5 daqiqada öqiladi

614 marta körilgan

Attorşunos olmon olimi

Hamişa afsonaviy bölib kelgan Şarq tafakkuri, jumladan badiiy adabiyoti Yevropa xalqlarini maftun etib kelgani sir emas. Şarq adabiyoti daholarining yuksak adabiy-ilmiy merosi Ğarb olimlarini ğaroyib tadqiqot materiallari bilan taʼminlab turgani, şoir va yozuvçilarni esa gözal badiiy ğoyalari bilan ilhomlantirib kelgani ham ayni haqiqatdir. Uluğ mutaffakir, yirik mutasavvif şoir Fariduddin Abduhomid Muhammad Ibn Abu Bakr Ibrohim Attorning nomi va maʼnaviy merosi ham yevropaliklarda katta qiziqiş uyğotgan. Attorning hayoti, ijodi va qaraşlarini tahlil hamda tadqiq etiş yölida Yevropada köplab ilmiy izlanişlar amalga oşirildi. Ular orasida Attor ijodini birinçilardan bölib örgangan va jiddiy şuğullangan olmon olimi Helmut Ritter (1892-1971 ) faoliyati alohida örin tutadi. U Fariduddin Attorning “Ilohiynoma” asari qölyozma nusxalarini katta zahmatlar bilan yiğdi hamda tadqiqotçilar uçun öziga xos yöl va keng imkoniyatlar oçib berdi. Jumladan, olim asar qölyozmalari orasida eng mötabar beş nusxasini aniqlab berdi, ulardagi xatoliklar va nuqsonlarni tasʼhih etib asarning ilmiy-tanqidiy matnini tayyorlaş ustida eʼtirofga loyiq tadqiqot olib bordi.

“Ilohiynoma”ning Istanbuldagi Sulton Muhammad Fotih kutubxonasida 3674 raqami ostida saqlanuvçi qulyozma “F” harfi bilan belgilab olinadi. U hijriy 729-yili yozib Muhammad Ibn Muhammad Al-Kamol tomonidan nasx xatida köçirilgan. Qölyozma betlari notöğri tartibda raqamlangan. 195 raqamidan 2 marta foydalanilgan. Har bir beti 16 misrani öz içiga oladi. Unçalik çiroyli bölmagan Şarqiy nasxda yozilgan. 131- va 139-betlari almaştirilgani uçun biroz sifati yomonlaşgan.

 Asarning Londondagi India office qölyozmalar xazinasida saqlanayotgan 2684 raqamli nusxasi “I” harfi bilan belgilab olinadi. Bu nusxa majmua tarkibida bölib, Muhammad Hoji Ibn Bobo Hoji tomonidan 807 hijriy yilda köçirilgan kitobning 196-b va 278-a varaqlarini işğol qilgan. Uç ustunli. Misralar taşqi tomondan ramkaga olingan. U ham Şarqiy nasx xatida yozilgan bölib, baʼzi harflarning istifodasida farqlar bor. Xususan, p harfi forsça “pe” orqali, ç harfi esa forsça “jim” orqali ifodalanilişini, şuningdek, “dol” harfining nuqtasiz şaklidan foydalanilişi Ritter tomonidan taʼkidlanadi.

British muzeum kutubxonasida saqlanayotgan 27261 raqamli nusxa “B” harfi bilan belgilanadi. Qölyozma Temuriy Jaloliddin Iskandar Ibn Umar Şayxning kutubxonasi uçun 813 hijriy yilda köçirilgan. Bu qölyozma ham majmua tarkibida bölib, nusxaning 3-b – 112-a betlarida keltirilgan. Ritter Nizomiyning “Haft paykar” dostoni tanqidiy matnini ham ana şu nusxa asosida tayyorlagan edi. U ham kiçik latif nasx xatida öşa davrning anʼanalariga mos did bilan köçirilgan. Unda “dol” harfi unlilardan söng nuqtali kelişi aniqlangan. Uning muqovalari notöğri tartibda biriktirilgan. Masalan, 98-betdagi jumlalar 108-betda davom ettirilgan. Qölyozmani yozgan kotib özining yozganlariga köp marta qaytadan eʼtibor qaratgan. Dostonning butun bir qismini ikki martta qayta köçirgan, ammo u tezda özining xatosini sezgan. Misralar hamma tomondan ramkaga olingan. Yozuvi kiçkina çiroyli nasxda yozilgan.

Ayo Sofiya kutubxonasida 4792 raqami ostida saqlanuvçi nusxa hijriy 816-yili Şerozda Asad Ibn Muhammad Al-Kotib tomonidan köçirilgan. U “A”harfi bilan belgilanadi. Nafis majmua tarkibidan örin olgan. “Ilohiynoma” 209-a – 555-a sahifalarda köçirilgan. Unda ham “dol” harfining unlilardan söng nuqtali kelişi körsatib ötilgan. Bu qölyozma Temuriy Iskandar kutubxonasiga tegişli bölgan bölişi ham mumkin. Çunki ikkala qölyozma yozuvlari bir biriga öxşaş. Bu qölyozmada ham p harfi forsça “pe” orqali “ç” harfi forsça “jim” orqali ifodalangan. Ikkala qölyozma misralari öxşaş bölsa-da, u bu qölyozma ramkaga olinmagan.

Istanbuldagi Sulton Muhammad Fotih kutubxonasida 3673 raqam bilan saqlanuvçi yana bir nusxasi “M” harfi bilan belgilanadi. U 227 varaq nastaliq xatida hijriy 863-yilda köçirildi. “Ilohiynoma”ning ilmiy-tanqidiy matni 1940-yili Istanbulda naşr etildi. Naşr olmonça va forsça kattagina sözboşi va boşqa ilmiy körsatkiçlar bilan taʼminlangan. Olim Helmut Ritter “Ğ” 3674 sonli qölyozma haqida mulohaza yuritib, quyidagilarni bildirib ötgan: qölyozmaning 1 – 21-betlari nisbatan yangiroq köçirma. Asarning kiriş qismi Abu Bakrning maqtovi bilan boşlanadi, buni asarning oxirida ham kuzatiş mumkin. Bu qölyozma kiriş qismi ança kengroq, “V” Britaniyada saqlanayotgan qölyozmada esa kiriş qismi ança qisqa. Şuningdek, izohlar örin olgan. Helmut Ritter qölyozmalarning har bir sahifasidagi farqlarni bir-biri bilan soliştirib çiqdi. U “Ilohiynoma” asari mazmuni olmon öquvçilariga tuşunarli bölişi uçun uning titul varağiga “Xalifaning olti öğli bilan suhbati” deb yozib qöyadi.

“Ilohiynoma” şoirning tasavvufiy qaraşlarini şarhlaşga bağişlangan asar. Helmut Ritter asar ustida fikr yuritib, Attor şeʼriyatning barça sirlarini yaxşi biladigan sanʼatkor ustoz, uning asarlaridagi kiçik hajmli rivoyatlarga tasavvufga xos maʼno va mazmunlarni juda katta mahorat bilan singdira olganini taʼkidlaydi.

Ritter öz ilmiy faoliyatida ingliz olimi Rinald Nikolsonning tajribalariga tayanganini taʼkidlaydi. Rinald Nikolson ham şarq adabiyoti bilan juda qiziqib qolgan olimlardan. Ayniqsa, u amalga oşirgan işlar orasida Jaloliddin Rumiyning “Masnaviy” asari tarjimasi va şarhi alohida örin tutadi. Olim umrining katta qismini “Masnaviy” asari ilmiy-tanqidiy matnini yaratişga sarflagan. Nikolson Rumiy vafotidan söng “Masnaviy”ning uzoq yillar davomida köçirilgan va muzeylarda saqlanayotgan qölyozma nusxalarini soliştirib, bu asarning ilmiy-tanqidiy matnini yaratdi. Şuningdek, u Attorning “Tazkirat ul-avliyo” asari ustida amalga oşirgan tekstologik işlarini ham naşr ettirgan edi. Helmut Ritter Nikolsonning bu ilmiy-tanqidiy matnlar ustida ulkan saʼy-harakatlar olib borganini, öziga xos matnşunoslik namunalarini joriy qilganini va ulardan özi ham foydalanganini alohida taʼkidlaydi.

Albatta, Şayx Attor tasavvuf ilmi tarixida şubhasiz katta örin tutgan va uning keng yoyilişiga ulkan hissa qöşgan buyuk siymolardan biridir. Uning serqirra va boy ijodi ilohiy maʼrifat ğoyalarning nodir xazinasi bölib xizmat qiladi. Olmon şarqşunos olimi Helmut Ritterning izlanişlari, haqiqatan, tahsinga sazovordir. Bu izlanişlar köplab olimlarni ham qiziqtirib qöydi. Attorning maʼnaviy merosini buyuk bir ummon sifatida baholab, unga çuqur şönğiş juda köp qimmatli javohirotlarni topiş mumkinligini Retterga izdoş olimlar isbot qildilar. Ular Attor asarlaridagi sabr-toqat orqali haqqa, haqiqatga yetiş ğoyasi bilan boğliq köpgina falsafiy mulohazalar va ibratli hikoyatlarni ham tadqiq etganlar.  Bir neça Yevropa olimlari şarq mutafakkirlari asarlarining öquvçilar qöliga yetib borişida qilgan xizmatlari tahsinga loyiq. Helmut Ritterning mazkur tadqiqoti ham katta fundamental iş sifatida matnşunoslik va manbaşunoslik ilmiga ulkan hissa qöşdi, desak xato qilmaymiz. Bu işni örganiş özbek matnşunosligiga ham maktab vazifasini ötaydi.

Dilşodjon Tangriyev

1992-yili tuğilgan.

Qarşi davlat universitetining xorijiy tillar fakulteti talabasi.

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (147)