ettiryapmiz…
— «Yetimxona»ga ham borib turibsizmi?
— U yerga tuşdan keyin ötaman. Hozir bir-ikkita «darveşlar» bilan körişamiz…
«Işxona» deganimiz, hozir yarmarka dökonlari tuşgan joydagi qahvaxona edi. Ança yillar ilgari — Rauf aka işlamay yurgan kezlarda (aslida biron-bir dargohda uzoq işlamagan ham) uni hamişa öşa qahvaxonadan topsa bölardi. «Qayerda işlayapsiz» degan savollar joniga tegib ketgaç, söraganlarga «iş joyim» deb öşa manzilni berardi. «Möminxona» deganimiz esa naşriyotlar binosining yonboşiga tuşgan oynavand qahvaxona edi. (Hozir u ham buzilib ketgan.) Qahvaxonada Mömin degan dilkaş yigit işlardi. Şu bois Rauf aka bu qahvaxonaga «Möminxona» deya nom qöyib olgandi. «Yetimxona» deganimiz Istiqlol xiyoboni yaqinidagi «Gazetalar binosi» biqiniga joylaşgan qahvaxona edi. Uni Hakimjon degan yigit boşqarardi. Va şuning uçun u dastlab «Hakimxona» deya nomlangandi. (Bu nomni ham, albatta, Rauf aka qöygan.) Nima sabab bilandir Hakimjon işdan ketgaç, qahvaxona yetim bölib qolgan (töğriroği uning doimiy mijozlari) va uni Rauf aka «Yetimxona» deb qayta nomlagan edi.
«Darveşlar» esa köngli köngliga mos tuşadigan şoirlar qavmi edi. Undaylar baʼzan-baʼzan yöl ustida yiğilib, Rauf akaning suhbatini qömsab, töplanardilar.
Rauf aka bilan «hamşişa» bölgan (u hamsuhbatlarini şunday deb hurmatlardi) har bir şoir yoki şogird uning lutflari zamiridagi maʼnolarni darhol anglar va, albatta, ustozning imo-işoralarini ham tez ilğab olardi.
— Ustoz, afsuski, şoşib turibman, yöqsa gurunglaringizdan bahramand bölardim… — dedim uzr söragan ohangda boyagi «şu-şu-şu…»dan «siz ham yuring», degan işorani tuyib.
Yana lutfli tabassum bilan bir-birimizga «şu-şu-şu…»lab xöşlaşdik. Rauf akaning ortidan qarab qoldim. Qadam olişlarida ayon böla boşlagan yillar taʼsirini aytmasangiz, hali ham xuş-xandon. «Bizlar turmuş taşvişlariga tizzamizgaça botib yuramiz… U esa… xurram, ğamsiz-kadarsiz hamişa. — Havas qildim içimda. — Unga dard yuqmasa kerak. Xudo xohlasa, uzoq umr köradi… Şundoq bölsin, ilohim!..»
Lekin Rauf aka bilan uşbu qisqa uçraşuv sönggi diydor ekan. Yarim yillar ötgaç, uning oğrib qolganini eşitdim. Yana bir muddatdan keyin hayotdan köz yumganligi haqida maşʼum xabar tarqaldi.
…
Şunday odamlar böladiki, bir kun kelib ular ham dunyoni tark etişiga sira aqling bovar qilmaydi. Zero, ular nazdingda heç qaçon dardga çalinmaydigandek, heç qaçon dunyoni tark etmaydigandek tuyuladi. Göyo ular ketsa, yoruğ dunyo huvillab qoladi, fayzini yöqotadi… Rauf Parfi ana şunday fayzli insonlardan edi.
Rauf Parfi ayniqsa yoşlar bilan qadrdon va qalin döst edi. Undan keyingi avlod orasida uning samimiyatidan bahramand bölmagan şoir topilmasa kerak. Men ham ana şunday yoşlar qatorida edim. Ilk kitobim çiqmay turib ustozning eʼtiboriga noil bölgandim. Unga bağişlab şeʼr ham yozganman. Uni birinçi kitobimga kiritganman. Şeʼrning saviyasi qandayligini bilmadim-u, lekin, har qalay, Rauf akaga bağişlangan birinçi şeʼrlardan edi. Keyin yoş şoirlar tomonidan unga köplab şeʼrlar bağişlandi. Rauf aka bu holga baʼzan istehzoli mutoyiba bilan: «Körasizlar, kelajakda men ularni töplab bir kitob qilaman!..» — derdi. Bu davrlar sururidan köngil beixtiyor entikadi va xotiralar yanada teranlaşadi: «Şoir Rauf Parfi nomini qaçon eşitganman özi?..»
Haqiqatan ham Şoir nomini ilk bor qaçon eşitganman? Ha, esladim. Talabalik yillarimda. «Şarq yulduzi» jurnalida uning bir dasta şeʼrlariga ustoz Asqad Muxtor «Oq yöl» tilagandi.
Yomğir yoğar, şiğalab yoğar,
Tomçilar tomçilar soçimga.
Yomğir yoğar, şiğalab yoğar
Ham qayğumga, ham quvonçimga.
Mana şunday satrlar bilan boşlanuvçi şeʼr biz, şeʼriyat şaydolarini öziga tamomila sehrlab qöygandi. Eh, u davrlar! Bir yoqda Abdulla Oripovning ötli misralari, bir yoqda Erkin Vohidovning dilbar satrlari! Ana şunday muxlis taloş bir paytda şeʼriyatning zangor ufqlarida Rauf Parfi nazmining harir epkinlari urilgandi köksimizga!
Uşbu yangi nom keyinçalik sazovor bölgan şuhratu olqişlarni bir yoqqa qöyib turaylik. Men to hanuz mazkur şeʼr taʼsirida yuraman.
Yomğir yoğar, şiğalab yoğar,
Men unga oçaman bağrimni.
Yomğir yoğar, şiğalab yoğar,
Asta unutaman yomğirni.
Har gal men bu şeʼrni yodga olganimda umrimning bokira pallasi, bahor yomğirlariga röpara turgan damlarimni eslay boşlayman. Tegramdagi butun borliq şarros yomğir suvlariga çayilib şaffoflangandek tuyuladi. Könglimdan ğuborlar arib, ruhim tiniqlaşadi.
Yomğir yoğar, şiğalab yoğar,
Oxir meni asir etar ul.
Yomğir yoğar, şiğalab yoğar,
Yoğa boşlar qoğozga köngil.
Bu aynan mening şeʼrim edi. Göyo bu şeʼrni men yozişim kerak edi. Axir, bahor keçalari uyqum qoçgan tunlar bu yomğir qöşiğini tinglagan emasmidim? Hali qölimga qalam olmagan, oq qoğoz betiga satr bitişga jurʼat qilmagan paytlarimda ayvondan turib uning ajib taronadek ohanglaridan sehrlangan, bu ismsiz naşididan mast bölgan men edim-ku!
Talabalik yillari paxtaga çiqqan davrimizda gulxan atrofiga tizilib könglimiz osmonidagi şoirlar şeʼrlarini öqiganimizda bu şeʼr takror-takror yangragan.
Qölimda Rauf Parfining möjazgina: «Karvon yöli» (1968), «Aks sado» (1970), «Tasvir» (1973), «Xotirot» (1975), «Közlar» (1977), «Qaytiş» (1978), «Sabr daraxti» (1986), «Sukunat» (1989), «Tavba» (2000) va «Sönggi vido» (2006) kitoblari…
Kattakon bir jild şaklini olmagan uşbu kitoblarda betakror şoirning qalb tuyğulari, iztiroblari, hissiyoti va tafakkuri naqşlangan.
Zamon tabiati, davr feʼli qiziq. Qölimdagi jajji, möjaz, muqovalari odmi, körimsiz töplamlarni bugun kitob rastalarida yarqirab turgan qalin nazmiy majmualarga xayolan taqqoslayman. Aksariyati nomi hali quloğimizga çalinmagan şoirlarniki. Ular orasida saylanmalar, jildliklar ham közga taşlanadi… Şunçalik körkam naşr etilganiga qaramay, nega bu kitoblar şeʼriyatimizda voqeaga aylanmayapti? Yoki şeʼrşunos va şeʼriyat muxlislari kamayib ketdimikin?
Lekin ötgan asrning 60-70-yillarida çop etilgan şeʼriy töplamlar-çi?! Ularning har biriga adabiy tanqid, qolaversa, adabiy jamoatçilik öz eʼtiborini qaratar, aniq-ravşan munosabatini bildirar edi.
Qölimda 20 sahifadan iborat «Aks sado» töplami. Undagi har bir şeʼr tiniqligi, badiiy yuksakligi bilan yurakni lol qoldiradi:
Derazamga uriladi qor,
Jaranglaydi jarangsiz kumuş.
Derazamga uriladi qor,
Qor singari oppoq böldi tuş.
Bir ajoyib qor yoğar bu keç,
Uçib tuşar mening yonimga…
Men-ku seni öylamasman heç,
Sen tuşasan ammo yodimga…
Bu şeʼrni taʼriflab ötiriş ortiqça. Çaşma suvlaridek tiniq tuyğular suratidir bu şeʼr…
Tong otmoqda. Tong öqlar otar,
Tong otmoqda, quyoş — zambarak.
Yaralangan Yer şari yotar,
Boşlarida yaşil çambarak…
Subhidam. Şabnamlardan kötarilgan hovur töp tutunidek kötariladi. Öqlar — quyoş va uning nurlari. Ana şu nurlar Yerni yaralagan. Yer şari ana şu damlarni köriş uçun bahor libosini kiyib, boşiga gullardan çambarak taqib yasangan edi. Lekin subhidam gözalligi uni huşidan ayirdi va u quyoş şuʼlasi tiğlaridan yaralanib, yiqildi…
Şoirning mana şu singari qalb va ruh olamidagi möjiza yoxud kaşfiyot yangliğ şeʼrlari özbek şeʼriyatiga yangi, betakror ovozli isteʼdod kirib kelganligidan dalolat berdi.
Darhaqiqat, uning ovozi heç bir şoirnikiga öxşamagan edi. Ayni paytda unda Usmon Nosir ruhini, Hamid Olimjon sururini, Çölpon ğussasini, Oybek zakosini tuyiş mumkin edi.
Ötgan asrning 60-70-yillari özbek şeʼriyati uçun eng muzayyan palla böldi. Bu hodisaning hayotbaxş omillarini bugungi kun adabiyotşunosligi çuqur örganişi kerak. Zero, öşa davrda Erkin Vohidov, Abdulla Oripov, Omon Matjon, Halima Xudoyberdiyevalar özbek şeʼriyati maydonida böy körsatdilar. Ana şular qatorida Rauf Parfining örni alohida edi.
Bu davrda yuqorida nomlari zikr etilgan şoirlarning kitoblarigina emas, matbuot sahifalaridagi har bir çiqişlarini muxlislar izlab öqirdilar. Va ayni mana şu muhitda XX asr özbek şeʼriyatining yuksak nuqtalarini belgilagan «Özbegim», «Öylarim», «Bahor» şeʼrlari yaratildi.
Baʼzan nima uçun bu jarayon sustlaşdi degan öyga boraman. Şaxslar ijodi susaygani tufayli sodir böldimi bu hodisa yoki unga boşqa ijtimoiy omillar — jamiyatdagi mafkuraviy özgarişlar, çeklaşlar va boşqa turfa közga körinmas moneliklar tufayli yuz berdimikin bu holat?
Meni köpinça mana şu muammo öylantiradi.
Zero, yorqin isteʼdod dastlab maşʼaldek yarqirab körinadi, keyinçalik esa uning şuʼlasi xiralaşib boradi. Bu — isteʼdod sohibining turmuş bilan röpara kelgandagi maşaqqatlari, toliqişlari tufaylimikin?
Nega Navoiy ijodida zaif, böş, şunçaki yozilgan şeʼrni uçratmaymiz? Nega Bayronda bu hol sodir bölmagan? Nega Çingiz Aytmatov umrining söngiga qadar ijod yalovini baland kötarib ötdi?
Yoki ular ijodda omadi çopgan insonlarmi? Yoki alohida isteʼdodmi ular? Yoki favqulodda şaxslar edimi?
Xususan, Navoiyning ilk yozgan ğazali bilan sönggi ğazali orasida badiiy yuksaklik jihatidan tafovut bölganmi?
Şeʼriyatimiz, umuman, adabiyotimiz jarayoni keçmişiga nazar taşlaganimda baʼzan könglimda ana şunday savollar tuğiladi.
Yana Rauf Parfining «Aks sado» kitobiga qaytsam… Undagi şunday satrlar alohida eʼtiborni jalb etadi:
Bir quşça sayraydi mening ruhimda
Men sening ismingni bilmayman, quşçam…
Şoir yaşab ötgan umri davomida, zero butun ijodiy faoliyati davomida mana şu quşça ismini bilişga, uning sayraşlaridagi mazmunni anglaşga intilib yaşadi.
Şoirning «Tasvir» kitobi 60 sahifalar atrofida. Bu töplamda uning tafakkur kölami kengayib, hissiyotlari çiyralganiga, falsafiy muşohadasi teranlaşganiga şohid bölamiz.
Şoir davr tuğyonlarini dadil qalamga oladi. Uning ijodida jahon şeʼriyatining yorqin yulduzlari — özi eʼtiqod qöygan şoirlar: N.Hikmat, P.Neruda, R.Tagor şeʼrlariga xos ohanglar va yapon şeʼriyatining yorqin qirralari körina boşlaydi.
Şoir öşa davrga nisbatan yuragidagi isyonni zohir etiş uçun imkon axtaradi, turli badiiy vositalarni işga soladi.
Sabolarda öynaydi navo,
Ariqlarda suv oqadi şan.
Ohanglarga tölibdir havo,
Benavosan, neçun yolğizsan?
Bu benavolikning siri nimada? Nega lirik qahramonning könglini gul bargi ham, şeʼriy tun ham öziga maftun etolmaydi? Balki gözal kitoblardagi ertangi kunga bölgan işonç rom etar:
Ufqlarda yoniq afsona —
Olgin Erkin Vohid şeʼrlarin.
Yöq, baribir lirik qahramon könglidagi ğussa arimaydi. Uni heç narsa aritolmaydi. U qanday ğussa edi? Şoir «ruhida sayrayotgan quşça» mahzunligi sababini oçiq bayon qilmaydi. Mana şu badiiy yeçimi bilan u öquvçini fikrlaşga undaydi, öz köngli tublariga çuqurroq nazar solişga daʼvat etadi.
60-70-yillarda xalqimizning milliy ruhiyati asosan şeʼriyatda yorqin körindi. Jumladan, A.Oripovning «Öylarim» şeʼrida şunday satrlar bor:
Köz oldimda şu qadarli pok edi olam,
Göyo nurdan yaralgandi inson degan zot…
Rauf Parfiga ham bu iztirob begona emas:
Har narsa sof edi, har narsa porloq,
Göyo gözallikdan iborat olam…
Uşbu örinda bu keçinma qaysi şoir qalamidan avval tökildi ekan, degan öy ham keçadi. Zero, yaxşi şeʼr yaxşi şeʼrga turtki berişi, qanotlantirişi şeʼriyat tarixidan maʼlum.
Rauf Parfi öz dardlarini dunyoviy miqyosga olib çiqadi. Jumladan, «Vatan haqida Bernd Iyensga maktubim» şeʼrida şunday satrlar bor:
Ular qoğoz yuziga pul yozardilar…
Ular ona tilin unutadilar taxtçasining yonida.
Ular aldoqdan, şarbatdan, qip-qizil göştdan
Qasru imoratlar quradilar bemalol…
Şoir bu dardlariga tasalli topolmaydi, illo çorasizligini «Gamlet» şeʼrida şunday ifoda qiladi:
Qonlar oqmoqdadir, sönmoqdadir nur,
Turibsan-ku davr bilan betma-bet.
Nahot iztirobda doim tafakkur?
Şoir ruhiyatidagi ğalayon tinmaydi. Lekin yoruğ manzil qayerda? Balki ufqlardan naridadir? Şoir xayollari uni har qaylarga yetaklaydi.
Qattiq urinaman ufqdan nari,
Alvon uzra muzlab turar nigohim.
Oyoğim yurmaydi yurganim sari,
Ona yerga botib qolgan oyoğim…
Bu örinda Usmon Nosirning bir paytlar yozgan şeʼri yodimizga tuşadi.
Yölçiman, manzilim dengizdan nari,
Lojuvard ufqning tubiga yaqin…
Rauf Parfi ruhidagi iztirobli keçinmalar öz mavridi bilan şeʼrlariga köça boşladi. Erk, Istiqlol, Turkiston mavzusi ijodida teranlaşdi.
Şörolar siyosatidagi bir yoqlamalik, Kompartiya şaʼniga hamdu sanolar şoirni qattiq taajjubga solar, yuragidagi dardlarini zohir etişga mutlaqo izn bermasdi. Mana şu jarayonda şoir ijodida turkum-turkum şeʼrlar paydo böldiki, ulardagi misralarda ehtiros kuçli bölib, fikr ana şu ehtiros tubida qolib ketar va uni oddiy şeʼrxonning anglab olişi amri mahol edi.
Ana şu pallada şoir murakkab bir yuksaklikka kötarildi. Çamamda, u endi oddiy şeʼrxonni emas, zamonni teran anglaydigan, tafakkuri Vatan taqdirini muşohada eta biladigan, erktalab, hurriyat şabadalariga köksini dadil oçgan ziyoli qavmni nazarda tutib şeʼrlar ijod qila boşladi. Va töplamlaridan birini «Sabr daraxti» deb nomlagani ham bejiz emas.
Şörolar siyosati baravj bir davr — ötgan asrning 60-70-yillarida özbek şoiri Özbekistonni Vatanim deb kuylaşi, xususan, uning ötmişini uluğlaşi, xalqning orzu-armonlaridan, yöqolib borayotgan özligidan gap oçişi mumkin emasdi, bu tuyğu darhol milliy mahdudlikka yöyilar va bu muallif boşiga malomatlar yoğdirardi.
«Işq sözidan kuydi bulbul maskani»,
Til bilan kuylanmas ona-Vatanim,
Men seni kuylamoq istayman faqat.
Uşbu şeʼr 1967-yilda bitilgan. Uning zamiridagi şoir dardiga bir zum quloq tutaylik. Qöştirnoqqa olingan birinçi satr Alişer Navoiyga taalluqli ekanligiga şoir izoh bergan. Yaʼni, bulbul öz maskani — çamaniga bölgan muhabbatini kuyib-yonib izhor etişi mumkin, lekin men seni hamişa kuylamoq istasam-da, kuylay olmayman (kuylaşim mumkin emas), ona-Vatanim, deya nola qiladi şoir.
Çunki şunday davrlar bölgandiki, yurt dardini qalamga olişga jazm etgan şoirlarning aksariyati, qatağonga uçrab, «xalq duşmani» deb eʼlon qilingandi.
…Bu — xalq duşmani deb tutsalar bir kun,
Bari bir, u xalqning nomidan sözlar.
Boşida qora qiş, oppoq bahorlar,
Yuragi yarimu butun imoni,
Talotum olamni şivirlab çorlar.
Tani omonatdir, naqd erur joni.
Kökrak qafasida lovullab porlar
Buyuk muhabbatning dardli nişoni.
«Şoir» sheʼridan.
