Badoiʼ ul-vaqoiʼ
Kun va Tun qisqarib qoldi, soat millari kundan kunga tezlaşib bormoqda göyo. Uç sahifa maqola yoziş uçun bir kun kamlik qilayotir. Qadimda toş, jez asri ibtidoiy odami voqealarni boşqargan bölsa, endi aksinçadir. Bu holat ular bilan rivojlangan bizning davr odamlari örtasidagi farqni aniq körsatadi. Hatto, eng yaroqsiz, heç narsaga arzimaydigan kiçkina voqea ham bugungi davr kişisini osonlik bilan öz yöriğiga solib, haydab ketmoqda.
Şiddat, tezlik, keskinlik yetmaganday, hayotimizning boşqa tarafida ulkan böşliqlar paydo bölgan. U tobora, soat sayin kattalaşib borayotir.
Böşliqlar… Dostonlar, ertaklar, ilm, til, özlikdan ajralib, yiroqlaşdik. Özimizga özimiz begonalaşdik. Abu Rayhon Beruniy nomidagi Şarqşunoslik instituti xazinasida yetmiş ming jildga yaqin qölyozma va toşbosma kitoblar yiğilgan. Ajdodlarimiz ming yilliklar davomida töplagan hayot hikmatlari, kuraş tajribalari, tiriklik mazmuniga tegişli xabarlar ularda jamlangan. Ular Millat va Kitoblar begonalaşuvi guvohlaridir. Ular asriy mahbuslardir… Ular içkarida, biz taşqarida. Bugun bizni sarosimaga solib qöyayotgan Böşliqlar şu begonalaşuv ortidan keladi.
Deylik, Zahiriddin Muhammad Boburning “Boburnoma” yo Mirza Muhammad Haydarning “Tarixi Raşidiy” asarlarini öqisangiz, öşa böşliqning kiçrayişi, qanday torayib borayotganini köriş imkoniga ega bölasiz. Vujudda tiriklik epkini esa boşlagani seziladi. Söz borayotgan qölyozmalar xazinasida saqlanayotgan kitoblarning barçasi şunday epkinni boşlab keladi. Baʼzilari iforlarga tölib-toşgan sarin yellarni keltiradi, ayrimlarida tiğli, közni yoşlatuvçi ötkir hidli epkin esadi.
Mazkur sahifadan joy olayotgan bu galgi qisqagina axborot yana bir qölyozma – “Badoiʼ ul-vaqoiʼ” (Nodir voqealar) asari haqidadir.
Muallifi: Zayniddin Mahmud ibn Abdujalil Vosifiy 1485-yili Hirotda, munşiy oilasida tuğilgan. Şohrux mirzo madrasasida turk, arab, fors tillari va adabiyot, fiqh kabi fanlarni katta iştiyoq bilan örganadi. Yoşligidayoq Navoiy bilan yaxşi taniş edi, Hirot adabiy muhitida faol iştirok etgan. U maktub, ariza, hikoya kabi nasriy ijod turlarida benazir bölib yetişadi. Asarlarida sajʼ usulini mohirona qöllaydi. Muammo sanʼatida erişgan muvaffaqiyatlarini hazrat Navoiy yuksak baholaydi.
U zör iqtidori va yetuk ilmi tufayli ijtimoiy hayotda yuqori maqomlarga kötariladi, Husayn Boyqaro xonadoniga yaqinlaşadi, kotiblik vazifasida xizmat qiladi.
XVI asr boşlarida şayboniylar hokimiyatni qölga kiritadi. Siyosiy kuraşlar kuçayib, Şoh Ismoil taʼqibidan panoh topiş maqsadida Vosifiy Turonga ketadi. U 1512-yildan Samarqand, Buxoro, Farkat (Parkent), Toşkentda yaşaydi. Keldi Muhammadxon (Sulton Muhammad) 1518-yili uni Şohruxiyaga çaqirib oladi. Vosifiy 1525-yili Toşkentga kelib, muqim yaşab qoladi. Uni şayboniy hukmdorlar juda hurmat qilar va öz davralariga tez-tez çorlab turardi. Baroqxon nomi bilan şuhrat qozongan Navröz Ahmadxon (Robia bibi orqali Mirzo Uluğbek nabiralaridan) uni 1540-yili saroyiga çaqirib oladi va zimmasiga devon işlarini yuritişdek masʼuliyatli vazifa yuklaydi. Vosifiy 1566-yili Toşkentda vafot etadi. Imom Qaffol Şoşiy maqbarasiga kirişda, eşikning öng tarafiga dafn qilinadi. Bu fayzli dargoh hozir ham ziyoratçilar bilan gavjumdir.
Asarning ahamiyati: “Badoiʼ ul-vaqoiʼ” asari XX asrga qadar juda maşhur bölgan. Dunyoning bir qança kutubxonalarida uning önlab nusxalari saqlanayotgani şundan darak beradi. Şarqşunoslik instituti qölyozmalar xazinasining birgina asosiy bölimida (fond) bu asarning 5061, 1440, 3392, 1320, 8585, 1843, 2129 kabi raqamlar va yana 15 nusxasi saqlanadi.
Bu asarda XV asr oxiri va XVI asr boşlarida Movarounnahr va Xurosonda keçgan tarixiy-siyosiy voqealar töğrisida qimmatli va muhim maʼlumotlar beriladi. Voqea-hodisalarning köpçiligida muallifning özi iştirok etgan. U 1528-yili şayboniylarning Xurosonga yurişida ham qatnaşadi. Bu voqealarda Keldi Muhammadxonga hamrohlik qilgan.
Asar öziga xos uslubda yozilgan, qariyb barça satrlarda muallif iştiroki bilinib turadi. Unda Turon va Eron hududida 1532-yilga qadar mavjud bölgan madaniy-maʼrifiy, ilmiy, adabiy hayot, tarixiy hodisalar qiziqarli hikoya qilinadi.
Alişer Navoiy, Abu Ali Ibn Sino, Mirzo Uluğbek, Abdurahmon Jomiy singari uluğlar hayotiga oid ğaroyib hikoyalar keltiriladi. Bu asarga öziga xos badiiy tus bergan. Satrlarda muallif erkinligi va albatta, mahorati aks etib turadi. Bu xususiyatlar öquvçiga ham köçib ötadi. Bunday örinlarda “Nodir voqealar” özini aniq körsatadi. Asarda Ustod Hasan Udiy, Qosim Ali Qonuniy, Çaqar, Çangiy kabi musiqaşunoslar; Şayx Muhammad Sodiq Langariy, Hofiz Basir, Hofiz Merosiy singari xuşovoz hofizlar iştirokidagi voqealar ajoyib tarzda keltiriladi.
Vosifiy kitobida Keldi Muhammadxon, Baroqxon, Ubaydullaxon va şayboniylarning boşqa vakillari töğrisida ham qimmatli maʼlumotlar yozib qoldirgan. Toşkent, Samarqand, Buxoro, Şahrisabz, Qarşi viloyatlarida sodir bölgan siyosiy voqealar, qizğin adabiy jarayonlar voqealari, maşhur meʼmorlar, rassomlar va xattotlarga oid hikoyalar asar mazmunini boyitadi. Bu işlarning barçasini muallif özi istagani va öylaganidek amalga oşirgan.
Xazinada saqlanayotgan №3344 raqamli qölyozma uning özbek tiliga “Nodir hikoyalar” nomi bilan tarjima qilingan nusxasidir. Qattiq muqovali, mahalliy qoğozga nastaʼliq xatida yozilgan, 548 varaq. Ollohqulixon davrida (1825–1842) Xorazmda Dilovarxoja asarni özbek tiliga tarjima qilgan. Uşbu nusxa hijriy 1245-yili rabi ul-avvalning törtinçi kuni (1829-yil 3-sentyabr) köçirilgan, yaxşi saqlangan.
Kartotekada körsatilişiça, №7431 nusxa Muhammad Amin töra ibn şahzoda Sayyid Ahmad tomonidan tarjima qilingan. Mazkur nusxa 210 varaq, hijriy 1336-yili (1917-1918) köçirilgan.
“Badoiʼ ul-vaqoiʼ” köplab tadqiqotçilar eʼtiborini tortgan. A.Boldirev 1961-yili Moskvada uning ikki jilddan iborat tanqidiy matnini naşr ettiradi. B.Dorn,
V.Bartold, Yakubovskiy, Bertels, S. Ayniy kabi olimlar bu asardan tadqiqotlarida foydalanişgan.
Naim Norqulov bu asarni özbek tiliga tarjima qilib, 1979-yili “Nodir voqealar” nomi bilan naşr ettirgan. Hozir bu naşr nusxasi topib foydalaniş ança muşkul. “Badoiʼ ul-vaqoiʼ” asari bugun yurt madaniyati va maʼnaviyati maummosi ustida boş qotirayotgan har bir ziyoli, uning ötmişiga qiziqqan barça öquvçilar kutubxonasida turişi zarur bölgan kitobdir.
Lamahot
Muallifi: Muhammad Olim as-Siddiqiy al-Aʼlaviy, otasi Muhammad Mömin şayx yassaviya tariqati vakili edi. XVI asrning ikkinçi yarmi va XVII asrning birinçi yarmida yaşagan. Samarqand madrasalarida taʼlim olgan. Tariqat ilmini otasidan örgangan. U “Lamahot” kitobini hijriy 1032-yili (1623) yozib tugatadi.
Asarning ahamiyati: Qölyozmalar xazinasi asosiy bölimida ikkita nusxasi saqlanadi. №10567 raqamli nusxa, forsiyda yozilgan, qattiq muqovali, mahalliy qoğozga nastaʼliq xatida köçirilgan, 164 varaq.
№10715-6 raqamli nusxa, 25 varaq (66-91), tili forsiy, mahalliy qoğozga nastaʼliq yozuvida köçirilgan. Asar matni oxirigaça yetmagan.
№10567 raqamli nusxa anʼanaviy yaratganga qutlovlar bilan boşlanadi. U ikki “maqsad”dan taşkil topgan. Birinçi maqsadda Qurʼon oyatlari, hadislar va rivoyatlar şarhlanadi hamda sasli (jahriy) zikr mohiyati yoritiladi.
Bu nusxada ikkinçi maqsad alohida ajratib körsatilmagan, mazmuniga köra, 45-varaqdan boşlanadi. Unda mazkur tariqat asosçisi oriflar sultoni Xoja Ahmad Yassaviy va undan muallifga qadar davom etgan silsilaning taniqli vakillari hayoti, ularda sodir bölgan hol (lamahot) va kaşflar (varadot) bayon qilinadi, hikmatli sözlaridan ibratli namunalar beriladi. Bu silsilada Hakim ota, Zangi ota, Sadr ota, Yamin (Olamin) bobo, Şayx Ali şayx, Şayx Mavdud, Şayx Xodim, Şayx Jamoliddin, Şayx Xudoydod Vali, Qosim şayx, Pirim şayx kabi yurt uluğlari turmuş tarziga oid qiziqarli maʼlumotlar yiğilgan. Ularning barçasi maʼrifat ahlidan edi. Ular jamiyatda ezgulik, axloq tarbiyasi, qalbni yovuzlikdan himoya qiluvçi tolmas kuraşçilar edi. Jamiyat maʼnaviyatida bugun biz duç kelib turgan böşliqlar paydo bölişiga yöl qöymaslik ular hayotining mazmuni edi.
“Lamahot” asari öşa zamon kişilari örtasida maşhur bölgan va keng tarqalgan, hozir ham odamlar qölida uning nusxalari saqlanadi. Şörolar davrida bu turkumdagi asarlar tadqiqotçilar eʼtiboridan çetda qolgan. Bugun mamlakatda tarixiy obidalar taʼmirlanmoqda, ziyoratgohlar obod qilinayotir, madaniy yodgorliklarni körişni istovçilar soni ortmoqda. Bu turkumdagi asarlar keluvçiga ziyorat maʼrifatini beradi, maqsadi-mazmunini kengaytiradi.
* * *
Bugunga qadar “Boburnoma”, “Tarixi Raşidiy” asarlari bir neça marta naşr qilindi. Har safar naşr mukammaligini oşirişga harakat qilinayotir. Yuqorida söz yuritilgan ikki asar naşri va tarğibi esa havas qiladigan emas… Holbuki, ularning sahifalarida qalb qoronğuliklarini yoritadigan Sözlar, xatarli böşliqlarni töldiradigan xabarlar bor. Bu asarlarda XVI–XVII asrlarda ajdodlarimizning özlaridan oldingi ötmiş, öz davrlaridagi maʼnaviy hayotga munosabati jonli tarzda namoyon böladi.
Bugun hayotimizda bu kitoblarga havo, suv, non kabi ehtiyoj, zarurat sezilayotir. Ular faqat sayyohlikning ziyorat yönalişini rivojlantiriş, mablağ töplaş uçun kerak bölib qolgani yöq. Bu asarlar çop qilinsa va bugungi kişilar xonadoniga yetkazilsa, ular bizni telefon va kompyuter içkarisidagi “qora öra”ga qulaşimizdan asraydiganlar qatoriga qöşiladi. Hali ular çop qilinişi uçun oldimizda tarjima va tabdilning uzoq hamda maşaqqatli yöli turibdi. Bu hududning özi katta bir muammodir. Bu işimizda faqat ungaça yetib kelişga urinyapmiz.
Abdusattor JUMANAZAR,
Abu Rayhon Beruniy nomidagi şarqşunoslik instituti katta ilmiy xodimi
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida

