16 daqiqada öqiladi

874 marta körilgan

Buyuk quşning parvozi

Şoira Halima Xudoyberdiyevaning, özi aytmoqçi, muxlislar “könglini izlab” tartib bergan navbatdagi şeʼrdastasi “Buyuk quşlar” deb nomlanadi. Şoira poetik ijodining asosiy qismini öz içiga olgan yetti yuz yigirma olti betlik uşbu töplam zamonaviy özbek şeʼriyatidagi eng salmoqli kitobdir. Unda şoiraning butun umri davomidagi köngil keçinmalari, içkin sezimlari, pörtanali tölğamlari, ijtimoiy isyonlari, dardu hasratlari yaqqol aks etgan. “Buyuk quşlar” şoiraning dastlabki töplami “Ilk muhabbat”dan tortib, eng keyingi “Yöldadirman” kitobiga kirgan şeʼrlargaça öz bağriga olgan. Bulardan taşqari, keyingi yillarda yozilgan yuzdan ortiq yangi şeʼrlar, yaʼni qariyb ellik yillik nazm xirmoni uyilgan. Bir muqova içida bunça köp asarni töplab çop etiş tajribasi bizda yöq edi hisob. Umuman, badiiy asar, ayniqsa, şeʼr öqilmayapti degan qaraş olamni tutgan bir şaroitda bunday ulkan şeʼriy töplamning çop etilişi öqiladigan şeʼrga talabgor hamişa bölişidan dalolatdir.

Şoiraning ham poetik iqtidori, ham böyu bastiga yaraşa salmoqli kitobga kirgan şeʼrlar öqilgani sari misralarga evrilgan fikr va tuyğularda muallifning yillar oşa kamolotga yetib borayotgan şaxsi köringanday böladi. Ulkan adabiyotşunos I. Ğafurov kitobga yozgan sözboşisida: “Şeʼr bu – xarakter. Şoir qanday bölsa şeʼri ham şunday”,– degan gapni aytadi. Şoir boşqa, şeʼrning lirik qahramoni boşqa degan nazariy qaraşga hamişa qöşilib bölmaydi. Bir qança personajlari bor nasriy asarlarning qahramonlaridan biri yoki bir neçasi muallifning qaraşlarini özida ifodalaşi mumkindir. Lirikada esa asarning qahramoni köproq şoirning özi böladi va u qoğozga öz iztiroblari, quvonçu qayğulari, baxtiyu baxtsizliklari, hayratu nadomatlarini tökadi. Aynan öziniki bölgani uçun ham bu tuyğular özgalargada taʼsir qiladi, ulargada yuqadi. Isteʼdodli ijodkor bitiklarida özga şaxsiyatlarga xos bir köp qirralar namoyon böladi. Kuyunçak ijodkorning otaşli tuyğulari yolqinidan “qoraygan” oq qoğoz esa, bu dardlarni oşkor etib, undan öçini oladi. Har bir öqirman bu bitiklardagi his-tuyğu va dardu hasratlarni öz eʼtiqodi, dunyoqaraşi va ruhiy-maʼnaviy darajasiga köra qabul qiladi.

Isteʼdod – özi, özgalar va Yaratganga muhabbatdan iborat hodisa. Bu muhabbatning miqyosi isteʼdodning miqyosini belgilaydi. Katta muhabbat katta isteʼdodni yuzaga keltiradi yoki aksinça. Çin şoirga butun olam daxldor. U olamning içida bölganiday, olam uning könglida. Uning uçun begona ğam, aloqasiz dard, taʼsir qilmaydigan gözallik, yuksaltirmaydigan ezgulik yöq.  Mana şu daxldorlik isteʼdodli şaxs közini ötkir qiladi. Bu sözboşida: “…dovqur va közlari uzoq-uzoqlarni köradi. …ufq nimaligini biladi. Ufqlarda qimirlagan har jonzotni ilğaydi”,- tarzida töğri körsatiladi. H. Xudoyberdiyeva ziyrak nazari bilan körganlari, nozik qalbi bilan tuyganlarini pardozlab, soxta odob liboslariga burkamaydi. Barça isteʼdodli şaxslar singari Halimaxonim ham maksimalist: sevsa, qon yutib suyadi, nafratlansa, qon qaqşatib yomon köradi. Iztirobini iztirobday, afsusini afsusday, baxtni çaraqlab, baxtsizlikni öksinib-öksinib, nadomatlarni yiğlab-yiğlab tökadi:

…Taʼsir qilmas edi: “Huşyor böl, farq qil

Odamlarni”, – deb sen qilgan ögitlar.

