Çingiz Aytmatov özining hikoya, qissa va romanlari bilan allaqaçon özbek kitobxonlarining qalbini zabt etgan. Uning köplab asarlari qatori “Oq kema” qissasi (1970) ham öz vaqtida juda katta bahs va munozaralarga sabab bölgan edi. Çunki qissaning bola, Mömin çol, Örozqul kabi qahramonlari, ularning özaro munosabatlari kişida qarama-qarşi öy-fikrlar, hislar uyğotadi. Zotan, yozuvçining maqsadi ham şu edi aslida. Qissaga “Ertakdan söng” deb ikkinçi sarlavha qöyilişi uning ulğayiş haqida, ulğayiş maşaqqatlari haqida ekaniga işora qiladi.
Qissa bunday boşlanadi: “Uning ikki ertagi bölardi. Biri öziniki bölib, uni heç kim bilmasdi. Ikkinçisini esa bobosi sözlab bergandi. Keyin birontasi qolmadi. Gap şu xususda”. Darhaqiqat, qissa davomida röy bergan voqealar bolaning ertaklarini parça-parça qilib yuboradi, uning dunyosi ostin-ustin bölib ketadi. Albatta, inson umrbod ertak bilan yaşay olmaydi, barça-barça odamlar ertami-keç haqiqiy hayotga röpara böladi. Qissada buni kötarolmagan bola baliqqa aylanib, otasi xizmat qiladigan oq kema tomon suzib ketadi. Demak, qissa örozqullar möminçollarni kamsitadigan, xörlaydigan olamda bola yaşaşni istamagani haqida. Biroq qissa faqat şu xususdagina emas.
Qissada bola baliqqa aylanib uzoqlarga suzib ketişni orzu qiladi. Ayniqsa, özining bobosidan boşqa heç kimga kerak emasligini his qilganida, Örozqul Bekey xolani tutib olib urganlarida, kampirning noroziliklari uçun özini aybdor sezganida bu istak kuçayib boraveradi. Zotan, bola özi yaşayotgan olamda özini ojiz his qiladi. Qiziği şundaki, barça muammolarning sababçisi bölgan Örozqul ham özi yaşayotgan hayotni jinidan battar yomon köradi, qayerlargadir boş olib ketgisi keladi (“Örozqulning şaʼni va amaliga yaraşmaydigan, uning könglidagidek bölmagan bu dunyoga öt tuşsin”). Uning befarzand ekanligi alamzadaligini izohlaydigan yuzadagi sabab, xolos. Çunki u befarzandlikdan taşqari, kattaroq amalga erişolmaganligini ham taqdirning adolatsizligi deb hisoblaydi. Örozqul iç-içidan öziga nihoyatda past baho beradi, bu hisdan azob çekadi. Buni hatto özidan ham yaşiriş uçun boşqalarni kamsitiş evaziga öziga bölgan bahoni tiklab olişga örgangan. Şu bois ham amal va pul uning uçun şaxsiyatidagi yetişmayotgan narsalarning örnini töldirib oliş vositasiga aylangan. Iç-içidan özini hurmat qilolmagani uçun katta amalda ötirib katta hurmat körişni, bu orqali içidagi böşliqni töldirib olişni xohlaydi: “Qani endi öşa yoqqa yetişsang, biron joyga örnaşib olsang ekan. U yerda odamlarni amaliga qarab hurmat qilişni bilişadi… Katta amalga – katta hurmat”. Örozqulning özini Mömin çolga qiyoslaşlari ham öz-öziga bahosini kötarib oliş istagidan: “Umrida esa biron inson unga (Mömin çolga – M.Sh.) qaram bölgan emas, u esa hammaga qaram bölib kelgan, hatto özining kampiriga ham – çol unga bir söz qaytarolmaydi”. Mömin çol emasligining öziyoq Örozqulga taskin beradi, Mömin çol emasligiga özini işontiriş, özining undan qançalik baland ekanini taʼkidlaş uçun ham çolni kamsitaveradi, kamsitaveradi.
Köramizki, Örozqulning özidan noroziligi özini, hayotini özgartiriş tomon yönaltirilmaydi, aksinça, taşqaridagi kimgadir, nimagadir qaratiladi. Birgina misol. Örozqul çöponlarning ziyofatlarida ötirib, yoğoç borasida qop-qop vaʼdalar bergan, vaʼdasini bajariş vaqti kelganida esa yoğoç sudrab yuriş alami, qölga tuşib qoliş xavotiri uni quyuşqondan çiqarib yuboradi: “Lekin Seydahmad uzoqda. Zağçalarga ham qöl yetmaydi. Hammasining alamini xotinidan olişi mumkin – lekin uyga yetiş amrimahol. Birgina Mömin çol bor”. Mömin çol – keksa odam, Örozqulning xotini – erga tobe ayol. Örozqul esa qöl ostidagilarni, ojizlarni kamsitib, bundan huzurlanişining tagida öz ojizligini tan olmaslik istagi yaşiringanidan bexabar. Ana şunday – köz oldimizda ikkita Örozqul namoyon böladi: birinçisi – berahm va zöravon ikkinçisi – ojiz va notavon.
Şunga öxşaş holat Mömin çolda ham kuzatiladi. Biroq farq şundaki, bitta Örozqulda ikkita Örozqul yaşayapti, Mömin çol esa bitta bölgani holda unda ikkita Mömin çolni körişga örganib qolganmiz. Yaʼni Mömin çolda kimni köriş unga kim qanday munosabatda bölişini belgilaydi. Uning taʼrifiga eʼtibor bering-a: “U oçiqköngilligi, hatto sal-pal biladigan odamiga ham biron yaxşilik qilişga tayyorligi, har kimning xizmatiga hoziru nozirligi, hammaga sadoqati va xuşmuomalaligi tufayli şunday laqab (Mömin çaqqon – M.Sh.) olgandi. Ammo tillani tekin tarqatişganda heç kim uçun qadri qolmaganidek, uning jonbozligining qadriga ham heç kim yetmasdi. Uning yoşidagi kişilarga qanday hurmat va izzatda bölişmasin, Möminga heç kim bunday munosabatda bölmasdi”. Keyinroq yana öqiymiz: “Öz hurmatini talab qilişning uddasidan çiqmagan kişini odamlar oyoqosti qilaveradi, deb bekorga aytişmagan-da. U şuning uddasidan çiqmasdi”. Yozuvçi yana taʼkidlaydi: “Möminning butun umri erta tongdan qora keçgaça işda, taşvişda ötdi, lekin hurmat talab qilişni örganolmadi”. Bu yerda ğalati paradoksga duç kelamiz. Yozuvçi Örozqulning katta amal va katta hurmat haqidagi öylarini maʼqullamaydi, Mömin çolning hurmat talab qilişni bilmasligini ham maqbul holat deb bilmaydi. Örozqulning hurmattalabligi sababini bilamiz – Örozqul amal va uning ortidan keladigan “hurmat” vositasida öz şaxsiyatidagi yetişmovçilikni, ruhiyatidagi böşliqni töldirmoqçi. U holda nima uçun yozuvçi Mömin çolning hurmat talab qilmasligini fazilat hisoblamaydi?
Odam baʼzan öziga yetişmayotgan narsalarni boşqalarga beriş orqali ana şu ehtiyojini namoyon qiladi. Mömin çol aslida boşqalardan kutgani – hurmatni ularga körsatadi, boşqalarning mehr-eʼtiboriga muhtoj bölgani uçun ham ularga yaxşilik qilaveradi, örozqullarning aybini keçiraveradi. Bu jihatdan qaralsa, Mömin çol ruhiyatidagi ehtiyoj ham böşliq, lekin Mömin çol Örozqul kabi yöl tutmagani uçun ham ruhan xotirjam. Qisqasi, Mömin çol boşqalardan kutgani munosabatni ularga, avvalo, özi körsatadi. Qolgani endi Mömin çol bilan munosabatdagi kişilarga boğliq: tillani bekorga olgandek uni qadrlamasdan, Mömin çolga balanddan kelib muomala qiladimi yoki uning munosabatiga munosib javob qaytaradimi – bunisi har kimning vijdoniga havola.
Biroq har doim ham hammaning könglini birdek olişning imkoni yöq. Yozuvçi Mömin çolni Örozqulning badxohligiga nisbatan isyonga olib keliş uçun ham çolni bola va Örozqulning örtasidagi tanlovga röpara qiladi. Keyinroq esa Mömin çolning qizi va Şoxdor ona buğu örtasidagi tanlov örtaga tuşadi. Birinçi vaziyatdagi Mömin çol va ikkinçi vaziyatdagi ilojsiz Mömin çol orasida naqadar katta farq bor-a… Mohiyatda-çi? Yaqinlari uçun isyon qilgan Mömin çol yaqinlari uçun özligini qurbon qiladi – özi istamasa ham Şoxdor ona buğuni öldiradi.
Örozqulning tantanasi va Mömin çol özligini qurbon qilgan vaziyat qissaning boş qahramoni – bolaning hayotida hal qiluvçi ahamiyatga ega. Şu nuqtada bola ikkiga ajraladi. Uning hamma narsaga adolatli va töğri baho bera oladigan bola qalbi baliqqa aylanib oq kema tomon suzib ketadi. Sohilda qolgan bola uçun esa ikki yöl bor: yo Mömin çol, yo Örozqul bölib yaşaş. Bunday tanlovni kötarolmagan, qabul qilolmagan qismi oq kema tomon ketdi. Sohilda qolgan bola esa mana şu ikki yöldan boşqasini köra olmaydi. Har qanday köngilsizlik, muammolar uçun aybsiz aybdor maqomida qoladigan Mömin çol bölib yaşaydimi yoki boşqalarga zulm qiliş evaziga öz ojizligini özidan ham yaşirib yaşaydimi – buni biz bilolmaymiz.
* * *
“Oq kema” qissasida avlodlar örtasigi munosabat bola va kattalar dunyosi tarzida berilgandek körinadi. Aslida esa qissada uç avlod vakili tasvirlangan – Mömin çol, örta yoşli Örozqul va bola. Bu jihatdan Isajon Sultonning “Qismat” hikoyasida qöyilgan muammo bilan ayrim umumiyliklarni köriş mumkin. “Qismat”ning qahramonlari uç öğil va ota. Şuningdek, hikoyada otaning otasi haqida ham gap boradi. “Qismat”dagi ota “Oq kema”dagi Örozqul kabi befarzand emas, lekin Örozqul kabi nihoyatda alamzada. U ham muttasil içadi, içib olib xotinini uradi. U hatto öz otasiga qöl kötarişgaça borgan, Örozqul esa qaynotasi Mömin çolga qöl kötargan. Şunga öxşaş muştarak jihatlarni köplab keltiriş mumkin. Lekin muhimi bunda emas. Muhimi, “Oq kema”dagi bola va “Qismat”dagi katta öğil obrazlari orqali qöyilgan muammoda.
“Qismat”da katta öğilning xotiralaridan: “Umr böyi ota deb yoningga yaqinlaşolmadim, bir bola bölib bağringda erkalangim kelsa-da, haybatingdanu öşqirişingdan çöçidim, toki ön ikki yoşimga yetgunça meni kötarib tomga otib yuborişingdan qörqardim”; “Bola bölib ota nimaligini bilmaganim yetmadi…” “Oq kema”ning qahramoni özi umrida körmagan otasini qançalar soğinadi, uning hayotida otaning örni bilinadi, unga şu qadar ehtiyoj sezadiki, I.Sulton qahramonining qismati unikidan kam emas: otasi tirik va yonida bölaturib, katta öğil ham otaga şu qadar ehtiyoj sezadi.
Örozqul içib olib xotinini döpposlayotganida bola bobosining ahvolini körib juda açinadi. Oxir-oqibat bola uyqu va isitma aralaş orzu qila boşlaydi, xayolan Şoxdor ona buğuga murojaat qiladi: “Sen şoxingda beşik olib kel. Şunday qilginki, bobomiz yiğlamasin, şunday qilginki, Örozqul amaki Bekey xolani urmasin, şunday qilginki, ularda farzand tuğilsin”.
Bir qaraşda bolada hamdardlik tuyğusi kuçli bölgani maʼquldek körinadi. Lekin bu empatiya tuyğusi emas. Eʼtibor bering-a, bola endi öz orzusi bilan emas, özganing orzusi bilan yaşay boşladi. Özining tinçligiyu xotirjamligi özganing istagi amalga oşişiga boğliq ekanini iç-içidan his qilgani uçun ham endi öz hayotini qöyib, boşqaning hayotini yaşay boşladi hisob (Bu fikrga eʼtiroz bildiruvçilarga savol: Kim özining farzandi gödak yoşidayoq kattalarning taşvişi bilan yaşaşini istaydi?) Mömin çolning közlari har doim: “Nima istaysan? Biror oğiringni yengil qilaymi? Men tayyorman, faqat aytsang bas, nimaga muhtojsan?” degandek möltirab turişini nazarda tutsak, boladagi ilojsizlik tuyğusi uni Mömin çol kabi qadr-qimmatsiz böliş tomon yetaklaşi mumkinligi oydinlaşadi.
“Qismat”dagi otaning katta öğliga özining hayotini yaşaş nasib etmaydi. U gödakligidanoq onasining taşvişi bilan yaşay boşlagan: “Enamni urganlaringda qölingga yopişganlarim esingdami?” “Esimni tanibmanki mehnat qildim, haybatingdan qörqib uydan köçaga çiqolmadim”. “Oq kema”dagi baliqqa aylaniş bilan “Qismat”dagi otaning ruhi baliqqa ötişi örtasida qançalik aloqa borligini bilmaymiz, lekin baliqqa aylaniş har ikki asarda boşqa-boşqa vazifalarni bajargani aniq. Hikoyada baliqni aynan katta öğil tutib kelib onaga pişirib beradi va uning özi ham yeydi: “Katta akam baliq göştini uzoq vaqtlardan beri yemaganini aytib, tilda erib ketadigan bunday mazaning qaydan kelganiga hayratlanar va mazani uzoqroq his qiliş uçun köproq çaynaşga urinar edi”. Ota ruhi yaşayotgan baliqni yeyiş ona va katta öğilning hayotida ota yaşaşda davom etayotganining ramzi bölib, faqat farq şundaki, yoşini yaşab bölgan ona keçiriş, erini öziça tuşuniş, undan rozi böliş orqali “közlari ravşanlaşayotgan”ini his qiladi. Katta öğilning esa qismati bölak: içkilik va alam qalb közini kör qilib qöygan otaning hayoti undan eng köp aziyat çekkan katta öğil – alamzada va berahmroq bölib qolgan öğilning hayotida davom etadi, buni uning xotirasidan öçmayotgan jarohatlar ham aytib turibdi: “Içib kelib, hammani tumtaraqay qilganlaringda-çi? Menga ketmon otganingda yelkamni öpirib yuboruvding, izi haliyam bor, haliyam qoni silqib turipti, yelkamda emas, içkarida, yuragimda!” Naqadar ayançli manzara.
* * *
Agar Örozqul, Mömin çol va bola obrazlariga “taʼqibçi – qurbon – xaloskor (hakam)” arxetipi nuqtayi nazaridan qarasak, muallif uçun bola avvaliga voqealar va odamlarga baho beradigan hakam vazifasini bajaradi. Biroq keyinroq vaziyat boladan xaloskor bölişni talab qila boşlaydi. Bola Mömin çolni va Bekey xolani Örozquldan qutqara olmay, xayolan Qulibekni yordamga çaqiradi. Bu esa – “Qismat”dagi öğil onani urayotgan otaning qöliga yopişganidek zaif harakat. Yoş bola uçun xayolot dunyosiga çekiniş tabiiy hol. Lekin xuddi şu örinda u qadar tabiiy bölmagan yana bir hol röy beradi.
Mömin çol va Bekey xolaning Örozqulga munosabatini hazm qilolmagan bola dastlab şunday öylaydi: “Nega keçirişadi? Bunaqa odamlarni keçirmaslik kerak. U yaramas, sayoq odam. Bizga uning keragi yöq. Usiz ham kunimiz ötadi”. Bu bolalik aqli bilan anglangan haqiqatda mantiq bor. Lekin qissa oxirida isitma içida bola Şoxdor ona buğuga şunday iltijo qiladi: “Örozqul amaki Bekey xolani urmasin, şunday qilginki, ularda farzand tuğilsin. Men hammalarini sevaman, Örozqul amakini ham sevaman, sen unga faqat farzand ber. Ularga şoxingda beşik olib kel…” Yoş bola hammani birdek yaxşi körişini tuşuniş mumkin, lekin Bekey xolani urayotgan, Mömin boboga azob berayotgan Örozqul amakini ham yaxşi körişni qanday tuşunsa böladi?
Isajon Sultonning “Kiçkina puştirang maxluqça” hikoyasi aynan mana şu hodisani “tuşuntiradi”. Albatta, hikoyaning mazmuni sizga taniş: oyoği ipga boğlangan quyon bolasiga qasd qilgan böğma ilon, xavf biroz ötganini sezgan quyonbolaning qoçib qoliş örniga ilon dumiga borib suykalişi, bu manzarani kuzatib turgan kiçkina maxluqçaning nolasi… Ilon paydo bölguniga qadar hayot sururi haqida tölib-toshib kuylagan puştirang maxluqça özi körib turgan manzaraga doş berolmay qöllarini yeb bitiradi.
“Oq kema”dagi bola ham özi kuzatib turgan manzaraga toqat qilolmay qolgan puştirang maxluqçaga öxşab ketadi. Biroq u puştirang maxluqçadan farqli, boşqalar qatori qurbon maqomiga ötişdan, Örozqulni “yaxşi köriş”dan boşqa çora topa olmaydi. Şu örinda Örozqulning öylarini eslaşga töğri keladi: “Zamon bölgan-ku, axir, boşlar uçib ketgan, heç kim çurq etmagan. Aksinça, köproq yaxşi körişgan, köproq kuylaşgan. Mana bu xöp zamon bölgan-da! Endi-çi? Yaramaslarning eng yaramasi hisoblangan mana bu çol ham dabdurustdan gap qaytarişni öylab topdi”.
* * *
Özbek adabiyotida Mömin çol kabi qahramonlar Ç.Aytmatovning “Oq kema”sidan avval ham, keyin ham köp yaratilgan. Abdulla Qahhorning “Öğri” hikoyasidagi (1936) Qobil bobo, Şukur Xolmirzayevning “Podaçi” hikoyasidagi (1975) Ostonaqul çol, Ğafur Şermuhammadning “Quduq” qissasidagi (2013) Lallay va hokazo. Ularning gapiruvçi ismlariyoq qahramonlarning asosiy sifatiga işora qiladi, hatto Ostonaqul ismi ham (ostona – hamma bosib ötadigan joy). Bunaqa obrazlar odatda qizğin bahs-munozaralarga sabab böladi. Jumladan, “Quduq” qissasidagi Lallay obrazi haqida hamkasblar bilan özaro bahsimizda kimdir hozirgi zamonda Lallayga öxşagan odam umuman kun körolmasligini, boşqa birov Lallay kişida qanaqadir ğaşlik paydo qilişini aytdi, yoşlardan biri esa uni tanişlaridan biriga öxşatib ustidan kulişgaça bordi. Şunda yoşi uluğ ustozlarimizdan birining hikmatnamo gapi bahsni qiziq joyida taqqa töxtatib qöydi: “Möminlik ham qadriyat…”
Mömin çol haqidagi gaplarimizni unga qanday munosabatda böliş uning atrofidagi kişilarning vijdoniga boğliq ekanidan boşlagan edik. Tasavvur qiling-a, Qobil bobo, Mömin çol, Ostonaqul çol va Lallayning ularga qarama-qarşi qöyilgan personajlarga boğliq bölmagan hayoti ham bor-ku. “Oq kema”dagi bolaning Örozqul haqida “Bizga uning keragi yöq” deb öylaşi bejiz emas. Amin va amaldorlarsiz Qobil bobo, Örozqulsiz Mömin çol, bölim idorasidagi rasmiyatçi kişilarsiz Ostonaqul çol va Erat, Turdiqullarsiz Lallayning hayoti risoladagidek davom etaveradi. Möminçollar hatto örozqullarda ham insonni köra oladi, ammo örozqullar möminçollarda insonni körişga, ulardagi insoniylikni hurmat qilişga qodir emas. Tuproq kabi xokisor Lallay hatto nomaʼlum kişining ustixonlariga ham hurmat bilan munosabatda böladi. Erat va Turdiqul esa tirik odam – Lallayni tuproqçalik qadrlaşmaydi.
Masalaning ayni jihatini taʼkidlaş uçun ham “Oq kema” va “Quduq” qissalaridagi öxşaş bir epizodga töxtaş kerak böladi. “Quduq”ning oxirida Lallay nihoyat öz oilasi uçun quduq qaziy boşlaydi. Buni körgan odamlar çaqirilmagan bölsalar ham haşarga kelişadi, Lallayning qölidan işini olib, özlari unga quduq qazib berişadi. Bu işni barça birgalikda, hamjihatlikda qiladi (albatta, bu sahnada Erat va Turdiqulning yöqligi diqqatimizdan çetda qolmaydi). Lallay qaçonki özi uçun quduq qaziy boşlaganida kutgan narsasiga erişadi – odamlar qalbidagi yaxşilik buloğining közi oçilganini köradi. Şu maʼnoda, qissadagi quduq va suv obrazi şunçaki yaxşilikning emas, balki yaxşilikka javoban qaytarilgan yaxşilikning ramziga aylangan.
“Oq kema”da piçan ortişga kelib qor böronida qolgan yuk maşinalarini yurgiziş sahnasi bor. Mömin çolnikida tunab qolgan yigitlar Mömin çolda heç qanday ğayritabiiy, kamsitişga arziydigan jihatni körmaydi. Buni faqat mehmonlik odobigagina yöyib bölmaydi, çunki hali Mömin çolnikiga kelmasidan avvalroq Qulibekning bola bilan suhbatidayoq qariyani juda hurmat qilişini sezgan edik. Yozuvçi uşbu epizodni quyidagiça yakunlaydi: “Hamma yuk maşinalari yurgizilgaç, qöşaloq şatakka olingança keçasi xandaqqa tuşib ketgan maşinani tortib çiqarişdi. Bor odamlarning hammasi uni yölga çiqarib oliş uçun kömaklaşdi. Bola ham yordamlaşdi. U kimnidir: “Sen nega oyoq ostida ivirsib yuribsan, qani qoçib qol-çi, bu yerdan”, deyişini kutib, xavfsirab turdi. Lekin heç kim bunday demadi, uni heç kim quvlamadi”. Uşbu sahnadagi özaro tenglik, hamjihatlik, hurmat, hatto bola şaxsiga nisbatan ham mehr va eʼtibor bilan munosabatda böliş möminlik haqidagi hozirgi tasavvurlarimizga tahrir kiritsa ajabmas. Zotan, “Oq kema” qissasidagi bola, Mömin çol obrazlari orqali muallif ana şunday hamjihatlik va özaro hurmatga asoslangan munosabatni qaror toptiriş haqidagi istagini körsatgan edi.
Maşhura Şeraliyeva,
filologiya fanlari böyiça falsafa doktori.
1976-yili tuğilgan.
Andijon davlat universitetining özbek filologiyasi fakultetini tamomlagan. “Adabiyotşunoslik luğati” (hammualliflikda), “Boburning andişasi” nomli kitob
lari, “Hozirgi özbek nasrida kinoya” nomli monografiyasi çop qilingan.
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


