9 daqiqada öqiladi

249 marta körilgan

Nurafşon xotiralar

Eron qişloğida

Rahimberdi amakimning Orif aka ismli bojasi bölar edi. Ularning 1920-yillar oxirigaça Toşkent şahri çetidagi Eron qişloğida kattagina yerlari bölib, paxta, makka, qovun-tarvuz, beda kabi ekinlar ekişar, qirga buğdoy sepişar edi. Orif aka yoşi uluğ, kamgap, salmoq bilan, kulib sözlovçi, mehnatkaş kişi edi. Dadam bu kişini “sodda, töğri, oq köngil odam”, deb hurmat qilardilar. Orif poçça har yili qovun pişiğida bizni qovun sayliga taklif etardi. Amakilarim, dadam, biz bolalar –  hammamiz keçki salqinda, baʼzan maxsus yuborilgan aravada, baʼzan piyoda bilq-bilq tuproq keçib, “Kökça darvozasi”, “Şofayzi quloq”, “Kökça Oq tepasi”, “Qurvaqaobod” kabi guzarlarni bosib, odamga liq töla çoyxonlarda qönib, çoy içib, Eron qişloqqa yetib borar edik. Poliz boşidagi katta ariq labiga, sadaqayrağoç tagiga solingan joyda qovun yeb, qaynatma şörva içar, şunda uxlab, dala nashʼasini xöp surgaç, ertalabki qaymoqxörlikdan söng uyga kaytar edik.

Orif poççaning yeri poygasidagi xirmontepa yonida, kiçkina qörğonçada dadamning yaxşi bir oşnasi yaşar edi. Ismi, yanglişmasam, Siddiq aka, özi kulolçilik qilardi. Dadam sayilga çiqqanda, dala aylanib baʼzan şu kulolning işxonasiga kirar, Siddiq aka bilan suhbatlaşib ötirar edilar. Siddiq aka öttiz-qirq yoşlarda, xuştabiat, qiziqçi kişi edi. Oyoği bilan kulol çarxini tepa-tepa, qölidagi loyga turli şakllar berib, tovoq, piyola, xurma, lagan, möndi, manak, tuvak yasar, öz işidan özi zavqlanib, aşula aytar edi. Siddiq akaning işxonasi yonida xumdon bölib, dadam uni ham tomoşa qilar, qaytişida Siddiq akani mehmonga taklif etardilar. Siddiq aka yuvinib, kiyinib, öz dehqonçiligidan bir-ikkita qovun kötargança, “mana, bizning kulol “zavod” ham endi xatga tuşadigan böldi…”, deb dadamga piçing qilib, mehmondorçilikka kelib qöşilar edi.

Şunday bir ötirişda kulolçilikdan gap çiqib, dadam, afsonami-çinmi bir voqeani mehmonlarga sözlab berganlari esimda:

“Qadim zamonlarda vahşiy bir odat bölgan ekan. Daryo töğonlarini suv olib, toşqin röy bersa, suvsizlikdan dehqonçilik bölmasa, töğon tuzatuvçilar “suv töxtasin”, degan irim bilan biror beva-beçorani tiriklay töğonga bosar, xumdon egalari “ğişt, kulollik idişlari yaxşi pişib çiqsin”, deb biror kimsasiz odamni xumdonda yoqar ekanlar…

Bir xumdonçi boy işyoqmas bir qulini xumdonga yoqmoqçi bölibdi. Boy, boşqa qullar oldida özini beğaraz körsatmoqçi bölib, öt yoquvçi quliga: “Ertalab oldinga kimda-kim birinçi kelsa, uni ötga yoqib yubor!”, deb buyuribdi. Ertasiga tong sahardan boy haligi işyoqmas qulini uyğotib, tezda gölaxga nonuştalik eltib berişni tayinlabdi va oradan bir-ikki soat ötkazib, ahvolni bilgani özi xumdonga kelibdi:

–  Qalay, birortasi keldimi, yoqdingmi? –  deb sörabdi boy gölaxdan.

–  Ha, xöjayin, –  debdi gölax gerdayib, –  yoqdim.

–  Xöş, xöş, kimni yoqding?

–  Katta öğlingizni, hozirgina…

Boy dahşatga kelib, soç-soqolini yulibdi. Bu hodisa ustiga non kötarib, işyoqmas qul kelibdi. U yöl-yölakay, “ertalabki nasibadan quruq qolmay”, deb bir töyga kirgan, qornini töyğazib bemalol kelayotgan ekan…”

Men öşa qoronği keçada, bu hikoyatni etlarim junjikib eşitganman. Hali-hali eslasam, seskanib ketaman. Nazarimda, yuqoridagi kabi bidʼatlar, qadimda suv va öt xudosiga qurbonlik keltiriş odatlaridan qolgan bölsa kerak.

Çiroqpoya

Dadamning ijodxonalaridagi tokçalarga qator terilgan çinni va boşqa rözğor buyumlari uyimizni bezab turardi. Ayniqsa, undagi bir juft xitoyi köra va qöş lagan (bu köra va laganlarni dadam 1925– 1926-yillarda xarid qilib keltirgan edilar) öz çiroyi bilan kişi diqqatini jalb etardi.

Bir kun dadam boğimizda yer çopayotib, böyi yarim gazça keladigan sopol çiroqpoya topib oldilar. Çiroqpoya dastalik, sirlanmagan, oddiy bölib, tagiga gir aylantirib çiziq bilan işlangan kungirasini husnga qöşmaganda, qöpol, samovarga öxşar edi. Dadam: “Bu çiroqpoya taxminan yuz yil burun yasalgan. Bizda lampa rasm bölgunça, xalq şam yoki ziğirmoy yoqib kun keçirgan. Mana şu çiroqpoya ustiga moy quyib, paxta pilik yoqib, uy örtasiga qöyib, tevaragida davra qurib ötirişgan va “zab hikmat-da”, deb çiroqpoyani tomoşa qilişgan, yasagan ustasiga ofarin öqişgan…” dedilar kulib va uni yuvib-tozalab tokçaga –  haligi xitoyi köralaganlar yoniga qöyib qöydilar. Dadamning bunday uy “yasatiş”lariga oyim:

–  Bu besönaqay sopolni namunça aziz qilib, çinnilar yoniga qöşib qöymasangiz?! –  deb eʼtiroz qildilar. Dadam “tuşunmaysan” degandek qöl silkib:

–  Çinnilar xitoyniki, bu sopol ota-bobolarimizdan qolgan, özimizniki! Har kimniki öziga, oy körinar köziga! –  deb kulib qöydilar.

Xitoyi köra va boşqa köpgina buyumlar qatori, öşa çiroqpoya ham hozirgi paytda Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyida, Abdulla Qodiriy xonasida saqlanadi.

Mullayona söz

Dadam bir kuni:

–  Alijon domla betob ekanlar, körgani boruvdim, seni yöqladilar. Borib bir hol sörab kel. Sening ham domlang, –  deb qoldilar.

Men issiq non, asal kötarib domlani körgani bordim. Keçqurun dadam yana “domlani körib keldingmi?” deb söradilar. Men mullayona sözlab, izhori fazl qilmoqçi böldim, şekilli, “Ha, domlani riyozat qilib qaytdim”, dedim. Sözim dadamga eriş tuyuldimi, “nima-nima, sözingni qaytar?” dedilar. Qaytardim. U kişi kulib yubordilar va birdan jiddiy tus olib:

–  Mazmunini bilmagan sözingni işlatma. Kulgi bölasan. Riyozat bu –  maşaqqat çekiş, kasalni borib köriş –  ibodatdir. Arabiy, forsiy sözlarni zaruratsiz işlataveriş yaramaydi. Öz tilingda sodda, pişiq jumla tuzsang, şundan maʼquli yöq, –  dedilar.

 

Realizm

Adabiyotga yangi qiziqqan paytlarim edi. Bir kun kitob öqib ötirib, “realizm, realistik” sözlariga tuşunmadim-da, maʼnosini dadamdan söradim. –  Realizm bu voqelik, haqiqat demakdir, –  javob qildilar u kişi.

Dadamning qisqagina javoblariga unça tuşunib yetmasam ham, tuşungandek boş irğadim. U kişi mening majhul holatimga qarab turib:

–  Javobimga tuşunmading, –  dedilar va realizm maʼnosini şunday bir misol bilan taʼbirlab berdilar. –  Samarqandda Afrosiyob ismli bir pahlavon ötgan ekan. Afrosiyob şu qadar zör ekanki, agar u öz şahrida oyoq uzatib ötirsa, oyoğining uçi Sirdaryoga tuşib turar ekan. Uxlaganda xurragi bemalol Toşkentga eşitilar, har nafas olganida, butun Samarqand şahrining haşarotlari oğziga kirib, nafas çiqarganida osmonga otilib çiqar ekan.

