Yetti iqlim intilayotgan Buxoroga bu galgi ziyoratim bugungi kun möjizalaridan biri – “Boqiy Buxoro” majmuasidan boşlandi. Xalqimiz tiklagan milliy qadriyatlar, uning dunyo sivilizatsiyasiga qöşgan ulkan hissasi oliy darajaga kötarilganini şu yerda köramiz. Majmuada istiqlol yillarida mehrga tölgan Buxoro yanada muqaddas bölib yuraging içra qad rostlaydi. Şarif şaharning har qariç yeri insoniyat tarixining gavhari şamçiroğidir. Bu yurtdan ötgan mutasavvif donişmandlar islom olamining, jahon maʼnaviyat mulkining xazinasiga aylangan.
Bu gözal boğda boşing baland, köksing toğ böladi. Buxoroning fozil farzandlari yurtning ori deb yaşaydilar. Şuning uçun mehnatlari ona sutidek halol, ularga ğururu iqbol yaraşadi.
Assalom, mudaddas Buxoroyi şarif.
* * *
Ğijduvon, haqiqatan, möjizakor göşa. Bir yon yursang, olmalar, bir yon yursang, bol aralaş zardolilar böyi dimoğingga uriladi. Daştu çöl tomon yursang, ğallayu non hididan entikasan. Erka şamol dimoğingga atirgullar iforini olib keladi. Muborak – juma kuni yetti pirni ziyorat qiliş uçun taraddudlandik. Albatta, ziyoratni musulmon olamida Xojayi Jahon deb eʼzozlangan Xoja Abdulxoliq Ğijduvoniy hazratlari yotgan nurli makondan boşladik.
Bu ne nav qadriyat, bu ne hikmat,
Bu ne nav şarofat, bu ne marhamat,
Бу не нав синоат, бу не саодат,
Tiz çökdim, gul böyi kelgan ayvonda,
Muqaddas, mötabar yurt Ğijduvonda.
Xilvat eşigini yopdim suhbat-çun,
Diydor eşik oçdi muhabbat uçun.
Tavofga keluvdim hidoyat uçun,
Ğunçalar tilovat aylar böstonda,
Muqaddas, mötabar yurt Ğijduvonda.
Neça zamonlar oldin Mirzo Uluğbek qurdirgan madrasa asrlar töfonini boşdan keçirdi. Uning yonidan qönğiroqlarni çalib ötgan karvonlarning aks-sadosida uzoqlab farmonbardorlar ötdi, ammo bu göşani obod etişga yana haqiqiy Temuriy jurʼat, uluğbekona talʼat işga tuşdi…
Prezidentimizning farmoni nafaqat ğijdivonliklaru buxoroliklar, balki butun dunyo musulmonlarining asriy orzulari uşalişiga tamal toşi böldi.
Buyuk pirni öqib titragan gulman,
Naqşbandiy aytgan yor degan dilman,
Kor degan qölmanu, Allohga qulman,
Assalom, ziyorat tongi.
Xojayi Jahon ziyoratgohida imom Qurʼon tilovat qildi. Közdan oqayotgan yoşlarni sidirmasdan qalban uning ovoziga qöşilamiz. Şunday lahzalarga yetkazganiga qayta-qayta şukurlar aytamiz.
Toş quduqdan suv içdik. Bu quduqdan buyuk pirim özlari suv içganlar. Ular şu yerdan turib butun dunyoga ilm ziyosini taratganlar. Odamlarni tinglaganlar, kuzatganlar, har işda şariatga amal qilganlar.
Qadimda bu yerda çillaxona va qirq zinali narvon bölgan ekan. Ha, qadimda bu yer gözal boğ ham bölgandir, bu firdavsmonand boğda ming turli gullar ğunçalagandir. Bu ğunçalar oçilib, hazratimga egilib salom bergandir. Bu yerda inson ongi, qalbi, sezgisi, közi islom dinining ezguligidan ziyolangan va to hanuz ziyolanmoqda.
Hazratim faqat köngil közi ila dunyoga boqqanlar. Köngil içra yaşaganlar. Bizning-da köngil tarafga qöyayotgan qadamlarimizni Allohim beşikast qilsin.
