Robiya buvi tösatdan darvozadan kirib kelgan baland böyli yigitni avvaliga tanimadi. Xiralaşib qolgan közlarini qisib, bir zum tikilib turgaç, birdan çehrasi yorişib, pildiraganiça unga intildi.
– Javlonmisan, voy jon bolam! Seniyam körar kun bor ekan-ku!
– Kampir Javlonni mahkam quçib, peşonasidan öpdi. Ançagaça bağridan böşatmadi.
– “Muştdekkina-ya buvim! Körmaganimga qança böldi? Bir yildan oşdi-yov, yöğe, ikki yil böldi. Ovozlari öktamgina edi, qattiq-qattiq gapirardilar bobomga, hozir esa…” Javlon şunday xayollar iskanjasida buvisidan kelayotgan taniş isni – qatiq aralaş qalampirmunçoq hidini tuyib, negadir öpkasi tölib ketdi. Kampir hamon undan aylanib-örgilar, tinmay gapirardi:
– Kel-da, şundoq, bolam! Menam ğanimat bölsam, bugun bölmasa indin xuddi bobongga öxşab… Özim boray desam, yöl ölgur uzoq, yaramayman. Hah, bolam, qariganingdan keyin şu ekan-da, quruq savlating qolar ekan…
Uyga kirişdi. Yana taniş, qadrdon, olis bolalik çoğlarini yodga soluvçi hid dimoğiga urildi. Biladi, bu buvisining sandiğidagi öşa hid – novvotu parvarda, yana bir xil muloyimgina, las holva deb ataladigan şirinliklar, orasiga rayhon barglari solib qöyilgan kiyimlaru, turli dorivorlar va, albatta, qalampirmunçoqning bir-biriga qorişiq isi. Robiya buvi Javlonni qöyarda-qöymay xona töriga ötqazdi. Röparasiga özi ham çökdi-da, ozğin, tomirlari börtib çiqqan titroq qöllarini duoga oçdi.
– Omin, qadam yetdi, balo yetmasin, esonlik, tört köz tugallik bölsin, keng feʼl, ketmas davlat bersin, Allohu akbar! – deya yuziga fotiha tortgaç, – Omonlikda köriştirganiga şukr! – deb qöşib qöydi va nevarasiga tikildi. “Rangi bir holgina. Yigitning şaşti qaytgunça, hökizning şoxi sinsin, deb bekorga aytmagan-da, eh, qaniydi, şuginaning yöli oçilib ketaqolsa. E Xudo, keng dargohingdan özing benasib qöyma, bir parçagina etni şu bandanggayam bergin! Buni deb bir kuysam, u yoqda Halima ham… Eh, baʼzan öz bolalaringga ham sözing ötmay qolarkan. Bilaturib bularni baxtsiz qilişdi-ya!”
– Nega bir özing kelding? Kelinni ham olib kelsang, bölmasmidi? – deb söradi keyin nevarasidan.
– Boşqa safar kelar, buvi, – dedi Javlon tösatdan kelişining sababini izohlaş uçun jöyaliroq bahona izlar ekan, yolğon sözlaşga töğri kelayotganidan önğaysizlandi, – işidan ruxsat ololmadik, gap tegmasin, deb olib kelmadim…Özim bölsa, taʼtildaman, sizni bir körib ketay, deb töğri kelaverdim…
– Ajab qilibsan, bolam, kel-da şundoq, – dedi yana kampir, – bobongga suyanarkanmanmi, deyman-da, ötganidan beri bir özim juda garangsib qoldim. Na amakingnikida, na ammalaringnikida bir kundan ortiq tura olmayman. Darrov özimning uyimga qaytgim keladi. Göring nurga tölgurning çiroğini yoqib ötiray deyman-da. Otang bölsa, mana, katta şaharga jönaganiça, oyda-yilda bir keladi, örisga öxşab qoldi-da, örislar bilan işlayverib. Ha, mayli, omon bölsin…
Javlon jilmaydi. Xotirasining eng tiniq közgusida muhrlangan damlarni esladi…
Ana, bobosi – butun qiyofasidan şiddat yoğilib turgan barvasta çol, kökiş-oq soqolini çayir barmoqlari bilan taragança, divan-karavotida yonboşlab yotibdi. Köziga közoynak taqib olgan, televizordan “Axborot”ni köryapti. Robiya buvi aççiqqina damlangan kök çoyni oğir, qalin şohpiyolaga suzib, çoliga uzatadi. Yer tagidan bir-ikki qarab olgaç, asta gap boşlaydi:
– Qiliçni çaqirib olsangiz, bölarmidi, otasi? Yetar şunça yurgani, kelib uyiga özi egalik qilsin…
Bobosi miyiğida kulib, kampiriga ögiriladi. Bir çekkada kitob öqib ötirgan ösmir – Javlonni imlab körsatadi:
– Mana, öğlini berib qöyibdi-ku, şu-da uyning egasi, kampir!
Robiya buvi çoliga gap uqtirib bölmasligini bilsa-da, taslim bölgisi kelmaydi:
– Hademay, maktabi bitsa, buyam ketadi-da! Kim qaraydi hayhotday hovli-joyga? Kenjangizning yurişi bu bölsa… Qiliç harholda, uyning kattasi, şu yerda vatan qilsin, deyman-da. Tokay yuradi begona şaharda xotini bilan törtta bolasini sudrab…
– Ha endi, rizq-da, kampir, Xudo qayerga soçsa, bandasi borib terib yeyişi kerak ekan-da! Işini bilasan-ku, – deydi bobosi osoyiştalik bilan.
– Işiyam bor bölsin, – Robiya buvining sira alami tarqamaydi, – örisga qöşilib, öziyam oxiri örisday bemehr, beoqibat böpketadi sizga qöyib bersa…
– Qöyaver, onasi, bir kuni esini yiğib, qaytib kelar, feʼlingni keng qilib turgin-çi, – pinagini buzmaydi Ubaydulla bobo…
Buvi-nevara çoy ustida ançagaça gurunglaşib ötirişdi. Kampir Javlonning dadasi, onasi, uka va singillarini birma-bir sörab, suriştirib çiqdi. Ayniqsa, dadasi – “öris bola”sini mehri tovlanib-tovlanib, gapirdi:
– Omongina bölgur, yoşligidayam hozirgidek bir sözli, öjar edi-da. Aytganini qildirmasa, bölmasdi. Bobongning sovxozida binoyiday traktor haydab yuruvdi. Ikki oy deganda, öz-özidan aynidi-qoldi. “Öqişga kiraman, traktor haydab, içim ezilib yurmayman”, deb turvolsa-da! Urina-urina öqişga kirdi-yu, öziyam tinçidi, bizam… Ha, şunaqa ekan-da. Öjarligi otasining özginasi-da, derdilar onam rahmatli unga qarab…
Buvisining ezmalik bilan aytayotgan gaplarini eşitişdan allaqanday huzur tuyib ötirgan Javlon yoşligida köp söraydigan savolini beixtiyor yana takrorlagisi keldi:
– Buvi, men özi kimga öxşayman?
– Senmi, sen otangga öxşamaysan, – dedi kampir xuddi Javlon otasiga öxşamaganidan mamnun bölganday maroq bilan, – sen mening rahmatli akamga öxşaysan. Mulla Xidir deyişardi akamni, Buxorodagi madrasada öqib kelgandi. Senga öxşab, serfikr, “içimdagini top” edi, qölidan kitob tuşmasdi. Bir yomon vaqtlarda köp kitoblarini somonxonaga, devorlar kavagiga yaşirib, saqlab qolganmiz, duşman deb olib ketişardi-da bölmasa…
Kampir yana xotiralarga berildi. Javlon uning gaplarini tinglar ekan, iç-içidan köngli yorişib kelayotganini, yengil tortayotganini his qilar, maʼyus çehrasi oçilib borayotganini buvisi ham sezar, sezgan sari, nevarasi yaxşi köradigan, qayta-qayta eşitib töymaydigan hangomanamo gaplardan sözlardi.
