2 daqiqada öqiladi

504 marta körilgan

Ziyorat yöli

Qadam taşlayotgan söqmoğing tiriklikning eng köhna Ziyorat yölidir. Uning önqir-çönqirlari köp, baʼzi joylarini tikanli çangalzorlar qoplagan, öpirilgan joylari ham bor. Çekinmasang… u seni, albatta, özingga olib boradi.

Asar ahamiyati: Bu yirik asarning salmoqli qismi VII asrdan X asr boşlariga qadar qadimiy Turon, öşa davr arab mualliflari iborasiça, Movarounnahrda keçgan ijtimoiy-siyosiy voqealarga bağişlangan. Tabariy tarixida VII asr oxirgi çoragidan Turkiston xalqlarining yangi din, notaniş maʼnaviy dunyo, özgaça falsafiy qaraşlar, tuganmas şiddatga tölib toşgan yangi ğayratli qavm, makkor va aqlli jangçilardan iborat qöşinga duç kelişi, ularga qarşi kuraşi qiziqarli tafsilotlarda aks etgan. Muallif öşa davrlarda keçgan tarixiy voqealar orqali Buxoro, Samarqand, Xorazm, Suğd, Nasaf, Termiz, Keş, Ustruşona, Şoş, Farğona  viloyati va şaharlari ötmişi, ularning ahvoli, xalqining turmuş tarzi, harbiy qudrati va kamçiliklari töğrisida muhim maʼlumotlar beradi. Unda köplab qadimiy joy nomlari uçraydi, ayrimlari şu paytgaça saqlanib qolgan. Maşhur Qutayba ibn Muslim bosqini, Abu Muslim siyosiy harakati, Muqanna nomi bilan şuhrat qozongan Hoşim ibn Hakim qözğoloni, Rofe ibn Lays boşçiligidagi xalq isyoni kabi tarixiy voqealar qiziqarli hikoya qilinadi. Ular bugungi jamiyat kişisiga bir yarim ming yil oldin yurtimizda röy bergan ijtimoiy hodisalarni aniq tasavvur qilişga yordam beradi. Millatning şonli ötmişini örganiş, undagi ulkan mavhumliklarni yoritiş, özlikni topiş yölida mazkur asarning kömagi katta va behad ahamiyatlidir.

“Tarixi Tabariy” şörolar inqilobiga qadar yurtimizda eng maşhur asarlardan biri sifatida öqib-örganilgan. Ikki marta turkiy tilga tarjima qilingan va ular qölyozmalar xazinasida №9470, 1229 raqamlari bilan saqlanadi. №1229 raqamli qölyozma (685 varaq, 1370 sahifa) Muhammad Yusuf Bayoniy (1859 – 1923) tomonidan Xorazmda turkiyga ögirilgan.

Qölyozmalar xazinasida asarning yana ön törtta (12593, 4226, 831, 7466…) forsiyga tarjima qilingan nusxasi saqlanadi. Mutaxassislar fikriça, 7322 raqamli qölyozma X asrda Muhammad ibn Muhammad Balʼamiy tomonidan baʼzi bir töldirişlar bilan fors tiliga tarjima qilingan.

Asar jahonning bir qança tillariga ögirilib, naşr etilgan. Yurtdoşlarimiz uning V.I.Belyayev arabçadan rus tiliga qisqartib qilgan tarjimasidan (Toşkent, 1987) foydalanişadi.

Asarning turkiyda tarixiy tayyor tarjimasi borligiga qaramay, hozirgaça özbek tilida çop qilinmagan.

Bu yölning yoğdu taratuvçi yana bir yoritqiçi “Tarixi Tabariy” asaridir. Manzilga yetişing uçun qutluğ yoğdular kömakka keladi.

Muallif: Abu Jaʼfar Muhammad ibn Jarir at-Tabariy milodiy 839-yili Tabariston viloyatida tuğilib, 923-yili Bağdodda vafot etgan. Tarix, hadis, huquqşunoslik, tafsir kabi ilm-fanning turli sohalarida sermahsul ijod qilgan va köplab asarlar yozib qoldirgan. Ular orasida “Tabariy tarixi” (Tarixi Tabariy) alohida ahamiyatga egadir.

Abdusattor JUMANAZAR,

Abu Rayhon Beruniy nomidagi şarqşunoslik instituti katta ilmiy xodimi

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (147)