9 daqiqada öqiladi

407 marta körilgan

Şoirning janozasi

Şoirning janozasi

(Hikoya)

 

Yomğir ertalabdan beri tinmayotgandi. Oyoq ostidagi oltinrang xazonlar yerga qapişdi. Odamlar orasida jimgina turgan aspirant yigitga göyo osmon ham marhum Şoirga aza tutayotgandek tuyulardi.

“Tirigida yöqlamaganlarning endi bözrayib turişlarini qarang! – deya xayolidan ötkazdi u. – Beçorani itdan xor qilişdi-ya… Hatto öligiyam öz uyidan çiqişday baxtdan mosuvo… Darvoqe, özi uyi bormidi Şoirning…

Nihoyat, mayitni opçiqişdi. Köp qavatli “dom” oldidagi çoğroq maydonça  janozaga kelganlar bilan tölgandi. Yomğir hanuz maydalab  yoğar, köpçilik şamsiya tutib olgan, ayrimlar boş kiyimi ustiga yelim xaltaça kiydirib qöygandi. Tört-beş kişi mayitni örtaga obkelib qöyişdi. Mana, hozir domla imom janoza öqisa, şu bilan tamom. Şoirning bir-ikkita yaqinlari qabristonga borişsa böldi-da, şu yomğirda kim ham erinmay… yöq,  yoş va tajribasiz yigitça har safargiday adaşgandi: janoza öqişga çoğlangan sallalik kişini çetga surib, soyabon tutgan bir zot oldinga çiqdi.

“Iya, bu kim böldi tağin? Şunisi yetmay turuvdi özi…” – ensasi qotdi aspirantning. U garçi şoirlikka daʼvo qilmasa-da, qalam ahlining köpçiligini yaxşi tanirdi. Universitetni tugatib, aspiranturada qolgaç, ilmiy işiga asqotadigan barça nişondoru benişon, maʼlum va mavhum, unvonliyu hamyonli qalamkaşlar töğrisida zör berib maʼlumot töplayotgandi.

– Nima balo, miting qilişmoqçi şekilli? – deya tönğilladi kimdir orqaroqdan. – Tavba, ölikni mahtal qilib… bu nusxa kim özi?

– Tş-ş! Otaxon-ku bu! – kimdir unga tanbeh bergan böldi.

Aspirant yomğir pardasi oralab, qariyaga tuzukroq sin soldi. Ha, bu öşa, bir paytlar beçora Şoirga kun bermay, uni mahdudlikda, sovet voqeligiga yot ruhdagi pessimistik asarlar bitayotgan badbin sifatida ayblab, sazoyini boşlab bergan zot edi. “Qarang-a, haliyam tirik ekan-da bu, töqsonni urib qöygandir öziyam” deya könglidan ötkazdi Aspirant.

– Örtoqlar! – qariyaning ovozi biroz böğiq, rangi-röyi kabi yoqimsiz edi. – Adabiyotimizning, şeʼriyatimizning yulduzlaridan biri bölmiş şoirimiz Hokisorni sönggi yölga kuzatyapmiz…

– “Örtoqlar”ga balo bormi şu zamonda, ularning bari töqson birinçi yildan narida qolib ketdi, – deya kinoyali şivirladi kimdir. Boyagi tartibsevar esa uni ham tergab qöydi:

– Tş-ş!

– Biz Hokisorni sevardik! – deya minğirladi Otaxon közlaridagi yoşnimi, yomğir tomçisinimi artib. – Uni qadrlardik, unga qoyil qolardik. Ha, u tom maʼnoda Şoir edi.

“Qadrlaganmişlar! Beçorani ur kaltak-sur kaltak qilganlarning boşida özingiz turmaganmidingiz, ustoz?! Şoirga goh “panturkist”, goh ”panislomist” degan yorliqlar yopiştirib, sal bölmasa imperializm agentiga çiqargan kim edi? Hayriyatki, yurt baxtiga Istiqlol keldi, adolatli rahbarlar Şoir ijodiga haqqoniy baho berişdi, u Xalq şoiri böldi. Aks holda, senlar uni qayta kökarmaydigan qilib, qoziqday yerga qoqib taşlardinglar!”

Şu gaplar xayolidan ötgan Aspirant köz yoş tökayotgan qariyaning sönggi sözlarini eşitmay qoldi. Bu orada Otaxonning örnini egallagan zot ham unga taniş edi. Bir paytlar uluğ dohiylarni, ularning “haq işlari”ni köklarga kötarib, yostiqday-yostiqday kitoblar naşr ettirgan, mustaqillik bölib, mezonlar va qadriyatlar özgargaç, beş-olti yil bosim ötirib, asarlarini qayta işlagan, endi har yiğilişda, har bir katta-kiçik anjumanda kitoblarini çop etişni istamayotgan noşirlarning göriga ğişt qalab yurgan bu kimsa ham beçora Hokisorning bu taxlit xor bölişiga özining “barakali hissasi”ni qöşganlardan edi.

– Men Hokisorni juda hurmat qilardim, – deya öz diydiyosini boşladi yozuvçi. – Biz u bilan qalin döst edik, aytiş mumkinki, bir körpada tepkilaşib katta bölganmiz. Uning ilk töplami çiqqan yillari…

– “Hah, dunyoi qötir-a! Öldi – aziz böldi, şişdi – semiz böldi! Bu akamning sayraşini qarang endi. Öşa ilk töplami çiqqan paytlari beçora Hokisorning şöriga şörva quyganlardan biri özi-ku! Katta idoralarning buyurtmasi bilan yozib, eng katta gazetada çop ettirgan maqolasida Hokisorni “şeʼrlaridagi “uluğ turk”, “ota Turkiston” jumlalari bilan sovet kişilarining köngliga şubha uruğlarini ekyapti”, deb badnom qilişga uringan kim edi özi?! Hokisorning şeʼrlari talabalarning oğzidan tuşmay, maşhur hofizlar uning şeʼrlariga kuy bastalab, kuylab yurgan kunlari oyoği kuygan tovuqday tipirçilab qolgan kim aslida? Hokisor bilan birga öqigani, ijara uylarda birga yaşagani rost, biroq, qismatning ajabtovur öyinlarini qarangki, birov közga ilmagan, paçoqqina yigit maşhur Şoir böldi. Böyni ğöladay yöğon yozuvçi esa hamon itning keyingi oyoği…

XX asrning ikkinçi yarmida özining ötli şeʼrlari bilan millatni uyğotgan uç-törtta fidoyi şoirlar orasida Hokisor ham borligini, aynan uning qadimiy turkiy qavmlar birligi haqidagi, buyuk ajdodlar jasorati töğrisidagi fikrlari millat farzandlari könglini-yu ruhini larzaga keltirganini Yozuvçi bilmaydimi? Yöq, juda yaxşi biladi! Çunki, u – özi aytganidek – Hokisor bilan birga öynab, katta bölgan”.

Aspirantning joni böğziga tiqildi. Odam degani ham şunçalik surbet böladimi? Axir, bu yerda, töplanganlar uni ham, Hokisorni ham, oralarida bölib ötgan voqealarni ham yaxşi bilişadi-ku! Yoşroqlar bilmasa-da, anovi Otaxonga öxşaganlar barça siru sinoatdan xabardor. Aslida mana şu Yozuvçiga öxşaganlarning tazyiqlari Hokisor beçorani ikki bora kasalxonaga yotqizib, yurak öynoğiga duçor qilmadimi?! Ilk töplamini öz ismi, Raşid Parda taxallusi ostida çop ettirgan şoir Zamonbekning layçalaridan qutiliş uçunmi, yo öz tabiatidan kelib çiqibmi, keyingi ijodi-da barça uçun Hokisor bölib qoldi. Jonini jabborga berib tomoq qirayotgan yozuvçiga boqib, Aspirant tağin bir voqeani xotirladi. Garçi şaxsan özi guvoh bölmagan bölsa-da, aniq manbalardan  eşitgani uçun Aspirant bu voqeaning çindan ham röy berganiga şubha qilmaydi. Xullas, istiqlolning dastlabki yillarida oilaviy turmuşi darz ketib, u yer-bu yerda yaşab yurgan, ğirt işsiz bölgan Hokisorga obröli bir jurnal tahririyatidan qönğiroq qilişadi. Jurnalga endigina boş muharrir qilib tayinlangan, isteʼdodi örtamiyona bölsa-da, özi nihoyatda bağrikeng odam bölgan Bolajon Şoir yangi jamoani şakllantiriş jarayonida nogoh Hokisorni eslab qoladi. “Kel, şu darveşni işga olay, meni duo qilib yursin” deya öylab, unga sim qoqadi.