–  Bunaqa odam bölmaydi, ada.

–  Ha-a, –  dedilar kulib yuborib dadam, –  demak, hikoyam haqiqat emas, işonmading. Agar işonganingda edi, realistik hikoya sözlagan bölib çiqardim. Endi tuşungandirsan?..

Vijdon nima?

Bir kun, maktabdan qayta turib, Abdulla akam bilan hamroh bölib qoldim, –  deb hikoya qilgan edi boğ qöşnimiz, öqituvçi Sobit Komiliy, –  suhbatlaşib ketdik. Men u kişidan söradim: “Vijdon, vijdon, deyişadi. Bu nima degani özi, Abdulla aka?” U kişi öylanib borib javob qildilar: “Sen yölda borarding, qarşingdan kelayotgan bir keksa loyda sirğanib yiqildi. Sen unga parvosiz ötib ketaverding va nariroq borib, özingga savol berding: “Nega men haligi keksaga yordam bermadim, turğazib qöymadim-a?” Mana şu özingga bergan savoling vijdondir”.

 

Qodiriyning xizmatkori

Bir kuni keçki payt dadam peşona boğlab, yalangoyoq, şiypon qarşisida yer çopardilar. Men şiyponda yonboşlab, dars tayyorlardim. Darvoza oçilib, bir rus yigiti kirib keldi. Yigit notaniş (Yozuvçilar soyuzining yangi şofyori), biznikiga birinçi bor kelişi edi. U dadamning oldiga borib: “Yozuvçilar soyuzida majlis bölarkan, Abdulla Qodiriyni olib ketgani keldim”, dedi. (Qodiriy Özbekiston Yozuvçilar soyuzining prezidium aʼzosi edilar.)

Dadam indamay biroz işni davom ettirgaç, ketmon va kalişlarini olib, ariq labiga çiqdilar. Menga, “ketmonni tozala”, deb özlari bemalol yuvindilar-da, kiyinib çiqqani içkari hovliga kirib ketdilar. U kişining bu sust harakatlaridan şofyor aççiğlandi, şekilli, menga qarab tönğilladi:

–  Bu qanaqa yozuvçi, huzuriga xizmatkorini yuvuqsiz kiritmaydi, qança vaqt bekor ketdi…

Men şofyorning gapiga çala-yarim tuşunib, yanglişayotganini sezsam ham kulib, jörttaga jim ötiraverdim. Dadam içkaridan kiyinib çiqdilar, yigit u kişiga qarab turib, kuldi:

–  Keçirasiz, sizni Abdulla Qodiriyning xizmatkori deb öylabman…

“Kör sak”

Bir kuni şoir Söfi Olloyor ğazallaridan öqib ötirar edim. Dadam “Nima öqiyapsan?” deb, qölimdan kitobni olib kördilar va “Söfi Olloyormi?” deb qaytarib berarkanlar, kulib şu baytlarni yod öqidilar:

Çaroğiki şariat yondirdi qöydi,

Ani kim puf dedi, soqoli kuydi.

Uyalma maʼrifatni örganurdin,

Tanur joying bölur, qolsang tanurdin.

Men dedim:

Söfi Olloyor şeʼrlarini yod bilar ekansiz…

U kişi kuldilar:

Biz şunday kitoblarni öqib savod çiqarganmiz-da. U çoqlarda Söfi Olloyor asarlari maktablarda darslik kabi öqitilar, yod oldirtirilar edi.