Şovqin, bazmlarga oşiqardi dil,

Tuşimga kirardi şöxçan yigitlar.

Yillar ötdi, kimdir qaddimni bukib,

Hassa tayantirib belim toldirdi…

Qunduz qoşlarimni raşk bilan tökib,

Örnida sanoqli tuklar qoldirdi.

Endi,

Endi seni öylayman beun,

Qömsab huzuringga çopayotirman.

Onam, sen kiribsan tuşimga bu kun,

Tuşimda oyoğing öpayotirman.

Kitobdagi baʼzi bitiklarda aççiq qismatning odamni sinovlarga duç etişi, ilojsiz va himoyasiz köngil egasini öz ixtiyoriga zid işlar qildirişi, neça köngillarni vayron, qança umrlarni kemtik, ne bir taqdirlarni zavolli aylaşi dard bilan aks ettirilgan: “Taqdir ulaganda umrlar zanjirin Nogohda röpara böldik ikkimiz. Tuşunmay yaşirin qalblarning sirin, Hissiz yöl boşidan birga tuşdik biz. Buni tilim bilan olmasam ham tan – Bilasan, yuragim begona edi. …Bilasan, yöq edi dilimga hokim, Uni özga birov etmagandi jalb. Mağrur, quşday erkin edim va lekin, Şuningdek senga ham berolmadim qalb”. Bu öyçil satrlar kişi ruhiyatini junjiktiradi. Negaki, ularda özini olam sarvariman deb yurgan odamning qançalar ojizligi, özga u yoqda tursin, hatto, öz yuragiga-da xöjalik qilolmasligi aks etadi. Odatiy tasavvurga köra, qöşoğiga köngilsizlik birovga köngil berganlik tufayli deb tuşuniladi. Şeʼr qahramonining holati bu standart tasavvurga siğmaydi: yuragida birov bölgani uçun yonidagiga köngilsiz emas, balki qalbini heç kim egallamagan bölsa-da, unga unda joy yöq. Hayotning murakkabligi, köngil deb atalmiş koinotdagi yöllarning çigalligi şu jöngina, ammo betakror tasvirlarda aniq aks etadi. Bu satrlarda holatning qonsiz fojiasi, köngliga emas, qismatga qarşi borişga jurʼat qilib, jurʼatidan özi qörqib turgan özbek qizining murakkab holati tasvirlanadi: “Dil quşimni erkin uçirdim – Şunday istak bor edi menda… Ufq qizarib yonayotgan dam – Men tark etdim issiq quçoğing, Ortiq endi ayblama sen ham! Tuzing haqqi. Meni keçirgil”.

“Men sen bilan xayrlaşgan tun” şeʼrida ayriliqning böyoği nafaqat sevişganu ajralişayotganlar, balki tabiatga ham köçgan: “Men sen bilan xayrlaşgan tun qaro edi, qaro edi, Tun bağri but. Mening bağrim yaro edi, yaro edi”. Göyoki, tun ayriliqning dahşatidan qoraygan. Ammo baribir, tunga ança yengil. Çunki uning bağri but – heç narsa yöqotmagan. Suyuklisidan ayrilayotgan şoiraning bağri esa yarali. Tabiat bilan dardli köngil holatini bu qadar muvoziy körsata biliş öqirmanni muallifga yaqinlaştirib, tuyğudoş qiladi.

Oçun qarşisida bir çang kabi uşoq odamning köngil olami şu qadar bepoyonki, uni kezib oxiriga yetib bölmaydi. Ana şu poyonsiz oçunning qay burçida sevinç gullasa, qayeridadir qayğu buloği qaynaydi. Şoira hammani yoppasiga suymaydi. Zero, hammani seviş heç kimni sevmaslikning özginasidir. Asl muhabbat alohidalikni taqozo qiladi. Şu bois şoira har bir odamni alohida tuymoq va tuşunmoq istaydi. Şu bois özini har bir odam oldida burçli sezadi, nelardandir tazarru qiladi. Ana şu tazarru, afsus-nadomat ijodkor könglini tozartiradi. Bu tuyğu şeʼrxonga-da yuqib, uni katarsis – poklanişga yetaklaydi. Zotan, quvonç köngilni xudbinlaştiradi, qayğu esa tozartiradi. Şu bois çin ijodkorlarda hamişa tazarru bosim keladi.

