Tahririyatdan: Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan soha xodimlaridan bir guruhi Özbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga köra mukofotlandilar. Ularning safida jurnalimiz bilan yaqindan hamkorlik qilib kelayotgan bir neça navqiron ijodkorlar bor. Xususan, Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi aʼzosi, şoir Nosirjon Jörayev, “Ziyouz.uz” veb-sayti boş muharriri Davronbek Tojialiyev, “Yoşlar ovozi” gazetasi boş muharriri örinbosari Nargiza Umarova, Farğona viloyati Uçköprik tumani hokimligi naşri – “Yangi Farğona” gazetasi boş muharriri Azizjon Ermatovni köriş mumkin.
Qadrli mualliflarimizning sohaga qöşayotgan hissalariga zafar, ijodiy izlanişlariga parvoz tilaymiz.
Amerika tarixida öziga xos örin qoldirgan prezidentlardan biri Avram Linkoln şunday degan ekan: “Menga bobomning kimligi emas, uning nabirasi qanday odam bölişi muhim”. Ota-bobolarimizning işlariga mahliyo böliş, ular bilan quruq faxrlaniş, “Biz buyuklar avlodimiz!” degan yuzaki hayqiriqlar kuçaygan sönggi paytlarda yuqoridagi gapning dolzarbligi ortadi.
Bu bilan biz ota-bobolardan yuz ögiriş, ularning hayotiga qiziqmaslik lozim, degan fikrdan mutlaqo yiroqmiz. Demoqçimizki, quruq faxrlaniş va hayqiriqlardan voz keçib, vatan, xalq, davlat bildirayotgan işonçni oqlaş yölida astoydil harakat qiliş kerak. Yurt kelajagi uçun vijdonan – bu farzandlik burçim, deb yaşaşimiz, mehnat qilişimiz lozim.
Ilm-fan va texnologiyalarning jadal rivojlanişi, har bir davlat va jamiyatning yuksalişi yoşlarning intellektual salohiyati, isteʼdodi va qobiliyatlariga boğliq. Zero, zamonaviy bilim va könikmalarga ega, mamlakatning munosib kelajagi uçun javobgarlikni öz zimmasiga ola biladigan barkamol, maqsadga intiluvçan va serğayrat yoşlarni tarbiyalaş mamlakatni barqaror va ildam rivojlantirişning eng muhim şartidir.
Davlatimiz rahbari nafaqat yurtimiz, balki butun dunyo yoşlarining ertasi, kelajak taqdiri xususida jon kuydirib, yuqori minbarlarda taklif bilan çiqmoqda. Jumladan, BMTning 72-sessiyasida BMTning Yoşlar huquqlari töğrisidagi xalqaro konvensiyasini işlab çiqişni taklif etilişi hamda Şanxay hamkorlik taşkiloti davlat rahbarlarining Yoşlarga qöşma murojaati qabul qilingani olamşumul ahamiyat kasb etişini butun dunyo eʼtirof qilmoqda. Xöş, bu masalada nega aynan Özbekiston taklif bilan çiqdi? Hozirgi globallaşuv zamonida qaysidir illat biror davlat içida qolib ketmayapti – sarhadlar oşib, keng yoyilmoqda. Heç bir davlat “özimizning yoşlarimizni tarbiyalasak bas, boşqa heç bir illat bizga yaqin kelmaydi” degan öy bilan siyosat yuritib bölmasligini bugungi kunda bölib ötayotgan voqealar isbotlamoqda. Şu sababdan, yoşlar masalasi mamlakat doirasidan çiqib, butun dunyoning asosiy maqsad-muddaosiga aylandi. Prezidentimiz BMT minbaridan turib aytgan gaplariga quloq tuting: “Bugungi dunyo yoşlari – son jihatidan butun insoniyat tarixidagi eng yirik avloddir, çunki ular 2 milliard kişini taşkil etmoqda. Sayyoramizning ertangi kuni, farovonligi farzandlarimiz qanday inson bölib kamolga yetişi bilan boğliq. Bizning asosiy vazifamiz – yoşlarning öz salohiyatini namoyon qilişi uçun zarur şaroitlar yaratiş, zöravonlik ğoyasi «virusi» tarqalişining oldini olişdir. Buning uçun yoş avlodni ijtimoiy qöllab-quvvatlaş, uning huquq va manfaatlarini himoya qiliş borasidagi köp tomonlama hamkorlikni rivojlantiriş lozim, deb hisoblaymiz”.
Darhaqiqat, yoşlar masalasi har doim davlatlarning uzoq muddatli rivojlanişini taʼminlaşga qaratilgan barça strategiyalarda aks ettirilgan. Özbekiston Respublikasining 2017-2021-yillarda rivojlantirişning beşta ustuvor yönalişlari böyiça Harakatlar strategiyasi ham bu borada istisno bölmadi. Unda alohida bölim davlatning yoşlar siyosatini takomillaştirişga bağişlangan. U Özbekistonning 10 million fuqarosi yoki mamlakat aholisining 31 foizini taşkil etuvçi yoşlarga nisbatan davlat siyosatining samaradorligini oşirişga qaratilgan bir qator ustuvor vazifalarni qamrab oladi. Heç bir davlat yöqki, Özbekiston kabi deyarli ikki-uç yilda yoşlar hayotiga daxldor qonun va qarorlar loyihasi işlab çiqiladi, qabul qilinadi hamda amaliyotga tatbiq qilsa…
Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev şu yilning 27 iyunida imzolagan farmoniga muvofiq qabul qilingan “Yoşlar – kelajagimiz” Davlat dasturida “zamonaviy bilim va könikmalarga ega, mamlakatning munosib kelajagi uçun javobgarlikni öz zimmasiga ola biladigan barkamol, maqsadga intiluvçan va serğayrat yoşlarni tarbiyalaş mamlakatni barqaror va ildam rivojlantirişning eng muhim şarti” ekani taʼkidlanadi.
Söz isboti bilan, deganlaridek yuqori minbarlardan dunyo hamjamiyatiga qilingan bunday murojaatlarning mazmun-mohiyati yurtimiz miqyosda amalga oşirilayotgan yoşlarga oid davlat siyosatida ham öz aksini topmoqda. Çunonçi, yoşlarni iş bilan taʼminlaş, kam taʼminlangan va imkoniyati çeklangan oilalar farzandlarini ijtimoiy qöllab-quvvatlaş, yoş oilalarga imtiyozlar yaratiş, oliy taʼlim muassasalariga qabul qilişning yangiça va samarali mexanizmlarining işlab çiqilişi, kitobxon yoşlarni kaşf etiş hamda ularni rağbatlantiriş şular jumlasidandir.
Ammo, tan oliş kerakki, yoşlar bilan işlaşda hamon kamçiliklar mavjud. Jumladan, katta maqsadlar bilan tuzilgan Yoşlar ittifoqining hududiy bölimlari yoşlar bilan manzilli va tizimli işlaşga, ularning muammolarini hal etişga yetarliça eʼtibor bermayotgani afsuski, haqiqat. Taşkilot ötkazayotgan ayrim tadbirlar dabdababozlik, özini «köz-köz» qilişga öxşab qolayapti. Hatto davlat rahbari ham bot-bot taʼkidlaganidek, joylardagi törtta sektor rahbarining aksariyati hali yoşlar masalasi bilan faol şuğullanmayapti, mahalla qömitalari, boşqa jamoatçilik taşkilotlari va taʼlim muassasalarining bu boradagi işlari qoniqarsiz, tuman va şahar hokimlarining yoşlar siyosati, ijtimoiy rivojlantiriş va maʼnaviy-maʼrifiy işlar böyiça örinbosarlari, tuman içki işlar bölimi boşliğining yoşlar masalalari böyiça örinbosarlari jonbozlik körsatayapti, deb bölmaydi.
Şu örinda ayrim raqamlarga eʼtibor qarataylik. Joriy yilning ötgan davrida sodir etilgan 17,5 ming jinoyatning qariyb 31 foizi yoşlar hisobiga töğri kelmoqda. Mamlakat böyiça jinoyat sodir etgan 22 ming şaxsning teng yarmi – 11 ming nafarini yoşlar taşkil etmoqda.
Afsuski, kollej va maktab öquvçilari orasida ham jinoyatlarni sezilarli darajada kamaytiriş taʼminlanmayotgani ham haqiqat. Joriy yilning birinçi yarmida jami 371 öquvçi jinoyat sodir etgan. Kollej öquvçilari jinoyatlari soni Sirdaryo, Jizzax, Namangan va Samarqand viloyatlarida keskin oşgan. Maktab öquvçilari jinoyati asosan Jizzax, Navoiy, Buxoro, Sirdaryo, Farğona viloyatlari va Qoraqalpoğiston Respublikasiga töğri keladi. Xorazm, Andijon, Namangan, Qaşqadaryo va Toşkent viloyatlarida voyaga yetmaganlar tomonidan qotillik jinoyatlari sodir etilgani yanada ayançlidir va mazkur hududlarda yoşlar bilan işlaşni yanada yaxşilaş kerakligini körsatadi.
Yoşlar örtasidagi muammolar, jumladan, jinoyatçilikning ildizi aksar hollarda işsizlikka borib taqaladi, desak xato bölmaydi. Joylarda yoşlarning bandligini taʼminlaş borasida jiddiy muammolar mavjud. 1700 dan ziyod mehnat yarmarkasi ötkazilganiga qaramay, ularda iştirok etgan yoşlarning atigi 5 foizigina işga joylaştirilgani, sönggi bir yilda 509 ming nafar yoşlar uzoq muddatga çet ellarga çiqib ketgani işga masʼuliyatsiz yondaşuvdan dalolat beradi.
Işonamizki, joriy yilning 1 iyulidan boşlab respublikamizning barça tuman va şaharlarida amalga oşirilişi belgilab qöyilgan mazkur Davlat dasturi, eng avvalo, yuqoridagi nuqson va kamçiliklarni bartaraf etiş hamda heç qanday balandparvoz nutqlaru dabdabali tadbirlarsiz yoşlarni aniq moddiy va maʼnaviy qöllab-quvvatlaş imkonini beradi, yoşlar masalasida masʼul bölgan har bir kişiga katta masʼuliyat yuklaydi.
Darhaqiqat, yoşlar – kelajak bunyodkori. Bu şior har bir yigit-qizni şu aziz yurt, şu muqaddas zaminning ertangi istiqboli uçun fidoyi bölişga daʼvat etadi. Şu bilan birga, har birimizda Vatan ravnaqiga daxldorlik hissini oşiradi. Ayni çoğda, mazkur sözlar zamirida yoşlarga bildirilgan yuksak işonç ham mujassamdir. Şubhasiz, bugun yangi-yangi taşabbuslar bilan çiqayotgan, barça sohalarda ulkan yutuqlarga erişayotgan, öz bilim va mahoratlari bilan Özbekiston nomini jahonga taratayotgan yurtimiz yoşlari ana şu yuksak işonçga munosib bölişga astoydil harakat qiladilar. Zero, yurt taraqqiyotiga munosib hissa qöşiş – eng oliy baxt.
Azizjon ERMATOV
1984-yili tuğilgan.
Özbekiston davlat jahon tillari universitetining xalqaro jurnalistika
fakultetini tamomlagan.
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida

