12 daqiqada öqiladi

12 521 marta körilgan

Modern şeʼriyatida tasvir

XIX asr oxiri – XX asr boşlarida F.Nitsşe, Z.Freyd, A.Bergson, K.Yung kabi faylasuf va ruhşunoslarning qaraşlaridan taʼsirlangan bir guruh ijodkorlar yangiça – modernizm yönalişiga asos soladilar. Dastlab Yevropa madaniyatida keng tarqalgan mazkur yönaliş XX asrga kelib butun dunyoda ommalaşa boşladi. Modernizm jahonda globallaşuv jarayonlari boşlanayotgan bir vaqtda siyosiy, madaniy, iqtisodiy omillar özaro kesişgan nuqtada vujudga keladi.

Modernistlar olamni mantiqqa tayanmagan, hissiy “tafakkur” asosidagina tölaqonli tuşuniş mumkin, deb hisoblaydilar. Ular bunda mantiqiy-tahliliy muşohadaga qarşi turib, irratsional ongni yetakçi sanaydilar. Şuning uçun modernistlar anʼanaviy metodlarni inkor etib, abstrakt, noreal ifoda şakllarida ijod eta boşlaydi. Bu yönaliş vakillari ijtimoiylikdan çekinib, öz şuuri tomon yuzlanadi. “Yaʼni bu örinda voqelikni aks ettiriş emas, ijodkorning öz-özini ifodalaşi ustuvor ahamiyat kasb etadi”.[1]

Özbek adabiyotiga modernizmning kirib kelişi yoki taʼsiri borasida olimlarimizning qaraşlari turliça. Xususan, professor U.Normatov ötgan asrning 20-yillarida Çölpon, Qodiriy, Fitrat, Botu, Oybek kabi ijodkorlar Ğarb modernizmidan kuçli taʼsirlanganini taʼkidlab ötadi. Filologiya fanlari nomzodi M.Yöldoşeva ham öz tadqiqotida jadid adabiyotiga xos baʼzi xususiyatlar özbek adabiyotida XX asr boşlaridayoq modernizmning böy körsatganidan darak berişini aytadi. M.Xolbekov esa modernizm özbek adabiyotiga ötgan asrning 80-yillaridagina kirib kelgan degan fikrni ilgari suradi. Umuman, modernizmga xos xususiyatlarning adabiyotimiz tarixining turli davrlarida uçratiş mumkinligini köplab olimlarimiz tasdiqlaydilar. Adabiyotşunoslikda yangi hodisaga nisbatan qaraşlarning turliça bölişi tabiiy, albatta. Ammo, bizningça, adabiy yönalişning muayyan davrga xosligi unga tegişli xususiyatlarning uçrab turişi bilan emas, balki butun bir ijtimoiy guruhning şu yönalişga xos ijodiy kayfiyatda ekani bilan belgilanişi kerak. Şu maʼnoda, biz M.Xolbekov körsatgan davr (80-yillar)ni özbek adabiyotiga modernizmning kirib kelişi davri deb hisoblaymiz.

80-yillarning oxirlarida mafkura bosimining bir qadar pasayişi madaniy hayotdagi jiddiy özgarişlarga turtki böldi. Avvalo, ijodkor könglidagi dardni aytişda nisbiy erkinlikni his qiladi. Ayni damda, qariyb bir asr davomida odamlarning butun fikr-xayolini band etib, eʼtiqod darajasiga kötarilgan kommunistik mafkuraning asl qiyofasi oşkor böladi. Qudratli va ulkan “imperiya” yemirilayotgan parokanda davr sanʼatkor ruhiyatiga, uning ijodiga jiddiy taʼsir ötkazadi. “80-yillar oxiri 90-yillar boşlaridagi vaziyat bizda modernizm adabiyotining, absurd inson obrazining tuğilişi uçun zamin tayyorladi”[2]. Özbek modernizmining “qaynagan” vaqti 90-yillarga töğri keladi. Bunga sabab ijodkorlarni birlaştirgan bir xil kayfiyat va şu kayfiyatni taʼminlab turgan “ötiş davri” edi. Abduvali Qutbiddinning “Tasavvur lahzalari” şeʼri, Faxriyorning “Muçal yoşi”, “Yoziq” kabi dostonlari, Bahrom Rözimuhammad, Aziz Saidning bir turkum şeʼrlari, Nazar Eşonqul hamda Uluğbek Hamdamning qissa va hikoyalari ayni şu davrning mahsuli edi.

Modernistik ifodada badiiy sintezning ahamiyati boşqa metodlarga nisbatan kuçliroq sanaladi. Zero, modernizmning falsafiy asosida sanʼatlarga bir butun hodisa sifatida qaraş ğoyasi turadi. Umuman, modernizmni vujudga keltirgan falsafa zamirida ham sanʼat turlariga, keng maʼnoda, butun insoniyatning madaniy hayotiga yaxlit hodisa sifatida qaraş ustuvor bölgan.

80-yillarga kelib zamonaviy özbek şeʼriyatidagi baʼzi örinlarda rangtasvirning modernizm yönalişiga xos unsurlar qöllanila boşlandi. Bunday öziga xoslikning ilk namunalarini Rauf Parfi “çizgan” manzaralarda köriş mumkin:

Yulduzlarning aççiq nurlariga çirmaşar,

Yular oyning namxuş soçlarini

Falakka termulib qolgan közlaring.

Rauf Parfining 1980-yilda yozilgan “Tong sahardan öltiribsan…” misralari bilan boşlangan şeʼrida maʼşuqa közlari bilan kuzatilayotgan manzara tasvirlangan. Şoir manzarani bevosita tasvirlaşga intilmaydi. U maʼşuqaning holini ifodalaşga urinar ekan, öz-özidan öquvçida muayyan tabiat manzarasini köriş imkoni tuğiladi. Ammo bu öquvçi örgangan şeʼriy tasvirlardan jiddiy farq qiladi. Yaʼni şoir aql bovar qilmas öxşatiş bilan inson közlariga “yangiça vazifa”ni yuklaydi. Öquvçi bir lahza bölsa-da, Oy va yulduzlar nuriga “çirmaşib” ösib borayotgan nigohlarni tasavvur qila boşlaydi.

Rauf Parfi şeʼriyatimizga tasvirning öziga xos, modern körinişlarini olib kirgan ijodkorlardan biridir. Uning ijodiga vizual obrazlarning noodatiy şakllari jilo berib turadi: “Yulduzlarning nurlari oğir”, “Qora pardangni taşla yuzingga, tun”, “Yulduzlarni tugma kabi yulsalar”, “Derazamga uriladi qor / Jaranglaydi jarangsiz kumuş”, “Toğlarimga çökdi osmon” va h.k.

Zamonaviy özbek şeʼriyatidagi modernistik tamoyillarni yaxlit holda tasavvur etişda “Özbek modern şeʼriyati” nomli töplam ahamiyatga molik. Mazkur töplamda yigirma tört nafar şoirning ijod namunalari jamlangan. Töplam tuzuvçilari ötgan asrning 20–30- va 70-yillarida şeʼriyatimizda modernizmga xos xususiyatlarning aks etganligini qayd etsalar-da, kitobga 80-yillarga kelib ijod eta boşlagan şoirlarning şeʼrlarini kiritadilar. Kitob mundarijasi şoir Abduvali Qutbiddin asarlari bilan boşlanganini hisobga olsak, tuzuvçilar uni özbek modern şeʼriyatining peşqadami sifatida köradi.

Abduvali Qutbiddin ijodiga nazar taşlar ekanmiz, uning asarlari ham anʼanaviy uslubda, ham modernizm yönalişida bitilganini kuzatişimiz mumkin. Şoir şeʼrlari ramzlarga öta boyligi bilan ajralib turadi:

Nahrlarda etagi yirtiq

Löli qizday qarğanar osmon.

Sohil böylab ketmoqda yörtib –

Oppoq biya

Bedard,

Bedarmon

 

Arqon kabi tortiladi yel,

Suğriladi oftobrang qoziq.

Sapçiyotgan tölqin uçidan –

Yana törga

Tuşadi

Baliq.

A.Qutbiddinning 1984-yili yozilgan “Nahrlarda etagi yirtiq” misralari bilan boşlanuvçi şeʼrida abstrakt, öta ramziylaştirilgan tasvirni köriş mumkin. Öquvçi şeʼrning badiiy-ğoyaviy mağzini uçinçi banddagi birgina misra – “Muqannani sotgan xiyonat” orqali ilğab oladi. Demak, şeʼr muayyan tarixiy voqelik haqida. Bu örinda biz uçun muhimi, tarixiy voqelikning muayyan tasvirda, tasvir bölganda ham modernizmga xos abstrakt yösinda ifoda etilganidir. Şeʼrni öqirkansiz, şoir tasvirlayotgan manzaralar bilan Muqanna qismatini uyğunlikda köra boşlaysiz. Birinçi bandda kuçli dovul, momaqaldiroq, çaqmoq tasvirlangan bölsa, ikkinçi bandda daryoning qoyaday kötarilayotgan tölqinlarini körasiz. Ayni damda, şoir kiçik detallar bilan Muqanna qismatining xarakterli örinlariga urğu berib ötadi: “Sapçiyotgan tölqin uçidan – Yana törga Tuşadi Baliq”. Şoir şeʼr matnida tarixiy voqelikka işora qilsa-da, aslida, öz davri voqealariga yuzlanayotganini anglaş qiyin emas. U Muqanna siymosida nafaqat özini va ziyolilarni, balki butun xalqni körayotgan bölişi ham mumkin.

A.Qutbiddin ijodida şeʼriyatimizda birinçilardan bölib modernistik tasvir tölaqonli namoyon böldi. Undan oldingi şoirlarning şeʼrlarida muayyan modernistik vizual obrazlar yaratilgan bölsa, A.Qutbiddin butun tasvirni, butun manzarani modernistik uslubda “çizadi”:

Qor gulxani…

Biğillab qaynayotgan çovgun…

Böğotlarda hakalab yurgan qiş…

Qor çaqmoği…

Etagi kuygan izğirin…

Qor böroni…              

Öyin tuşayotgan ayol…

Çarx urib… Çarx urib…

Çarx urib…

 “Tasavvur lahzalari” şeʼriy turkumidan olingan uşbu parçada şoir qiş manzaralarini bu faslga xos bölmagan körinişlar bilan (“Qor gulxani…”, “Qor çaqmoği…” v.b.) tasvirlaşga uringan. Albatta, bu örinda muayyan manzarani, şoir maqsad qilgan badiiy ğoyani anglab oliş juda qiyin. Çunki biz şundoq ham tuşuniş muşkul bölgan misralarni katta hajmli şeʼrdan ajratib olganmiz. Ammo “Tasavvur lahzalari” şeʼrini töla öqib, gap 90-yillarning aççiq hayoti haqida ketayotganini tuşungan öquvçi yuqoridagi “mantiqsiz” parçada ham muayyan manzarani köradi, asosiysi, lirik subyekt kayfiyatini his qiladi. Zero, 90-yillar hayoti ijodkor nazdida şu kabi alğov-dalğov, sira öxşaşi yöq manzaralardan iborat edi. Şoir hali özi ham tuşunib ulgurmagan hayotiy, ijtimoiy manzaralarni şu kabi noreal tasvir bilan ifodalaydi. Bu şeʼrning ifodaviy öziga xosliklari modernizmning dadaizm oqimida ijod qilgan musavvirlarning kartinalarini yodga soladi.

Özbek modern şeʼriyatining yana bir yorqin namoyandasi sifatida şoir Faxriyor eʼtirof etiladi. Faxriyor özbek şeʼrxonini yangiça obrazlar olami bilan taniştirgan, öz taşbihlari bilan zamonaviy öquvçi didini östira olgan sanoqli ijodkorlardan biri. Şoir çizgan manzaralar öziga xosligi, yorqinligi, asosiysi, noodatiyligi bilan ajralib turadi:

köylagini yeçayotgan ayolday

tunni yiğiştirib olar tabiat

borliq ustidan

va uni

fariştalar taxmoniga solib qöyadi

tun xudoning omonati

yulduzlar omonatga tuşgan kuyadir

tunni ilma-teşik qilib taşlar yulduzlar

Faxriyorning “Tong taşbihlari” nomli şeʼridagi obrazlarni real olam körinişlari bilan faqat uzun assotsiativ zanjir vositasidagina boğlaş mumkin. Şeʼrda tunning tongga yaqin, osmondan yulduzlar bir-bir “terilayotgan”, asta-sekin qoronğulikning quyuq rangi yöqolayotgan pallalari tasvirlangan. Bunda şoir, avvalo, öquvçini tunning libos (mato) ekanligiga işontirib oladi. Şu bois endi öquvçi bemalol yulduzlarning kuyaga mengzalişini ham hazm qiladi. Göyoki yulduzlar – kuya, ular mato (osmon)ni ilma-teşik qilib yegan, unda tuynukçalar hosil qilgan. Mato ortida esa çeksiz yoruğlik bor. Har keça, tun köylagini kiyganida yoruğlik nurlari şu tuynuk (yulduz)lardan ötib keladi…

Özbek modern şeʼriyatining rangtasvir bilan aloqalari Bahrom Rözimuhammad ijodida yaqqol körinadi. B.Rözimuhammad özining tasviriy lirakasida modernistik ifoda uslublaridan unumli foydalanadi. Aniqroği, şoirga “ötiş davri” uyğotgan kayfiyatni ifodalaşda modernistik uslub juda qöl keladi. Şu maʼnoda B.Rözimuhammadning tasviriy şeʼriyatida lirik qahramon ruhiy olamini, uning kayfiyatini ifodalaş birinçi planda turadi.

B.Rözimuhammad şeʼriyatidagi tasvirlar modernizm oqimlarining manifestiga juda mos keladi. Şoir şeʼrlaridagi tasvirni modernist musavvirning muayyan kartinasi bilan bemalol taqqoslaş mumkin. B.Rözimuhammad ijodini diqqat bilan kuzatar ekansiz, şoir ifodada modernizmning nazariy asoslariga tayanganiga şubha qilmaysiz. U özining “Çölpon – tong yulduzi demak” nomli kitobida sanʼatlarning özaro yakdillikda talqin qilinişi, his etilişi, modern şeʼriyatni tuşunişda asosiy kalit ekanini taʼkidlaydi. Bundan anglaşiladiki, şoir modernizmning sintetik hodisa ekanini nazariy bilimlari evaziga yaxşi tuşunadi, his qiladi. Uning tasviriy lirikasini modernizmning rassomçilikdagi turli oqimlari bilan qiyoslab, şoirning aksar asarlari şeʼriyat va rangtasvir örtasidagi badiiy sintez asosida yaratilganiga guvoh böliş mumkin:

Tong örniga nimadir otibdi

bir emas juda köp kunduzlar jimirlar

törtburçak uçburçak kunduz va kunduzçalar

baʼzisi nim puşti baʼzisi jigarrang

baʼzisi tundek qop-qora

rangsiz baʼzisi…

1905-yili Parijda bir guruh yoş rassomlarning ijodiy körgazmasi oçiladi. Özlarini jamoatçilikka fovist musavvir sifatida taniştirgan bu ijodkorlar çindan ham rangtasvirda katta buriliş yasagan edilar. Fovizm modernizmning dastlabki oqimlaridan biri sifatida eʼtirof etiladi. Fovistlar tasvirga, avvalo, juda quyuq ranglarni olib kiradilar va tasvirlanayotgan obyekt şaklini buzişga urinadilar. Şu sababli fovistlar tasvirida siniq çiziqlarni, baʼzan, geometrik şakllarni uçratiş mumkin edi. Şoir Bahrom Rözimuhammadning “Tong örniga nimadir otibdi” misralari bilan boşlanuvçi şeʼrida aynan fovizm oqimiga xos tasviriylikni uçratiş mumkin. Şeʼrda şoir lirikadagi anʼanaviy peyzaj tasvirlaridan umuman farq qiluvçi manzarani çizadi. U tabiatni turli geometrik şakllar vositasida (“törtburçak”, “uçburçak”), öziga xos, noodatiy ranglar bilan ifodalaşga urinadi. Albatta, tabiat öz holiça ham juda gözal, ammo uning inson közlaridan yaşirin baʼzi gözalliklari ham borki, buni sanʼatkorgina boşqalarga körsata oladi.

Bahrom Rözimuhammadning “Yoz keçasi” nomli şeʼrida endi sal boşqaçaroq, ammo noodatiylikda oldingisidan qolişmaydigan manzarani kuzatiş mumkin:

Çirildoq ovozi

oy nuriga ilaşib

çuvaldi qoldi…

 

Şeʼrni öqirkansiz, taxayyulda aynan nimaning gavdalanayotganini tuşunolmay halak böla boşlaysiz. Siz real hayotda körişingiz va eşitişingiz mumkin bölgan tun, oy va çirildoq ovozlari birdaniga qorişib, tasavvurda öziga xos tasvirni hosil qila boşlaydi. Agar bu şeʼrdagi “manzara”ni real tasvirga “ögirsak” osuda tunni, nurafşon osmonni – Oyni va dalaning har-har joyida çirillab tundagi sokinlikni buzayotgan çigirtkalarni körişimiz mumkin. Aslida, şoir manzarani juda ham topqirlik bilan, öta nozik did bilan “çizmoq”da. Çunki bunday nurafşon tun manzarasida faqat Oy hukmdorlik qilişi mumkin. Yaʼni Oyning yorqinligi tun bağrida jamiki narsani pardaday tösib qöyadi. Lekin faqat “çirildoq” ovozigina unga qarşi çiqişi, Oy nuri bilan bellaşişi mumkin. Ammo tasavvurni işga sola olmasangiz, mazkur lirik manzarada heç narsani köra olmasligingiz aniq. Zero, bu tasvirda muayyan kompozitsiya mavjud emas. Unda faqat oy nuriga “ilaşib, çuvalaşib” qolgan çirildoq ovozi bor, xolos. Bu tur tasvir modernizmning dastlabki oqimlaridan bölgan ekspressionizmning ifoda tamoyillariga yaqin turadi. Ekspressionist musavvirlar tasvirda predmetlar şaklini buzişga, nomutanosib ranglar “uyğun”ligi asosida real kompozitsiyani tözğitişga uringanlar.

Modernizmning yana bir katta yönalişi sifatida abstraksionizmni körsatiş mumkin. Bu yönaliş özida modernizm oqimlariga xos barça xususiyatlarni jamlaydi. Mutaxassislar abstraksionizmni “predmetsiz tasvir” deb ham ataşadi. Haqiqatan ham, bu yönalişga mansub suratlarda heç qanday predmet tasvirlanmasligi mumkin. Abstraksionizm ham modernizmning ilk oqimlari bilan bir qatorda vujudga kelgan. Uning namoyandalari fotografiya mavjud olamning real körinişlarini lahzaga muhrlaşi mumkin, ammo olam mohiyatini tasvirda faqat özlari, yaʼni abstraktsionistlargina ifodalaşga qodir deb bilganlar. Köproq rassomçilikda ommalaşgan bu oqimda musavvirning lirik, ayni damda parokanda qalb keçinmalari aks ettirilgan. Kartinalarda sarosimaga tuşgan, şu bilan birga, mutlaqo yolğiz kişilar qalbi tasvirlangan. Abstraksionizmning boşqa yönalişlardan farqi unda lirizmning mavjudligi edi. Musavvir kartinada judayam erkin, “tölqinlanib”, “suzib” turgan şakllarni turli “tebranma” ranglar vositasida ifodalaşga uringan.

 Eʼtibor berilsa, B.Rözimuhammadning “Yomğirda ivigan…” misrasi bilan boşlanuvçi quyidagi şeʼrida tasvirning deyarli predmetlarsiz ekaniga guvoh böliş qiyin emas:

Yomğirda ivigan

örik gulini

xöroz qiçqiriğiga örab uşladim

 

gir atrofda şafaq

quyoşdan nur emas

qon tomayotgandek

 

oppoq par

ikki rang hokimligi

men va tevarak…

Köryapmizki, şoir judayam katta, keng kölamli manzarani bir-ikki detal bilan “çizişga” muvaffaq böladi. U tasvirda, musavvirona taʼbir bilan aytganda, minimalizm tamoyiliga amal qilgan. Şeʼrni öqirkansiz, köz oldingizda tabiatning gözal manzarasi gavdalana boşlaydi. Ammo nimaning evaziga? Aslida, şeʼrdagi ayni şu jihat uni abstraksionist musavvirlar çizgan kartinalarga yaqinlaştiradi. U bir-ikki tasviriy element bilan köz oldingizda butun manzarani gavdalantira oladi. Öquvçi detallar vositasida umumiylikni emas, balki umumlaştiruvçi tasvir asosida boşqa predmetlarni körişi mumkin. Masalan, “örik guli” bahordan, “xöroz qiçqiriği” tongdan, quyoş yomğirning tinganidan va osmonning öta musaffo ekanligidan, oppoq parlar esa quyoşning taftidan dalolatdir…

Rassom öylab topgan

bu qora rang qop-qoraki

unga çizsang tun körinadi

Bemalol çizavering qora muşukni

ayniqsa dumini

qillarini…

B.Rözimuhammadning “Rassom öylab topgan” misrasi bilan boşlanuvçi şeʼri abstraksionistik ifoda uçun yaqqol misol böla oladi. Şeʼrni öqirkansiz, beixtiyor maşhur rus musavviri Kazimir Maleviçning abstraksionizm yönalişidagi “Qora kvadrat” kartinasi yodga tuşadi. Dunyo sanʼatida öziga xos mavqega ega bölgal “Qora kvadrat” surati faqat quyuq qora rangdan taşkil topgan.

Şoir ham xuddi “Qora kvadrat”ning muallifi kabi faqat qora rangning ahamiyatini körsatişga uringan. Yaʼni u nazarda tutgan qora rang şu qadar qoraki, uning ustiga bemalol qora böyoq bilan tunni çiziş mumkin. Şunda ham tun zulmati ajralib, körinib turadi. Bu rang şu qadar qoraki, agar çizsang, unda muşuk dumidagi tim qora tolalari ham yorqin bölib körinadi… Şoir hatto rangni tasvirlay olmoqda. U bitta yaxlit rangga estetik joziba bağişlaşga erişmoqda.

Sanʼat – ijtimoiy hodisa. Ijodkor qaysi davrda, qanday şaroitda va qanday istakda asar yaratmasin, unda baribir ijtimoiylik aks etaveradi. Çunki ijodkor – şaxs mavjud jamiyatning bir bölagidir. Şu maʼnoda, özbek modernizmiga muayyan milliy-ijtimoiy kayfiyatning mevasi sifatida qaraş töğri böladi. Şunday ekan, biz Ğarb modernizmi özbek zaminida aynan takrorlangan deyiş fikridan yiroqdamiz. Lekin 90-yillardagi ijtimoiy-madaniy hayot milliy adabiyotimizda modernizmga xos bölgan xususiyatlarning vujudga kelişiga turtki böldi. Buning natijasida zamonaviy özbek şeʼriyati yangi nomlar, betakror asarlar bilan boyidi.

 

 

Saʼdullo QURONOV,

filologiya fanlari böyiça falsafa doktori.

 

1989-yili tuğilgan.

Özbekiston Milliy universitetining özbek filologiyasi fakultetini tamomlagan.

“Ifoda va ifodaviylik” nomli adabiy-tanqidiy maqolalar töplami va “Egiz sanʼatlar” nomli monografiyasi naşr qilingan.

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar (3)

  1. Jumayev Fayzullo

    Modernizm haqida juda köp ma'lumotlar berilgan

  2. Mohinur Şerboyeva

    Dasturiy

  3. Ğiyosiddin Önarov Tahririyat

    Ha

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (147)