Şoiraning aybdorlik hissi: “Köz yoşlaring xuni böynimda, Otma, tegar qarğişing toşi. …Turmuş boği bölmasdan gullab, Yoğdi unga qayta-qayta qor. Barçasiga kibor qalb sabab, Barçasiga özim gunohkor. Umr balki şodumon ötar, Balki… körgum boşda borini. Biroq, Sen qarğama, qarğişing tutar, Köz yoşlaring sababkorini” satrlarida butun samimiyati, bor çinligi bilan namoyon böladi. Şeʼr muallifi – öz qalbi va tutumlarining taftişçisi. Birovni emas, özini tekşiradi, özgaga emas, öziga ayb qöyadi.

Olamni yo kuç yoxud ilm zabt etar, lekin köngilni faqat samimiy iqror musaxxar qila biladi. Çin haqida çin yozgani uçun ham şoiraning sezimlari öqirman keçinmalariga aylanadi. Ayni şu jihat şeʼrxonni unga tuyğudoş qiladi. Şoira tuyğularini yuqtirgani bois öqirman şeʼrni jön tuşunib yeçim izlamaydi, balki özga köngil tovlanişlarini tuygisi keladiki, şeʼrni yozişdan maqsad ham, uni öqişdan murod ham aslida – şu: “Ötdi, ammo dilda qoldi çamasi Azobi, özim rad etganim uçun. Bu çigal xatoni tuzatolmayman, Tunday yuragimni oçaman tunga”. Odatda yurak yoniq, alangali tasavvur qilinadi. Lekin odamzod programmalaşgan maşina emas, uning yuragi ham doim birday bölavermaydi. Ayniqsa, qarşisi yoki yonidagi zot unga çöğ taşlay olmasa.

Maʼlumki, yurakka yöl faqat yurak orqali ötadi. Şoira samimiy bölgani, tuyğularini pardozlamagani, bejab soxtalaştirmagani uçun öqirman köngliga kirib boradi. U donolik qilib birovga yöl körsatmaydi, aksinça, özi yöl topolmay, qiynalayotganini oçiq aytadi. Balki, şeʼrning taʼsirçanligini taʼminlagan omil mana şu oçiqlikdir. Köngil köngilni aldamagani bois köngildan çiqqan çin tuyğular ikkinçi bir köngildan oson joy topadi.

Şoira qismda butunni, butunda bölaklar şodasini köra biladi. Şu bois şeʼrlarida tasvirni imkon qadar öziga yaqinlaştiradi. Çegara bilmas şoirona xayol unga, hatto, öz muçalaridan ham badiiy timsol sifatida foydalanişda qöl keladi. Şuning uçun bodomqovoqligiga dardi köpligidan tunlari yiğlab çiqişini sabab qilib körsatadi. Bunday kutilmagan poetik izoh şeʼrni oçib yuboradi va uni öqirmanga, öqirmanni şoiraga yovuqlaştiradi: “Nogoh baxt uyini oson topganim – Unda meni çorlar darça bölgani – Men esa beparvo – Darçani öz qölim bilan yopganim – Söng dardda qalb parça-parça bölgani – Sezilmasmiş. Tanho damlarimda özim bilan band –ming bir tirilganim – ming bor ölganim. Yiğlab çiqqanlarim uzun tun bilan, Va yiğidan bodomqovoq bölganim – Sezilmasmiş…”.

H.Xudoyberdiyevaning samimiy iztirob hissi bilan suğorilgan “Bir daqiqa”, “Seni söraşar”, “Xayr deyman…”, “Xotiram tumani tarqalayotir”, “Men seni topgandim”, “Keçagi kun” singari şeʼrlari ham özga dillarni rom etişga qodir bitiklar.

Köngli keng odamgina yoqtirmagani, yuz ögirgani kimsadan xijolat böladi, özini uning oldida aybdor sezadi. Çunki sevilmagan odam ham odamligini, uningda köngli borligini unutolmaydi. Öziga maʼqul bölmagan odamki bor, duşman deb tuşunilgan zamonlarda ham öşanday köngil mağfiratini samimiy tasvirlay olgan şoiraning kengbağirligiga tan beradi kişi.

