12 daqiqada öqiladi

2 081 marta körilgan

Uslubiy va ğoyaviy hamohanglik

Uslubiy va ğoyaviy hamohanglik

Ahmad Aʼzam “Röyo yoxud Ğulistonga safar” romanining boşlamasida “…qanaqa asar bölib çiqişidan qatʼiy nazar, qissa deymanmi, römonmi yo kuzatuvlarmi, balki safar taassurotlaridir, öqib çiqsangiz, undagi voqealardan voqif bölsangiz kifoya”, deb asar janrini xohlaganiday belgilab olişni öquvçining öziga qoldiradi. Garçi biz asarda yuqorida tilga olingan janrlarning sintezini kuzatsak-da, uning badiiy kölami, şaxs va jamiyat munosabatlarining vaqt nuqtayi nazaridan katta bir davrni qamrab olganligi va nihoyat ğoyaviy-falsafiy jihatidan roman deb qabul qilamiz. Qolaversa, mazkur asar adabiyotşunoslikda roman janri uçun istifodada bölgan biroz umumiy va anʼanaviy ölçamlar talablariga ham javob beradi.

Dastlab, bu roman badiiy adabiyotning qaysi adabiy uslubiga mansub, u romanning qaysi tipiga kiradi, degan savollarga töxtalib ötsak. A.Kamyu “Isyon va uslub” maqolasida: “Voqelik va xayolot – bir butunlikning ajralmas qismlaridir. Sanʼatkor voqelikdan tanlab olgan unsurlarni badiiy til yordamida xayolot bilan uyğunlaştiruvçi va u yaratgan badiiy dunyoning tugal bölişini taʼminlovçi vosita – uslub deb ataladi”, deydi. Adabiyotşunoslikda maktab, yönaliş, hatto janr deb turli xil nomlanadigan romantizm, realizm, modernizm, postmodernizm, dedektiv, fantastika kabi uslublar qatorida utopik va antiutopik uslublar ham mavjud.

Utopiya yönalişi adabiyotga Tomas Morning 1516-yili yozilgan “Utopiya yangi oroli va oliy davlat qurilişi haqidagi foydali hamda qiziqarli oltin kitob” asari bilan kirib kelgan. Utopiya yunonça “mavjud bölmagan joy” degan maʼnoni anglatadi. Luğatlarda bu yönaliş ilmiy fantastikaga yaqin, muallif nuqtayi nazariga köra oliy jamiyat şaklining tasviri, xayoliy uydirma, amalga oşmaydigan orzularni ifoda etuvçi asar deb taʼriflanadi. Utopik asar muallifning özi yaşab turgan jamiyat ahvolidan, qonun-qoidalaridan, ijtimoiy munosabatlardan qoniqmasligi va ularni ideal darajada köriş istagidan paydo böladi.

Şarqda esa utopik asar unsurlarini odil şoh, dono vazir haqidagi ertak va afsonalarda köramiz. Şu maʼnoda, Abu Nasr Forobiyning “Fozil odamlar şahri” kitobi mazkur yönalişdagi şoh asardir.

Antiutopik asarlarda esa şaxs va jamiyat manfaatlari ayro, şaxsning orzu-umidlari, hatto, xayollari böysundirilgan. U ruhiy ozodlik yoki individual fikr degan tuşunçalardan mosuvo, mustabid jamiyat va uning tutumlarini baxt deb qabul qilişga köniktirilgan. Qiziği şundaki, utopik yönalişga parodiya sifatida yuzaga kelgan antiutopik asarlar ham insonni özidan, yaşayotgan muhitidan ogoh qiladi, qörquvni yengişga, komil şaxs va jamiyat haqida tafakkur qilişga örgatadi. “Antiutopiyada erksizlik va zulm hukmron bölgan jamiyat olami, şu jamiyatning qonunlarini özida sinab körgan insonning his tuyğulari orqali oçib beriladi, antiutopiyadagi eng muhim xususiyat şaxs va totalitar jamiyat örtasidagi konflikt hisoblanadi. Şuning uçun ham şöro adabiyotida bu janr taʼqiqlangan edi”, deb yozadi adabiyotşunos olim M.Çernyak.

