Dastavval bu taklif menga qiziq tuyuldi. Uy bekasi bölsam, ança yillardan buyon rözğor bilan andarmon bölib yurgan ayol köpçilikka nima yangilik ham aytardi deb öyladim. Ammo, yurak-yuragimda tovlanib, tinçlik bermayotgan soğinçning rangi, turmuşning har qanday past-balandida ham meni tark etmagan, böğzimga tiqilib taşqariga çiqqisi kelgan Söz va uni aytiş baxti meni fikrimdan qaytardi. Men bu iboradan “azobi” sözini tuşirib qoldirdim. Zotan, har bir ijodkorning hayoti aslida ijodiy iztiroblar, Sözning aytiliş azoblari içida keçadi. Endi, mavzuga qaytamiz.
Qaçonlardir hammamiz Orzular mamlakatida, bolalikning sirli diyorida bölganmiz. Bu sehrli diyorning tört fasli ham ertak: suratkaş qişlari tugamaydigan, bahorlari söramasdan yuragingga kirib keladigan, sölim yozlari boğ-roğlarda keçadigan uzun taʼtillardan, beqasam kuzlari bir tekis paxtazorlardan iborat edi. Şu çeksiz-çegarasiz tuyulgan dunyoning rang-barang qiyofalari içida suyunib, kuyunib ulğayganman. Meni örab turgan borliq şu qadar betakror va uluğvor, şu qadar daxlsiz va daxldor, şu qadar maftunkor va …sitamkor ediki, men uni anglaşga urinib söz aytiş kasalini orttirib oldim. Bu ehtiyoj ösib-ulğayib yuragimga azob beradigan böldi. Balki, şoirlik şudir.
Bir kuni tongda nimalardir yozdim. Öçoqboşida, tutantiriq uçun qöyilgan qoğoz bölakçasiga, quyoşni olqişlab. Qoğozni supada bobom bilan suhbatlaşib ötirgan otamga olib borib berdim. Otam qoğozni ajablanib oldilar-da, bir muddat tikilib qoldilar. Keyin bobomga yuzlanib “Nabirangiz şeʼr yozibdi” dedilar. Qoğozçaga: “Ey, quyoş! Nuringni soç! Yaşnasin boğlar, Gözal boğda sayr etsin, Qari-yoş!”, deb yozilgandi.
Men öşanda boşlanğiç sinfni tugatgandim. Öşa tong serdaraxt hovlimizdagi soyalar quyuq, quyoş nurlari töq zarğaldoq rangda edi. Bu kun mening tasavvurimda nurning ham, soyaning ham zalvori, vazni borligini ilk tuygan kunim sifatida yaşab qoldi. Adabiyot, şeʼr haqidagi tasavvurlarim şundan boşlangan.
Oilada köpçilik ösganmiz. Menga aksariyat ijodkorlar kabi bobo yoki buvidan ertak eşitib katta böliş nasib qilmagan. Ulardan bir kunlik yöl uzoqligidagi manzilda yaşaganmiz. Ammo men tirik ertaklar içida ösib-ulğayganman. Bobom va buvimning özlari mening eng aziz, eng qimmatbaho ertaklarim edilar. Aziz onajonim hamişa ertaklarimning asosiy qahramoni bölgan. Otam ham, onam ham savodxon kişilar edi. Otam xöjalikda boş agronom bölib işlardilar. Uyimizda kitoblardan taşqari turli davriy naşrlar bölardi. Özim tuşunib-tuşunmay şeʼr yozgan kunimdan boşlab hayotimda yangi bir bosqiç, mutolaa davri boşlangan. Mening mutolaaga bölgan iştiyoqim hammani ajablantirardi. Vaqt topdim degunça xalq dostonlarini, turli ertaklar, özbek xalq maqollarini öqirdim. Ular haqli ravişda mening ilk ustozlarimdir. 8-sinfda Raşod Nuri Guntekinning “Çoliquşi”si, eron hikoyalari, Tagor, Turgenev, Puşkin, Lermontov, Tolstoy asarlari bilan tanişdim. Hayotimning şu davrida hayot aslida ertak bölmaganini, mehnat va maşaqqatlar öz navbatini kutib turganini tuşunganman. Çunki, kitob öqişga hamişa ham vaqt va imkon bölavermagan. Qişloqda yaşaganlar buning nima ekanligini yaxşi bilişadi.
Otam har bir gazeta va jurnalni diqqat bilan kuzatib borar, maqolalarga munosabat bildirar, ayrim materiallarni ötirganlarga şarhlab berardilar. Otamning bu qadar bilimdonligiga havasim kelardi. Otam şoh Maşrab ğazallarini yaxşi körar, goho uyimizda maşrabxonlik keçalari bölardi. Onam ajoyib uy bekasi, zukko, mulohazali, hunarmand ayol edilar. Uy-rözğor yumuşlaridan, tomorqa işlaridan qöllari böşadi degunça ötirib kaşta tikardilar. Hozir ham onamning kaşta gullariga igna urgaç, quloç yozib uzun-uzun savoq tortişlari, iş tika turib çiroyli xirgoyi qilişlari köz öngimdan ketmaydi. Bugun öylab qarasam, yuragimning tub-tubida şoir bölişdan avval ularga munosib farzand böliş istagi bölgan ekan.
Maktabda öqiyman. Tuman gazetasida qatnaşib turaman. Bir safar taʼtilda akam Toşkentdan kiçik bir şeʼriy töplam kötarib keldi. “Şeʼr yozaman deysan, bu şoir kimligini bilasanmi?”, deb savol-söroqqa tutdi. Bilsam, bu elimizning ardoqli şoiri Abdulla Oripovning şeʼrlari ekan. Şu kuni uyimizda oilaviy “abdullaxonlik” kuni bölgan. Şu tariqa A. Oripov, E. Vohidov, keyinroq esa Muhammadjon Rahmon, Usmon Azim, Şavkat Rahmon, Halima Xudoyberdiyevalar ijodi bilan tanişdim. Ularning asarlarini izlab topib, öqiydigan böldim. Talabalik davrimizda ularning jöşqin şeʼriyati yalovbardor edi. Biz talabalar ana şu hurriyat şabadalari esib turgan şeʼriyat gulxani taftida toblanib, tarbiyat topdik.
Talabalik davrimizda “Guliston” jurnali tahririyatiga köp borardik. Bu maʼrifat maskanida Asqad Muxtor boş muharrir edi. Biz yoşlar bu yerga Mahmud Saʼdiy, Murod Xidir boşçiligidagi kitob va uning mutolaasiga, jahon adabiyoti yangiliklariga oid qiziqarli suhbatlarni tinglagani kelardik. Turmuşga çiqqanimda yaxşigina kutubxonam bor edi. Maktab davridan “Şarq yulduzi”, “Guliston”, “Fan va turmuş” kabi jurnallarni, ayrim gazetalarni yiqqanman…
Öqişni tugatib, tuman gazetasida işladim. Bir gal Toşkentga iş bilan kelib ustoz Muhammadjon Rahmonni (Alloh rahmat qilsin) ziyorat qiliş uçun naşriyotga ötdim. Salom-alikdan söng “Qani, şeʼrlarni bering-çi” dedilar. Men jimgina yerga qaradim. Ustozga şeʼrsiz kelganimni aytib, yaxşigina dakki eşitib oldim. “Odam ham şundan şunga şeʼrsiz, yölakay keladimi?”, dedilar. Bu tanbeh şusiz ham oğrib yurgan jonimdan ötib ketdi. Keyingi safar yurak yutib bir papka şeʼr kötarib keldim. Muhammadjon akaga şeʼrlar juda manzur böldi. Bu şeʼrlar ustoz Usmon Azim tavsiyasi bilan “Saodat” hamda “Yoşlik”, “Şarq yulduzi”, “Yoş kuç”, “Sirli olam” jurnallarida çop etildi.
Matbuotda ançagina şeʼrlarim eʼlon qilinganiga, bu şeʼrlar muxlislar muhabbatini qozonib ulgurganiga qaramay könglimdagi bir bezovtalik, beqarorlik, behudlik menga tinçlik bermadi. Faqat, vaqti kelib mavlono Jaloliddin Rumiyning “Masnaviy”i:
“Tingla nay andoq hikoyatlar qilur,
Kim, judolikdin şikoyatlar qilur…”
va hazrat Navoiyning betakror ğazallaridan bahramand bölib, haqiqiy işqu oşiqlik tafsilotlaridan xabardor bölgaçgina könglimdagi yiğining asl sababini anglagandek böldim. Maşhur “Qaro közim”da şunday bayt bor:
“Takovaringga bağir qonidan hino boğla,
Itingga ğamzada jon riştasin rasan qilğil”.
Birgina şu fidolikni anglaş uçun mumtoz adabiyotni bilişimiz kerak ekan. Mumtoz adabiyotimizni bilmay turib Söz aytiş mumkin emas. Özligini anglamagan ijodkor özgaga nima yangilik ham aytardi. Daraxt ildizi bilan tirik. Har bir isteʼdod ham dunyoga kelgaç, avvalo, tarbiyat topadi, unib-ösadi, kamolga yetiş davrini boşdan keçiradi. Bu jarayonda mumtoz adabiyotimizni, mentalitetimizga xos şarq falsafasini özlaştiriş birinçi örinda turişi kerak. Asl narsa hamma davrlarda ham öz qiymatiga ega böladi. Adabiyotning rang-barangligi, yangiça körinişlari esa ijod tabiati bilan boğliq hodisa. Öz ildizida mustahkam turgan ijodkor kuçli zamonaviy asar yoza oladi. Faqat şunday asarlar Vaqt tözoniga bardoş beradi va kelajak avlod uçun yaşab qoladi.
Har bir odam yelkasida inson böliş majburiyati bor. Har bir inson zimmasida baxtli böliş masʼuliyati bor. Biz ming yillik evrilişlar arafasida ijod sahniga kirib kelgandik. Biz ana şu ulkan tarixiy evrilişni yaşadik. Buyuk Vaqt dovonining bu betida Istiqlol bilan yuzma-yuz keldik. Bu tarixiy jarayonlar hayotimizda keçdi va unda öçmas iz qoldirdi. Buyuk Vaqt dovonini oşib ötganlar bilan Istiqlol yillari tuğilib, voyaga yetganlar orasida ana şunday farq bor. Ammo, hamma davrlarda ham adabiyotning vazifasi bitta bölgan: komil inson tarbiyasi. Soğlom adabiyot soğlom avlodni tarbiyalaydi. Adabiyoti oqsagan, maydalaşgan jamiyatda maʼnaviy tanazzul boşlanadi. Bu xatarli jarayonning uzoq davom etadigan ilk belgilari savodsizlikning oddiy voqelikka aylanişidir.
Bir kuni bir jurnalga şeʼrlarimni berdim. Bunga ança böldi. Maʼlum bir vaqtdan keyin tahririyatga ötdim. Şeʼrlaringiz yaxşi-yu, şu, ijtimoiy masalalar yoritilmagan-da, deyişdi. Şunda juda hayron qolganman. Çunki, bu dunyoda borligimning özi men uçun ijtimoiy hodisa edi. Dunyoni har kim har xil tuşunadi. Buni qabul qiliş kerak. Ammo bu avomlik darajasida bölsa, qörqinçlidir.
Aslida ijod ham bir neʼmat. Garçi sönggi yillarda matbuotda körinmagan bölsam ham soğlom ijodiy muhit içida foydali umr keçirdim, deb ayta olaman. Gap sonda emas-ku. Oilamiz ijodkorlar oilasi. Turmuş örtoğim, ajoyib adabiyotşunos olim, ustoz Sayfiddin Rafiddinov şarofatlari bilan xonadonimizda tez-tez ijodiy suhbatlar uyuştiriladi. Muhammadsodiq Oliy jurnalistika kursi magistraturasining birinçi bosqiç talabasi. Dildoraoy kiçkintoylar tarbiyasi bilan band. Xudoga şukr, törtta asal nabiramiz bor. Odam ajratadigan feʼlim yöq. Ammo, şu tuproqda tuğilganim, borim bilan ham, yöğim bilan ham şu xalqqa tegişli ekanim hamişa könglimni iftixorga töldiradi.. Men özbekman. Dunyoga özbekona köz bilan qarayman. Bu mening dunyoqaraşim. Şeʼr yoziş esa men uçun hamişa maʼnaviy hodisa bölgan. Saviya – alohida mavzu.
Zebo Rahimova 1958-yili Qaşqadaryo viloyatining Kitob tumanidagi Öris qişloğida tavallud topgan. 1981-yil ToşDU (hozirgi ÖzMU) ning jurnalistika fakultetini tugatgan. Tuman gazetasida, kitobsevarlar jamiyatida, tuman radiosida, Qaynarbuloq qişloq fuqarolar yiğinida, bir muddat respublika xotin-qizlar jurnali “Saodat”da işlagan.
“Yoşlik”2013/1
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


