4 daqiqada öqiladi

665 marta körilgan

Haq gapning xotibi va kotibi

Toğay Murod

XX asr özbek nasridagi eng      eʼtiborli buriliş nuqtalardan biri Toğay Murod nomi, uning “Yulduzlar mangu yonadi”, “Ot kişnagan oqşom”, “Oydinda yurgan odamlar”, “Otamdan qolgan dalalar” kabi bir qança asarlari bilan boğliq. Zotan, badiiy adabiyotning bepoyon, nafis söz maydonida yuragi butun adiblar, çin isteʼdod egalarigina jiddiy buriliş yasaydilar.

Toğay Murod özbek öquvçilarining suyukli adibi. U bunday tabarruk rutbaga  faqatgina yaxşi ijod mahsuli bilan erişiş mumkinligini bir neça karra isbotladi.

Gohida adib nomi aytilmay biror asari esga olinsa, izidan şu asarlardagi asosiy obrazlari va, albatta, muallifning betakror ijodi xayolga keladi. Ziyodulla kal, Momosuluv, Dehqonqul, Aqrab, Tarlon kabi atoqli otlar özbek adabiyoti tarixida Toğay Murod nomi bilan parallel yaşab kelayotgani heç kimga sir emas.

Agar bu adibga bir jumla tavsif lozim bölsa, men Toğay Murodni haq sözning xotibi va kotibi, degan bölar edim. Töğri sözligi bois barça bilan birdek til topişib, kirişib keta olmagan, aynan, köplab çin isteʼdodlarga xos özining individual tabiati bilan boşqalardan ajralib turadigan taqdir egasi edi Toğay Murod. Men uni kitoblari içidagi özining qahramonlari orasida – gavjum bir muhitda, ammo hayotda hamon  ot ustida yolğiz yöl yurib ketayotgan odamdek tasavvur qilaman. Asarlaridagi qahramonlari bilan astoydil tanişgan odam uning özini ham yaqindan bilib oladi. Bolalarça samimiyatu şiddat, içikişu mardonavarlik, töğriligu arazlar Toğay Murod tabiatiga juda-juda yaraşadi. Şu jumladan, Ziyodulla kalga ham.

Köçirma: “Alamimdan arazlagim keldi!

Barçaga, inçunun, bakovulga eşittirib aytdim:

– Biz ketdik! Bizga qaçon haq berilib edi-da, endi beriladi! – dedim özimça, köpkariga qöl siltab jönadim. Tarlonni tars-tars qamçiladim. – Ketdik, Tarlon, ketdik, odamlar biz sağirlarga qayişmaydi! – dedim.

Tödadan olislab bordim. Tarlonni tağin tars-tars qamçiladim.

– Ketdik, Tarlon, ketdik, bizning kallamiz kal! Biz kallarga haq yöq! – dedim. Ketimga qayrilib qaradim. Uzangi yöldoşlarim yöldan qayirar, deya umidlandim. Tarlonni imillatdim. Tağin ögirilib qaradim. Izimdan birov-da kelmadi!”

Yana “Yulduzlar mangu yonadi” qissasida Böri polvon davra aylanadi va xitob qiladi: “Xaloyiq! Davrada halol olişib, elga tomoşa körsataylik. Haq-nohaqni men – özim ajrim qilaman. Aytganim – aytgan, deganim – degan. Davradagi Böri polvon sözim: tarafkaşlik, ğirromlik, oşna-oğaynigarçilikka yöl qöymayman”.

Bu töğrilik kundasiga boşini qöyib, mana, kerak bölsa ol, deydigan, biroq ortga bir qadam tisarilib “oh” demaydigan oriyatli yigitlarning şu kungaça jaranglab turgan eng nodir yurak sözidir. Bu – Toğay Murodning xitobi, bu Toğay Murodning haqgöyligi, haqiqatparastligi sadosi. Bular – adibning yaşayotgan kitoblaridagi hikmat va ibratlar…

Aslida har qanday yozuvçi yuzini iymon va vijdonining ulkan haqiqatlari oynasiga solib, öziga özi hisobotlar berişi lozim. Pokiza adabiyot va umrboqiy asarlar şunday oçiq-oydin taftişlarni talab qiladi.

Özbek adabiyotini dunyoga olib çiqiş uçun tarjima, tarğib va taşviq muhim. Meni hayratlantirgan yangi dalil şuki, özbek tilini biladigan xorijdagi ayrim mutaxassislar, garçand olmon tiliga haligaça tarjima qilinmagan bölsa ham, katta avlodga mansub özbek adiblari qatorida Toğay Murodga ham joy berişibdi. Qölimdagi Rudolf Radler tahriri ostida Germaniyaning Myunxen şahrida bosilgan “Kindlerning yangi adabiyot luğati” (“Kindlers Neues Literatur Lexikon”, Münçen 1998) degan ensiklopedik luğatning 22 jildida Toğay Murodning “Ot kişnagan oqşom” ( Der Abend, als das Pferd wicherte) asari turibdi.

Ensiklopedik xarakterdagi bu luğat Yevropada juda maşhur. Bunga har kimning ham ism-şarifi yozilib, asarlari şarhlanavermaydi. Luğatda Toğay Murodning “Ot kişnagan oqşom” qissasiga yaxşi taʼrif-tavsiflar berilibdi.

Maqola muallifi Zigrid Klaynmixel öz fikri isboti uçun qissadan törtta köçirma olibdi. Ensiklopedik luğatlar uçun bu juda katta gap, albatta. U bir örinda Çingiz Aytmatovning “Asrga tatigulik kun” asaridagi Qoranorni Tarlonga qiyosan tilga oladi. Boşqa bir örinda köpkariga eskilik sarqiti sifatida qaragan qahramon fikrlari keltiriladi; keyin Abdulla Qodiriy va uning “Uloqda” hikoyalari esga olinadi.

Toğay Murodning “Ot kişnagan oqşom” qissasi mazmunini olmonzabon öquvçilarga taniştiriş uçun yozilgan izohlarida xorijlik olimaning nazari – xolis, niyati – ezgu. Soliştiriş aslo tasodifiy emas, menimça.

Muhtaram jurnalxon, yaxşisi, men ortiqça sözlar bilan vaqtingizni olib ötirmasdan, öşa maqolani öqişni tavsiya qilganim maʼqul…

Bahodir KARIMOV,

filologiya fanlari doktori.

1966-yili tuğilgan. Toşkent davlat universiteti (hozirgi ÖzMU)ning özbek filologiyasi fakultetini tamomlagan.

“XX asr özbek şeʼriyati antologiyasi”, “XX asr özbek hikoyasi antologiyasi”, “Özbek adabiy tanqidi antologiyasi” kitoblarining ğoya muallifi va tuzuvçilaridan biri. “Qodiriy qadri”, “Yangilaniş soğinçi”, “Abdulla Qodiriy: tanqid, tahlil va talqin” kabi kitoblar muallifi.

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Oldingi
Keyingi

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (147)