4 daqiqada öqiladi

643 marta körilgan

Özbekning jahongaşta ertaklari

Özbekning jahongaşta ertaklari

Birinçi turtki. Qaçonlardir xorij filmini körgandim – adaşmasam, nemislarniki – voqealari “Ur töqmoq”ning ayni özginasi. Faqat oçil dasturxon örniga “tökin stol”, buyam örinli, özlaridan kelib çiqişgan-da. Öxşaş adabiy hodisalar folklorşunoslikni doim qiziqtirib kelgan, ularni izohlaşiga qarab bir neça ilmiy maktablar şakllangan. Migratsiya maktabi, sayyor syujetlar nazariyasi xalqlarning asriy aloqalari asnosida matalu masallar köçib yurişini uqtiradi. Mifologiya maktabi vakillari ibtidoiy odamlarning borliq haqidagi tasavvurlari keyinçalik adabiy sathga köçib ötgani, umumiy mifologiyaga ega ellar oğzaki ijodida öxşaşlik tabiiyligi xususida sözlaydi. Tarixiy maktab olimlari folklor asarlari qadimda yuz bergan voqealarning insoniyat xotirasidagi aks sadosi deya tuşuntiradi. Antropologiya maktabi esa etnik qarindoş bölmagan, ötmişda iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy aloqalarga kirişmagan xalqlarda parallel madaniy hodisalar uçraşiga eʼtibor qaratib, buni tarixiy taraqqiyotning bir xil bosqiçida butun başariyatda ruhiy va maʼnaviy yaqinlik kuzatilişi bilan boğlaydi. Ilmiy maktablar ilgari surgan farazlarning barçasida jon bor va ular bir-birini töldiradi.

Ikkinçi turtki. Yaqinda Janubiy Amerika adabiyotining yirik namoyandasi Xorxe Luis Borxesning “Turkiston ertaklari” degan essesini öqib qoldim. Tarjimon Şarifjon Ahmedovning yozişiça, “Turkiston ertaklari” (“Cuentos del Turquestan”) asari 1926-yili Buenos-Ayresdagi “La Prensa” gazetasida eʼlon qilingan. Uluğ Kitobdor ajib adabiy zanjir haqida sözlaydi: sirli-sehrli ertaklar Buyuk Turon daştu dalalari, toğu toşlari, şaharu kentlarini makon tutgan ellar tomonidan asrlar böyi yaratilgan; rus etnografi Nikolay Ostroumovning (1846–1930) ilmiy izlanişlari natijasida 1906-yili “Skazki sartov v russkom izlojenii” kitobi çop etilgan; uşbu töplam nemis-çex folklorşunosi Gustav Yungbauer (1886–1942) saʼy-harakati bilan nemis tiliga ögirilib, 1923-yili Yena şahrida “Märçen aus Turkestan und Tibet” (“Turkiston va Tibet ertaklari”) nomi bilan naşr qilingan; “bir neça etnojöğrofiy sargardonliklarni boşidan keçirgan uşbu kitob (ehtimol, Buenos-Ayresdagi yagona kitob), mana, oxir oqibat” argentina yozuvçisining qöliga kelib tuşadi va u köngliga Şarq şamollarini keltirgan, xayolini yetti iqlimga yeldirgan ertaklar töğrisida esse yozadi. Uşbu badiani asriy asotirlar tili – özbek tiliga ögirgan Şarifjon Ahmedov ham öşa adabiy zanjirga yana bir halqa bölib qöşiladi.

Uçinçi turtki. Filologiya fanlari doktori Mamatqul Jörayev neça yillar ilgari “Hurriyat” gazetasiga bergan intervyusida özbek ertaklari katalogi tuzilayotgani haqida xabar bergandi. Şundan buyon oromim yöqolib, tadqiqot natijalarini kutardim. Şoşmang, hali ungaça zahmatkaş olimlarning qança oromsiz kunlari, bedor tunlari… töğrisida sözlaşimiz kerak.