Kun peşindan oqqanida Javlon örnidan qözğalib, hovliga çiqdi. Keçgaça aylanib, timirskilanib yurarkan, şu yerda keçgan bolalik, ösmirlik damlarini esladi.
Ilgari qanaqa edi-ya bu hovli! Keng, daraxtlari yaşnab turar, gurkiragan anor butalaridagi katta-katta anorlar közni quvnatardi. Bobosi kun böyi hovlida kuymalanib yurardi – öt örar, mol-holga qarardi. Hammayoq orasta, köm-kök edi u tufayli. Keçga tomon hovlidagi iş-yumuşlarni tindirişgaç, Javlon hovliga şaraqlatib suv separdi. Deraza tagidan ötib-qaytarkan, bobosining şom namozini öqiyotgani eşitilib turardi…
Uyning orqa tarafida katta tut daraxtlari bor. Hozir ulardan biri qiyşayib, quriy boşlabdi. Tut pişgan çoğlari buvisi Javlonni daraxt ustiga çiqarardi. Jörttaga ingiçka şoxga oyoq qöyib, tut qoqardi u. Robiya buvi undan köz uzmas, “Yiqilasan, omon bölgur, yo endi iş aytmasin, deyapsanmi?” deb javrardi. Unga sayin bolaning battar şöxligi tutardi…
Bedazorning örtasidagi gilos daraxti ham köziga olovday körindi. Borib tagida birpas ötirdi, xayolida yana xotiralar: ammasining qizi Halima bilan gilos terib yeganlari, qöşquloq gilos talaşib, bobosidan koyiş eşitganlari… Barisi dilga yaqin xotiralar. Ayniqsa, Halima…
Ikkovlari tengdoş edilar, oradagi farq bor-yöği bir yarim oygina, xolos, oyisining eslaşiça, Javlonning qirq kunlik çillasi çiqar-çiqmas, Halima tuğilgan. Beş-olti yoşlarida bobosi birga öynab yurgan nevaralariga qarab şunday degan ekan:
– Onasi, esingda bölsin, kelining bilan qizingga ham aytib qöy, katta bölişsa, Javlonni Halimaga uylantiramiz, şu hovlini ularga beraman, qarib kuçdan qolsak, ikkovimizga qaraşadi. Özingniki boşqaça-da, begona baribir, begona…
Robiya buvi bu gapni qizi – Halimaning onasi bilan kelini – Javlonning onasiga kulgiga olibgina aytgan:
– Sizlar nima deysizlar-u, otang şundoq qilarmiş!
Ikkala yoş juvon bu gapni eşitib, rosa kulişgan, şundan beri bir-birlarini “qudajon” deb çaqirişardi. Bolalar buni eşitişsa ham, maʼnisiga bormasdilar, albatta. Yillar ötib, ulğayişgani sari ular bir-birlari bilan tobora inoqlaşib borişdi. Maktabda bir sinfda öqişdi. Halima böyçangina, nozik nihol qiz böldi. Qiyiq közlari, bejirim burni-yu, kiçkinagina oğzi bilan xitoymi, uyğur qizlariga öxşab ketar, Ubaydulla bobo uni erkalab, Qaşqarça oyim derdi. Bobosi ota-onalaridan ularni sörab olgan, Halima deyarli har kuni kelib, buvisiga qaraşar, Javlon-ku yoşligidan şu yerda turib, qişloq maktabida öqirdi. Ana-mana degunça, maktabni ham bitirişdi. Javlon institutga öqişga kirdi, Halima ham. Endi har dam oliş kuni ular bobo-buvini körgani kelişar, hovlida yiğilib qolgan baʼzi yumuşlarni birga bajarişardi. Munosabatlar endi jiddiylaşgan, muhabbatlarining kelajagiga esa işonç bilan qaraşardi, axir, örtada bobomizning gapi bor, deb köngillari töq edi. Ammo öqişni tugatişlariga bir yil qolganida Ubaydulla bobo olamdan ötdi. Javlon öqişni tugatib, öşa kezlarda yangi oçilgan magistraturaga hujjat topşirdi, Halima qişloğidagi maktabga işga kirdi. Sovçilar Halimalarning uyiga serqatnov bölib qolganini qaynonasidan eşitgan Javlonning oyisi ham harakatini boşladi. Singlisini ergaştirib, qaynopasinikiga qulçilikka deb keldi. Amma-ku, rozi edi-ya, lekin poççasining bir oğiz gapi bilan hamma narsa barbod böldi:
– Qarindoşga qiz bermayman, tamom-vassalom!
Sovçilar quruq qaytişdi, buvisi yiğladi-siqtadi, çolining arvohini örtaga soldi, biroq kuyovini gapiga unata olmadi. Şu-şu böldi-yu, Javlonning oyoği qişloqdan butunlay uzildi. Sal ötmay, Halimani turmuşga uzatişdi, ikki oylardan keyin Javlon ham uylandi. Dadasining örtoğiga kuyov böldi. Xotini Mahfuza oğir-bosiq, uni tuşunadigan çiqdi. Ammo ikki yildan beri böyida bölmayapti. Halima ham şunday ekan, buni oyisi bilan örtança ammasi dardlaşayotganida tasodifan eşitib qolgan. Boşida unça ahamiyat bermagan bölsa-da, tengqur oğaynilari öğilça yoki qizçalarining qiliğini, tetapoya qadam taşlayotganini aytib qolişsa, özini allaneçuk önğaysiz sezadi. Uyga kelib, xotiniga qarasa, battarroq siqiladigan bölib qoldi. Biroq şunday bölsa-da, biror çora körişga hafsalasi yöq, şifokorga körinişga özi unamaganidek, Mahfuzaga ham ruxsat bermaydi. Bundan bir hafta oldin Javlon xotini bilan qattiq arazlaşib qoldi. Erining beparvoligi, “içimdagini top”ligi Mahfuzani jonidan töydirganga öxşaydi, çunki indamay, zarur narsalarini oldi-yu, qizlik uyiga jönavordi…
Avvaliga jahl ustida Javlon bunga-da qöl siltadi, yanayam töğriroği, bunday yaşaş özining ham joniga tegib ketgandi. Onasining ayblovlariga ham parvo qilmadi. Lekin ötgan kuni bir ilmiy maqolasini qidirayotib, Mahfuza bilan töylarida tuşgan suratni topib oldi. Yuzlari baxtdan porlab turgan yoqimtoygina kelinçakka qaradi-yu, köngli allaneçuk bölib ketdi. Özini aybdor sezdi. Uyga siğmadi şundan keyin, negadir şu yerga kelgisi keldi…
Javlon oğir xörsinib, örnidan turdi. Yana katta, keng hovliga köz yugurtirdi. Ha, bu hovli ilgari juda fayzli edi. Hozir bölsa, daraxtlar bejon, anorlar ham kamayib ketibdi. Uy bölsa yarim xaroba. Egasi köçib ketganday. “Darvoqe, çindan-da, bu hovlining haqiqiy egasi hozir yöq, – dedi öziga özi. – Fayz ham, baraka ham bobom bilan birga ketganga öxşaydi…”
Hovlida şu paytgaça nega tentib yurganini endi payqadi: u özi bilmagan holda bobosini izlayotgan ekan! Qöşni çol – Abdurahmon buvaning ovozini eşitib, yuragi “zirq” etib ketdi. Göyo, mana hozir, hovlining biror burçagidan bobosining yötalgani eşitiladiganday quloği ding; bir boğ ötmi, tok qayçi kötaribmi çiqib keladiganday közlari olazarak, lekin bobosi yöq. Deraza tomondan “ihdinas sirotal mustaqiym” deyotgan yöğon ovoz kelarmikin, deganday quloq tutdi, ammo…