Jahon adabiyotida Yevgeniy Zamyatinning “Biz” romani antiutopik yönalişdagi eng maşhur asarlardan biri hisoblanadi. 1920-1921-yillarda Petrogradda yozilgan bu asar 1988-yili naşr qilingan. Roman syujeti bir qaraganda fantastik sarguzaştga öxşab ketadi. Voqealar uzoq XXVI asrda Yagona Davlat degan utopik mamlakatda sodir böladi. Ularning maqsadi butun sayyoralarni zabt etib, yovvoyilarça ozodlikda yaşayotganlarni bexato matematik “baxt”ga eriştiriş bölgan. Fuqarolar şu darajada şaxsidan mahrum qilinganki, ularning ismlari yöq, raqam bilan belgilangan. Odamlarning vaqti soatma-soat taqsimlanib jadvalga solingan, bir vaqtda uyğonişadi, bir vaqtda ovqatlanişadi va bir vaqtda işlaşadi. Insonda ruh, yurak, ilhom mavjudligi, sanʼat, adabiyot, ilm-fan, muhabbat va ozodlik haqida tasavvurlarning bölişi tutqanoq singari kasallik hisoblanadi.

Roman qahramoni D-503ning hayotida 1-330 nomli qiz paydo böladi. Qiz Yaşil devorni buzib butun insoniyatni birlaştirmoqçi bölgan “fitnaçi” edi. D-503 “sevgi tuyğusi”ni his qilib, qizning uyiga köçib ötadi. Ammo sotqin çiqib sevişganlar qölga olinadi. Jarrohlik yöli bilan aql-idrokidan mahrum qilingan D-503 sobiq sevgilisi 1-330ni qiynoqqa solişlarini befarq kuzatadi… Tadqiqotçilar romanni sotsialistik jamiyat kelajagining başorati deb baholaşgan. Darhaqiqat, şörolar davrida şaxs – “Men” romanga nomi berilgan “Biz”ga, tödaga, qiyofasiz olomonga aylantirilgan. Asardagi “Saqlovçilar” Byurosida NKVD, KGB qiyofasini köriş qiyin emas. Şişa uylar – qamoqxona kazarmalari, raqamlangan fuqarolar – GULAG mahbuslari bilan, Yaşil devor – şöro fuqarolarini taşqi dunyodan ajratib turgan “Temir parda” bilan ikki tomçi suvdek öxşaş.

Özbek adabiyotida şaxs va jamiyat masalasi realistik, dedektiv, tarixiy, sarguzaşt asarlarda qay bir darajada aks etgan bölsa-da, ammo XXI asrga qadar sof antiutopik uslubda qalamga olinmagan. Antiutopiya nazariyotçilarining işlarida va adabiyot luğatlarida taʼriflangan qoidalar hamda antiutopik asarlar namunalaridagi olğa surilgan ğoyalar, syujet qurilişi, obrazlarning vazifalaridan kelib çiqadigan bölsak, Ahmad Aʼzamning “Röyo yoxud Ğulistonga safar” romanini ham antiutopik uslubda yozilgan asar deyiş mumkin. Ammo baʼzi juzʼiy tafovutlar bor, albatta. Masalan, odatda antiutopik asarlarda mavjud tuzumga qarşi kuraşgan qahramonlar halok böladi. “Röyo…”da esa roviy-qahramon uyiga qaytib ketadi. Ikkinçi tafovut – aksariyat antiutopik asarlar uzoq kelajakda yuz beradi, “Röyo…”da esa bugungi kunda qahramon xayoliy mamlakatga ötib qoladi, ammo u yerdagi vaqt mavhum. “Röyo yoxud Ğulistonga safar” romaniga qadar faqat Erkin Aʼzamning “Çapaklar yoki çalpaklar mamlakati” qissasida antiutopik uslubning baʼzi xususiyatlari mavjud edi. Ammo “Çapaklar yoki çalpaklar mamlakati” antiutopik asar elementlari nuqtayi nazaridan tadqiq qilinmagan. Antiutopiya uslubi haqidagi nazariy va amaliy tadqiqotlar asosida Ahmad Aʼzam va Erkin Aʼzamning bu ikki asarini kelajakda jahon adabiyoti tajribasi bilan, ayniqsa, YE.Zamyatinning “Biz” romani bilan qiyoslab örganiş zarurati bor deb öylayman.

Ahmad Aʼzam romanidagi har bir voqea, obraz, dialog va mamlakat tasvirlarini ham xuddi “Biz”dagi kabi qiyoslar bilan şarhlaş, tuşuntirib beriş mumkin.

Ahmad Aʼzamning “Röyo yoxud Ğulistonga safar” romani Toşkentdan yölga çiqqan roviy-qahramonning Jizzax yölidan ixtiyorsiz ravişda burilib borib qolgan mamlakat tasviri va özining taşrifi bilan yuz bergan voqealarga qurilgan. Mamlakatning nomi Ğuliston “ğul” – zanjirdan olingan. Şuning uçun: “Amaldori ham, haydovçisi ham, qöriqlab yurgan kattayu kiçik askarlari ham, xullas hammasi zanjirga çulğangan… Şu qadar könikib ketganlarki, usiz yurmaydilar, yurmaganlar ham, yurişni tasavvurlariga ham keltirmaydilar”. Odamlarning ismi yöq, bir-birlarini “Ğuliy” deb ataşadi. “Ğuliya” deb ataladigan madhiyalarini hamma birvarakayiga kuylaydi. Bolalarini ham yura boşlaganidan boşlab zanjirga çulğaydilar. Odamlarning nafaqat har bir qadami, hatto nigohlari ham zanjir manfaati uçun xufiyalar va eng zamonaviy köruv-eşituv uskunalari bilan nazorat qilinadi. Bu qullik saltanatini boşqarib turuvçi körinmaydi, ammo unga va zanjirga Xudoga topinganday topinadilar: “Bir kuni Xoldor Ğuliydan söradim: – Eng kattangiz kim? U men şu paytgaça devorda qança körgan bölsam, şunça eʼtibor qilmagan rasmga işora qildi. Ammo rasm meni tuşunmas, tabiiyki, menga ham heç narsani tuşuntirmas, nuqul buyurib turgan edi xolos”. Mamlakat hayoti qatʼiy tartib-intizomga va yolğonga qurilgan. Elektron böyoq möjizasi bilan har lahzada özgartirib turiladigan gazeta-jurnallar, qomusiy kitoblar zanjirga eʼtiqodni mustahkamlaydigan yolğonlar bilan boyitib turiladi. Ğuliylarning olma yetiştirişdan oliy maqsadlari organizmda temirni köpaytirib alal oqibat bolalarni ham zanjir bilan tuğiladigan bölişiga erişiş: “Fulistonda zanjirband bola oliş borasida juda keng kölamda iş olib boriladi, butun ğuliy xalqi bugun bölmasa, ertaga, jilla qursa, yaqin kelajakda şunday namuna zuryod dunyoga kelişiga işonçi komil va şu yönalişda ilhom bilan ijod qiladi”. Fuqarolarga zanjirsiz yurtlarda yaşayotganlar yovvoyi, hayvon qatori maxluqlar ekanligi uqtiriladi. Özgaça fikrlaydiganlarga zanjirdan mahrum qilinişdek oliy jazo beriladi.