Asosiy voqea. Germaniyalik folklorşunos olima Gabriele Keller xalqaro anjuman bahonayi sabab yigirma yil avval Samarqandga kelganida bundan keyingi hayoti şu yurt bilan boğlanib qolişini xayoliga keltirganmi-yöqmi, öziga va Öziga ayon. Nizomiy nomidagi Toşkent davlat pedagogika universiteti professori Xurram Rahimov asli nemis tili mutaxassisi bölib, tarjimalar jarayonida folklorşunoslikka boğlanib bordi. ÖzR FA Özbek tili, adabiyoti va folklori instituti bölim mudiri Mamatqul Jörayevning ilmiy-taşkiliy tajribasi ham uşbu olimlar jamoasiga juda zarur edi. Şunday qilib, ön yillik (1997–2017) ilmiy hamkorlik natijasida ikki jildli “Typenkatalog Usbekisçer Zaubermärçen” (“Özbek xalq sehrli ertaklar katalogi”) yuzaga keldi.

Eʼtirof etiş joiz, folklor asarlari katalogini tuziş oson köçadigan iş emas. Avvalo, hozirga qadar naşr etilgan ertak kitoblardagi materiallarni körib çiqiş lozim. Mualliflar şu bilan çeklanmay, Samarqand tarix va etnografiya muzeyi va Nizomiy nomidagi TDPU bilan hamkorlikda Samarqand, Surxondaryo, Qaşqadaryo viloyatlarida uç bora (1998, 1999, 2008) dala tadqiqotlari ötkazişdi, ertaklar bevosita ijroçilar – nuroniy bobolar, fariştali momolar oğzidan magnit tasmasiga yozib olindi. Izlanişlar natijasida bir neça töplamlar naşr etildi: “Märçen aus Samarkand” (“Samarqand ertaklari”. Frayburg, 2004), “Zaubermärçen aus Südusbekistan” (“Janubiy Özbekiston sehrli ertaklari”. Toşkent, 2016), “Usbekisçe Zaubermärçen” (“Özbek sehrli ertaklari”. Toşkent, 2017). Bular, albatta, katalog tuzişga yaxşigina tayyorgarlik körilganidan darak beradi.

– “Özbek xalq sehrli ertaklar katalogi”dagi materiallarning salmoqli qismini ÖzR FA Özbek tili, adabiyoti va folklori institutining Folklor arxivida saqlanayotgan ertaklar taşkil etadi, – deydi professor Mamatqul Jörayev. – Ikki jildli kitobda mingdan ortiq özbek xalq sehrli ertaklarining matniy tahlili, tarjimasi, ilmiy tadqiqi va tipizatsiyasi amalga oşirilgan; 145 syujet tiplari aniqlanib, özbek hamda jahon ertakşunosligi manbalari asosida ilmiy şarhlar bilan tasdiqlandi. Tadqiqotlar natijasida Yevropa xalqlari folkloridagi ayrim ertaklar syujetining ildizlari Markaziy Osiyo folkloriga, ajdodlarimizning qadimiy ertakçilik anʼanalariga borib taqalişi maʼlum böldi. Mazkur yirik ilmiy asar hozirgi zamon jahon folkloristikasining eng yangi nazariy konsepsiyalari va terminologiyasi asosida şu paytgaça maxsus örganilmagan va epik syujetlarning xalqaro kataloglariga kiritilmagan özbek xalq sehrli ertaklarini yaxlit badiiy tizim sifatida tahlil qilgani, şuningdek, Markaziy Osiyo mintaqasida şu yönalişda amalga oşirilgan ilk tadqiqot ekani bilan ham alohida ahamiyatga egadir. Bu ilmiy tipologik katalog sehrli ertaklarning milliy öziga xosligi va badiiy xususiyatlarini jahon miqyosida keng tarğib etiş orqali özbek xalqi poetik tafakkurining ğoyat yuksakligini namoyiş qiladi.

Folklorşunos va tarjimonlarimiz oldida yana bir katta dovon turibdi. “Özbek xalq sehrli ertaklar katalogi” ona tilimizga mahorat bilan ögirilib, kitob holida naşr etilsa, xazina kalitlari egasiga qaytarilgandek savobli işga qöl urilgan bölur edi.

Farrux JABBOROV

1985-yili tuğilgan. Özbekiston davlat jahon tillari universiteti  hamda Özbekiston Milliy universitetini tamomlagan. “Men qaytib kelaman” (Toğay Murod zamondoşlari xotirasida) kitobi, “Oltin köprik” yoş ijodkorlar töplamini naşrga tayyorlaşda iştirok etgan. Hikoyalari matbuot va töplamlarda çop etilgan.

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (147)