173 marta körilgan

Barg yozib kökardim erta köklamda

Furqat Meli

QOR parçasi

jimirlaydi, uriladi.

Yor darçasi

qimirlaydi, suriladi.

Dardim aytdim,

sevişimni aytolmadim.

Ortga qaytdim,

bot ortimga qaytolmadim.

Qor parçasi

yuzlarimda erib dedi:

“Yor darçasi

senga imkon berib edi”.

YAPROQLARDA özgaça titroq,

Har tomçida ranglar, jilvalar.

Butun dunyo qizil, sariq, oq,

Ariq böyi. Xuşböy hilvalar.

Quyoş buzdi olam tinçini,

Gözal xabar olib keldi u.

Quyoş, ayt! Va ber sevinçini,

Aytgin, intizorim keldimi?

TUPROQ orasida yotgan uruğning

buyuk jimligini ayting, kim oldi?

Tim qora va mangu zulmat qöynida,

aniq, kimdir uni qiynoqqa soldi.

Öşa nomsiz bir kuç qobiğni yordi.

Muzlab yotgan yerdan kötarildi buğ.

Tuproqdan ajralib yaşil tiğ va tuğ,

Kökda yonib turgan olovni kördi.

GOHIDA izğirin, gohida yomğir,

gohida qor yoğar, quyoş tösilgan.

Işongan döstlarim ketdilar bir-bir.

Aytgin, bulutlarga nelar yozilgan?

Bunday nigoh bilan qarama menga,

közingda öt bölsin, umid va işonç.

Katta yurak bilan kirgin uyingga,

unda seni kutar şodlik va quvonç.

Men mana şu böz tuproqda tuğildim.

Barg yozib kökardim erta köklamda.

Kuzak şamolida duv-duv tökildim.

Tomir yer qaʼrida, boşim köklarda.

Qiş bilan yuzma-yuz turibman hozir,

sovuq igna sançar, biroz karaxtman.

Sen-çi, sen sanğima, bor, uyingga kir.

Men bahorni kutayotgan daraxtman.

YERGA yopişib yotgan bola

yulduzni orzulagani kabi

yulduzlar ham

yerda bölişni orzu qilarmikan?

Balki ular uçun biz osmondamiz.

Şundaymikan?

Orzudan va soğinçdan

paydo bölarmikan yulduzlar?

BIR tomon sahro esa, bir yon adir,

jon u yona, gohida bu yonadir,

bu holat ofatmi, rohat yo nadir?

Muruvvat qilgin vujudim yonadir,

bir nazar etsang tamoman qonadir

yoki sahro lolagun yo qon adir.

ULKAN dengizlarga qöşilsam dedim.

Tuproq qöyvormadi. Qotdim joyimda.

Yaproqman. Ilinib turibman hozir,

bir irmoq yugurib keldi poyimga.

Tomirlarim sezdi dengiz nafasin.

Zör quvvat yoyildi çanqoq tanamga.

Men eşitdim, axir, dengizning sasin,

gullar hadya etay endi onamga.

GÖZAL turmuş davom etardi,

hatto gözal edi böyindagi ilmoq,

unga şuning özi yetardi, biroq

paydo böldi yuvilmagan paypoq.

BU FASLNING yori köp, xuş tori köp,

ne ajabkim, ğunçasidin xori köp.

Ham ölikdir, ham tirikdir bori köp,

rohati köp, furqati köp ne balo?

Mubtalo böldim manam, ey mubtalo.

Bu faslning galdirar tölqinlari,

Mavjlarida yaltirar oltinlari.

Suv içinda kunga öxşar tunlari,

sehri köp, jodusi köpdir ne balo?

Mubtalo böldim manam, ey mubtalo.

Bu faslning yonida bezori köp,

köp tomoşa, köp öyin bozori köp.

Sanʼati köp, sarvati köp, mori köp,

Ne qiyomat, ne malohat, ne balo?

Mubtalo böldim manam, ey mubtalo.

Bu faslda töxtama, ey mubtalo.

Bu faslda yöq taʼma, ey mubtalo.

Bu aza, bu tantana, bu kar balo

rohati köp, furqati köp, bir balo.

Mubtalo böldim manam, ey mubtalo.

Furqat MELI

1972-yili tuğilgan. Toşkent davlat universiteti (hozirgi ÖzMU)ni tamomlagan.

"Vatanparvar" gazetasida faoliyat körsatadi

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (325)

Ayol

Yigitlar maktubin bitganda qondan,
Kelinlar firoqdan çekkanda yohu,
Uning ham panohi qaytmadi jangdan,
Ön töqqiz yoşida beva qoldi u.