Nihoyat roviy-qahramonning Ğulistonga nima maqsadda kelganligini aniqlaş uçun maşinasidan topib olingan kitobini öqib körişadi va zanjirsiz yaşaş mumkinligi haqida tasavvur paydo bölib eʼtiqodlariga putur yetadi. Roviy-qahramon boş nazoratçi Xoldor ğuliy bilan gaplaşgaç, aytadi: “Qissa, hikoya, novellalarimda men tasvir, keçinma, harakatlarni beriş uçun eʼtiborsiz yozib ketgan şunaqa sözlarni aytdiki, ularda ğuliyotni taʼsirlaşga qaratilgan zamonaviy tilsimlar bölib, hammasi muayyan şifrlar bilan kodlangan ekan. Mana, “osmon”, “bulut”, “quşlar”, “keng dala”, “sölim maʼvo”, “tizginsiz öylar”, “parvoz”, “yuguriş”, “intiliş”, “talpiniş”ga öxşagan önlab, balki yuzlab sözlar ğuliyning qatʼiy köngliga, hozir aytganimdek, tubdan, taglama taʼsir ötkazib, öz hayotini yana bir marta tanasiga öylab körişga undab yuborar ekan. Şuning uçun ham kitobimni öqiganlarni tozalaş saboğidan ötkaziş uçun navbatlar tuzilgan, saboqdan ötgan va ötmaganlar orasida katta ixtilof çiqişi xavfi yetilib kelayotgan ekan”. Haqiqatan ham fuqaro tarafdorlar va qarşilarga bölinadi. Hatto davlat topşiriği bilan roviy-qahramonni sevib qolgan ğuliya qiz ham boş nazoratçiga “Endi qaytmayman, dasturni bajariş barobarida men könglimdek köngil topdim”, deyişgaça boradi. Kitobni öqiganlar tozalaş saboğidan ötkazila boşlaydi. Ğuliston rahbariyati roviy-qahramonga işora bilan qaytib ketişiga izn berişadi. U Jizzaxga manziliga yetib kelganda maşina yöl ölçagiçi ham, oradan ötgan vaqt ham uning Ğulistonda bölganligini, neça oylab qolib ketganligini tasdiqlamaydi.

Körinib turibdiki, xayoliy mamlakatdagi tuzum tasviri, syujetlarning mohiyatiga köra tuzilişi, muallif ğoyasining börttirilgan ğayriinsoniy holatlar vositasida berilişida bu asarlarda hamohanglik bor. Antiutopik uslub anʼanalariga vaqt-makon, ğoya nuqtayi nazaridan, nasriy asar anʼanalariga masalani qöyilişi, motiv, tugun, konflikt, kulminatsiya va yeçimning qurilişi jihatidan amal qilingan. Ammo Ahmad Aʼzam romani tasvir uslubining batafsilligi, holatlar va fikrlarni dalillaş uçun köplab hikoya içida hikoyalarning berilişiga köra yuqoridagi asarlardan farq qiladi. Ahmad Aʼzam romanida ikkita umidbaxş şuʼla qoldiradi. Birinçisi – muallif-roviyning maşinasidan topilgan kitob va kitobdan Ğuliston fuqarolariga yuqqan zanjirsiz yuriş tuyğusi, şuningdek, Ğulistonning keyingi taqdiri oçiq qoldirilişi. Ikkinçi şuʼla – zanjir taqişga olib kelingan bolalardan birining dökonga kirib qolgan roviy-qahramonga közi tuşişi: “Onasi uni qölidan yetaklab borayotganda bola, feʼllikkina ekan, yiğlamadi. Erkak xodimning tizzasiga ötirganda menga qarab oldi, böyin tasmani qotirayotganda ham, qöl-oyoğiga kişan taqilayotganda ham mendan közini uzmay, miq etmay turaverdi. Hatto zanjirçalari taqilib, ota-onasi, ikki akasi qiyqirib, boşqalar çapak çalganda ham bolakay menga bot-bot tikildi. Şunça izdihomning içida menga köz tikkan faqat şu bolakay edi! Bola nigohida u nima demoqçi böldi, “Ozod odamsiz-ku, qarang, bular meni nima qildi?”, deb sörayaptimi yoki: “Manavi odamga qaranglar, zanjiri yöq ekan”, deb aytmoqçimikan, bilmadim, lekin unga qarab közimni qisib qöygan edim, kiçikkina jilmaydi, jilmayişi bolalarça beğubor, katta ğuliylarga sira öxşamas edi”.

Agar Ahmad Aʼzam jamiyat va şaxs örtasidagi ziddiyatni, totalitar tuzum qiyofasini antiutopik yönalişda körsatib bergan bölsa, xuddi şu mavzuni gruzin yozuvçisi Nodar Dumbadze “Abadiyat qonuni” romanida adabiyotning eng ommaviy va anʼanaviy – realizm uslubida qalamga oladi. Realizm yuqorida tilga olingan utopik va antiutopik uslublarning örtasida turadigan uslub deyiş mumkin. Nodar Dumbadze haqiqatan ham “öz davrining ilğor ğoyaviy pozitsiyasidan çetda turgan yoki unga yotsiragan” realistligini şöro jamiyati yozilgan, yozilmagan qonunlari bilan şaxsni maʼnan, kerak bölsa, jismonan mahv etişi masalasini kötarib çiqqanligida köriş mumkin. Qahramonlar – yozuvçi Baçana, ruhoniy Ioram, etikdöz Bulika kasalxonaning yurak xastaliklari bölimida yotişining özi bilan yozuvçi jamiyatning şaxsga tazyiqi oqibatiga işora qiladi. Roman syujeti palatadagi voqealar va qahramonlarning, asosan Baçananing hikoyalari, xotiralari, tuşlari çiziqlarini tutaştiriş asosiga quriladi. Baçana hayotini bağişlagan halollik va adolat, ruhoniy umrini tikkan iymon va eʼtiqod mavjud jamiyat tomonidan illat sifatida qabul qilingani, ularning hamma qatori yolğon, tovlamaçilik, nafs zanjirlarini taqib yurmaganlari uçun jazolanganligi oçib beriladi.           

Agar roman voqealari mavhum makon va mavhum zamonga köçirilsa, romanda tasvirlangan jamiyatning amaldagi va qoğozdagi qonunlari sal börttirilsa, qahramonlarning qiyofalari noreal şaxslarga köçirilib tasvirlansa antiutopik asarga aylanadi qoladi. Muallif roman syujetiga Baçana Ramişvilining oldiga kelib ketuvçi odamlar qiyofalarini kiritar ekan, ularning kötarib yurgan masalalari, içki dunyosi, aqidalari orqali jamiyatning qiyofasini, ruhiy ahvolini aks ettiradi. Masalan, Baçanaga özini uzoq bir qarindoşingizning qöşnisining öğli Nugzarman, deb taniştirib kasalxonaga kelgan odam bilan bölgan suhbat bunga yaqqol misol böla oladi.

“– Ötinaman sizdan, hurmatli Baçana, boşliqlarga iltimosnoma yoki raykomimiz sekretariga ikki enlik xat yozib bersangiz…

– Mening nima aloqam bor? – dedi hayron bölib Baçana.

– Nega aloqangiz bölmas ekan! Siz insonparvar yozuvçisiz, deputatsiz, Markaziy Komitet aʼzosisiz! Dardimni sizga aytmay, kimga aytaman? – öz navbatida Daraxvelidze ham astoydil taajjublandi.

– Qayerda işlaysiz?

– Abxaziyada, tamaki tayyorlaş sohasida.

– Boşliqlarga nima deb yozişim kerak?

– Sekretarimiz bilan qalin döstsiz, maktabda birga öqigansizlar, buni hamma biladi.

– Mening oldimga sizni kim yubordi?

– Sekretarimizga faqat yaxşilikni ravo köradigan odam yubordi… Bitta konvert sizga, ikkinçisini xohlagan odamingizga berişingiz mumkin… – Daraxvelidze çaqqonlik bilan ikkala konvertni yostiqning tagiga tiqib qöydi”.

Şundan söng u tamakiga xaşak va suv qöşib sotganlikda ayblaşayotgani, uning örnini boşqa odamga yarim millionga sotişayotganini aytadi. Baçanadan raykomga aytib, qamoqdan olib qolişini söraydi.

Albatta şöro zamonida yaşab şöroning asl qiyofasini çizib körsatiş oson emas edi. Yozuvçi totalitar jamiyat mahsuli bölgan ana şunga öxşagan obrazlarni romanga kiritiş, ularning dialoglari, xatti-harakatlari orqali Baçanani qabul qilolmagan jamiyat manzarasini çizib beradi. Birgina ana şu lavhaning özidan öquvçi şöro jamiyatning bir qança xos xususiyatlari haqida xulosa çiqarişi mumkin: 1) har qanday darajadagi mansabdor uçun öğrilik turmuş tarziga aylangan; 2) raykom, yaʼni davlat vakili öz hududida hokimi mutloq, hatto davlatga qarşi qilingan jinoyatni ham yopa oliş qudratiga ega, buni Nugzarmanlar ham yaxşi biladi; 3) pora oliş va beriş jamiyatda örnatilgan urfga aylangan; 4) jamiyatning yozilgan qonunlaridan göyo qörqişadi, yaʼni reviziya, qamoq, aslida hammasi uçun çiqib ketiş yöllari ham qurib qöyilgan; 5) jamiyat jinoyatçi fuqarolar zanjirini özi tayyorlaydi – öğri işonç bilan deputatga kelyapti, u raykomga boğlanadi, söngra revizorga va tergovçigaça zanjir uzayib boraveradi; 6) bu jamiyatda mansablar insonning iqtidori va fazilatiga qarab emas, poraning qançaligiga qarab taqsimlanadi. Albatta janr talabi va realizm tamoyillari yozuvçidan öz gapini aytiş, ğoyasini ilgari suriş uçun real hayotiy lavhalarni tasvirlaşni talab qiladi. Ammo bu hayotiy lavhalar ramziy detallar, xayoliy voqea-syujetlar bilan iş köruvçi adabiy yönalişlardagi asarlardagi barça badiiy funksiyalarni bajara oladi.

Xulosa qilib şuni aytiş mumkinki, Ahmad Aʼzamning “Röyo yoxud Ğulistonga safar” romani özbek adabiyotida antiutopik uslubda yozilgan, şaxs va jamiyat munosabatlari leytmotiv qilib olingan dastlabki asarlar namunasidir. Romanda totalitar davlat şaxsni içki ozodlikdan mahrum qilişi, ruhan qul darajasida boşqarib turiş uçun mudom qörquvda uşlab turişi – zulm qiyofasi oçib berilgan. Romanning Ahmad Aʼzam prozasiga xos “birov bilan ötirib gurunglaşganday” uslubda yozilganligi, şu asnoda şöro davriga ham, öz hayotidagi voqealarga ham erkin ötib ketib yana romanga qaytişi janr imkoniyatlaridan keng foydalanganini körasatadi. Ğayriinsoniy qonun-qoidalarga qurilgan jamiyat şaxsning baxt va baxtsizlik, ezgulik va yovuzlik, ozodlik va qullik borasidagi tuşunçalarining örnini almaştirib yuborişi oçib berilgan. Bu jihatlari bilan “Röyo…” Yevgeniy Zamyatinning maşhur “Biz” romaniga juda yaqin turadi. Nodar Dumbadze realistik uslubda yozilgan “Abadiyat qonuni” romanidagi voqealar hayotning haqqoniy manzaralariga qurilgan esa-da, ğoyaviy jihatdan yuqoridagi ikki romanga öxşaydi. Ularning mualliflari turli xil adabiy uslubda şaxs va jamiyat munosabatlarini, ruhiy qullik fojialarini, inson yuragidagi ilohiy mukarramlik va hayvoniy tubanliklarni tadqiq qilar ekan, odamzodning bir-biriga mehr-şafqatli, maʼnan boy bölişini, yuksak, gözal ğoyalar bilan yaşaşini, öz aʼmollari, bir-birlariga munosabatlari bilan hayvondan ustun turişini orzu qiladilar.

Bibi Robiʼa SAIDOVA

 1991-yili Xorazm viloyatida tuğilgan.

Özbekiston Milliy universitetining özbek filologiya fakultetini tamomlagan. Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi tomonidan “Birinçi kitobim” ruknida “Parvoz” nomli hikoyalar töplami naşr qilingan. “Aql va ruh” nomli adabiy maqolalar kitobi çop etilgan.

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (147)