Ivan Ayvazovskiy umri davomida 6 mingdan ziyod kartinalar yaratgan. Ularning aksarida bezovta dengiz tasviri bor. Rus davlat muzeyiga sayohat qilgan rascomning har qanday muxlisi şubhasiz bir kartina oldida taqqa töxtaydi: “Töqqizinçi tölqin”.
Dengizçilar bilan köp bora suhbatda bölgan rassom har gal “töqqizinçi tölqin” haqida gap ketsa, ularning közlarida qörquv va sarosimani körar edi. Afsonalarga köra, töqqizinçi tölqin öta qutirgan va şafqatsiz bölib, hayot bilan vidolaşuv pallasini anglatar ekan.
Mavjlarning jilolanişiga mehr qöygan rassom dengiz sayohatlariga ham otlanadi. Bir gal uning kemasi halokatga uçraganida, ommaviy naşrlar rassomning vafoti haqida ham yozib bölişgan edi.
Musavvir 33 yoşida hayot va ölim orasidagi muqarrar manzarani çizişga erişdi.
Kartinada tungi kema halokatidan keyingi otayotgan tong, dengizning pörtana tölqinlari bilan inson irodasining yuzma-yuz kelişi tasvirlangan. Halokatdan omon qolgan şarqlik kişilar kemaning siniq maçtasiga osilib jon saqlamoqda.
Oldinda “Töqqizinçi tölqin” turibdi. Ular omon qoladimi, yöqmi, bunisi musavvirga-da qoronğu. Ammo şunisi aniqki, inson har qanday çorasiz köringan xatarni ham yengib ötişga harakat qilişi lozim.
Kartinada avzoyi buzuq osmon burjidan quyoşning tillarang nurlari yorib çiqayotgani bejiz emas. Göyo fojianing quyuq böyoqlari içra umid şuʼlalari bodrab çiqmoqda. Bu öquvçi qalbida tiriklikka, hayotga bölgan doimiy talpinişni uyğotadi.
“Töqqizinçi tölqin” millionlab insonlar qalbida har doim kuraşib yaşaşga bölgan iştiyoqni oşira olgani bilan qimmatlidir.
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida

