10 daqiqada öqiladi

3 545 marta körilgan

Tarixda Navoiy siymosi

Uluğ insonlarning qiyofasi, feʼl-atvori va hayotiga qiziqiş har doim ham kuçli bölgan. Jumladan, Alişer Navoiy siymosiga. U zotning surati aks etgan bir neça miniatyura maʼlum. Biri XV asr oxirroqlariga mansub, Mahmud Muzahhib işlagan maşhur rasm. Yana birini biroz keyinroq nomaʼlum rassom çizgan, Navoiy va yoş şahzoda surati. Mahmud miniatyurasida şoir bor böyi bilan, biroz egilibroq, uzun hassaga tayangan holda aks etgan bölib, Behzod maktabiga xos nozik çizgilar va tasvir mahorati bilan ajralib turadi. Navoiyning donişmandlik barq urib turgan çehrasi, çuqur maʼnoli nigohi bir qaragandayoq kişini öziga jalb etadi.

Unda zohiriy uluğvorlik bilan uyğun botiniy sokinlik, yuksak axloqiy intizom, oqillik, mukammal hayotiy tajriba va daho ijodkorga xos salohiyat nuri ajib bir nimtabassum orqali namoyon bölgan. Uşbu suratning haqiqatga yaqinligini yozma manbalar töla tasdiqlaydi.

XX asrgaça Navoiy haqida yozilgan ana şunday asarlar borasida töxtalsak. Bular: 1) maxsus Navoiyga bağişlangan asarlar; 2) doston va tarixiy asarlarda Navoiyga bağişlangan bob yoki örinlar; 3) tazkira va ilmiy asarlar.    

Birinçi toifadagi asarlarga misol qilib Ğiyosiddin Humomiddin Xondamir (1475–1535) qalamiga mansub “Makorim ul-axloq” (Olijanob sifatlar) asarini keltiriş örinlidir. Asar Navoiy hayoti, ijodiy merosi, ijtimoiy-siyosiy va homiylik faoliyati haqida birmunça batafsil maʼlumot beruvçi manbadir. Muallif uni yozişni hali Navoiy hayotlik çoğda (1500-yil) boşlagan. Biroq uluğ şoirning bevaqt vafoti tufayli öziga taqdim etolmagan. Navoiy kutubxonasida işlagan Xondamir şoir umrining oxirgi yillarida u bilan köp birga bölgan, hatto, jon taslim etayotgan çoğda ham hozir edi. Betak­ror daho insonning vafoti esa yoş tarixçini çuqur qayğuga soladi va bir qança vaqt qöli işga bormay yuradi. Faqat Sulton Husayn Boyqaroning talabi bilangina uşbu asarni tugatib, unga taqdim etadi.

Asar muqaddima, ön maqsad (bob) va xotimadan iborat. Ularda Navoiy tavalludidan vafotiga qadar bölgan voqealar lönda va gözal tarzda bayon etilgan. Şoirning yuksak axloqiy fazilatlariga aniq misollar keltirilgan. Bu haqda töxtaliş ortiqça. Çunki asarning özbekça tarjimasi bir neça bor çop etilgan (1940, 1949, 1967, 2015). Akademik Izzat Sulton taʼrifi bilan aytganda: “Makorimul-axloq”da Navoiyning biografiyasi emas, balki uning tarixi, feʼl-atvori masalasi birinçi örinda turadi.

Sulton Husayn mirzoning ham Navoiyga maxsus bağişlangan “Risola”si mavjud. Hajman qisqa, ammo Navoiy ijodiyoti haqida juda muhim maʼlumotlar keltirilgan bu asarda Husayn Boyqaro baland ohang va uslubda şoir asarlariga yuksak baho beradi. Taxminlarga köra, “Risola” Navoiy “Xamsa”ni yozib tugatgan vaqtda – 1485-yili yaratilgan. Husayn Boyqaro şu asarida: “…Mir Alişer… turk tilining ölgan jasadiğa Masih anfosi bila ruh kiyurdi…” deya şoir ijodiga yuksak baho beradi. 

Navoiyga bağişlangan asarlar qatoriga alohida şeʼrlarni ham kiritiş mumkin. Misol uçun, Davlatşoh Samarqandiyning mulammaʼ (özbekça-forsça) qasidasi maʼlum. Navoiyning yaqin döstlaridan bölgan Mavlono Fasihiddin Sohibdoroning katta hajmli tarkibbandi ham bor. Uşbu şeʼrning har bayti birinçi misrasidan şoir tavallud tarixi (hijriy 844) va ikkinçi satridan esa vafot yili (hijriy 906) abjad hisobida kelib çiqadi. Uşbu tarkibband-taʼrixda Navoiydek zotning dunyoga kelişi qançalik xayrli va quvonç­­li bölgan esa, uning vafoti zamondoşlarini şunçalik çuqur ğam-ğussaga kömib ketgani taʼkid­lanadi. Yana Xondamir, Sulton Ibrohim Amoniy, Fasihiddin Muhammad Nizomiy Oxund, Kamoliddin Sulton Husayn, Mavlono Darviş Ali kabilarning ham şunday taʼrixlari maʼlum. “Tarixi tom” asarida muallifi nomaʼlum bir taʼrix keladi, unda hazrat Navoiy quyoşga öxşatiladi. Bir söz bilan aytganda, tarix ahli Navoiyni uluğvor va nurli siymo sifatida tasvirlaydi.

Miri xurşidsifat Mir Alişeri şahir,

Raxt ba bast çu zi-i zoviyai purmehnat.

Soli taʼrixi vay az manzili ö pörsidam:

Omad ovoz zi Firdavs, ki: “Jannat, jannat!”

Yaʼni: –

Quyoş sifatli maşhur (zot) Mir Alişer,

Bu azob töla dunyodan butunlay köçdi.

Taʼrix yili va manzilini sörasam,

Firdavs boğidan ovoz keldiki: “jannat, jannat”.

Bu örinda “jannat” sözining ikki marta kelişi abjad hisobida 906 ni – Navoiy vafot etgan hijriy yilni körsatadi.

Navoiyning mansabga tayinlanişi, Hirot va uning atrofida qurdirgan köplab inşootlari sanasi haqidagi taʼrixlar ham maʼlum. Mavlono Atoulloh Roziy va Amir Burhoniddin Navoiyning amirlik mansabiga tayin etilişi munosabati bilan, Mir Husayn Muammoiy, Darviş Ali tabib, Qozi Ixtiyoriddin, Mir Burhoniddin Atoulloh kabilar Navoiy qurdirgan madrasalar bitişi va u yerda dars berilişi munosabati bilan taʼrixlar aytganlar. Mir Atoulloh 1486-yili qurilgan bir madrasaga bağişlangan taʼrixida: “Çun madrasa soxt Mir bo ilmu adab…” deya taʼriflaydi. Haqiqatan, Navoiy nafaqat qurdirgan madrasayu boşqa binolari tufayli, balki katta ilm va yuksak adabga sohibligi bilan ham hurmat qozongan edi.

Ikkinçi xil asarlar ham birmunça bölib, ular quyidagilardir:

Abdurahmon Jomiyning “Fotihat uş-şabob” devoni, “Layli va Majnun” va “Haft paykar” dostonlarida Navoiyga maqtovli taʼriflar berilib, ijodiy dahosi yuksak baholangan.

XV-XVI asrlar tarixini aks ettiruvçi muhim tarixiy asarlarda ham Alişer Navoiy hayoti, ayniqsa, siyosiy arbob sifatidagi faoliyatiga doir juda köplab muhim maʼlumotlar aks etgan. Jumladan, Muhammad ibn Xovandşoh Mirxond (1433–1498) özining “Ravzat us-safo fi siyar il-anbiyo val-muluk val-xulafo” (Nabiylar, maliklar va xalifalar tarjimayi holida soflik boği) asarida. Navoiyga xos fazilatlar qayd etilgan. Aslida, Mirxond uşbu maşhur asarini  Navoiyning maslahati va körsatmalari bilan yaratgan. Aynan unda Navoiyning “sohib tadbirligi”, Yodgor mirzoga qarşi “muhorabalardagi iştiroki”, amirlik mansabi, Astrobodga borişi, ukasi Darviş Alining isyoni, Badiuzzamon va Muzaffar mirzo örtasidagi kelişmovçiliklarni bartaraf etişi, Mömin mirzoning öldirilişi, hajga jönashi, ammo Maşhaddan Sulton Husayn çaqirtirib kelişi haqidagi tarixiy hodisalar zikr etilgan.

Mirxondning nabirasi Xondamir “Makorim ul-axloq”dan taşqari yana uçta tarixiy asarida Navoiyni birqança örinlarda yodga oladi. Xususan, olti oy (1499-yil) içida yozib tugallagan  ilk asari “Xulosat ul-axbor fi ahvol il-axyor” (Xayrli kişilar ahvolida jahon xabarlarining xulosasi)da Navoiy haqida juda muhim tarixiy hujjat va maʼlumotlarni keltiradi. Masalan, Hirotda Navoiy qurdirgan binolar, obod qilgan ziyoratgohlar, Navoiyga döst va uning himmatidan bahramand bölgan olim, şoir, xattot, sanʼatkor va boşqalar töğrisida.

Xondamir vazirlar haqidagi “Dastur ul-vuzaro” asarining bir neça sahifasida Navoiyning vazirlik maqomidagi yaxşi işlari va siyosiy faoliyatiga taʼriflar bersa, öz zamonasining eng muhim asarlaridan hisoblanadigan “Habib us-siyar”da Sulton Husayn davri tarixining juda köp örinlarida Navoiyni tilga oladi yoki u bilan boğliq tarixiy voqealarni hikoya qiladi. Bu asarning yana bir ahamiyatli jihati şundaki, Xondamir oldingi asarlarda yoritişni unutgan yoki kam töxtalgan Navoiy bilan boğliq voqea-hodisalarni batafsil keltiradi, uning tarixiy siymosiga aniqroq çizgilar tortadi. Bu asar yordamida Alişer Navoiy barça amalu mansablarga öz ixtiyori bilan kelmaganini, lekin ulardan isteʼfo berişda öz ixtiyori bilan yöl tutganini bilib olamiz. “Habib us-siyar”da keltirilişiça, Navoiy muhrdorlik lavozimidan “isteʼfoga çiqdi va amir Nizomiddin Şayx Ahmad Suxayliyni muhrdor etib tayinlaşni podşohdan iltimos qildi”. Sulton Husayn uning bu iltimosini qabul qiladi va hijriy 876-yilning şaʼbon oyida (1472-yil yanvari) Navoiyni yuqoriroq mansabga “devoni oliy amirligi”ga tayinlamoqçi böladi. Navoiy bu mansabni ham rad etib, vaj va sabab keltirsa-da, “hoqonning munosib xohişiga binoan devoni oliy amirligi mansabini egalladi”.

Bu örinda eʼtiborga molik muhim jihat – Navoiy tabiatidagi kamtarlik bölib, u mansablar sari intilişni emas, ezgulikka xizmat qilişni maqsad qilganiga urğu berilmoqda. Muallifning xolisligiga şubha qilmasa ham böladi. Negaki, Xondamir uşbu asarini 1515–1523-yillarda yozgan. Bu davrda Sulton Husayn saltanati tugagan edi. U tarixiy haqiqatni, uluğ şoirimizning tarixdagi bor böyini körsatişga intilgan.

Navoiyning yana ikki kiçik zamondoşi tarixiy asarlarida u haqida juda nodir va qiziqarli dalillarni keltirganlar. Zahiriddin Muhammad Boburning (1483–1530) “Boburnoma”si va Zayniddin Vosifiyning (1486–1566) “Badoye ul-vaqoye” asarida Navoiy xarakteri va şaxsiyatini oçuvçi, bir neça voqea va mulohazalar keltirilgan. Şunisi qiziqki, har ikki muallif ham Navoiyning noziktaʼbligi va oliy xulqi haqidagi örinlarga diqqat qiladi. Garçand “Badoye ul-vaqoye”dagi hikoyalar köproq badiiylik kasb etsa-da, hujjatlilik va tarixiylik ham aks etib turadi. Vosifiy “Amir Alişer mizoji nazokati va latofati”, atrof­dagilarga lutfu hazillari, Binoiy bilan munosabati va yana boşqalar haqida hikoya qiladi.

“Boburnoma”da esa hijriy 911 (milodiy 1505–1506) yil voqealari bayon etilar ekan, Sulton Husayn mirzo umarosi qatorida Navoiy ham tilga olinadi va muhim maʼlumotlar keltiriladi. Sahifalar oşa Alişer Navoiy turli voqealar munosabati bilan eslanadi. Bobur yozadi: “…Yana Alişerbek Navoiy edi, begi emas edi, balki musohibi edi, kiçikligida hammaktab ekandurlar…”.        

Bu örinda Navoiy Husayn Boyqaroga yaqinligi nuqtayi nazaridan  eslanyapti va Bobur eʼtiborni juda muhim jihatga qaratyapti. Yaʼni, podşohning har qanday umarosi yoki begi uning “musohibi” (suhbatdoşi) bölolmasligi va Navoiy unga şunday yaqin ekanligi, bu yaqinligi bolalikdan boşlanganini uqtirmoqda. Şundan söng Bobur yana bir asosli mulohazani beradi: “Xususiyat bisyor ekandur.” Eʼtibor qiling, Navoiy va Sulton Husayn köp xususda fikri bir joydan çiqadigan, öxşaşlik­lari bisyor döst ekan. Aynan şunday töxtamni heç bir tarixçi bermagan edi. Tarixiy asarlarning aksarida Navoiy juda maqtaladi va undagi ikki xususiyat – nozikmizojlik va tez ranjişga maxsus urğu berilardi. Bobur esa ana şu jihatlarga ham nuktadonlik bilan taʼrif topadi. Uning taʼkidlaşiça: “Alişerbekning mizoji nozukluk bilan maşhurdir. El nazokatini davlatining ğururidin tasavvur qilur edilar. Andoq emas ekandur, bu sifat anga jibilliy ekandur. Samarqandta ekanda ham uşmundoq nozuk mizoj ekandur…”.

Talqinga köra, xalq Navoiy tabiatidagi nozikmizojlik (nozik his-tuyğular, suhbatdoş va döstni çertib-çertib tanlaş, nafis va gözal narsalarni suyiş, tavoze, ozoda va sariştalik kabi) xususiyatini öta davlatmand va yuqori mansabga ega bölgani sababidan deb bilardi. Ammo unday emas ekan. Bu sifat u zotda tuğma. Çunki Samarqandda moddiy qiyinçilik bilan keçgan tört yil davomida ham xuddi şunday “nozuk mizoj ekandur”.

Navoiy şaxsiyatidagi öziga xos jihatlarni heç kim Boburçalik bu tarzda kaşf etib, bayon qilmagan edi. Umuman, Boburning Navoiyga munosabati, qaraşlari va talqini boşqalarnikidan realligi va keng qamrovliligi bilan ajralib turadi.

Boburning jiyani Muhammad Haydar mirzoning (1503–1551) “Tarixi Raşidiy” asarida “Mir Alişer zikrida” nomli parça mavjud. Biroq undagi maʼlumotlar boşqa asarlarni deyarli qaytaradi. Umuman olganda, keyingi tarixiy asarlarda birmunça takrorlar seziladi. Ammo unçalik maşhur bölmagan yana bir kitob borki, undagi ayrim dalillar yangiligi va qiziqarliligi bilan ajralib turadi. Bu asar Abdulmöminxon ibn Abdullaxon (1598-yili vafot etgan) qalamiga mansub “Tom ut-tavorix”dir. Professor A.Hayitmetovning aniqlaşiça, bu asarning uç sahifasida Navoiy hayoti bilan boğliq baʼzi muhim maʼlumotlar, jumladan, uning otasi, Samarqanddalik davri, Hirotga qaytişi, sönggi yozgan şeʼri va vafoti haqida maʼlumotlar bor. Misol uçun, unda taʼkidlanişiça, şoirning otasi Ğiyosiddin Kiçkina “bisyor saodatmand va nek (yaxşi) niyatlik”, olijanob kişi bölib, qölga tuşgan bandi(asir)larni, xun pulini öz yonidan tölab, ozod qilib yuborar ekan. Yana Navoiy vafot etişidan biroz oldin yozgan ğazalidan uç bayt keltiriladiki, bu şeʼr boşqa manbalarda uçramaydi. Uning maqtaʼsi:

Ey Navoiy, qil fido jonongakim jon, lof erur –

Oşiq özni işq daʼvosida maşhur aylamak.

Uçinçi xil asarlar, yaʼni tazkira va ilmiy asarlar ham birmunça. Tazkiralar – Davlatşoh Samarqandiyning (1435–1495) “Tazkirat uş-şuaro”, Faxriy Hiraviyning (1497–1559) “Ravzat us-salotin”, Hasanxoja Nisoriyning (1516–1597) “Muzakkiri ahbob”, Sodiqbek Sodiqiyning (1533–1610) “Majma ul-xavois”, Şarafiddin Roqimiyning (XVII asr) “Tarixi tom” asari kabilardir. Boburning “Aruz risolasi”da ham Navoiyning bir qança şeʼrlaridan keltiriladi, ayrim fikrlar bildiriladi. Ammo u sof ilmiy asar bölgani uçun Navoiy hayoti va şaxsiyatiga oid maʼlumotlar berilmagan. Tazkiralarda esa aksinça, Alişer Navoiy asosan şoir sifatida yod etiladi, asarlaridan ayrim namunalar keltiriladi. Şu bilan birga, şoir bilan boğliq baʼzi tarixiy voqea va hodisalarga ham işoralar beriladi, tahlil qilinadi.

Masalan, Davlatşoh öz tazkirasida Navoiyni şunday taʼriflaydi: “Oftobni taʼriflaş aql qisqaligidan nişona, toza muşk fazilati xususida qissani çöziş johillik alomatidir. Bu uluğ amirning maqbul işlari va qutluğ zikri rubʼi maskunning barça mamlakatlarida maʼlum, fazilatining dabdabasi va oliy himmatining kamoloti butun olamga yoyilgandir. Bu xususda nima deyilsa ham ibrat bölğusidur…”.

Tazkiralarning mualliflari Navoiy dahosi va şaxsiga bölgan yuksak ehtiromlarini turliça izhor etgan. Hasanxoja Nisoriy şoirni tuşda körgani, Navoiy undan şeʼrlaridan yod biliş-bilmasligini söragani, iltifot qilganini aytadi. Faxriy Hiraviy esa: “Amir Alişer – mağfiratpanohiy. Uning ahvolining şarhi şu qadar köpligidan bayon çegarasiga siğmaydi…” deydi.

Taʼkidlaş zarur, barça tazkiralarda Navoiy turkiy va forsiy şeʼriyatda mukammal asarlar yaratgani, tabiatining quvvati va qobiliyatining kengligini vasf etib tugatib bölmasligi taʼkidlanadi.

Demak, Navoiy siymosi nafaqat nazm quyoşi, balki insoniylik, olijanoblik, saxovatpeşalik va ilmu adab oftobi ölaroq tarix davomida ham tasavvurlarda şakllanib kelgan. Bu quyoş bizga, kelajak avlodlarga ham öz nurlarini saxiylik bilan soçaveradi.

Otabek Jöraboyev,

filologiya fanlari nomzodi, dotsent

1973-yili tuğilgan. Qöqon davlat pedagogika institutini tamomlagan.

Abdulqodir Giyloniy, Alişer Navoiy, Bobur, Fayziy, Xon, Fano, Qoriy, Haziniy, A.Qahhor asarlarini naşrga tayyorlagan. Monografiya, risola va yuzdan ziyod maqolasi çop etilgan. 

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (147)