Şoiraning tuyğulari öylab topilmagani, çinligi bois qadrli va taʼsirli. Uning baʼzi şeʼrlarida taqdirga könikmay, unga qarşi isyon qilganidan, bundan ham yomoni, özga bir odamning hayotini sindirganidan aybdorlik hissi aks etadi, ayni vaqtda boşqa yöl yöqligi, çora töğriligiga işonç tuyğulari ham jaranglaydi:

Aminmanki, avjim bilan şu birinçi davradayoq,

Özimga tong yaratarman, tongim mening otar oppoq.

Şu kabi iqrorlar tasviri öqirmanda yoruğ tuyğular hosil qilib, quvonçu baxtidan xijolat tortayotgan şoirani tuşunişga undaydi. H. Xudoyberdiyevaning şeʼrlari odamning taqdiri ğoyat çigal ekani, borliq olam oq yo qora emas, sanoqsiz ranglardan iboratligini, ezgulik ortida yovuzlik, qabohat yonida olijanoblik bölişi mumkinligini rangin tuyğular tasviri asnosida kişiga yuqtiradi.

Şoira şeʼrlarida astoydil izlaganga topilgani, çin dildan söraganga berilgani, tinmay intilgan erişgani kabi kimgadir soyasi tuşib, zaxa yetkazib qöyişdan çöçib yaşagan şaxs ruhiyatida ham şodmon tuyğular bot-bot uyğongani ifoda etiladi. Asl tuyğu özi keladi, uni yasab bölmaydi, butun keladi, bölaklardan qurab bölmaydi. Bu holat tasviri “Ösma qöygan qora qoşlarim, Nim qizil, şöx lablarim bilan Jovdiraşim, goh dovdiraşim, Közda qalqqan yoşlarim bilan Sevildim birdan. …Bilmay qoldim… qay baxtli kun Ğavğo soldim uning öyiga…” misralarida ifodasini topgan. “Behadik quvonsam qaniydi” satrlarida esa qimmatga tuşgan baxtini yöqotib qöyişdan xavotirdagi kişi holati aks etadi. Tökislik, mukammallik Yaratganga xosligini anglab, özining yaratiq ekanini unutmagan hamma odam kabi şeʼrning qahramoni ham baxti butunligidan qörqib yaşaydi.

Har qanday odamning hayoti nur va soyalardan iborat bölganidek, bir inson ölaroq, şoira ham oq va qora kunlar qurşovida yaşaydi. Uning keyingi yillarda yozilgan şeʼrlarida dunyoning aççiq-çuçugini xöp totgan kayvoniga xos kuzatiş, iqroru iztiroblar: “Qaçonlardir menga zor bölgan baxtga Bugun özim zormen, qöllarim çöziq…” tarzida aks etadi. Bu tasvirlar ozurdajon kimsaning yozğiriği ifodasi emas, ular oçunning mohiyatini anglagan öy kişisining hasratli qaraşlari. Bu iqrorlar şunisi bilan qimmatli, ayni şu xislati tufayli şaxsiy qobiqlarni yorib çiqib, özga köngillargada uruğ bölib ekilişga munosib.

Öqirman, umuman, badiiy asarlardan, ayniqsa, lirik bitiklardan köproq muallif şaxsini, “men”ini qidiradi. Bu şaxsiyatning ibrat bölgulik jihatlarini öziga yuqtirişga urinadi. Uşbu “men” qançalik öziga xos, betakror bölsa, uning badiiyatga evrilgan aksida ham joziba şunçalik kuçli böladi. Şoiraning “Maşʼala” şeʼridagi: “Bu maşʼala kuyib ketgan, Kaftlarimda ildiz otgan, Öt kötarib ketayotgan, Böysunmas qöllarim kuydi” misralarida yonayotgan öt kaftida ildiz otgan ayol şaxsiyatining favquloddaligi şeʼrxonni rom etadi. Öqirman tuyğular yirikligi, ifoda qabariqligidan hayratga tuşadi.

Halima Xudoyberdiyevaning “Ayol ötib borar” şeʼridagi:

 

Sen sörama, men ham aytmayman,

Kuragimning singanini qars.

Şovqin solma, men uyğotmayin,

Yuragimda yotar bir yölbars

satrlari tasvirlanayotgan tuyğularning yirikligi bilan öqirmanni ham seskantiradi, ham öylantiradi, seskantirib öylantirişi orqali yuksaltiradi.

Öz ijodiy missiyasi va rutbasini yaxşi bilgan şoira dunyo işlariga dunyolarça yiriklik bilan qaraydi. Dunyoda yaşab, uning yetagida yurganday köringani bilan öz salohiyatini bilgani bois ijodi yolğonçi dunyo yolğonlaridan baland turişini his etadi. Bu tuyğu “Men bir kuni” şeʼridagi: “Garçand tişga bosib tişimni, Öz yelkamdan özim bosib tek, Gungday ketdim Söng bekatgaça. Lekin ortimda qolgan şeʼrlarim Bu dunyoning yolğonlaridan Qah-qah urar qiyomatgaça” misralarida yolqinlanadi. Bu satrlarda dunyo maydaliklaridan baland turgan yirik şaxs qanoatlari öta jaydari sözlar orqali esdan çiqmas yösinda ifoda etiladi. Şoiraning jimgina yaşaş tutumi ojizligidan emas, balki çeksiz içki qudrati bois ekani taʼsirli ifoda etilgan.

Adabiyottanuvçilarning “lirik qahramon” haqidagi fikrlarini qöllagimiz kelmasa-da, şoir bilan şeʼrda tuyğulari tasvirlangan kimsani bitta narsa deb qaraş doim ham töğri emasligini poetik dalillarning özi körsatib turibdi. Çunonçi, “Öt bilan…” şeʼrida şoira yuqoridagi qanoatlarini tamomila rad etganday böladi: “Yaşayapman, bilmay qay rangda sukut – Betoqat toqatga töldir jomimni, Ölsam ham… qaçondir öldiradi öt – Hayajon oladi jonimni…” Bu satrlarda şoira tabiatidagi yovqurlik, ruhiy töfon bor böyi bilan köringan. Göyo, bir odamda bir-biriga tamomila ters ikki ruhiyat borday…

Şoira bitiklarida öyçil va dardçil odam uçun yaşaş azobligini, uning şularga çidaşga mahkumligini sezgan, yaşaş deganda özgalarga xalal bermay kun keçirişni tuşungan zot çin odam maqomiga loyiqligi teran aks etadi. “Özimni örgatdim” şeʼridagi:

 

Toptalsam-da töfon tuyoqlarida,

Sinib, sölmaslikka özni örgatdim,

…Kökdan tuşolmaslar mening döstimmas,

Men pastlik, xaslikka özni örgatdim,

…Baxtsizning oldida yarqiratib toj,

Baxtli bölmaslikka

Özni örgatdim

poetik qatorlarida boşqa odamlar bilan birga odam bölib yaşay oliş sanʼatini egallagan odam tuyğulari ifodasini topadi. Özni köpdan ayri körmaslik, özgani özday tuya biliş çin ijodkor va çin inson mohiyatining belgisidir.

“Iltijom şu…”, “Oşiqlik” kabi şeʼrlarida şoira va odam Halimaning “Men”i yaqqolroq körinadi. Tabiatan hamişa ehtiyojlar içida yaşovçi inson doimo nimalargadir muhtojlik sezadi va unga yetişiş uçun Allohga iltijolar qiladi. Qiziği şundaki, har kimning söragani öziga yaraşa böladi. Har kim öz saviyasi va darajasidan kelib çiqib ehtiyojmand böladi: kimdir davlat, kimdir farzand, kimdir soğliq, kimdir yana nimalar…

