11 daqiqada öqiladi

452 marta körilgan

Oqibat

Oqibat

(Hikoya)

 

Onasining olamdan ötganiga ham ön kun bölyapti. Qavm-qarindoşlar öz uylariga qaytişdi. Hovli huvillab qolganday Solihning nazarida. Yuragi siqilib goh kiradi, goh çiqadi. Fotihaxonning ham keti uzilganday – ertalabdan beri heç kim körinmadi. Lekin Solih hamon kimningdir kelişiga intizor edi. Ana, u darvoza yonidagi örindiqda yölga qarab ötiribdi…

Talabalik davridagi örtoqlari ham köngil sörab kelişdi. Hammalarimas, albatta – uç-tört nafari. Solih ularni körib özgaça his-hayajon girdobiga tuşgandek böldi. Ayniqsa samarqandlik Şomurod bilan bağirlaşarkan, közlaridan tirqirab yoş oqa boşladi.

Şu tobda Bahrom jonlanyapti köz oldida. Kafedrada qolgan, ikki yil burun nomzodlikni yoqlagan olim örtoği. “U nega kelmadi? Tuzukmikin özi?”

Saboqdoşlardan Bahrom bilan Şomurod eng yaqinlari edi. Şomurod bu orada ikki marta kelib ketdi. Oğir damlarida yonida böldi. Bahromdan esa darak yöq. “Boğlanolmadim, bexabardir?” degan fikr keçardi xayolidan. Lekin ikkinçi bor kelganida Şomurod uning xabardorligini aytdi. “Qöliga qönğiroq qildim, – dedi u. – Olmadi. Uy telefoniga qildim keyin. Göşakni ukasi kötardi. Aytib qöyaman, dedi”.

Şomurod Bahromning haligaça kelmaganidan bir zum xayolga botdi-yu: “Olim böpti-yu, odam bölmapti. Haliyam odam bölmapti!” dedi boşini sarak-sarak qilib. Solih eʼtiroz bildirdi: “Bu nima deganing, Şomurod? Zarur işlari bilan banddir. Kelar…”

Solih talabalik yillarini esladi. Bahrom u bilan Jöynovga kelib turar, onasi quçoq oçib peşvoz çiqar, “şaharlik bolajonim!” derdi yuzlaridan öpib. Ha, Ruqiya opa uni öz bolasiday bilar, qaytayotganida qöliga sovğa-salomlar tutqazarkan: “Onangizni sörab qöying!” – tayinlardi astoydil. Iltimos ohangida qöşib ham qöyardi: “Bir opkeling!”

Ötgan yozda qandaydir material izlab vodiyga yöli tuşib qolgan Bahrom döstining eşigini qoqqandi, Solihdan-da Ruqiya opa sevinib ketdi: “Voy, şaharlik bolam-ku?! Olim bolam!”

 Ha, öqişdan keyin ham xabar olib turişni kanda qilmagandi Bahrom oşnasi.

* * *

…Solih örtoğining musibatidan yangi gazetalarni varaqlayotib xabar topdi. “Eh!..”deb qoldi közini katta oçib.

Bemor yotgan onasi: – Tinçlikmi? – söradi xavotir bilan. – Nimani yozişibdi?

– Universitet… taʼziya bildiribdi, – dedi Solih tutila-tutila. – Şaharlik öğlingizning onasi…

– Voy, men ölay, Bahrom öğlimning onasimi? – şahd bilan boşini kötardi Ruqiya opa. – Qaçon?

– Sizga hayajonlaniş mumkinmas-ku, aya? – dedi şoşib qolgan öğli, uning qölini kaftlariga olarkan. – Döxtir nima degandi?

Onasining avzoyidan yuragi gupurib ketgandi Solihning. “Nega aytdim?!”

– Yoşmidi? – iztirob bilan söradi Ruqiya opa. – Neçalarda edi?

Bahrom sönggi marta kelganida “Onajonim ikkimiz kelamiz bu safar” deb vaʼda bergan edi, Ruqiya opani umidvor qilib. U şaharlik öğlining yelkasini zorlanib silarkan: “Şunday qiling, bolam! – degandi allaqanday orziqiş bilan. Albatta, opkeling!”