* * *
Xojayi Jahon Abdulxoliq Ğijduvoniyning muborak ziyoratlaridan söng Şofirkonga, buyuk pirning törtinçi murşidi Xoja Orif Revgariy – Xoja Orif Mohitobonning ziyoratlariga bordik. Bu zot “Silsilayi şarif”dan ön birinçi halqaning piri sifatida zikr qilingan.
Abdulxoliq Ğijduvoniy bilan Xoja Orif Mohitobon uçraşib, suhbatlaşadigan qişloq ham bor. Uning nomi Röybinon – yuz körişmoq, diydorlaşmoq maʼnosini anglatadi. Hazratlarning uçraşuvini tasavvur etib, Yunus Emroning satrlari yodimizga keldi:
Bizga diydor kerak, dunyo kerakmas,
Bizga maʼvo kerak, daʼvo kerakmas,
Bizga qadr keçasidir bu keça,
Qöy, tonglar otmasin, sahar kerakmas.
Yo, Allohim, özingning işqing sulton aylagan ikki tabarruk zot uçraşmoğidan, suhbatlaşmoğidan ham gözal anjuman bormikin dunyoda?
Özingning yölingda sirlangan, durlangan, nurlangan ikki buyuk suhbatidan ham nafosatli majlis bormikin bu dunyoda?
Deydilarki, ular suhbatlaşmasdan ham bir-biriga közqaraş ila könglida nelar keçayotganini anglar ekanlar.
Deydilarki, ular uçraşgan kuni atrof-jahon yorişib, harorat kötarilar, yaxşilik köpayar ekan. Qayerdandir ming turli quşlar uçib kelib, ming turli jonbaxş ovozda xoniş etar, gullar oçilib, borliq yaşillanar, olam mehrga, eʼtiboru ehtiromga tölar ekan.
Sönggi yillarda bağri boyliklarga kon, mehnatkaş xalqi bilan dovruği doston Şofirkon yanada körkamlaşdi, jumladan, Revgariy qişloği ham. Bu ziyoratgoh gullaridan közlar şifolandi. Şirin lutfli ulamolar bilan suhbatidan dillar orom oldi. Biz Xoja Orif Mohitobon masjididan uzoqlaşar ekanmiz, yuragimiz qanotlari kengayganini his etdik.
* * *
Xoja Orif Revgariydan taʼlim olgan “Silsilayi şarif”dagi ön ikkinçi murşid Xoja Mahmud Anjir Fağnaviyning ziyoratgohlaridamiz.
Bu maskanni Anjirboğ deb ataydilar. Vobkent tumanida joylaşgan mazkur körkam göşa doim yaşil böston ölaroq kişi xotirasida turadi. Bu yerga oldin ham köp kelganmiz. Şu bois har bir daraxt, gullaru maysalar, ariqlardan oqayotgan suv, yoqimli şabada ham qadrdondek tuyuladi. Göyo gullar qoşida fariştalar çiltor çalayotgandek böladi. Faqat ilm, eʼtiqod ğalaba qilgay, faqat maʼrifat, sadoqat, tariqat, ezgulik dillarni poklagay.
* * *
Xoja Ali Romitaniy – Xoji Azizonning qabri Romitan tumanidagi Qörğon qişloğida joylaşgan. Ul zoti muborak Abdulxoliq Ğijduvoniy haqida bunday yozganlar: “Agar Abdulxoliq Ğijduvoniy farzandlaridan biri yer yuzida bölganida edi, Mansuri Xalloj aslo dorga osilmas erdi”.
Xojayi Azizonga nisbat berilgan quyidagi baytda bunday yozilgan:
Bo har ki nişasti naşud jamʼ dilat,
V az tu naramid suhbati obu gilat.
Zinhor zi suhbataş gurözon biboş,
Varna nakunad ruhi Azizon bihilat.
Mazmuni: kim bilan ötirib turdingki, kör, agar yuraging unday odamlar suhbatidan bahra olmay, xijil tortsa, zinhor ular bilan qayta hamsuhbat bölma, yöqsa, Azizon seni keçirmaydi.
Xojayi Azizon suhbati ozor, tili zahar odam oldidan qoçmoq kerak, ularning tayin – tuturiqsiz suhbatlaridan yurak gulini xazonliğdan asragandek, köngil quşini halokatdan himoyalagandek olib qoç, deb uqtiradi. Sababi inson qalbi, yuragi ilohiy hislar bilan suğorilişga loyiq. Inson yuragi muqaddasdir. Şu muqaddaslikni musibatga tutsang, seni keçirmayman, deydi buyuk pir.
