Buyuk qozoq şoiri va mutafakkirining hikmatlaridan
Yaxşilikni bilganga qayiş, noşukurga qayişmoq qadrni yerga urmoqdir.
* * *
Mard köp sörasa ham ozga rozi böladi, nomard oz söraydi, ortiqça bersang ham rozi bölmaydi.
* * *
Yomon döst soyaga öxşaydi.
Peşonangga kun tuğsa, qoçib qutula olmaysan, boşingda bulut töplansa, izlab topa olmaysan.
* * *
Dösti yöq bilan sirlaş, dösti köp bilan siylaş. Qayğusizdan uzoq qoç, qayğuliga quçoq oç.
* * *
Yurakning maslahatiga amal qilib gapirilganda gap yolğon çiqmaydi. Yurakning aytganiga kirmay, nafsning buyurganini qilsang, sözsiz adaşasan.
* * *
Körgan narsangga qiziqaversang: yo birovning örinli, yo birovning örinsiz gapiga işonib ketsang, yoki töğri kelgan narsalarga köngil qöyaversang – feʼl-atvoringning buzilib ketişi heç gap emas.
* * *
Faqat özing uçun mehnat qilsang, öz qorni ğamida ötlagan hayvonlardan biri bölasan, insoniyat ravnaqi uçun mehnat qilsang, Allohning sevimli bandalaridan biri bölasan.
* * *
Dunyo
– ulkan ummon.
Vaqt
– töxtamay yelayotgan şamol. Oldindagi tölqinlar – avlodlar, orqadagi tölqinlar – ajdodlar. Ularning davomiyligida abadiy hayot yaşaydi.
* * *
Bahs – bu ham aslida ilm örganişning bir yöli. Biroq unga ortiqça hirs qöyiş yaramaydi. Çunki bahsga ortiqça hirs qöyişdan mağrurlik, maqtançoqlik, xusumat, yolğonçilik, hatto arzimagan narsadan janjal çiqariş va birovga muşt kötariş kabi yomon fazilatlar tuğiladi.
* * *
Töq tilançi – odamning şaytoni,
Ilmsiz söfi – möltoni.
* * *
Xudoga ham, bandasiga ham xuş kelmaydigan, or-nomusni oyoqosti qiladigan işlardan özini sof tuta olmaydigan, behuda maqtovlarga uçadigan, özining qilayotgan işini özi sezmaydigan yigitni yaxşi yigit deb böladimi? Satqayi yaxşi yigit ketsin u!
* * *
Agarda sen ham aqlli kişilarning safida bölging kelsa, har kuni bir marta, yo haftada bir marta, heç bölmasa oyda bir marta özingga özing hisob ber!
* * *
Iş vaqtida ayyor, oş vaqtida tayyor bölib, sirting yaltirab, içing qaltirab yurib, tirikman degandan köra,
Xudo yuborgan halol ölim ming marta afzal.
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