R.Parfi zabun tuyğular töfonini keçib, «tafakkuri iztirobda» yurgan pallalarda ruhida kuylayotgan quşça ismini tanigandek böladi. Bu «sabr daraxti — qutluğ Turkistondagi» erksizlik sitamlaridan bağri xun, Hurriyat soğinçidan yuragi mungliğ quşça edi. Bu quşça uçun najot qayda? Uning yuragidagi mahzun navolar qay maʼvoda taskin topadi? Barhavo saltanat bağridami? Oltinnaqş taxt yaqinidami? Yöq, u kökrak qafasini har qanday maʼvodan afzal biladi. U töyib-töyib kuylasa, bas…
Zero:
Yurak deb atalgan oğriq bu — najot,
Kökrak qafasimiz — najot qalʼasi.
Ötgan asrning 80-yillarida bitilgan uşbu satrlar özbek şeʼriyatidagi eʼtiqodlar töqnaşuvining avj nuqtasi bölganligini bugun yorqinroq his etamiz.
Şoir ijodiy izlanişlari davomida jahon şeʼriyatidan köp narsa örgandi. Men özim Rauf akaning mutolaa isteʼdodiga köp bor şohid bölganman. Esimda, bir vaqtlar Dörmondagi Ijod uyida birga dam olganimizda Rauf aka kutubxonadan 2-3 ta qalin kitoblar kötarib çiqdi. Ğarb rassomlari hayotidan yozilgan romanlar edi, çamamda. «Bu asarlarni ilgari ham öqiganman, şu kunlarda uyqumning mazasi yöq, yana bir marta körib çiqmoqçiman», degandilar. Va ikki-uç kunda ularni qayta öqib çiqqandilar.
Rauf akaning yana bir fazilati öqigan kitoblarini döstlariga sovğa qilişni yaxşi körardilar. (Bu çindan ham noyob fazilatmi?) Jahon mumtoz şoirlarining şeʼriy töplamlarini hotamtoylik bilan hadya qilib yuboraverardilar! Özida bunday jasorat bölmaganlar hamişa uning bu himmatidan lol qolardi. Lekin öşa lol qoluvçi kitobparastlar töplagan kitoblarini öqirdilarmi-yöqmi — bu, albatta, bizga qoronği. Lekin Rauf aka hadya qilgan kitoblarini allaqaçon köngliga jo qilgan bölardi. Şu boisdan ham uning şeʼriyatida turli xil uslublarni uçratamiz. U öz ijodiga sarbastni, yapon şeʼriyati uslublarini, sonetni dadil olib kirgan şoir edi. Biroq bu uslublarning barçasi şeʼrlarida mukammal böy körsatdi, muxlislariga hamişa manzur böldi, deyiş qiyin.
Zero, bir paytlar alloma adib Asqad Muxtor şoirning «Sabr daraxti» töplamiga yozgan sözboşisida: «…şeʼrlariga sarin musiqiylik bağişlay oladigan şoir oğir mavzularga qöl urganda sarbastga murojaat qilib, baʼzi şakliy şartliliklardan özini xoli qilib oladi… Sarbast uni negadir köpinça deklamatsiyaga sudrab ketadi», degan edi.
«Xokkular» esa şeʼriyatimizga tabiatan singişib ketmaganligi bilan (garçi şoir uni «Tuyğular» deb nomlagan esa-da), uning ijodida unçalik muvaffaqiyat qozonmadi. Ayni şu örinda bir narsani alohida taʼkidlaş kerakki, Rauf Parfining uşbu «izlaniş tajribalari» köp şoirlar uçun «yuqumli» böldi va şeʼriyatda yuqorida taʼkidlaganimiz singari uslublar «urçib» ketdi. Bugungi kunda ular «modern şeʼriyat» degan nom ham oldi.
Şoir öz tuyğulari, dardi, iztirobini sonet uslubida yozilgan şeʼrlarida teran va mukammal ifodalay oldi. Ana şu qirrasi bilan jahonning eng katta şoirlari ila bellaşa oladigan mavqega kötarildi. Jumladan, «Közimning ğorida parçinlangan kök» misrasi bilan boşlanuvçi sonetda şunday satrlar bor:
…Sen yolğizsan bu dunyoda, sevgilim,
Çeksiz çidamimning sinçlari sindi.
Çönkaygan çöqqidan sörayman seni,
Qarigan bahordan seni sörayman.