Şoiraning söraganlari ham öz darajasida. U avvalo, el qizi, millat onasi sifatida: “Iymonimga örab yurgan boyligim, Turk elimni şafqatingga zor qilma, …Turkistonni xor qilma”, – deb söragan bölsa, mömina ayol sifatida: “Bir qöl suydi qizilini yuzimni, Közga surtdi horğin-horğin izimni. Ketar çoğim şu qöl yopsin közimni, Boşqa baxtdan endi baxtiyor qilma”, – tarzida tavallo qiladi. Bir ona sifatida esa: “Işqni gulday osib yursin bolalar, Izimizni bosib yursin bolalar, Bizlarga munosib yursin bolalar, Alar ötar yölaklarni qor qilma…”, – deya ötinadi. U taqdiridan nolimaydi, berilgan neʼmatlarning şukrini qiladi. Lekin bir banda sifatida uning Yaratgandan bölakça tilovi bor. Oldinroq farzand sifatida yurt kamolini, ayol sifatida otaşin işq, ona sifatida bolalar kamolini ötingan şoira söngroq: “Parvonaday ölganini bilmay qol”iş uçun “çiroqqa oşiqlik”, mahşar kuni çalinadigan “qönğiroqqa oşiqlik”, sönggi damga – “ketar çoqqa oşiqlik”, “bitta gilga, Bir tuproqqa oşiqlik”, “çin dunyoga, Öşal yoqqa oşiqlik” rutbalarini tilaydi. Şunça söralayotganlar zamirida aslida birgina narsa – Allohga qullik va oşiqlik bor. Unda esa, özlikni anglagan baland şaxsiyat namoyon. Şu yirik şaxsiyat şeʼriyatga köçgani uçun öqirmanga suyimli. Maʼlumki, suygan köngil suyuklisiga öxşaşga intiladi. Demakki, komillaşadi.

Bejizga buyuk insonlarga bağişlangan “Buyuk quşlar” şeʼrining nomi kitobga çiqarilmagan. Buyuklar haqida şoira: “Buyuk quşlar – buyuk insonlar hamişa, hamma zamonlarda özlarining sir-sinoatli umrguzaronliklari, ğam-anduhli va şodumon kunlari, katta baxt va baxtsizliklari bilan butun insoniyat diqqatini öziga qaratib kelgan. Qançalik buyuk isteʼdod egalari bölişmasin, ular ham inson bolasi. Şu bois insonlar hayotiga neki daxldor bölsa, ularning ham hayotlariga daxldor bölişi tabiiy”,- deb yozadi. Bu şeʼrda buyuklarni ayamaslikday insoniyatga xos uluğ bir nuqson haqidagi aççiq haqiqat ifoda etilgan. Çindan-da, vaqtida ayalmagani bois vayron bölgan taqdirlarga doir “haqiqatning egilsa-da, sinmasligi”, “oltin zanglamasligi”, “asl aynimasligi”, “qölyozmalar yonmasligi”, “oyning ön beşi qoronğu bölsa, ön beşi yoruğligi” kabi haqiqatlar allalovçi taskinlar, xolos. Bunday deyiş, ezgu amalning vaqtida qilinmaganini xaspöşlab, özini aldaşdan boşqa narsa emas. Aslida qölyozmalar “lovullab kul”ga aylangani va ularni bitgan oltin boşli zotlarning “xor bölib” ölganiga tarix köp bor taniğ bölgan. Şoira odamizodni “yermas, kökka oid buyuk gumanoid” zotlar – buyuklarga loyiq böliş, ularni himoyasiz taşlab qöymaslikka çaqiradi.

 Buyuklar hamişa ham kamçilikni taşkil etib, ommadan ajralib turadilar. Omma esa, tabiiyki, özidan ajralib turganlarni köpda yoqtiravermaydi. Şu bois buyuklar: “Közga tuşgan çoğlaridan, …Bu dunyoning soğlaridan, Bemor bölib ötganlar”. “Soğlar” – hisob-kitob bilan yaşaydigan kimsalar, hayotini öziga foyda bermaydigan qandaydir ğoyalarga bağişlagan kişilar esa, ularning nazarida, bemorlar. Bundaylar öz yukini birovga ortmaydi, qadamidan foyda çiqarişga urinmaydi, ayni şu jihatlari bilan boşqalarga begona bölib körinadi. Ular, ayniqsa, mehrga, işqqa “zor-zor bölib ölgaylar”. Köpçilik esa, “qölyozmalar yonmaydi”, – deb öz qilmişlari uçun özlariga taskin beradigan tomoşaçilar, xolos.

Şeʼrda şoira “buyuk quş”larning “Özlari yuvvoşdan yuvoş” va  “Xotinlari çimirar qoş” ekanini taʼkidlaş orqali kökka loyiq uluğlarni yerdagi mayda taşvişlar xarob etişi mumkinligini körsatadi. Ayol zoti – tabiatan şon-şuhrat, boylik va martabaga öç. Tabiatining şu jihati uni buyuklar eʼtiborini qozonişga undaydi. Buyukning mehriga erişgaç, moddiy tökislik talabi paydo böladi. Buyuk zot uning mana şu mayda talablarini ham qondirişi kerak. Ammo çinakam buyuk şaxs, kim bölmasin, bir kişiniki bölolmasligi bilan buyuk. Demak, u ayol talablarining ijroçisi bölolmaydi. “Turmuş boşda şahdu şakar, Bora-bora u talxu tar”ligi sababi şunda. Ulkan orzularining yöliga eng yaqin kişilari tösiq ekani bois: “Yor qöllari tutsa zahar, Beyor bölib ölgaylar” tarzida qanoti qayriladi “buyuk quşlar”ning. Xiyonat yotdanu yovdan emas, qöynidagi suygulidan kelgani buyuk quşlarning qanotini qirqib, uni kunda neça-neça bor öldiradi. Zero, ular mayda maişiy talablarga moslaşolmay, tezgina zavol topadi. Zotan, qanotli quşga qafas emas, bepoyon osmon kerak. Uni qafasga tiqiş: “Yolğiz joni siğmas köşkka, Şoni baland, qöli qisqa. Buyuk quşlar çimdim işqqa, Zor-zor bölib ölgaylar” tarzidagi yakunga olib keladi.

Ozod quş uçişdan zavqlangani, uning uçun hayot maʼnosi parvozdan iborat bölgani kabi “buyuk quşlar” ijoddan, işdan panoh topadilar. Bundaylar işdan zavq oladilar, işlayotganlarida yaşaydilar, yaratayotganlaridan baxtli böladilar. Ular özlarini ayaş haqida öylamaydilar. Şu bois ham: “Ular rangpar, ular ozğin, Boşdan oyoq sirlarday. Qaraşlari sokin, ezgin Payğambarday, pirlarday”.

Köngillarida ezgulikdan bölak tuyğu yöqligi bois şoira buyuklarni Xudoning elçilari deb biladi, payğambarlarga mengzaydi. Şu sabab buyuklarni odamlar orasiga emas, kökka, Yaratganning makoniga munosib köradi. Buyuklarni tuyib, ularning zavol körişini istamagan şoira Yaratgandan: “Mahşar kunigaça toki, Elçilarim soğ ketsin”, – deb ötinadi.

Şeʼr nihoyasida millatning yuksalişi öz buyuklarini tuyişi, suyişi va asraşida ekani ğoyat taʼsirli yösinda ifoda etiladi:

 

Katta vatan, suy, kuy desang,

Tişga bosib tişlarni.

Tağin oldga siljiy desang,

Asra, buyuk quşlarni!

Asraşga arzigulik odamni asraşga çaqiriq şoiraning ijodiy kredosi deyiş mumkin. U hammani suysa-da, hamma uçun kuysa-da, lekin millatni “oldga siljit”guvçi buyuk quşlar uning uçun farzandlarday ardoqlidir.

Inson hamişa hayotini sarhisob qilib yaşaydi. Topilganu yöqotilganlar, erişilganu boy berilganlar, orzularu armonlar, çaqmoqday lahzalik baxtli kunlaru yillardek uzun baxtsiz lahzalar taftiş qilinadi, xulosa çiqariladi, möljal olinadi. Umrining ayni yetuklik pallasida ilhom paykallarida yetilgan sara poetik hosildan ulkan xirmonlar uyayotgan Halimaxonim şeʼr oşiqlari köngliga tobora çuqurroq kirib, köproq huzur bağişlayverişiga umid qilamiz.

Poetik nazarining ötkirligi, xayolot parvozining yuksakligi, badiiy mantiğining salmoği, insoniy dardlarining samimiyligi, ötliğ tuyğularining çinligi bilan şeʼriyatning buyuk quşiga aylangan şoiraga yuksak parvozlar yor bölsin!

Qozoqboy YÖLDOŞ 1949-yilda Sirdaryo viloyatida  tuğilgan. Sirdaryo Davlat pedagogika institutini tamomlagan. Pedagogika fanlari doktori, professor.Olimning “Yoniq söz”, “Alpomiş talqinlari”, “Yöl odami” nomli asarlari naşrdan çiqqan.

Adabiyot böyiça bir qator darsliklar (hammualliflikda) muallifi. Matbuotda adabiy jarayon bilan boğliq çiqişlari muntazam ravişda eʼlon qilinadi.

 

 

“Yoşlik” 2013/9

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Oldingi
Keyingi

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (375)