Kun botdi. Buvisi damlagan oşini suzay deb turganida amakisi şoşib kirib keldi, Robiya buvi çaqirtirgan, şekilli. Gangir-gungur suhbat bilan oş yeyişdi, behili palov rosa şirin, xuşxör bölgan ekan. Keçqurun amakisi ketgaç, buvisi ikkovi bir vaqtlardagidek gaplaşib yotişdi. Allamahalda közi ilingan Javlon tuş köribdi. Bobosi qölida hassa, boşida qözi telpagi, öşa-öşa salobatli emiş. Javlonni ergaştirib, qayergadir ketayotganmiş. Yölning bölsa, oxiri körinmasmiş. Javlon keng yaktagining etaklarini silkitganiça şitob bilan yurib ketayotgan barvasta bobosiga sira yeta olmasmiş. Axiyri, u töxtab qolibdi. Bobosi buni sezib, töxtabdi va ortiga ögirilibdi. Keyin odatdagiday osoyiştalik bilan gapirayotganmiş:
– Iye, öğlon! Kelavermaysizmi, nega töxtadingiz? Hadeb orqaga qarayvermang, endi foydasi yöq. Tezroq yuring, men sizga bir nima körsatişim kerak, ozgina qoldi, hademay yetamiz…
Yigit yana bobosiga ergaşdi, ammo tösatdan vujudida paydo bölgan yengib bölmas horğinlik, çarçoq uni yurişga qöymadi. Bobo bölsa, endi nevarasiga qayrilib ham qaramas, ildamlik bilan olğa ketib borardi…
Javlon uyğonib ketdi. Taşqarida tong oqarib kelardi. U ortiq uxlolmasligini bilib, sekin taşqariga çiqdi. “Nima demoqçi böldilar? Qayerga olib bormoqçi ekanlar? Nimani körsatişlari kerak? Nega mendan darrov uzoqlaşib ketdilar?” Orqa hovliga ötdi. Keça körgani, açinib qaragani – anor butalariga közi tuşdi. Xayolan bobosi bilan gaplaşa boşladi. “Nima qilay, bobojon? Nima qilsam, xursand bölasiz? Könglim ğaşligini tarqatarman, deb kelgan edim, ğurbat çekib yuraveriş özimning ham jonimga tegdi, bobo! Birgina işora bering, boşimni birgina silang, jon bobo! Axir, marhumlar eslanganida doimo hozir, deyişadi-ku! Yöl körsating, bobo!” Javlon yana anor butalariga qaradi. Yarmi qurib qolgan anorlar bir oyoğida zörğa qaddini rostlab turgan odamni eslatdi. Yigit bobosining belkuragini qidirib, atrofiga alangladi va yugurguday bölib omborxonaga kirdi.
– Mana, körasiz, bobo, endi hammasi yaxşi böladi. Mahfuzaniyam ortiq qiynamayman, onamni ham. Hammasini tuşundim. Özim uçun, yöq, siz uçun harakat qilaman, bobo, maylimi? – şivirlardi u…
Robiya buvi bomdod mahali hovliga çiqdi. Terlab-pişib, anor butalarining tagini yumşatayotgan nevarasiga uzoq termulib qoldi…
Xurşida ABDULLAYEVA 1979-yilda Qaşqadaryo viloyatining Koson tumanidagi Uşoqtepa qişloğida tuğilgan. Qarşi Davlat universitetining özbek filologiyasi fakultetida tahsil olgan. Ayni paytda Qaşqadaryo viloyat teleradiokompaniyasida muharrirlik lavozimida faoliyat yuritmoqda. Yoş adibaning köplab hikoyalari turli matbuot naşrlarida eʼlon qilingan.
“Yoşlik” 2013/9
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