Topgil, deyman Mening Buyuk Sevgimni.
Yer tişlab sörayman, söng bor köray man,
Çaqinlar jimlikka çaqar jismingni.
Kökning siniğiga seni örayman.
Bu satrlar şoir şeʼriyatining heç qaçon zavol bilmaydigan yuksak sanʼat darajasiga kötarila olganligiga dalolatdir. Lekin yoşlarning Şoir ijodidagi mana şu jihatga — sir-sinoatga kam eʼtibor qaratişlari ajablanarlidir. Zero, uning ijodidagi turfa ohanglarga ergaşgan singari sonetni ham özlaştiriş mumkindir. Lekin unga jo böladigan dardni-çi?! Afsuski, bunday Dard Yaratgan tomonidan ato etiladi.
Rauf Parfi bir umr ana şunday Dard tölqinlarida yaşadi. Lekin uzzu-kun bu qadar zalvorli Dardni kötarib yaşaş osonmi?! Şu boisdan Şoir öziga baʼzan «dam berar» va ana şu paytlarda «darveş»ga aylanar edi. Bunday kezlarda u quşdek yengil, hazil-mutoyibaga moyil, könglida ğam-ğubordan asar ham yöq insonga evrilardi. Ne tongki, xuddi ana şunday hollarda körganligi uçun ham şoirni oddiy odamlar «ğam-ğussaga begona banda» deb biladilar. Aslida ğam-ğussaga, turmuş taşvişlariga begona böla bilmoqlik oson emas. Buning uçun şoir taʼmaga, boylikka, yolğon dunyo taşvişlariga qöl siltay olmoği zarur.
Rauf akaning bunday xurram holatlariga ham men köp bor duç kelganman. Yodimda. Kunlardan-bir kuni bolalar şoiri Safar Barno, yozuvçi Zohir Aʼlamlar bilan Rauf aka yaşaydigan xonadonga (umri davomida bunday xonadonlar — oila göşasi uning uçun bittagina bölmadi) uni yöqlab borgandik. Uy bekasi bizni lutf bilan kutib oldi. Darhol dasturxon tuzaldi. Bu asnoda uy sohibasi Rauf akani ham mayda-çuyda yumuşlar uçun bir neça bor bezovta qildi: bolani uşlab turing, dedi, mehmonlarga çoy quyib bering, dedi… Bildikki, Rauf aka ançadan buyon uyga qamalib qolgan. Mavridi kelganda Zohir aka tagdor hamdardlik bilan söradi:
— Rauf, ahvollaring qalay özi?..
— Şu-şu-şu… — dedi tabassumini lab uçida tutib Rauf aka. Bu uning «Nima qilay — çorasizman!..» degani edi. Bir payt uy sohibasi oşxonada öralişayotgan damda Rauf aka dafʼatan yorildi: «Amallab meni bu yerdan olib çiqib ketinglar!» U deyarli möltirab boqdi. Uning «dardini uqqan» döstlar — bir nimani bahona qilib, Rauf akani ham taşqariga çorladik. «Tezda qaytiş» şarti bilan uy sohibasidan ruxsat tegdi. Rauf aka biz bilan taşqariga çiqarkan, zina yölagida xonadoni eşigiga ögirildi-da, uyiga qarab: «Qafasdan çiqqan quş qaytib kelurmu!..» — deb xitob qildi. Uning bu «xitobidan» hammamiz gurros kuldik. Albatta, buni biz hazil deb öylagandik. Yöq, hazil emas ekan. Rauf aka şu ketganiça uç-tört oy yöq bölib ketdi. Keyin bilsak, umuman, şahardan boş olib çiqib ketgan ekan…
Rauf aka bilan bir marta Vodiyga safar qilganimiz ham esimda. Qaytgaç, safar taassurotlarini örtoqlaşayotganimizda «Yöl uzoqlik qilmadimi, toliqmadingizmi, Rauf aka?» deya kimdir luqma taşladi. Rauf aka pinagini buzmay: «Toliqişga ulgurmadik, yöl ikki şişalik ekan», — deb javob qildi. Bu — ikki şişa böşagunça manzilga yetib oldik, degani edi…
Emişki, bir kuni Rauf aka katta qalam haqi olib, uni naşriyot binosida uçragan şoirga ulaşayotganmiş: «Mehmon qilganlarining qarzi» yoki «Bir kuni mehmon qilarsan, — deya, — qarzga…» Unga tengqur şoirlardan biri qölidan pulni olarkan, bir zum yuziga tikilib qolibdi. «Ha, nima böldi?.. Oling, olavering!..» — debdi Rauf aka. U şoir esa hamon uning yuziga tikilgança: «Nega kam?..» — dermiş.