“Maqomati Şoh Naqşband”da yozilişiça, ramazon oyida bir kun Xojayi Azizonni ön sakkiz joyga iftorga taklif qilibdilar. Xoja Ali hammasiga bormoqqa vaʼda beribdilar va bir vaqtning özida ön sakkiz joyda paydo bölib, iftorlik qilibdilar.
* * *
Romitanning Samos qişloğiga borganimizda, ayni tuş payti edi. Ziyoratgohda ekilgan atirgullar şunday ajib hid taratar ediki, beixtiyor ruhingiz kötariladi. “Silsilayi şarif”dagi ön törtinçi piri murşid Boboyi Samosiy Sayyid Mir Kulolga taʼlim bergan. Sayyid Mir Kulolning esa ön törtta murşidi bölib, şulardan biri Xoja Bahouddin Naqşbanddir.
…Pirning ziyoratiga borişdan oldin ustozlarning ustozlari ziyoratiga bordik. Jomiyning “Nafohatul uns”ida taʼkidlanişiça, Boboyi Samosiy öz kulohini yoş Bahouddinga bergan. Şu kuloh şarofatidan hazrati Bahouddinga balogardonlik karomatini ato qilgan ekan.
Silsilayi şarifning ön beşinçi halqasi piri murşid hisoblanmiş, tasavvuf ilmining yirik namoyandalaridan biri hazrat Amir Kulolning ziyorati uçun Suxor qişloğiga keldik. Hazrat tuğilib ösgan qişloq ğoyat sölim va osudaligi bilan qalbga yaqin tuyuladi. Ul zoti muborak haqida eşitganlarimiz töqima yoki çöpçak emas, ayni haqiqat ekanligiga işondik.
Hazrat Sayyid Ato Amir Kulolning otalari döst bölganlar va döstlariga bunday deganlar: “Ey birodar, sizga Haq subhonahu va taolo bir farzand karomat qiladiki, uning fayzi jahonning boşidan oxirigaça yetadi. Albatta, uning ismini Amir Kalon qöying”.
Darhaqiqat, oz fursat ötgandan söng hazrat Sayyid Atoning başorati amalga oşgan va Amir Kulol muhtarama onalarining vujudlarida paydo bölgan.
“Maqomat”da bunday deyiladi: “Sayyid Amir Kulol hazratlari Sayyidlarning eng aʼlolaridandir va u kişining sayyidliklarida heç qanday qusur, nuqson yöqdir. Hazrat ham nasab, ham hasab, yaʼni ham nasl va zotlari Muhammad (s.a.v.)ning avlodidandirlar, ham erişgan daraja va amaliyotlari Rasulullohning yöllariga mos tuşadi”.
Muhammad (s.a.v.) bir hadisda aytganlarki: “Odob nasabdan ustundir”. Bu hadisdan söng manbada quyidagi bayt keltiriladi:
Hazor xeş, ki begona as xudo boşad,
Fidoyi yak tani begona, ki oşno boşad.
Mazmuni: Allohdan yiroq bölgan mingta qarindoşdan köra, Allohga yaqin bölgan bitta begonaga fido bölsang arziydi.
Kim baloyi nafsin tiydi,
Kim işq tojin boşga kiydi,
Burhon ul-haqiqat deydi:
Darmonga yaqin boraylik.
Olamni yoritguçi nur,
Yurakni boyitguçi sir,
Şaroful Mustafoviy der,
Ayonga yaqin boraylik.
Sulton ul-tariqat kabi,
Hazrati Borifʼat kabi,
Sayyidul Orifon kabi,
Rahmonga yaqin boraylik.
* * *
Hazrat Amir Kulol sönggi damlari yaqinlaşayotganligini sezib farzandlariga yuzlanib aytganlari orasida şunday nazmiy parça ham bor:
Şodamki, ki zi man bar diliy
kas bore nest,
Kasrozi manu, kore man ozore nest,
Gar nek şumorandu gar bad göyand,
Bo neku badi heç kas kore nest
Mazmuni: Men juda xursanmandki mening tufayli biror kişining qalbida oğirlik yöq. Men va mening işlarimdan heç kim ozor çekmagan. Meni yomon yoki yaxşi desalar-da, men ularning yaxşi va yomonlari bilan heç işim yöq.
Darhaqiqat, bu dunyoda heç bir kişining qalbiga ozor bermay yaşab ötmoq eng gözal xulq va fazilatdir. Bundan baland maqom yöq. To hanuz ul zoti şarifdan örgandilar, örganyapmiz, örganurlar.
* * *
Hazrat Bahouddin Naqşband ziyoratgohidamiz. Taomilga köra, ularni tavof qilişdan oldin onalarining ziyoratida böldik. Darvozadan kirilgan zahoti oq va qizil atirgullarga közingiz tuşadi. Bu yerning şabadalari sirdoş, quşçalari fikrdoş. Bunda nigohlar mehrli, nazarlar iltifotli. Bu yerda inson bölib, inson bölganda ham musulmon bölib yaralganingga şukronalar aytasan.
Qurʼon tilovatidan söng ziyoratgoh daraxtlarida uçib yurgan quşdek, gullarga qöngan kapalakdek yengil his etasan özingni. Közingdan tökilayotgan marjonlarni yaşirmoq uçun qiblaga yuz tutasan. Yaxşi hamki römoling yuzingni yaşirib turadi. Ayrim odamlar senga ajablanib qarayotganini his etasan. Xijolat bölasan. Ammo bu yerda seningdek ruhiy yuksaklikka kötarilganlar juda köp. Ularning-da, boşlari egik, ular ham sajdadadirlar…
Bahouddin Naqşband hazratlarining ziyoratgohlari tanib bölmas darajada körkam qiyofaga kiribdi. Ziyoratgohga keladigan yöllar kengaytirilib, taʼmirlangan. Yöl yoqalari gulzor, darvozalar naqşinkor. Bahouddin Naqşband pirimiz va onalari qabri oraliğida katta boğ barpo qilingan. Ona va bola ruhlari xuşmanzara boğda kezib yurgay, könglingizni sezib yurgay.
Ustoz-şogirdlar hamişa bir-birilarini töldirib yuradilar. Ularning maʼrakalari, el-yurtning yöqlovlari, tadbiru tantanalari ham bir-biriga ulanib ketadi. YUNESKO homiyligida Bahouddin Naqşband hazratlarining 675-yilligi keng tantana qilingan 1993-yilda buyuk bobomiz Xoja Abdulxoliq Ğijduvoniyning 890-yillik sanalari ham nişonlangan, keng jamoatçilik diqqat-eʼtibori şogirddan ustozga qaratilgan edi.
Xoja Abdulxoliq Ğijduvoniyning 900-yilligi tantanalari Bahouddin Naqşband hazratlarining 685-yilligi şodiyonalariga ulanib ketgan edi. Bu yil Abdulxoliq Ğijduvoniyning 915 hamda Bahouddin Naqşbandning 700-yilliklari nişonlanadi.
Joriy yilning 16-17 fevralida Buxoroyi şarifga taşrif buyurgan Yurtboşimiz Şavkat Mirziyoyev yetti pirni mustahkam boğlab turuvçi yagona va ravon yöl quriş, şuningdek, Xoja Abdulxoliq Ğijduvoniyning ziyoratgohlari – “Xojayi Jahon boği”ni yanada obod qiliş böyiça topşiriqlar bergandi.
Mana, boğ örtasida qad kötargan favvora, xuşmanzara daraxt nihollari gurkurab, çaman oçilgan gullar boğ husniga husn qöşib turibdi. Bugungi kunda bu yerdan dunyo musulmonlarining qadami arimas, bu nurli maskan asrlar oşa biz qanday eʼtiqodlar ila yaşaganimizni kelajak avlodlarga sözlab turgusidir, inşoalloh.
Zulfiya MÖMINOVA
1959-yili tuğilgan. Toşkent davlat universiteti (hozirgi ÖzMU)ning özbek filologiyasi fakultetini tamomlagan.
“Azizim, baxtiyorman”, “Vatan taşlab ketmaydi”, “Beşiklarni asragin, dunyo”, “Yonayotgan ayol” kabi şeʼriy töplamlari naşr etilgan.
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida

