7 daqiqada öqiladi

530 marta körilgan

Nabiralaringiz uçun ham yozib turing

Obid Asomov

Jurnalimizning sobiq rassomi, bolajonlarning bir neça sevimli multfilm qahramonlariga ovoz bergan maşhur söz ustasi, “Multiplikatsion filmlar studiyasi” rahbari, Özbekistonda xizmat körsatgan artist Obid Asomovdan özbek multiplikatsiyasidagi yangiliklar, istiqboldagi rejalar xususida söradik.

 

– Obid aka, suhbatlaringizning birida multiplikatsiya sohasidagi işlarni noldan boşlaş kerakligi haqida aytgan edingiz. Sir emas, ötgan davr mobaynida soha çindan ham rivoj topmadi – bolalarimiz qayta-qayta sevib köradigan multfilmlar kam yaratildi. Xöş, buning sababi nimada?

– Asosiy sabab sohaga yetarliça eʼtibor qilinmaganida. Menimça, faqat multfilmlar emas, kinoda ham katta natijalarga erişa olmadik. Saviyasiz, didsiz ijodkorlarning bir haftada suratga olgan filmlari köpayib ketdi. Oddiyroq bir multfilm tayyorlaş uçun kamida beş oy vaqt, katta mablağ kerak. Dunyo miqyosida olsak, bu sohada Ğarb davlatlari ança ilgarilab ketdi. 90-yillar avvalida biz bilan deyarli bir xil vaziyatga tuşib qolgan Rossiya Federatsiyasi ham keyinçalik multiplikatsiya sohasida özini önglab oldi. Çunki ularda maşhur “Soyuzmultfilm”ning maktabi saqlanib qolgandi. Sobiq ittifoq davrida “Özbekfilm” qoşida “Multsex” bor edi. Bu studiya darajasidagi katta taşkilot emasdi. Çiqarilgan mahsulotlar ham unçalik köp bölmagan esa-da, har holda sifatli edi. Studiyada sohaning ustalari işlardi. Keyingi vaqtlarda köp animatorlar maoşning kamligi sababli çet ellarga köçib ketib, faoliyatini öşa yoqlarda davom ettira boşladi. Bu eng muhim böğin – mutaxassislarning yetişmasligiga olib keldi. Boşqa davlatlarda animatsiya sohasi kompyuterlaştirila boşlaganda, bizda qöl mehnatiga tayanildi. Bu jarayonni sekinlaştirdi. Hatto hozir ham kadrlar masalasi bizning eng oğriqli nuqtamiz. Endi harakat boşlandi, yoşlarning xorijda malaka oşirib kelişlari uçun şaroitlar yaratilmoqda. Bundan taşqari, Toşkent davlat sanʼat va madaniyat institutida multiplikatorlik yönalişining oçilişi ham tarixiy voqea böldi. Ana endi, sohaning haqiqiy egalari özimizda yetişib çiqadi. Lekin baribir bularning mevasini totişimiz uçun biroz vaqt kerak.

 

– “Multiplikatsion filmlar studiyasi”ning faoliyati, umuman, yaxşi multfilmlar bevosita bolalar adabiyoti bilan boğliq. Şu maʼnoda, bugungi bolalar adabiyoti sizni qanoatlantiradimi?

– Oçiğini aytsam, şu vaqtga qadar zamonaviy bolalar adabiyoti bilan unçalik taniş emasdim. Lekin hozir işim taqozosiga köra, bolalar adabiyoti bilan tanişib çiqyapman. Har kuni qandaydir asar, ssenariyni öqiyman. Ötgan qisqa muddatda çiqargan xulosam şu böldiki, nazarimda bugungi ijodkorlar bolalarning könglini topa olgani yöq. Biz bolalikda Xudoyberdi Töxtaboyevning asarlarini qöldan qöymay öqirdik. Ustoz yozuvçi öşa paytlarda bolalarning qalbini his qilgan, ularning öy-xayollari, qiziqişlari, asosiysi, köngliga yöl topgan. Mana, hozir yangi asarlarni öqisam, 70-yillarning anʼanasi hamon saqlanib qolganday tuyuladi. Öşa eskiça voqealar, öşa til saqlanib qolgan. Ammo hozirgi, zamonaviy bolalarning nutqi, tili boşqaça emasmi? Ayrim ijodkorlar zamonning özgarib ketganini, bugungi bolalar boşqa davrda, boşqa şaroitda yaşayotganini tuşunmayapti, menimça. Nega bolalar köproq xorij multfilmlarini tomoşa qiladi, bilasizmi? Çunki bolalar kattalarning ular bilan bolalarça gaplaşişini yoqtirmaydi. Bugungi bolalar özlari bilan xuddi kattalarday muomala qilinişini xohlaydi. Xorij multfilmlari ularga şuni bera oladi. Şuning uçun farzandlarimizga taqdim qilinayotgan asarlar ham ularning darajasiga mos bölişi kerak.

Şu örinda yozuvçilarimizga kiçik murojaatim ham bor. Hurmatli yozuvçilar, bizda bugun yaxşi asar – ssenariylarga ehtiyoj katta. Farzandlaringizni, nabiralaringizni öylab, ularga ham atab ijod qiling. Bugun davlat tomonidan 10 daqiqalik multfilm uçun 390 million söm ajratilgan. Demak, yaxşi ssenariy uçun qalam haqi ham yomon bölmaydi. Albatta, buni ham hisobga oling.

– Televideniye va internet rivojlangan zamonda xorij multfilmlarini tomoşa qiliş imkoniyati keng. Qaysidir maʼnoda, ortida milliard dollarlik sarmoyasi bor yirik kompaniyalar bilan raqobat qilişga töğri keladi. Bu boradagi rejalaringiz qanday? Milliy multfilmlarimiz xorijdagisidan qanday farq qiladi, tomoşabinlarni nimasi bilan öziga jalb etadi?

– Bilasizmi, men hamma narsaga real qarab, vaziyatni real baholab örganganman. Şu maʼnoda, siz aytayotgan kinokompaniyalar bilan raqobatlaşib bölmaydi, aslo. Bu haqda öylaş ham, bunga urinib vaqtni behuda sarflaş ham kerak emas. Ammo şunisi aniqki, bizning studiyada isteʼdodli, katta salohiyatga ega ijodkorlar bor. Ular orasida xalqaro animatsiya festivallarida, nufuzli multiplikatorlar tomonidan eʼtirof etilib, Gran-pri olganlari bor. Töğri, biz hali bir yarim soatlik multfilm işlab hammani lol qoldirib qöyganimizça yöq. Ammo şuni orzu qilamiz. Şu maqsad yölida izlanamiz. Men istaymanki, bizning multfilmlar ham kinoteatlarda qöyilsin. Ularga sarflangan mablağlar bir neça barobarga köpayib özimizga qaytsin. Misol uçun, dunyoga maşhur “Qirol şer” multfilmini olib köring. Uni 450 ta mutaxassis 5 yil davomida tayyorlagan. Loyiha uçun millionlab dollar sarmoya kiritilgan. Ammo şunday bölişiga qaramay, asar uning ijodkorlariga katta foyda keltirgan. Bizda ham multiplikatsiya sohasini katta daromadli sohaga aylantiriş imkoniyati bor. Biz hozirça buni özbek tomoşabinlari miqyosida amalga oşirişimiz mumkin. Aytaylik, biz yaratgan milliy qahramonlar brendga aylanib, reklama orqali har bir bolaning kundalik turmuşiga kirib, uning öyinçoqlariga aylansa, qahramon suratlari şirinliklarning zarqoğozidan, kiyimlar va xona devoridagi suratlardan joy olsa, köplab tadbirkorlarga foyda keltiradi. Bu ham ijodiy jihatdan, ham moddiy jihatdan bizning yutuğimiz böladi.

Boşqa tarafi, biz bugun dunyoda ğoyaviy kuraşlar keçayotganini ham unutmasligimiz kerak. Aytmoqçimanki, beozor köringani bilan xorijiy multfilmlarda katta ğoyalar bor. Ular bolalarning ongi, öy-fikrlariga taʼsir etmay qolmaydi. Şuning uçun hozir milliy ruhdagi, xalqimizning boy qadriyatlari bilan oziqlangan asarlarni yaratiş zarurati bor. Bundan taşqari, bolalarga köproq ular bilgan, körgan narsalarni aks ettirgan, milliy koloritdagi multfilmlar qiziq tuyuladi. Biz hozir mana şu ehtiyojni qondirişga harakat qilamiz.

– Bugun bolalarni ertaklar bilan rom etiş muşkul. Zero, kompyuter texnologiyalari asrida voyaga yetayotgan jajji avlod ğayritabiiy, mubolağaviy voqealarga unçalik işonmaydi. Siz bunday vaziyatda qanday yöl tutmoqçisiz?

– Men bolalarni ertak bilan rom qilib bölmaydi, degan gapingizga qöşilmayman. Çunki ertakdagi öziga xoslikni, ğaroyib syujet va ğoyalarni heç bir yozuvçi yarata olmaydi. Baribir ertaklarning ming yillik siri kattayu kiçikni öziga jalb etib qolaveradi. Ammo zamon nuqtayi nazaridan ertaklarga biroz boşqaça yondaşiş mumkin-ku. Misol uçun, Gollivudning “Olovuddin va sehrli çiroq” multfilmini eslang. Multfilm “Ming bir keça” ertaklari asosida tayyorlangan. Lekin davr talabi bilan multfilm voqealariga zamonaviy elementlar ham qöşilgan. Asar qahramoni jin, bir qarasangiz, gitara çaladi, bir qarasangiz, “Ferrari” haydab keladi. Ötmiş bilan zamonaviylikning sintezi bu asarni dunyoga maşhur qildi. Xuddi şunday, Zumrad ham doim uyni supurgida supurişi şart emas-ku. Balki endi u uyni çangyutkiçda tozalar. Qimmat esa kun böyi telefon öynab ötirgani uçun bolalarda yomon taassurot qoldirar. Xullas, ertaklar eskirib qoldi deb, bolalarni ulardan uzoqlaştiriş töğri emas. Kerak bölsa, ertaklarni bolalarga yaqinlaştirişning yöllarini topiş kerak.

– Xorij multfilmlaridagi superqahramonlar juda ommalaşib, dunyo bolalarining ongu şuurini egallab olmoqda. Bu qahramonlar iştirokidagi multfilm hamda badiiy filmlar allaqaçon farzandlarimizning ham könglidan joy olib ulgurdi. Nima deb öylaysiz, bizda ham milliy superqahramonlar yaratib, ularni ommalaştiriş vaqti kelmadimikin?

– Gapingizda jon bor. Bizda nafaqat superqahramon, balki bolalarning oddiygina qahramonlari ham deyarli yöq. Hamma xorij multfilmlaridagi qahramonlarni biladi. Men şu yerda faoliyatimni boşlabmanki, milliy multfilm qahramonlarini yaratişni boş maqsadim qilib olganman. Bu borada bizga yozuvçi va rassomlarning yordami juda zarur. Yaqinda milliy qahramonlar qiyofasini yaratiş böyiça tanlov ham eʼlon qildik. Mayli bizga öşa qahramonni çizib berişmasin. Ammo, asosiysi, bizga qimmatli ğoyani berişsin. Bu qahramon biror bola, meva yoki buyum bölişi ham mumkin. Lekin, muhimi, u hammani öziga rom etsin. Mana, masalan, rossiyalik multiplikatorlarning “Maşa bilan ayiq” multfilmi juda maşhur bölib ketdi-ku! Hozir bu multfilmni sevib tomoşa qilmagan, bilmagan özbek bolasi bölmasa kerak. Ammo bu multfilm, aslida, töliq rossiyalik ijodkorlar tomonidan işlanmagan. Ğoya va ssenariy ruslarniki bölsa ham, animatsiya yaratiş işlari AQŞlik mutaxassislarga buyurtma qilingan. Çunki hatto Rossiyada ham bu qadar yuqori sifatli multfilmlarni yaratiş imkoni yöq. Ularning boşqa bir qança multseriallari ham Xitoy, Amerika kabi davlatlarda tayyorlanadi. Menimça, buning yomon tomoni yöq. Biz ham şunday qilişimiz, bolalar uçun sevimli multfilmlar loyihasi, ssenariysini işlab, uni Hindiston, Ukraina, AQŞdagi animatorlik studiyalarida buyurtma asosida suratga olişimiz mumkin. Bu qaytanga xorij tajribasini örganişda bizning mutaxassislar uçun yaxşi imkoniyat hisoblanadi.

– Yurtimizda xususiy kinostudiyalar köp. Baʼzan yaxşi, baʼzan saviyasiz mahsulotlar bilan bölsa-da, ular faoliyat yuritmoqda. Ammo xususiy studiyalar multfilm işlaşda faol emas. Buning sababi nimada? Sizda ular bilan hamkorlik qiliş imkoniyati bormi?

– Xususiy studiyalar bor. Biz ular bilan hali jiddiy hamkorlikni yölga qöymadik. Çunki ularda ham holat, imkoniyat biznikiday. Xususiy studiyalarning yutuği kompyuter bilan işlaydigan yaxşi mutaxassislarga egaligida. Ammo bizda ijodiy imkoniyat kengroq. Balki kelajakda kuçlarimizni birlaştirib, biror loyihani amalga oşirarmiz…

– Obid aka, qimmatli vaqtingizni ayamay biz bilan suhbat qurganingiz uçun rahmat. Özingizga va jamoangizga ilhom, ğayrat tilab qolamiz.

 

Saʼdullo Quronov

suhbatlaşdi.

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (73)

Şeʼr ham, şoir ham millat uçun oyna

XX asr özbek şeʼriyatidagi mavzularning turfaligi, taşbehlarning ohorli ekannida ustoz şoirlarning çuqur bilim va saviyasi körinib turadi. Bu şeʼriyat tarixiy voqealarga, uluğ şaxslarga murojaat etdi, şuning barobarida…