Nasib qilmagan ekan, afsus. Sanobar xola endi olamda yöq…

– Turaqol bölmasa.

– Nima?

– Fotihaga bormaysanmi?

– Bormayman dedimmi? – taraddudlanib qolgandi Solih. – Lekin siz…

– Bexavotir boraver, bolam! Mening taşvişimni qilma. Yolğiz qolarmidim? Kelin bor, Xudoga şukr. Aqlli, mehribon nabiralarim… – opa bir zum sukutga botdi-da, xayolçan qöşib qöydi: – Odamning qadri şunday kunlarda bilinadi. Birovning borgani bilan ölgan tirilmaydi, lekin bir oz taskin topganday bölişadi uning egalari… Yaqinini yöqotgan odamning yuragi huvillab, közi eşikda böladi, bolam! Bu juda oğir kun. Boşiga tuşgan biladi. Bir oğizgina tasalli, bir daldaga muhtoj böp qolarkan odam. Kim keldi, kim kelmadi, hisobgayam olişadi! Ah, örtoğing Bahrom…

…Özini beixtiyor Toşkentda tasavvur eta boşlagan Solihning vujudini soğinçga öxşaş bir tuyğu qamrab olgan edi. Talabalik yillarini esladi, yoşligining eng unutilmas, ajoyib va beğubor onlari köz oldida jonlangandek bölib, yuragi entikib ketdi. “Tağin quçoğingda bölamanmi, qadrdon şahrim?!”

Lekin… taşviş bilan otlanyapti bu safar.

Şuni xayolidan ötkazdi-yu, boşiga musibat tuşgan örtoği köz oldida gavdalanarkan, yuragining allaqayerida oğriq sezdi. “Nima ahvolda ekan Bahrom?”

– Ertaga ertalab yölga çiqsam bölmaydimi?

– Hoziroq yölga otlansang, ertaga ertalab örtoğingnikida bölasan!

– Xö-öp.

– Qani, böl.

Solih örnidan turdi. “Ayam – haq. Musibatdan beri ikki-uç kun ötgandir şundoq ham. Xabardor qilmaydi-ya!”

…Darvozadan çiqayotib: – Özingizni ehtiyot qiling, – dedi onasiga.

– Bir-ikki kun menimas, örtoğingni öyla, – dedi Ruqiya opa.

– Mayli. Tezda qaytaman.

– Tezda qaytaman? Nima, borasan-u, “omin-Allohu akbar”, ortgami darrov? Begonalar şunday qilişadi!

– Tuşundim, – Solih onasining yelkasidan quçdi.

U tuşungandi. Bir-ikki kun yonida bölişi kerakmasmi döst bölib?

– Salom ham, alik ham qarz bu dunyoda, bolam, – Ruqiya opaning ovozi titrab çiqdi.

– Kun kelib yetib keladi örtoğing ham. Yoningda böladi.

Solih öpkalangan tovuşda: – Aya? – degan edi, onasi mahzun kulib qöydi:

– Nima, ustun bölarmidi sening onang?

* * *

Solih saharmardonda döstining uyiga yetib bordi. Taʼziya bildirdi. “Gazetaga qaramasam, bexabar qolarkanman. Uç kun bölyaptimi? Nega qönğiroq qilmading?” demoqçi böldi-yu, raʼyidan qaytdi. “Mavridimi? Telefonmiş. Odamning nima ahvolga tuşib qolişi maʼlum-ku, bunday kunlarda?”

Eşitiboq yölga tuşgani yaxşi böldi, nima bölgandayam. Döstining yuzi yorişgandek böldi:

– Ruqiya opamlar yaxşi yuriptilarmi? Kelin, bolalar…

Solih kuni bilan azador döstining yonidan jilmadi. “Bekorga aytilganmi, döst bölsang, yonimda böl, deb?”

Keçqurun Bahromning yon qöşnisi Solihni öz uyiga boşladi.

– Çarçadingiz, kun böyi fotihaxonga qarab. Endi bir pas dam olamiz.

– Lekin Bahrom…

– U ham keladi.

Dasturxon noz-neʼmatga töla edi. Solih özini norohat his qila boşlagandi, uy egasi: – Töygamas, azaga kelganman-ku, deya xijolat böp ötirmang, – dedi jilmaygan köyi. – Sanobar opam yaxşi yaşadilar – yetmiş olti! Şu uluğ yoşda ketiş azamas – töy! Har kimgayam nasib qilavermaydi!

Solihning içida nimadir uzilib ketganday böldi. “Azamas, töy? Töy… deng?

Töğri, har kimgayam nasib qilavermaydi bu yoş, ammo… qanaqasiga töy?!”

U iztirobini yaşirişga tirişarkan eşikka xavotiromuz qaradi. “Xayriyat ham Bahrom eşitmadi. “Töy”ni eşitganidami…”

 Yuzida tabassum bilan Bahrom kirib keldi.

– Döstim Jöynovning mard öğloni, – dedi Solihning yoniga joylaşarkan. – Uyiga borsam, oyoğim tagida qöy söyadi.

– Xöş, keyin? – Uy egasi sinaşta boqdi Bahromga. – Şişalardan eng sarxili bezaydimi dasturxonni?

Uy egasining qölida şişa körib, Solihning ensasi qotdi. “Bu nimasi? “Pominka”mi?”

– Yaşigi bilan opçiqadi! – dedi Bahrom ğururlanib. – Lekin bir aybi bor – içmaydi.

– Şunaqami? Bölmasa endi içadilar. Döstim deb keptilarmi, şunça yöl bosib…

Solihning aʼzoyi badanini sovuq ter bosgandi. “Uzoq yöldan kelgan mehmonni debmi şunça taraddud? Rahmat! Lekin manavi savil… U tomon taʼziyaxona-ku?!”

Şuni xayolidan ötkazayotgandi, Bahrom qöşnisi uzatgan piyolani oldi. Soçlari tikka böldi Solihning. Közlariga işonmasdi. “U nima qilyapti?”

Ikkinçi qadahdan Bahrom özini yöqotayozdi. Xörligi kelibmi, Solihni bağriga bosarkan: – Endi mening onam – Ruqiya opamlar, – deya höngrab yiğladi. Döstini aftodahol kayfiyatda körib, Solihning yuragi uvişib ketdi.”Dardingni tuşunaman, örtoq, lekin içmasliging kerak edi! Birov körsa nima deydi?”

Mavhum bir qayğu Solihning vujudini tirnar, yuragi ezilardi. “Döstim, senga nima böldi? Nega içding? Onajonimning joyi jannatda bölsin, deb qilgan şunça iltijolaring nima böladi? Şunça fotihaxonning duo-yu munojotlari-çi?”

– Bahrom kötardi-ku, siz olmaysizmi, mehmon? – uning xayolini böldi uy egasi.

– Majbur qilma, – dedi Bahrom unga. – Aytdim-ku, uning örnigayam men olyapman, deb.

 Solih ötirgan joyida betoqat qimirladi-da, mungli nigohini Bahromga qadab: – Örtoq, menga ruxsat… – dedi. “Ha, ketiş kerak. Bir-ikki kun deb ötirmay ketişing kerak, Solih!”

– Ötirib tur, Nömonni çaqiray, – deb Bahrom örnidan turdi. U eşikdan çiqdi-yu, Solih:

– Nömonni dedimi? Nömon kim? – söradi hamrohidan.

– Ukasi, – javob qildi uy egasi.

* * *

Bahromning ukasi maşinasi bilan uni Qöyliqqaça eltib qöydi.

Yölovçi maşinaga ötirayotib: – Xayr! – dedi Solih.

– Yaxşi yetib boring. Salom aytib qöying xolamga!

 Maşina yölga tuşdi. Boşida döppi, egnida tön, soqol-möylovi bir oz ösgan bölsa-da, qandaydir dilkaş, istarasi issiq Nömon ançagaça Solihning köz oldida qoldi.”Yaxşi odam ekan!”

Qöqonga yetib haydovçidan: – Bizdan qança? – deb söragandi, u: – Yölkira tölangan, – dedi.

– Nima? – deb böşaşganday böldi Solih.

“Qiziq iş qilib qöyibdi-ku, Bahromning ukasi? Xayr…”

Saharlab uylariga kirib borgandi: – Darrov qaytdingmi? – dedi Ruqiya opa, peşvoz çiqarkan.

– Ertaga kelmoqçiydim. Qololmadim.

– Onangni öylab-a? Aytuvdim-ku, mening taşvişimni qilma, Xudoga şukr, tuzukman, bir-ikki kun örtoğingning yonida qol, deb. Ha, mayli. Özi tuzukmi?

– Tuzuk. Sörab qöydi sizni. Ha, yana…

– Nima, yana?

Solih ixtiyorsiz ravişda xörsinib devorga qaragandi, onasi:

– Gapir, nega jimib qolding? – takrorlab söradi.

– Yiğlagança meni quçoqlab “bundan keyin mening onam – Ruqiya opamlar”, dedi şaharlik öğlingiz.

Ruqiya opaning rangi özgardi, öksik közlari pir-pir uçdi.

– Nahot… – dedi bir qalqib. – U… şunday dedimi?

Solih özini koyidi. “Şartmidi şuni aytişing?”

Devorga suyanganiça behol-bemajol turib qolgan Ruqiya opa: – Sen bilan borişim kerak ekan, – dedi yiğlab yuborguday bölib. – Nega bormadim? Bir oz bölsa-da, yuragiga dalda bölmadim?

* * *

Hayot şu ekan, köp ötmay Ruqiya opa ham dunyoni tark etdi. Bahromning kuni Solihgayam tuşdi – tasavvur etganidan-da qattiqroq ekan bu körgilik. Boşiga tuşgangina bilar ekan!

Onasining “kim keldi, kim kelmadi, albatta, hisob-kitobi böladi” mazmunidagi gapi Solihning xayolidan ötdi. Töğri ekan!

Lekin nega Bahrom kelmadi? Hamma keldi, u kelmadi?

“Yetib keladi, degandingiz, ayajon. U kelmadi. Yonimda bölmadi!”

Şomurodning “U odam bölmadi” deyişi quloği tagida jaranglarkan, dilida allaqanday ğaşlik uyğondi, miyasining qayeridadir bir gumon yilt etdi. “Balki… haqdir Şomurod? Kelmasmidi, agar odam bölsa? Uni bir bolasiday bilardi-ku, rahmatli onam?!”

Bahromning qadah kötarişi köz oldida jonlandi. “Onasiga ölganiga uç kun bölmay içib ötirişi esingdami?”

Böşaşganiça darvoza oldidagi örindiqda ötirgan Solihning közlari ilindi, qarşisida Bahrom paydo bölgandek böldi. Közlari jiqqa yoş: “Ruqiya opam…”

Solih közlarini oçdi, hammasi tuş ekanligini angladi. “Unga bir gap bölgan. Kelardi, bölmasa. Qönğiroq qilaymi?”

Qöl telefonini çiqarib, boğlanmoqçi böldi. Afsus, har doimgiday öçirilgan. “Balki raqami özgargandir?”

Közlari jiqqa yoş olim örtoği tağin qarşisida köringanday böldi-yu: “Bahrom yomon odammas, – u haqida fikri özgardi. – Bir qadrdonim! Ziyofat uyuştiriş köngliga siğdi, içdi, deb böşaşib qaytgandim. Töğri, içişi yaxşi bölmadi, ammo… mehmon haqqi-hurmati deb qilingandi-ku, hammasi?! Içi töla dard bölsa-da, mehmonni deb zahar içişgayam hozirmasmidi aziz örtoğim?

Bir sabab borki, kelolmagan. Joni soğ bölsa, keladi! Omon bölsin-da, işqilib…”

…Maşinaning gurillab sal nariroqda töxtaşi munğayibgina ötirgan Solihning ğamgin va parişon xayollarini tarqatib, könglida umidvorlik hissini uyğotdi. Yuragi siqilib ötiruvdi bir özi. Kelişyapti, unga dalda bölgani! Bekorga aytişganmi, odam taftini odam oladi, deb?

Sapçib örnidan turgan Solihning qöllari köksida edi.

Uç-tört nafar tuşişdi. Ulardan biri yoşroq va novça kişi edi. Yuragi jiz etdi – Bahromga öxşab ketarkanmi? Yöq, özi! Özi!!

Yuragi gupurlab: “Bahrom!” deb qiçqirişiga sal qoldi.

Aytmaganmidi, ana birodari! Keçroq bölsa-da, u keldi! Kelmasligi mumkinmidi?! Tağin nimalar deb yuribdi Şomurod… Sen ham qanaqa xayollarga bording, Solih!

Solihning öpkasi tölib, ökirib yuborişiga sal qoldi: “ Ona, öğlingiz! Şaharlik öğlingiz keldi, ayajon! Olim öğlingiz…”

Ular yaqinlaşişdi-yu, tuzukroq razm solgan Solih tösatdan yanglişganini angladi – u boşqa-ku?!

Böşaşib ketdi. Alam-iztirob xurujini bosişga tirişarkan, şoşa-pişa köz yoşlarini artdi.

Darvoza yonidagi örindiqqa ötirdilar. Keksaroq mehmon oyat tilovat qilar, hamrohlari boş egib ötirar, Solih zimdan novça fotihaxonni kuzatardi. “Öxşar ekan-da, odam ham!”

Hamrohlari taʼziya bildirib uzoqlaşişdi, novça kişi yaqinlaşib Solihni bağriga bosdi.

– Bandalik ekan, akajon.

– Allohning işi…

Solihning vujudi titrab ketdi. “Samimiy insonlar köp! Lekin bu kim böldi? Issiq körinyaptimi qandaydir? Qayerda körganman?”

– Tanimadingiz çoği, Solih aka?

– Siz…

– Men Nömonman – Bahrom örtoğingizning ukasi.

– A, Nömon… jon? – Solih hayajondan entikib, azbaroyi tezda tanimaganidan xijolatdan yonib, unga boşdan-oyoq razm soldi. – Voy, Bahromning ukasiman, deng? – Solih mehmonni qayta bağriga bosarkan, közlaridan yoş çiqib ketdi. – Uzr, tanimaganimni qarang. Bahrom nega kelmadi?

– Sal… mazalari yöq edi akamning, – Nömon nigohini olib qoçdi.

– Kasalmi?

– Yöq, yöq. Xavotir oladigan narsa yöq.

– Işlari köpayib ketgan, deng, – Solih mahzun jilmaydi. – Tuşunaman.

– Lekin keladilar.

– Xudo xohlasa… Ammo hozir sizni körib könglim toğday kötarildi, Nömonjon. Minnatdorman!

– Qöysangiz-çi, aka, – dedi Nömon Solihning közlariga qaramaslikka tirişib. – Men faqat…

Nömon piçirlab tağin bir nima dedi. Solih uning “qarz, zimmamdagi qarzim” degan sözlarini eşitganday böldi, xolos. Qarz!

Solih beixtiyor: – Közlarim tört edi, Nömonjon! – degan edi, u:

– Akamgami? – söradi, xijolatomuz nigohi bilan yer çizib.

 Nömonning hamrohlari maşina yonida kutib turişardi.

– Iltimos, ularni çaqiring. Bir piyola çoy!

– Uzr, şoşib turişibdi. Ularga ruxsat berib, men qolişim mumkin.

– Rostdanmi? – közlari çaqnab, tağin Nömonni quçoğiga tortdi Solih.

Hayajonining çeki yöq edi.

Muhammad ŞODIY 1959-yilda Farğona viloyatining Söx tumani, Yangiariq qişloğida tuğilgan. Xöjand Davlat universitetini tamomlagan. “Yurakda qolgan muhabbat”, “Ikkinçi bahor”, “Söxdaryo sadosi”, “Lolazor”, “Sajdagoh” kabi nazmiy va nasriy töplamlari çop etilgan.

  

“Yoşlik” 2013/9

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (375)