Alişer Navoiy serqirra isteʼdod sohibi sifatida şatranj(şaxmat)ni ham mahorat bilan öynagan, bu qadimiy öyinning nazariy jihatlaridan yaxşi xabardor bölgan. Zamondoşlarining xotiralari, şoirning turli mavzudagi asarlarida keltirilgan şatranjga oid misollar, şatranj muhralari bilan boğliq timsollar ana şundan dalolat beradi.
Şuni taʼkidlaş joizki, şatranjbozlik anʼanalari yurtimizda uzoq tarixga ega. Ayniqsa, Amir Temur davrida saroyda va yuksak doiralarda bu öyin keng urf bölgan. Sohibqironning özi şatranjni mahorat bilan öynagan, uning bilimdonlarini saroyga taklif etgan. Bu haqda tarixçi Ibn Arabşoh şunday yozadi: “(Amir Temur) öz fikrini peşlaş maqsadida muttasil şatranj öynardi. Uning himmati kiçik şatranj (öynaş)dan oliy bölib, katta şatranj öynardi. Bu şatranj taxtasining eni ön bir, böyi ön (xona)dan iborat edi… (Amir Temur) Samarqandga faqih olimlardan mavlono Abdumalikni olib kelgan edi. U “Hidoya” sohibi(Burhoniddin Marğinoniy)ning avlodidan bölib, mudarrislik qilar, şatranj va nard(öyinlari)dan taʼlim berar edi, şeʼr ham yozar edi… Şatranjçilardan yana Muhammad ibn Aqiyl al-Xaymi va Zayn al-Yazdiy va boşqalar bor edi. Şatranjçilarning allomasi – fiqhçi, hadisşunos olim Alouddin at-Tabriziy edi. U Zayn al-Yazdiyga ortiqça bir piyoda, Ibn Aqiylga esa ortiqça bir ot qöyar edi va ulardan ğolib çiqardi. Sohibqiron Alouddinga: “Men jahondorlik bobida yagona bölganim kabi sen ham şatranj olamida tengi yöqsan”, derdi… Uning öyin paytidagi sifatlaridan biri şu ediki, öyin vaqtida u heç öylab ötirmas, raqibi uzoq fikrlab yuriş qilganidan keyin şu zahoti yurib qöyardi. Bir vaqtning özida u ikki raqib bilan ğoyibona öynar, taxtaga qaramasdan öz tomonida qanday donalar va raqiblari tomonida qanday donalar borligini bilardi. U Amir Temur bilan katta şatranjda öynar edi”.
Mazkur anʼanalar Alişer Navoiy va temuriy hukmdor – Husayn Boyqaro davrida ham davom ettirildi. Xurosonda, ayniqsa, Hirotda sanʼat va madaniyatning köpgina sohalari qatori bir qança sport turlari, xususan, kuraş va şatranj katta ravnaq topgan edi. “Majolis un-nafois” va “Boburnoma”da bu haqda köplab guvohliklar bor. Masalan, Mir Murtoz degan şatranjboz aqlni peşlovçi bu öyinga şu darajada öç ekanki, bir raqibi bilan öynayotganida, ikkinçisi ketib qolmasin deb, uning etagidan tutib ötirar ekan. “… şatranjğa andoğ mağlubdurkim, bir harif ilgiga tuşsa, xalos böla olmas. Bu jihatdin hariflar andin qoçarlar”, deb taʼriflaydi Navoiy bu şaxsni.
Zahiriddin Muhammad Bobur Zunnun Arğun degan şaxs haqida maʼlumot beradi. Navoiyga zamondoş bölgan bu şaxs ham şatranj ustalaridan bölgan. “Şatranjga köp maşʼuf edi. El bir ilik ila öynasa, ul ikki ilik bila öynar edi. Har neça köngli tilar, öynar edi”, deb yozadi buyuk bobomiz “Boburnoma”da.
Yana bir aşaddiy şatranjboz Kamoliddin Binoiy bölgan. Isteʼdodli şoir, tarjimon, musiqaşunos sifatida tanilgan bu şaxs Navoiy homiyligida kamol topgan. Ayni paytda, Navoiyning şatranjdagi raqiblaridan biri bölgan. “Majolis un-nafois”da Navoiy uni taʼriflar ekan, qobiliyatli, hozirjavob böliş bilan birga, qaysar, bahs va tortişuvni yaxşi köradigan, gap kelsa, otasini ham ayamaydigan şaxs ekanini taʼkidlaydi. Zamondoşlari şunday bir voqeani yozib qoldirganlar: Navoiy va Binoiy şatranj öynayotgan ekan. Navoiy oyoğini yoziş uçun uzatganida nogahon Binoiyning orqasiga tegib ketadi. Şöxligi tutgan Navoiy şunday deydi:
– Hirotda qayoqqa oyoq uzatsang, albatta bir şoirning ketiga tegadi-da!
– Töğri aytdingiz, hazrati oliylari, oyoqni yiğib olsangiz ham şunday böladi, – deydi hozirjavoblik bilan Binoiy.
Bu hikoyat Hirotdagi öşa davr adabiy muhiti va Navoiy davrasi haqida bizga yorqin tasavvur beradi.
Şoir asarlarida şatranj va uning muhralari bilan boğliq voqealar hamda timsollar ançagina uçraydi. “Ğaroyib us-siğar”da şunday bayt mavjud:
Şah yonin farzin kibi kajlar
maqom etmiş, ne tong,
Rostravlar arsadin gar tutsalar
ruxdek qiroq.
Yaʼni: şohning yonida farzin kabi egri yölga yuruvçilar turarkan, Ruxdek töğri yuruvçilar hamişa taxtaning çetida qolsa ajab emas.
Şatranj qoidasiga köra farzin şoh yonida (öşa davrda u faqat egri çiziq böylab yura olgan), faqat töğriga yura oladigan rux esa taxtaning eng çekkasiga joylaştiriladi. Muhralarning bunday joylaşuvini hayotga qiyoslagan şoir egrilarni yuksaklikka kötargan va oqillarni, töğrilarni çetga surgan jamiyatni foş etadi.
Yana ana şu devonda quyidagi qitʼani öqiymiz:
Bu yuruşda iki uloğim bor,
Lek bormen sipohiliqda yayoq.
Iki şatranj otidek birisi
Kötara olmay öz yeridan ayoq.
Çopsa şatranj xonasi xatidin,
Sekrimaklik alarğa behad şoq.
Biri rangi qarodurur, biri böz,
Qaro yerdur doğiyu böz tufroq.
Bu voqeaband qitʼadan körinişiça, şoir yurişlardan birida şohga hamrohlik qilgan. Ammo unga berilgan biri böz va biri qora ot köngildagidek bölmagan. Navoiy badiha tarzida bu voqeani mutoyiba qilgan, otlarni şatranj muhralariga qiyoslagan. “Ikkita otim bölsa ham, yayov askarman, çunki otlardan birisi şatranj otidek yerdan oyoq uzolmaydi, ikkalasi ham şatranj taxtasidan çetga çiqqanda sakrolmaydigan muhra – otlarga öxşaydi, biri qora yer-u, ikkinçisi böz tuproq”, deydi mubolağa bilan şoir.
Navoiyning köpgina asarlarida şatranj bilan boğliq parçalar, hikoyatlar, timsollar bor. “Saddi Iskandariy” dostonidagi bir parça köz öngingizda özingizga taniş manzarani yaratadi. Tasavvur qiling: kiçik farzandingiz şaxmat muhralari bilan öynayapti. U sizga taqlid qiladi. Lekin muhralarni töğri terolmaydi. Piyodani şoh örniga qöyadi, filni esa rux “ayvon”iga teradi. Töğri yuriş va muhralarni olişni ham bilmaydi. Ammo ermak uçun turli şöxliklar qiladi. Mana, ana şu manzara:
Aningdekki, tifl istabon inbisot,
Çu şatranj öynarğa yoysa bisot.
Ne öynarini bilsa, ne termagin,
Ne olmoğin bilsa, ne bermagin.
Olib qöysa baydaqni şah yonida,
Yana pil qöysa rux ayvonida…
“Lison ut-tayr” dostonida ham şatranjning falsafiy mohiyatini oçadigan ajoyib bir hikoyat bor. U şunday boşlanadi:
Ikki şatranj öynoğuçi ustod,
Arsayi şatranjğa aylab kuşod,
Ikki jonibdin bölub oromgir,
Tuttilar örtada şatranji kabir.
Har tarafdin bir şah öldi oşkor,
Borça oyinu sipohi şohvor…
Hikoyat davomida şoir şatranj öyinini haqiqiy jangga qiyoslaydi: ikki raqib şoh özining sipohu piyodalarini hayot-mamot jangiga taşlaydi. Saflarda fil, jirafa, rux va ayiqlar bor. Ularning oldida esa piyodalar joy olgan. Bu uruş ança davom etadi. Jangning barça tartib-qoidasiga rioya qilinadi. Biri öz sipohini qalʼaga berkitsa, boşqasi uni buzişga intiladi. Bu yerda ham haqiqiy jangdagidek laşkar qismlari – “buronğor”, “juvonğor”, “ğul” va “hirovul” bor. Laşkarboşining öğli(piyoda) undan oldin jangga kiradi, uruş maydonining çetiga yetgaç, otasining örinbosariga aylanadi (sipoh böladi). Ammo şu payt öyinçi öyinni töxtatişga qaror qiladi. Taxtaning bir çetini kötarişi bilan jangu jadaldan asar ham qolmaydi. Öyinçi muhralarni xaltaga solib, oğzini boylaydi. Şoh quyiga, piyoda esa yuqoriga çiqib qoladi. Endi bu xaltani öyinçi istasa suvga, istasa ötga taşlay oladi.
Navoiy fikriça, şatranj hayotning timsoliy körinişidir. Bu yerdagi jangu jadallar, özaro duşmanlik, tabaqalaniş ham Xoliqning bir amri bilan barham topadi. Hayotdan köz yumgandan keyin şoh ham, oddiy odam ham barobar. Şoir bundan xulosa çiqarişga, ötkinçi hayotda faqat ezgulik qilişga undaydi:
Çun xarita içra boğlandi bori,
Şah quyidur yo piyoda yuqori.
Ul ham istiğnodin osoridurur,
Balki ondin bir namudoridurur.
Bas bu tamsile sari nazzora qil,
Asli istiğnoni yuz ming munça bil.
Çun bu maʼni sori böldung ruhşunos,
Barça işni aylagil mundin qiyos.
Yuqoridagi misollar şatranj Navoiy hayotida alohida örin tutganini, u şoirning dam oliş vaqtlarini maroqli ötkaziş vositasigina bölib qolmay, balki uning falsafiy muşohadalarini çuqurlaştirişga xizmat qilganidan ham dalolat beradi.
Nosir MUHAMMAD
1946-yili tuğilgan.
Toşkent davlat universiteti (hozirgi ÖzMU)ning jurnalistika fakultetini tamomlagan.
“Salom, kelajak”, “Bahor taronasi”, “Hikmatlar”, “Sumalakdan toş topdim”, “Nasaf va Keş allomalari”, “Tafakkur uçqunlari”, “Anqoni mahram qildingiz” kabi kitoblari çop etilgan.
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


