8 daqiqada öqiladi

1 548 marta körilgan

Dam şu damdir, özga damni dam dema…

Balandparvoz iboralar, soxta raqamlar emas, aççiq bölsa-da, haqiqiy körsatkiçlarga tayanildi. Şu bois bunday jasorat va qatʼiyat odamlarning işonçi, hurmatini qozonib, dunyoqaraşini özgartirib yubordi, desak, aslo yanglişmagan bölamiz.

Darhaqiqat, hayotga real qaraş vaqti keldi.  Haybarakallalik qilişdan, yaʼni yaxşimizni oşirib, yomonimizni yaşirişdan sira foyda yöq. Dunyo ildam qadamlar bilan olğa intilayotgan, davlatlararo oçiq va pinhoniy bellaşuv ketayotgan pallada hayot oynasiga boqib  rang röyimizga, holimizga nazar solmasak bölmas. “Kelajagimiz egalari”, “hal qiluvçi kuç” deya otaşin tavsiflar tirkab aytadiganimiz yoşlarimiz taqdiri haqida döppini boşdan olib çuqur öylamoq fursati yetdi. Bu masala çunonam dolzarbki, zotan, ötgan 2017-yil aynan yoşlar yili böldi, desak, heç mubolağa bölmaydi. Bu borada katta-katta islohotlar qilindi, Yoşlar Ittifoqi taşkil etilib, ulkan imkoniyatlar berildi. Eng muhimi esa, bu masalaga rostmana yondaşiş, yoşlar hayotiga panja orasidan emas, balki vijdonan qaraş, adolat tarozisi bilan ölçaş vaqti kelgani yoşu qariga ayon böldi.

Aslida ham har qanday muammo içidan tadqiq qilinsagina mohiyati  oydinlaşadi. Şu bois Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boşqaruvi akademiyasi qoşidagi Yoşlar muammolarini örganiş va istiqbolli kadrlarni tayyorlaş instituti olim va mutaxassislari tomonidan yoşlarga oid muammolarning sabablari borasida respublikamiz böylab keng qamrovli sotsiologik tadqiqotlar ötkazildi.  Tadqiqot jarayonida har bir hududning yoşlar masalalariga masʼul  rahbarlaridan tortib,  uyuşmagan yoşlargaça qamrab olindi.  Rahbarlar bilan ham, yoşlar bilan ham yaqindan suhbat qilindi, ularning fikri turli sotsiologik usullar bilan örganildi.

Oğriqli muammolar

Sotsiologik tadqiqot natijalaridan jamiyatda yoşlar tafakkuri, umumtaʼlim tizimi va erkin bozor iqtisodiyoti talablari örtasida keskin farq mavjudligi körinib qoldi. Oqibatda, bu nomutanosibliklar yoşlar öz kelajagi uçun töğri möljal ololmayotgani, pul topiş istagida samarasiz urinişlar bilan turli ijtimoiy-maʼnaviy “jarohatlar” orttirayotgani aytilmoqda. Ularning hayotdagi muvaffaqiyatsizliklardan çiqarayotgan xulosalari salbiy xarakterga ega bölayotgani esa mavjud muammolarning yanada çigallaşişiga sabab bölmoqda.

Prezidentimizning 2017-yil 30 iyun kuni “Kamolot” yoşlar ijtimoiy harakatining sönggi – IV qurultoyida sözlagan nutqida kuyunçaklik bilan “…yurtimizdagi minglab yoşlar, ayniqsa, qişloq joylarda… davlat va jamiyatning eʼtiboridan çetda qolmoqda. Ular bilan heç kim deyarli şuğullanmayapti, ular öz holiga taşlab qöyilgan, desak, aççiq haqiqatni tan olgan bölamiz. Buning oqibatida uyuşmagan, yaʼni işlamaydigan, öqimaydigan, tayinli bir maşğulotga ega bölmagan, salbiy taʼsirlarga beriluvçan yoşlar soni ortib bormoqda” degan sözlarida katta hayotiy haqiqat aks etgan.

Bugun işsizlik masalasi yoşlar hayotidagi eng oğriqli muammo. Iş örinlari oz, örta yoki oliy maʼlumotga ega yoşlar mutaxassislik böyiça işga joylaşişda qiyinçiliklarga duç kelmoqda. Joylarda böş iş örinlari yarmarkalari bandlik samaradorligiga emas, balki hisobotga yönaltirilgan. Yarmarkalar ötkazilişidan yoşlarning xabardorlik darajasi esa juda past.

Köpçilik yoşlarda tadbirkorlik bilan şuğullaniş istagi bor, biroq bu borada qatʼiy maqsad qöyolmaydi. Ularda iqtisodiy tafakkur, zarur könikmalar yetişmasligi, moddiy jihatdan kömak manbasi yöqligi uçun tadbirkorlikni boşlaşga jurʼat qilolmayapti. Bunday yoşlarni davlat yaratayotgan imkoniyatlardan foydalanişga undovçi, kömak va maslahat beruvçi mexanizm samarasiz, zaif.

Işsizlik ruhiy stressga sabab böladi, psixologlarning taʼkidlaşiça, bir yil işsiz yuriş oqibatida insonning beş yillik umri zavol topişi mumkin. Çunki işsizlik jinoyatga va boşqa yot ğoyalarga ergaşişiga sabab böluvçi omillardandir. Bekorçi va taqdir hukmiga taşlangan inson jamiyat uçun xavfli sanaladi. Bu esa bandlikka kömak beruvçi taşkilotlar faoliyati samaradorligiga alohida eʼtibor qaratiş şartligini körsatadi.

Yoşlarga taʼlim oliş uçun barça şaroit muhayyo, deb matbuotda, oynayi jahonda köp gapiramiz. Biroq yoşlar taʼlim muassasalaridagi ayrim darslarning sifati, kutubxonalarda adabiyotlar yetişmasligi, laboratoriyalardagi şaroitlar va bilimlarni baholaş mezonlaridan qoniqmaydi. Baʼzilari esa taʼlim muassasalarida taʼmagirlik holatlari mavjudligini ham tasdiqlaşadi.

Kişini öyga toldiradigan jihati şundaki, aksariyat yoşlar taʼlim muassasasini tugatgandan keyin sohasi böyiça tölaqonli işlab keta olişiga işonmaydi. Bunday yoşlar jamiyatda öz örnini topişi uçun bilim va salohiyati yetişmasligidan xavotirda, ayrimlar özi qiziqmaydigan sohada öqişadi, ayrimlar esa işga joylaşişda adolat yöq deb bilişadi. Bunday yoşlarda öz sohasida çuqur bilim oliş va yaxşi mutaxassis bölib yetişişdek uzoq muddatli möljallar örniga “amallab” semestr (çorak)ni yakunlaş va tezroq diplom oliş kabi qisqa-kalta rejalar şakllanib qolgan. Taʼlim tizimining bozor şart-şaroitlari bilan boğlanmaganligidan kelib çiqayotgan bu kayfiyat taʼlimning reallikdan butunlay uzilib qolişiga olib kelişi tabiiy.

Oliy va örta maxsus bilim yurtlaridagi taʼlim sifati va davomat masalasi hanuz dolzarbligiça qolmoqda. Bu ikki masalaning mazmuni esa taʼlim muassasasidagi ayrim kasbiga layoqatsiz öqituvçilar va farzandining taqdiriga befarq ota-onalarga boğliqligi körinib qolyapti. Pirovardida yoşlarning dunyoqaraşi çegaralanib, tolerantlik hissi past darajada ulğaymoqda.

Muammolarning asl ildizlari

Aholi tarkibining salmoqli qismni taşkil qiluvçi yoşlar qatlamidagi muammolarning tobora yangi qiyofa kasb etişi va ösib borişi sönggi yillarda davlat va jamiyatdagi ijtimoiy munosabatlar dinamikasi bilan boğliq.

Yoşlar öz xususiyatiga köra, boşqalarning xulq-atvorini öziga bevosita “yuqtiriş”ga moyil bölib, atrofidagilardan, şu jumladan, axborotlaşgan muhitdagi  salbiy jihatlarni bevosita özlaştirmoqdalar.

Yoşlarning ijtimoiylaşuvi bilan boğliq muammolarning köpayişi murakkab xarakterga ega bölib, ular turli sabablar bilan boğliq.

Avvalo, davlat va jamoat taşkilotlari faoliyatida yoşlar bilan işlaş borasida notöğri yondaşuvning saqlanib qolayotgani ham buning bir omilidir.

Turli taşkilotlardagi yoşlar bilan işlaş böyiça mutasaddilarda yangi avlod vakillari bilan professional iş olib boriş könikmalari yöqligi muntazam namoyon bölmoqda. Ularda yoşlarni ortidan ergaştiriş, kasb-hunar, bilimga yönaltiriş masʼuliyatidan qoçiş, uyuşmagan yoşlar, umuman, bitiruvçi yoşlarga muammo, potensial xavf manbayi sifatida qaraş holati saqlanib qolmoqda.

Davlat organlarida ham yoşlar bilan işlaşda baʼzan notöğri yondaşuvlar kuzatilmoqda. Davlat organlari va yoşlar örtasida muayyan uziliş, jarlik mavjudligi közga taşlanayapti.

Hududlarda iş sörab murojaat qilgan yigit-qizlarga nisbatan mahalliy hokimiyat idoralari, bandlikka kömaklaşuvçi markazlarning baʼzi masʼullari tomonidan behurmat va bepisandlik bilan munosabat qilinişi oqibatida yoşlar bu idoralarga borib iş söraşga ham botina olmayapti. Bunday nozik masalalarga qöpol yondaşuv jamiyat ravnaqi uçun katta zarar keltirişi mumkin.

Samarali tizim hamda aniq ijroçilar yöqligi sababli davlat va jamoat idoralarining masʼuliyatni özidan soqit qiliş va yoşlar muammolarida “aybdorlarni qidiriş” bilan andarmon bölib qolayotgani közga taşlanadi. “Ota-ona – maktab – mahalla” hamkorligi tamoyili talab darajasida işlamayotgani taşvişlanarli holatlardan biri.

Sönggi yillarda yoşlarning böş vaqtini mazmunli ötkaziş, ularni soğlom turmuş tarziga çorlaş maqsadida jismoniy tarbiya, sportga katta eʼtibor berilyapti. Ammo hamma joyda ham sport zallari yetarli emas, mavjudlari ham  töliq, muntazam işlaydi, deb ayta olmaymiz. Mutaxassislarning taʼkidlaşiça, aksariyat hollarda köp sport zallari turli komissiyalar kelganda ularga körsatiş uçungina “qulflik holatda asralmoqda”. Bu –  jiddiy  masala. Sport zali bölgan har bir muassasa rahbari zalning muntazam faoliyat yuritişi, qişloq, mahalla yoşlari töplanadigan “tirik” böğinga aylanişi uçun jon kuydirişi kerak. Qulflar “bezab” turgan sport zallari töğrisida OAV vakillari muntazam körsatuvlar, maqolalar tayyorlaşi lozim böladi.

Axborot asrida globallaşuv butun dunyoda, jumladan, bizda ham milliy qadriyatlarning yoşlar orasida qadrsizlanişiga sabab bölayotir. Bunga qarşi eng taʼsirçan va samarali çoralarni körmasak, milliy idrok, özligimiz xavf ostida qoladi. 

Turli internet sahifalari, virtual öyinlar va ijtimoiy tarmoqlarga mukkasidan ketiş oqibatida ösmirlar tafakkurining virtuallaşuvi kuzatilmoqda. Bu esa ularning real hayotda öz örniga ega bölişiga salbiy taʼsir etmoqda.

Katta yoşli insonlarning eʼtiborsizligi oilalarda va ijtimoiy hayotda yoşlarning erkin fikri, taşabbuslari, intilişlarini yöqqa çiqarmoqda. Şu boisdan yoşlar orasida ommaviy tarzda irratsional fikrlaş tendensiyasi kuzatilmoqda. Ösmirlarda ratsional tafakkur qiliş qobiliyatining rivojlanişi sust keçmoqda. Bu kelajakda yoş avlod vakillari bilan kattalar örtasida jiddiy maʼnaviy-axloqiy “jarlikning” vujudga kelişiga sabab böladi.

Pul topiş bilan band ota-onalarning farzandlariga bölgan eʼtibori sustlaşgan. Ayrim sohalarda oylik iş haqining “isteʼmol savatçasi”dan pastligi natijasida mehnatning qadri tuşib ketmoqda. Şu bois çet elga borib bir mavsumda katta pul topişga havasmand yoşlar safi kengaygan.

Hadikka qarşi çoralar

Dostoyevskiy aytganidek, hammasi odamning öz qölida – yuraging dov bermagandan keyin burning tagidagi narsadan quruq qolasan. Qiziq, odamlar eng köp nimadan qörqadilar? Nazarimizda, odamlar eng köp çöçiydigan narsa – yangi işga jazm qiliş, yangi söz aytişdir. Bu qörquvni yöqotiş uçun quyidagi jihatlarga eʼtibor bermoğimiz darkor.

* Joylarda böş iş örinlari yarmarkalarini samarali işlaşga yönaltiriş, iş sörab kelgan yoşlarni işga qiziqtiriş, jamiyatga naf keltirişga undaş tizimini bandlikka kömaklaşuvçi taşkilotlarda tölaqonli joriy qilişni zamon taqozo qilmoqda.

* Maktablarda erkin bozor iqtisodiyoti şaroitlari taqozo qilayotgan kasblar va sohalarga yönaltiruvçi fanlarni joriy qiliş, taʼlim muassasalarini tugatayotgan yoşlarga jamiyatda öz örnini topib ketişga imkon beruvçi daromadli kasblar va hunarlarni örgatişni yölga qöyiş zarur. Yoşlarda iqtisodiy tafakkurni şakllantiriş, bozor iqtisodiyoti şaroitiga moslaşişga oid zamonaviy bilim va könikmalarni oşiriş mexanizmlarini işlab çiqiş kerak.

* Tajribali tadbirkorlarni jamiyatda işbilarmonlik könikmalarini şakllantiriş va rivojlantirişga safarbar etiş va buni vatanparvarlik ifodasi sifatida tarğib qiliş dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.

* Ziyonni kafolatlovçi moliyaviy loyihalar orqali öz biznesini boşlaşga ikkilanayotgan yoşlar orasida tadbirkorlikni keng tarğib qiliş, şu bilan rejali tavakkalçilikni bank-moliya tizimlari orqali kafolatlab, ularning tadbirkorlik qobiliyatlarini rivojlantiriş zarurati sezilmoqda.

* Ijodiy asarlar, mutbuot naşrlarida, televideniye va radioda yoşlar bilan kattalar örtasida turli mavzularda oçiq muloqot muhitini şakllantiriş kabi işlarni amalga oşiriş bugunning talabidir.

Yuqorida keltirilgan muammolar davlat va jamiyat kuç oladigan, mamlakatning ertangi kuni bölgan yoşlar hayotini qamrab olgan. Bu haqda öylarkanmiz, yoş avlodga kömak beriş,  keng imkoniyatlar yaratiş maqsadida tuzilgan Özbekiston Yoşlar ittifoqi zimmasidagi vazifa naqadar masʼuliyatli va maşaqqatli ekani ayon böladi. Tabiiyki, mavjud muammolar yeçimini faqat bitta taşkilotga taşlab qöymasdan, barçamiz bahamjihat harakat qilib, hissa qöşsakkina, közlagan maqsadlarimizga yetamiz. Ana şunda yoşlar hayotidagi katta-kiçik muammolarni hal qilib, yuksak marralarni zabt etişimiz mumkin böladi.

Nurali ŞODIYEV

1984-yili tuğilgan. Özbekiston Milliy universitetining jurnalistika fakultetini tamomlagan.

Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boşqaruvi akademiyasi doktoranti.

2014-yili Yozuvçilar uyuşmasi tomonidan “Birinçi kitobim” loyihasida “Közga aylangan köngil” kitobi naşr etilgan.

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (195)