Söfi Olloyorni tasavvuf şoir deyişadi…

Ha, uning asarlarida ilohiyatga köproq örin berilgan. Şeʼrlari mazmunan sodda, lekin jonli, ravon, öynoqi tilda bitilgan. Asosiy ğoyasi odamiylik, axloq-odob, maʼrifatga bağişlangan. Buni yuqoridagi baytlardan ham anglaş mumkin. Şariat bu –  umuman musulmon mamlakatlarining asosiy qonun-qoidasi. Şoir kimki mamlakat qonun-qoidalariga qarşi borsa (uni “puflab öçirmoqçi” bölsa), halok böladi, yaʼni soqoli kuyadi, demoqçi. Ikkinçi baytda esa: maʼrifatni örganurdin uyalma, agar tanurdin (yaʼni taniş-bilişdan) qolsang, joying tanur (tandir, yaʼni dözax) bölur deydi… –  deb tuşuntirdilar dadam. –  Aytişlariça, Söfi Olloyor beklardan bölgan. Yoş çoğlarida hukumat xizmatida bölib, fuqaroga köp zulm ötkazgan. Keyin, qirq yoşlardan oşgaç, öz qilmişlaridan puşaymon bölib, tavba qilgan, xokisor, beçorahol yaşab, ijod bilan şuğullangan. Uning bir közi kör bölgan. Bir kuni Söfi Olloyor loy qorib, hovlisining yiqilgan devorini urayotgan ekan. Bir kişi kelib sörabdi: “Mavlono Söfi Olloyor hazratlarining uylari şumi?” “Ha, şu, –  debdi Söfi Olloyor. –  Nima xizmatlari bor edi?” U kişi taraddudlanib deydi: “Hazratni bir körsak…” “Juda yaxşi, –  debdi Söfi Olloyor va barmoği bilan özining kör köziga işora qilibdi, –  öşa siz sörayotgan “kör sak” biz bölamiz, marhamat…” Eʼtibor berdingmi, –  deb hikoyatlarini yakunladilar dadam, –  şoir “körsak” sözini öyin qilib bölib-bölib, özini “kör sak”, yaʼni “kör it” deb aytgan. Ana şunday har sözda ötmişdagi zolimligiga şikva qilib, kör it ekanman, deydi Söfi Olloyor.

Qomus taʼlimi

Kutubxonamizda qalin, qora muqovali, rasmlar işlangan, turkça katta bir qomus bölardi. Dadam böş vaqtlarida uni mutolaa qilib ötirardilar. Bir kuni mutolaa payti kitobning bir örni maʼqul böldi, şekilli, bir bayt öqidilar va mazmunini şarhlab berdilar: “Sen tuğilganingda, “dunyoga yangi mehmon keldi”, deb quvonçdan butun olam kulardi. Endi, sen şunday yaşaginki, ölganingda, “falonçi odam yaxşi edi”, deb qayğudan butun olam yiğlasin…”

 

Julqunboyi soniy

Yoz kunlari edi. Dadam “Obid ketmon”ni yozardilar. Eşigimiz taqillab qoldi. Çiqib oçdim. Past böy, töla yuz, moş-guruç soqolli, salla-çopon, mahsi-kavuşli, qoraça bir kişi (u men çiqqanda, siyoh qalamini labiga tegiza-tegiza qölidagi daftarga nimalarnidir yozardi) dadamlarni söradi. Yöqlar, dedim. U heç muqaddimasiz, özining Şavkatiy nomli şoir, Qodiriyga yaqin oşna, isteʼdodli Julqunboyi soniy ekanligini izhor qilib, “soatiydin söng kelurmen”, deb jönab ketdi (uning gaplari mullayona, adabiy edi). Men ajablandim. Dadamning bunday oşnalari borligini bilmas ekanman. U, aytganidek, biror soatdan keyin yana keldi. Men dadamga “bugun bir kişi sizni ikkinçi marta yöqlab keldi”, dedim. Dadam çiqib, eşikda u kişi bilan sözlaşdilar, qöldagi daftarini olib, öqib kördilar va nimalarnidir tuşuntirib, kuzatib qaytdilar. Men dadamdan, “u kişi oşnangizmi?”, deb söradim. “Yöq tanimadim”, dedilar. Şunda u kişining boyagi daʼvosini aytdim. Dadam kulib, joylariga ötirarkanlar, “Yaxşi, özini xursand qilib yuradi-da, boşiga yozuvçilik savdosi tuşib qolganga öxşaydi”, dedilar…

Uluğ özbek adibi Abdulla Qodiriyning ijodi va şaxsiyati haqida bir neçta kitoblar yozilgan. Ularning barçasi buyuk yozuvçining fenomenal qiyofasini yaxşiroq anglaşimizda kömakdoş böladi. Şunday kitoblar orasida A.Qodiriyning farzandi bölmiş Habibulla Qodiriyning “Otam haqida” kitobi öziga xos öringa ega. Vaqtida bu kitob qölma-qöl bölib öqilgan. Muallif 1983-yili “Yoşlik” jurnali uçun A.Qodiriy haqidagi kitobga kirmagan ayrim xotiralarni maxsus yozib bergan. Eʼtiboringizga öşa xotirlarni juzʼiy qisqartirişlar bilan havola qilmoqdamiz.

Tahririyatdan

Habibulla QODIRIY

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Oldingi
Keyingi

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (375)