– Iloyo umringizdan baraka toping, uka! – deydi Hokisor,  kutilmagan taklifdan quvonib, – yaxşi öylabsiz-da, bizga bi-i-r rahbarlik qiling özingiz…

Qiya oçilgan eşik ortidan ikki şoir suhbatini eşitib qolgan Yozuvçi bir narsani bahona qilib içkari kiradi. (U ham yangi jamoaga aʼzo qilib olingan, şörlik Bolajon Şoir uni işga olib, öz boşiga baloni sotib olganini hali bilmasdi).

– Şularga qöl qöyib bersangiz… – deydi u ipakday eşilib, qölidagi ikki varaq qoğozni rahbarga uzatarkan.

– Hokisor bilan gaplaşib, roziligini oldim, ertadan iş boşlaydi! – deydi Bolajon Şoir terisiga siğmay, beixtiyor qoğozlarga imzo çekar ekan.

– A-a? Ukaginam, meni kechirasiz, rahbar siz, ammo bir narsani aytay… – Yozuvçi u yoq-bu yoqqa alanglab kursiga ötiradi. – Axir, Hokisor “qora” röyxatda turadi-ku! U anovi yangi çiqqan “inqilobçilar” bilan oğiz-burun öpişib yurgani katta idoralarga yoqmayroq turibdi özi. Siz yoşsiz, avtoritetingiz bor, karyera qilişingiz kerak hali, kattalar sizga işonç bildirişgan. Hokisorning Boltiqböyi respublikalariga safari nima bilan tugagani hammaga maʼlum-ku! Öşa yerda har xil Yanus-panuslar bilan topişgani töğrisida miş-mişlar bor. Qolversa, Hokisorning heç qanaqa hujjati yöq, uni işga oliş qiyin böladi.

– Nega endi hujjati bölmas ekan? – ajablandi Bolajon Şoir. – Axir, Universitetni bitirgan-ku!

– Töğri, bitirgan, lekin diplom olmagan, bu bizga işonçli joylardan maʼlum. Pasporti yöq, xotini bilan ajraşgandan söng yöqotgan, bu aniq. Partbileti yöq, partiya aʼzosi emas edi, tem boleye, endi partiyaning özi ham yöq. Xullas, u komsomolga ham, kasaba uyuşmaga ham aʼzo bölmagan. Faqat “u yoq”da uçyotda turibdi!

– Şoşmang, axir u Xalq şoiri-ku?!

– Ну и что?! Bölsa bordir, za to, dokumenti yöq.

Alqissa, ertasi kuni ming bir umid bilan kelgan Hokisor tarvuzi qöltiğidan tuşib, qaytib ketadi. Bolajon Şoirga “karyera”si azizroq körinadimi yo haqiqatan ham Hokisor “bezdokument” ekanmi, işqilib, bir savob iş amalga oşmay qoladi.

Xiyla ivib bölgan jasad ustiga brezentga öxşagan allambalo mato yopib qöyişdi. Miting esa tugay demas,  boş kötarib çiqib, “Hoy musulmonlar, bu nima bedodlik, axir! Ölik mahtal bölib qoldi-ku! Hozir Mafkuraxonimning zamoni emas, bas qilinglar bu bemaʼni tomoşani!” deydigan errayim yöq edi. Xayriyatki, yomğir biroz pasaydi, qariyb tindi. Endi u közga körinmay şivalar, körinmasa-da, yoğayotganini sezdirib turardi.

Mayit egasi, uy egasi, yaʼni sönggi bir-ikki yilda uy-joysiz qolgan Hokisor özining sönggi kunlarini yaşaş uçun bekorga uning uyini tanlamagan Kamtarinning feʼl-atvori Hokisorga judayam öxşab ketardi. Öşanday sodda, samimiy, beğubor, aldam-qaldamdan yiroq…

– Hokisor akam bilan barça qiyinçiliklarni birga yengib yaşadik! – degan çiyildoq tovuşni eşitib, Aspirantning xayoli bölindi. Tobut oldida turgan ayolni körib, u seskanib ketdi. Ikki bor uylanib, baxti oçilmagan beçora şoir oxiri şu xonimning çangaliga tuşib, butunlay tor-mor bölgandi. Mustabid tuzumning sönggi yillarida topişgan ikki yurak biroz tinç yaşaşdi, söng Hokisorning işlari kundan-kunga ortga keta boşladi. Keyinroq ayon bölişiça, uning har bir qadamini, har bir olgan nafasini kerakli joylarga yetkazib turgan  “savobtalab” aynan şu Örgimçakxonim ekan. (Sönggi kunlarida Hokisor bir suhbatda uni şunday atagandi). Barça sir oşkor bölgaç, Hokisor u bilan ajraşişga qaror qildi, biroq, özi pand yedi: Örgimçakxonim uç xonali uyini imi-jimida öz nomiga xatlab olganligi bois Hokisor köçaga haydaldi…

Xudo urganni payğambar ham hassasi bilan turtar ekan: köziga yoş kelmagani yetmagandek, yomğir ham tindi, noiloj qolgan Örgimçakxonim diydalarini tupuk surtib höllaşga majbur böldi va tabiiyki, ertalab oyna oldida ixlos bilan surtilgan qora böyoq çaplanib, xonim möri tozalovçi xotinga öxşab qoldi.

Nihoyat, mahalla oqsoqolining toqati toq böldi. U odamlar orasini yorib ötib, oldinga çiqdi.

– Böldi-da endi, birodarlar, hamma narsaning ham çegarasi böladi. Ölik ham,  tirik ham ezildi rosa. Bu beçorani tirigida birov yöqlab, şu mahallaga kelganini körganim yöq. Endi bölsa… Ha, notöğrimi? Şoşmang, siz kimsiz?

– Men uning qişloqdoşiman, – deya izilladi yupun kiyingan bir çol hiqillab, – bir mahallada ösganman. Ruxsat bering, oqsoqol, ikki oğiz gapiray…

Oqsoqol oyoq tiradi.

– E-e, taqsir, qöying endi, odamlar kutib qolişdi, ayb böladi.

– Ikki oğizgina… – yalindi çol.

– Uf-f, böpti, tezlaştiring. Tavba-yey!

– Hokisor katta odamlarning farzandi, tagli-zotli oilaning öğli edi. U umrini adabiyotga bağişladi, birovdan ehson kutmadi. Uyi, ana, bir soatlik yöl şahardan, lekin yillab qişloqqa bormasdi. Xudo uni şunday yaratgan edi, sizlar ham uni şundayligiça qabul qilişingiz lozim edi. Uning özbek xalqi oldidagi xizmatlarini inkor qila oladigan mard bormi oralaringda? Jimsizlar… demak, yöq. U özini öylamadi, millatim,  Turkistonim, tilim deb ötdi. Men traktorçi bölganman, lekin uning barça şeʼrlarini yod bilaman. U Vatan qayğusi bilan, Turkiston yodi bilan yaşadi. Umrining oxirida, mana, xor böldi, hatto öliginiyam xörladinglar. Suf senlarga-yey! Şoiru yozuvçi deganlari senlar bölsang, minbaʼd qölimga kitob olmaganim bölsin. Alvido, döstim! Biz gumrohlarni keçir…

Yoz osmonidagi momaqaldiroqdek yangragan bu sözlardan söng barçaning dami içiga tuşdi. U yer-bu yerdan yötal, tomoq qirişlar eşitila boşladi. Tartibsevar odamlarga dakki berdi:

– Tş-ş-ş!..

– E-e, ğalati böldi-ku… – deya Oqsoqol kalovlandi, söng beöxşov jilmaydi. – Qani domla, öqing janozani!

Ön beş daqiqadan söng maydonça böşab qoldi. Aspirant namçil yölkalardan asta yurib borarkan, nogoh yuziga tomgan sovuq tomçidan seskanib ketdi. Osmonga qaradi: bulutlar quyuqlaşgan, yomğir qaytadan boşlangandi. Osmonning uluğ şoirga tutgan azasi hali tugamagandi. Yomğir ezgin, Hokisorning özi bitgani kabi, şiğalab yoğardi.

 

Abdunabi HAMRO 1961 yilda Buxoro viloyatining Olot tumanida tuğilgan. Toşkent Davlat madaniyat institutini tamomlagan. Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi aʼzosi.

“Xiyonat” (1993), “Oq alvasti” (1994), “Otam aytgan qöşiqlar” (2002), “Yirtqiç” (2003), “Unutilgan qöşiq” (2005), “Olis manzillar sari” (2006), “Bolalikka sayohat” (2007), “Qişda oçilgan gul” (2008), “Vaqt daryosi” (2010) kabi şeʼriy va nasriy kitoblar muallifi.

Bugungi kunda “Olot hayoti” gazetasi bölim muharriri.

 

 

“Yoşlik” 2013/9

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (375)