Şoirlar içida şunaqa noşukurlari ham yöq emas. Hotamlik qilsang, nega sidqidildan qilmayapsan deya yoqangdan tutadiganlari ham uçrab turadi.
Rauf Parfi betakror şoir edi. Uning şeʼriyatiyu hayotiga, turmuş tarziga taqlid qilgan yoşlar köp böldi. Lekin ular bu borada ham muvaffaqiyatsizlikka uçradilar. Rauf Parfi esa hayot böylab çamanzorda gul tanlab yurgan oşiqdek tamanno yurişida davom etaverdi… Ustozlardan biri, Raufday beğubor, musiçadek beozor qalbli insonning yuragida şu qadar dolğali iztiroblar bölişiga to hanuz lol qolaman, degandi.
Heç bir şoirning şeʼriyatini mutlaqo benuqson, ideal şeʼriyat deb bölmaganligi kabi Rauf Parfining turmuş tarzini ham barçaga ibrat namunasi, deb körsatib bölmaydi.
Uning aksariyat şeʼrlarida toğ şalolalaridek tiniq, zangor tuyğular jilva qilgan bölsa, baʼzan «öylab topilgan» qabilidagi ğam-ğussalar ham yöq emasdi. Ijodi davomida uning billur irmoqmonand şeʼrlari ğalayonli iztiroblar daryosiga aylandi. Şu bois baʼzan uning dastlabki şeʼrlari, yaʼni:
Yoz keçasi. Osmon-falakda
Kunduzning kitobi öqildi.
Tars yorildi qovun palakda,
Oltin şaftolilar tökildi…
singari satrlariga oşufta bölsak, dam qayta-qayta öqiş jarayonida tuğyonli alam-faryodlari tajassumi bölgan:
Abadiy koinot birla qolaman,
Ölsam çirqiraydi ovozim tanda.
Eng yangroq yulduzni uzib olaman.
Ezilgan, xörlangan bargman tubanda,
Yolğiz özim — xalqman, özim — olomon.
Men şoirman axir, şohman, ey banda… singari misralarning sehrli girdobiga tuşib qolganligimizni sezmay qolamiz.
Şoir dunyoga nima uçun keladi? U dunyodan nima orttiradi? U dunyoga nima qoldiradi?.. Bu mangu savol hammani öylantirib kelgan. Toabad öylantiradi ham.
Rauf Parfi ijodi borasida ham bu savol yangraşi tabiiy. Lekin bir narsa aniqki, u ijodi zamirida Hayotga muhabbatini izhor etib umrguzaronlik qildi, Vatanini kuyladi, Istiqlolni eʼzozladi, beğaraz yaşab ötdi. Şak-şubhasizki, undan tiniq tuyğular, yoniq dard, hassos şeʼriyat meros bölib qoldi. Va bu mulk heç qaçon ölmaydigan adabiyotimizda şeʼriyat qadrini baland tutiş uçun hamişa xizmat qiladi. Bugungi kunda esa, ayniqsa…
Şoir oxirgi töplami «Sönggi vido»ni uşbu misralar bilan yakunlagan:
Xayr, şivirlagan, singragan bayot,
Xayr, zahmatlarda çirpingan xalqim.
Xayr, şeʼriyatga kömilgan hayot.
Şunday. Şoirning hayot bilan vidolaşganiga to hanuz könikolmasak, ne ajab!
«Yoşlik» jurnali, 2009, № 4
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


