4 daqiqada öqiladi

996 marta körilgan

Toğay Murod

Toğay Murod

1982-yili naşr qilingan Toğay Murodning “Ot kişnagan oqşom” qissasida Ziyodulla kal hamda uning oti Tarlon hayotidan epizodlar öta mohirlik bilan jonli tilda tasvirlab beriladi. Garçi qissa oddiy va sodda tuyulsa-da, yozuvçi matn boşidanoq ikkinçi bir maʼno qatlamini yaratişga muvaffaq bölgan. Çunki turkiy xalqlar ertaklarida kalboş (yoki qasmoqboş) öz zamondoşlari jurʼati yetmagan umumqabul qilingan qoidalarni buzuvçi yoki haqiqatlarni oçiq ayta oliş qobiliyatiga ega ayyor va muğombir şaxs timsolida keladi. Çöpon Ziyodulla kal asarda öz “men”i nomidan hikoya qilib, muallif tomonidan boşqa izohlar berib borilmaydi.

Ziyodulla maktab davrida bitliqiligi sabab soçlarini qirdirib oldiradi va keyinçalik uşbu holatni özining “men”iga aylantirib yuboradi. U hatto boşqalarga özini “Ziyodulla kal” deb ataşlarini, unga “örtoq Qurbonov” deb  boşqa aytmaslikni uqtiradi.

Kitobxon asar mutolaasi jarayonida ot va köpkari öyinlari, qahramonlarning öziga xos xislatlari haqida ham bilib oladi. Şikoyaçining tuşida körib, söngra unga uylangan dilbar örtasidagi oşiqlik munosabatlari ham asar ruhiyatiga juda mos kelgan:

“Momosuluvga körgan tuşimni aytib berdim. – Sen ham şunday tuş körib edingmi? – dedim. – Körib edim, – dedi. – Çiningni ayt, – dedim. – Çinim, – dedi. – Lekin, taniyolmay qolib edim, çiroq öçiq edi, – dedi. – Öşa men edim! – dedim, kökragimga urdim. – Siz ekanligingizni bilib tegdim-da, – dedi. – Ahay-ahay! – dedim. Birodarlar, Momosuluv tuşimda Çölpon edi, huşimda Oy edi, qöynimda Oftob böldi!”

Ziyodullaning yaşirin muhabbati kenja farzandiga alla aytiş pallasida ham yaqqol körinadi. Alla orqali öquvçilar oradan yillar ötganini, farzandlar dunyoga kelganini biladi.

Yozuvçining yana bir qissasi “Oydinda yurgan odamlar” deb nomlanadi. Unda farzandsizlikdan iztirob çekkan kişi ğam-ğussalari, qadriyatlarga boy hayot tarzi ifodalangan. Qahramonlar hayotiy qiyinçiliklarga duç kelsa-da, ona-tabiatdan, özligidan begonalaşmaydi. Muqaddas bir dunyoga boşqa bir olamning şafqatsizlarça bostirib kirişi esa asar strukturasini yanada boyitadi.

Ziyodullaning şahardan kelgan öqimişli, ammo öz maqolalari qahramonlarining kundalik hayoti haqida heç qanday tasavvurga ega bölmagan bir jurnalist bilan uçraşuvi ham kulgili tasvirlangan. Çöpon bilan suhbat jarayonida jurnalist eski iboralari hamda gaplari bilan omi va sovuqqon körinişda taassurot qoldiradi.

Göşt taqçilligi sabab otlarni göştga topşiriş töğrisidagi topşiriq ham şafqatsiz eşitiladi. Bu yerda Aytmatovning “Oq kema” asaridagi ona buğuning hamda “Qiyomat” asaridagi kiyiklarning qatl qilinişi syujetlarining taʼsirini kuzatiş mumkin. Ziyodullaning öz otini xalq oğzaki ijodi qahramonlari bilan taqqoslaşi, maqtaşi, boringki, şikoyat tarzida aytgan gaplari ham öquvçiga kutilmagan kayfiyat beradi: “Tarlon ot emas, Jumanbulbul kuylagan “Quntuğmiş”! Fozil Yöldoş kuylagan “Alpomiş”! Gajak-gajak böyinlar böyin emas, dömbira, dömbira! “Kuntuğmiş”ni göştga topşirib böladimi? “Alpomiş”ni göşt qilib böladimi?”

Poetik taʼkidga köra, göşt oluvçilar milliy urf-odatlarni bilmasligi va qöpolligi bilan ajralib turadi. Çunki ular uy egasining yangi tuğilgan çaqaloqning soğligi va uydan ziyon-zahmatlarni quviş uçun mehmon tomonidan “sovğa” qilingan biron narsani isiriqqa qöşib tutaşiş uçun kiyimi uçidan bir ip berişni sörab qilgan iltimosini keskinlik bilan rad etişadi. Çöponning muallif tomonidan Moskvaga olib borilişi, u yerda öz arzini ayttirişi va şundan keyin otlarni göştga topşiriş buyruğining qaytib olinişini potensial tanqidçilar uçun bir murosa sifatida köriş mumkin.

Tinç va osuda hayotning şafqatsiz tarzda buzilişiga bir guruh jinoyatçilar sabab bölişadi: Ziyodulla bozorda bir kişi öğridan öz narsalarini qaytib olmoqçi bölganida ayovsiz döpposlanganining guvohi böladi. Taqirboşdan boşqa tomoşabinlardan heç biri voqeaga guvoh bölişga rozi bölmaydi. Aksinça, ular Ziyodullaning özini ahmoq deb bilişadi:

“Şu! Ana, oqibat, qarindoşingiz çalajon bölib, kasalxonaga ketdi! Şu! Holidan xabar olib turibsizmi? Qalay endi? – Borganim yöq! – Iya, nega? – Men uni tanimasam, bilmasam… – Iya, hali tanimaysizmi? – Esa-da. Baliqpaz yuzimga enkayib qaradi. Gapim jiddiyligini bilib, tizzasiga urib kuldi. – E, aka-ye, aka-ye! Afandi ekansiz-ku! … – E, aka-ye, e, aka-ye! Qarindoşingiz bölmasa, aqalli tanişingiz bölmasa, sizga nima? Qip-qizil Afandi ekansiz! Şu! Yo undan biron nima undirdingizmi!”

Bunday xatti-harakatlar jamiyatning barça böğinlarida odatiy hol hisoblanadi. Köpçilikning    ongida yaqin kişisiga şunçaki insoniylik jihatidan yordam beriş bu ahmoqlik va göllikdan boşqa narsa emas. Asar yakunida aybdorlar topiladi va jazolanadi. Ammo sud zalidan uyga qaytişda taqirboş jinoyatçilarning hamtovoqlari tomonidan ölasi qilib döpposlanadi.

Asar söngigaça ziddiyatlarga boy emas. Voqealar kulgili va jonli hikoya tarzida aytib beriladi. Yozuvçi uşbu qahramon orqali qadriyatlarga boşqaçaroq nazar taşlaşga muvaffaq böladi. Boşida kulgili va noodatiy köringan holatlar oxiriga borib aslida insoniy fazilatlar bölib çiqadi. Sobiq ittifoq paytida Özbekistondagi oddiy sotsialistik turmuş tarzi öquvçiga tösatdan jön va aqlga siğmaydigan holat bölib körina boşlaydi. Bir köpkarida davlat idorasi xodimining gapi ham kulgili eşitiladi. Ziyodulla otdan yiqilib tuşgan paytda u xuddi majlisda ötirgandek vaʼz öqiydi:

“… Men bundan köp yillar muqaddam aytganman, köpkari eskilik sarqiti, salomatlik duşmani, hayot uçun xavfli deb!..” Bunday gaplarni sotsializmning barça davrlarida turli-tuman körinişlarda eşitiş mumkin bölgan. 

Anʼanaviy yaşaş tarzi bilan muntazam olib borilgan siyosiy kuraşlar natijasida urf-odatlar amalda qisman zamonaviy qaraşlar ortiga çekindi va bu, öz navbatida, uşbu yaşaş tarziga bölgan soğiniş hissining vujudga kelişiga sabab böldi. Toğay Murod özining aʼlo darajadagi qissasi bilan mazkur soğiniş hissini çin insoniy qadriyatlar orqali ifodalaşga muvaffaq bölgan.

Zigrid Klaynmixel

Nemis tilidan Sanjar Islomov tarjimasi.

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (164)