6 daqiqada öqiladi

4 236 marta körilgan

“Lison ut-tayr”da tuş motivi

Alişer Navoiy ijodida tuş motivi alohida ahamiyatga ega hodisadir. Uning deyarli barça asarlarida, ayniqsa, “Xamsa”da qahramonlarning içki keçinmalari, ruhiyat manzaralari tasvirlaşda tuş motivining muhim örni bor. Xususan, “Lison ut-tayr” dostonining yetakçi ğoyalarini çuqurroq anglaşda Şayx Sanʼon va Tarso malika bilan boğliq tuş epizodlari ahamiyat kasb etadi. Bu xususida tadqiqotçi olimlardan biri F.Isomiddinov ham özining “Şayx Sanʼon haqidagi qissalarning qiyosiy tahlili” nomli nomzodlik işida Attor hamda Navoiy ijodida tuşlar muhim örin tutganini taʼkidlaydi. “Lison ut-tayr”ning uçta bobidagi hikoyatlarda tuşlar syujet halqalarining maʼlum bir qismiga taalluqli hisoblanib, özlari qatnaşgan hikoyatlarni şakllantirişga, ğoyaviy-badiiy quvvatini yuksaltirişga xizmat qiladi.

Dostondagi tuşlarning dastlabkilarini LXXIX bobda – Şayx Sanʼon va tarso qiz haqidagi hikoyatning uç örnida tuş epizodlari uçraydi. Aytiş örinliki, “Lison ut-tayr” dostonini Şayx Sanʼon va Tarso malika haqidagi hikoyasiz, hiko­yani esa Şayx Sanʼon va Tarso malikaning tuşlarisiz tasavvur qiliş, tuşuniş muşkul. Şayx Sanʼon qissasidagi tuşlarning badiiy-ğoyaviy ahamiyatini belgilaş uçun dostondagi boş – qoliplovçi hikoyani hamda Şayx Sanʼon qissasini qiyoslab örganiş lozim böladi. Çunki ikki hikoyadan ham çiqadigan xulosa bir: olam – borliq Allohning zuhuridan iboratdir.

Şu maʼnoda, dostonda dunyo quşlari­ning Semurğni izlab yölga tuşişi haqidagi qoliplovçi hikoya Şayx Sanʼon qissasining ramzlaştirilgan variantidir. Şu bilan birga Şayx Sanʼon qissasi ramziy şakldagi qoliplov­çi hikoyani reallikka yaqinlaştiruvçi muhim vositadir. Bu esa asar mohiyatini yanada ravşanlaştiradi. Ikki hikoyaning ham syujet tizimini sinçiklab qiyoslaganda, ularning bir xilligini, insonning ming-minglab yaxşi-yu yomon xislatlari, hislarining timsoli bölgan quşlar – Şayx Sanʼon ekanligini anglaş mumkin. Hudhud Se­murğdan afsona aytgaç, quşlar tabiatida şavq öti alangalanib, yölga çiqadilar… Şayx Sanʼon Tarso qiz haqidagi tuşni takror-takror körgaç, unga oşiq böladi va u ham safarga otlanadi…

Aslida quşlar ham, şayx ham Olloh visolini istab yölga tuşgan edilar. Ular bu yölda juda köp maşaqqatlar, zahmatlar çekadilar. Asl muddaoga yetgunga qadar quşlar minglab hamrohlaridan, şayx esa salla-yu dastori, dinidan ayriladi va tuproq bilan baravar böladi. Uşbu örinda siyrat uçun suratdan voz keçilganligini köriş mumkin. Hikoyalarning söngiga kelib quşlar ham va şayx ham visolga yetdik deganlarida, ularning yöllarida yana bir tösiq paydo böladi. Bu umidsizlik tösiği bölib, u quşlar kelib qolgan manzillarida özlarini ojiz his qilib, “Bu dargoh şunday azim va qörqinçli ekanki, bu yerda bizga na son bor ekan, na salmoq!”, deya “vo hasrato” ayta boşlaganlarida hamda Şayx Tarso qiz visoliga yetmay turib, egniga yana xirqa kiyib, Kaʼba sari otlanganida körinadi.

Örni kelganda taʼkidlaş kerakki, şayxning öz yölidan qaytişga urinişida eng yaqin muridining iltijolari sababdir. Çunki Olloh har bir suyukli bandasining yaxşi niyat bilan qilgan duolarini ijobat etadi. Murid ham çeksiz toat-u ibodatlari natijasi ölaroq bir keça tuş köradi. Uning tuşiga Payğambar Muhammad sollallohu alayhi va sallam kirib deydi:

Sidq ila tuz niyyatingğa ofarin!

Saʼyu oliy himmatingğa ofarin!

Onça zohir aylading ajzu niyoz,

Kim tarahhum birla hayyi korsoz –

Ayladi ajzu niyozingni qabul,

Nolau sözu gudozingni qabul.

Quşlar fanoga erişişdan umidsizlikka tuşib turganlarida, Hudhudning töğri yöl körsatgani tufayli ularda quvvat hosil böladi. Şayx Sanʼon esa xuddi şunday holatga tuşib ortga qaytayotganda, endi tarso qiz ham tuş köradi:

Noz uyqusida erdi ul pari,

Kördi tuşkim indi mehri xovari.

Qizning tuşida Iso payğambar uni vafo bobida tanqid qilib, endi şayxning ortidan borişini buyurib aytadi: “Bot etib, bölğil muşarraf diniğa, Uzrung aytib, kir aning oini­ğa”, deya taʼkidlaydi.

Eʼtiborlisi şundaki, qalbga işq ötini solişda va umidsizlik holatida visoldan darak berişda Hudhud bajargan vazifani Şayx Sanʼon qissasida tuş motivi bajaradi. Aytiş mumkinki, “Lison ut-tayr”ning qoliplovçi hikoyasida Hudhud qançalik ahamiyatga molik bölsa, Şayx Sanʼon qissasida tuş şunçalik muhimdir. Hudhud va tuş obrazlari zamirida inson qalbida, ruhiyatida mudom çarx urib turuv­çi oliy tuyğu – Ollohga bölgan intiliş tuyğusi borligini köriş mumkin. Çunki inson hislarining ramzi bölgan quşlarni Hudhud timsolida, şayxni esa inson ruhiyatining közgusi bölgan tuş timso­lida safarga çorlagan kuç ana şu oliy tuyğudir.

“Lison ut-tayr”ning 134-bobida keltirilgan tuşning örnini belgilaşdan avval uşbu hikoyatning qanday ğoyani isbotlaşga xizmat qilayotganini aniqlab oliş kerak. Dostonning 132-bobida bir quş Hudhudga “Ey yöl kezuvçi! Men tangri xayoli bilan doimo özimni xuş tutaman. Men undan şu tariqa bir nafas ham ayriliqda bölmaganim holda, u tomonga safar qilişimning nima hojati bor”, deya savol qiladi. U quşning Hudhudga bergan savolidan “Men Ollohning zuhuriman, şuning uçun safar qilsam ham, qilmasam ham, baribir, bir kuni unga qaytaman-ku”, degan mazmun kelib çiqadi. Hudhud esa savol beruvçi quşga bunday javob qiladi: “Sen tangri mening qalbimda, deb qançalik lof urganing bilan u sening sözingni qabul qilmasa, bekordir”. Söng Hudhud öz fikrlarining isboti sifatida Şayx Bistomiy ölimidan keyin bir muridining tuşiga kirganligi haqidagi hikoyatni keltiradi. Murid tuşida şayxdan “Bizga holingdin ayon etgil xabar, Kim sanga ne qildi hayyi dodgar?” deya ahvol söraydi. Şayx şunday javob qiladi: “Lahad qaʼriga kirganimdan söng, savol beruvçi maloiklar mendan: sening yaratuvçing va abadiy murabbiying kim, deb söradilar”.

Men dedim: “Bu sözni mendin sörmangiz,

Gar javobi demasam yozğurmangiz.

Aylangiz borib savol andinki: ul –

Bandaliğ sori manga berurmu yöl?

Qulluğumğa gar qabul ölsa xitob,

Ul xitob – öq sizga kofiydur javob.

Fariştalar şayxdan şu javobni olib turganlarida, yuqoridan oliy xitob keladi:

“K-ey savol ahli, bukim masʼuldur

Bandai mustahsanu maqbuldur.

Bölmayin ravşan oning nuriğa köz,

Öz demoqlik birla kelmas rost söz”.

Mazkur hikoyat Hudhud fikrini dalillaşda qançalik ahamiyatli bölsa, uşbu hikoyat strukturasida tuş şunçalik ahamiyatli va muhimdir. Sababi, tasavvufda “tuş biror bir ğoyani, eʼtiqodni tasdiqlaş, öz yölining töğriligiga işora etiş va buning uçun uluğ salaflardan madad va şafoat tilaş istagiga xizmat qilgan”1 .

Dostondagi uçinçi, yaʼni CLX bobdagi tuş Hayrat vodiysiga berilgan taʼrifni isbotlaşga xizmat qiladi. Unda jahonni zabt etgan bir podşohning gözal qizi bir yigitga oşiqu beqaror böladi. Sababi quyidagiça:

Ittifoqo, bir keça tuş kördi ul,

Paykarekim toqatiğa urdi yöl.

Ruhdin bölğon mujassam paykari,

Husn avji uzra mehri xovari.

Mazkur tuşda hikoyaning kelgusi voqealari haqida ham başorat qilinadi:

Bu – çaroği mehru, ul – badri munir,

Ikkisi bir taxt uza oromgir.

Dam-badam nöş aylabon jomi visol,

Bir-birisidin olib komi visol.

 

Malika yuqoridagi tuşni körgaç, uyqudan beqaror bölib uyğonadi va köngil mulkidan qarori yöqoladi.

Hayrat vodiysiga qadam qöygan kişining könglida işq öti bölişi kerak. Çunki işq ötida kuygan kişigina barça hodisotdan hayratga tuşadi. Demak, işq Hayrat vodiysiga qadam qöyiş uçun zarur. Bu vodiyga qadam qöyib undan eson-omon öta olgan kişigina Fano vodiysiga borişi, undan söng esa asl muddaoga – Olloh visoliga yetişi mumkin ekan. Navoiy esa hikoya qahramonlarining qalbida ana şu işqni paydo qiliş yölida tuşlardan foydalanadi. Zero, karomatli tuşlar uyquda ğaybni tajalli etdi. Ğayb esa oynadek pok va şaffof köngillardagina jilva qiladi.

Оdiljon AVAZNAZAROV

1991-yili tuğilgan. 2014-yilda Qarşi davlat universitetining özbek filologiyasi fakultetini tugatgan. Hozirda mazkur universitetning adabiyotşunoslik kafedrasida öqituvçi.

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (147)