193 marta körilgan

Yuraging sözlasa tilingdan avval

Oppoq orzu kabi otib borar tong

Istak

Şunday dösting bölsa, qayerda yurma,

Borligini doim his qilib tursang.

Va yo şunday sevsang, qayga yuz burma,

Faqat u körinsa, bir uni körsang.

Baxtli sezar eding özingni butkul,

Tonglar otar edi sen uçun mahtal –

“Vatan nima?” desang, oh, yonib gul-gul

Yuraging sözlasa tilingdan avval…

Muz yöl

Qovoğingdan qor yoğar yana,

Deysan: havo sovuq, yöllar muz.

Har faslga qilasan taʼna,

Dunyo sendan ögirganday yuz.

Qöy, nolima, muz yöl ham gaştli,

Tabiatning köylaklari oq.

Tangrim bizni muz yölmas, asli

Muz dillardan asrasin köproq…

Şohsanam Nişonova

1995-yili tuğilgan. Özbekiston davlat jahon tillari universitetining xalqaro jurnalistika fakulteti talabasi.

Taskin

Tomçi diydoriga yetsa boğ bölar

Quyoş tiğlarida kesilgan yer ham.

Bir gapni öylasam könglim toğ bölar –

Bir osmon ostida yaşaymiz, erkam.

Sözlaring yaqindir yurak soziga,

Munosibsan, jonim, qalb eʼzoziga,

Yetmadik, deb kuyma, köngil roziga,

Bir osmon ostida yaşaymiz, erkam.

Armon köçasiga kirmagan kimlar,

Yuragim zarbini yulduzlar tinglar,

Köz közga tuşmasa yiğlama tunlar,

Bir osmon ostida yaşaymiz, erkam.

Yurak anor kabi qondir, ezilgan,

Körinmas ğov turar – yöllar tösilgan…

Bulutlari yel böyniga osilgan

Bir osmon ostida yaşaymiz, erkam.

Abbos Rahim

1990-yili tuğilgan. Qoraqalpoq davlat universitetini tugatgan.

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (325)

Ayol

Yigitlar maktubin bitganda qondan,
Kelinlar firoqdan çekkanda yohu,
Uning ham panohi qaytmadi jangdan,
Ön töqqiz yoşida beva qoldi u.