Tursunboy Adaşboyev. Hammaga taniş nom bu.
Ammo Tursunboy… Adaşboy… Adaşgan odamning ismimi u? Tursunboy, Turğun deganlari-ku, maʼlum – avvalgi farzandlari nobud bölavergaç, ota-onasi “zora, şunisi turib qolsa”, deya tilak qilib, şunaqa ot qöygan, biroq endi bilsam, u kişining otasi ham yolğiz öğil bölgan ekan, tibbiyot yöq u zamonlarda bolaga köz tikib nobud qiladigan ins-jinslar zora adaşsa, bunga tegmay, yanglişib nari ötib ketsa, degan ilinjda Adaşboy deb ism qöyişgan ekan. Şunday qilib, yakkaning yolğiz farzandi edi bizning Tursunboy oğamiz.
Ammo hali maktab yoşiga yetmasidan otasi terlama kasaliga çalinib, olamdan ötdi. Bu narsaning nimaligini tuşunişga ham ojiz gödakni “Otang gul tergani ketdi, kelib qoladi”, deb ovutişdi yaqinlari. Bolalikning totli kunlari Tursunboy uçun öşandayoq tamom bölgan edi. Ğalati bir hol: ona mehrini körmay ösgan Lutfixon Sarimsoqova kinoda muşfiq onaizor rolini ona qöynida ösib-ulğaygan boşqa ayollardan yaxşiroq qilib, qoyillatib gavdalantirgani singari, bolalikka töymagan, bir umr bolalikka intilib, bolalik baxtiga taşna bölib ötgan Tursunboy aka ham bola könglini hammadan yaxşiroq anglaydigan, bu maʼsum olamni hammadan yaxşiroq ifoda etadigan ajoyib bolalar şoiri bölib tanildi.
Öylab qarasam, şoirni qariyb ellik yildan beri bilar ekanman. U çoğlarda Tursunboy aka endi öttizga kirgan, qaynoq, jöşqin bir yigit edi. Çopqillab yurar, umrining oxirigaça uni tark etmagan hazilvonligi, serharakatligi sababli davralarning guli bölar edi. Öş viloyati özbek gazetasi redaksiyasida korrektor bölib işlaydigan biz kabi ön yetti-ön sakkiz yaşar yigitçalar, Moskovdan taʼtilga kelib qolgan Şavkat Rahmonu tahririyatdagi boşqa yoş-yalanglar bilan dalada (bilasiz, u paytda “hamma sabzavotkor”, “hamma paxtakor”, “hamma piçan öruvçi” edi) barçamizni qiziqtirib, yalangoyoq kimözarga çopişar, bizning bu asov şiddatimizdan sertuproq dala yöllarning çangi osmonlarga örlab ketardi.
Ammo şoir faqat öynab-kulib, quvnoq hayot keçirib ötib ketmadi – butun umri tinimsiz izlaniş, ijodiy mehnat bilan keçdi, nafaqat Özbekistonda, balki butun Markaziy Osiyoda Tursunboy Adaşboyev bölib tanildi. Men bu gapni mahovat qilib aytayotganim yöq, u kişining Turkmanistondagi şoir döst-birodarlarini taniyman, Tojikistonlik talay qalamkaşlar oğa bilan bordi-keldi qilişar, ijodiy maşqlarini yuborişar, şoir ularni ona tilimizga ögirib, özbekça yozilgan bölsa tahrir qilib, turli gazeta-jurnallarda çop ettirar, bu ham kam körinib, davralarda “Avliyoxon Eşon degan bir zör şoir bor, Tojikistondan, şuni bir öqinglar”, deya tarğib etişdan çarçamasdi.
Tursunboy Adaşboyevning badiiy ijodiyoti uç turlik: bolalar uçun şeʼr yoziş, şeʼriy haj hamda badiiy tarjima.
Bulardan qaysi biri birinçi örinda turadi, sizningça? – deb savol bersangiz, oçiği, kalovlanib qolaman. Nazarimda, uçalasi ham yetakçilik qiladiganday.
Axir, özbek bolalar şeʼriyatini Tursunboy Adaşboyevsiz tasavvur qila olasizmi?
Şeʼriy parodiya va epigramma degan janrlarni tamoman öziniki qilib “biylab” olib, bu yönalişda karvonboşi bölgani-çi?
Qirğiz şeʼriyati va nasridan qilgan tarjimalarining özi öttizdan ortiq kitob bölib bosilib çiqqan, (jumladan, “Manas” eposi, Tölagan Qosimbekovning “Singan qiliç” romani kabilar bor), buyoqda hali jahon bolalar adiblarining önlab eng sara asarlarini qoyillatib, Ğaybulla Salomov domlaning taʼbiri bilan aytganda, “kiftini keltirib” ögirgan bölsa…
Men u kişining ijodiga oid atigi uçtagina yönalişni sanab ötdim, ammo bularning har biri bitta kiroyi şoirning umrini bezagudek.
Holbuki… Tursunboy aka şogirdtaroş ham edi! Önlab, yigirmalab, öttizlab… şoirlar u kişini ustoz deb bilişar, oldida ham, ortida ham birday eʼzozlaşar edi. Köplar bilmaydi: Tursunboy akaning baʼzi şogirdlari yoş jihatidan özidan kattaroq ham edi – oğa ularni ovloq-ovloq tumanlardagi gazeta tahririyatlaridan, maktablar, kitob dökonlaridan topib, poytaxtga “quloğidan çözib” olib kelar, oqibat – duppa-durust bolalar şoirlari kaşf etilar, aksar qöli yupqa, sodda-dölvor bu odamlar bir-ikki yupqa-qalin kitoblari naşr etilgaç, tuzukkina bolalar şoiri ekanini barça eʼtirof qilardi.
Tursunboy akaning suhbatini olgan, u hangoma berayotgan davrada bölgan har bir odam keyinçalik uni yana qömsab qolar edi. Qolaversa, hozir ellik-oltmiş yoşning buyoğidagilarning bari bola çoğida Tursunboy Adaşboyev şeʼrlarini yodlab katta bölgan. Şoirga hamroh bölib, Özbekiston yo Qirğizistonning qaysi tumaniga bormang, “ie, assalomu alaykum, Tursunboy aka, bormisiz, ustoz!”, deya qadrdonlari quçoq oçib çiqib kelaverişar, şoirning yonida ular bilan söraşa berib, çarçab ham ketar edingiz. Va havas qilasiz – Tursunboy Adaşboyev, uluğ adib Abdulla Qahhor taʼbiri bilan aytganda, dunyoga kelib, odam ekkan insonlardan bölgan ekan, deysiz. Har bir viloyat va tumanda uning şogirdlari, özbek bolalar şoirlari – sodda, samimiy, oliyjanob insonlar bor. Tursunboy aka ularning har birini, ota-onasini, moddiy ahvolini, dard-taşvişini yaxşi bilar, qölidan kelgança kömaklaşar, ularning kitobini çop ettiriş uçun yelib-yugurib yurar edi…
Ana şu samimiylik va beğubor kulgi kayfiyati Tursunboy Adaşboyevning ona qişloği haqida yozgan “Ğaroyib qişloqning ajoyib odamlari” xotira kitobçasida ham barq urib turibdi. Şoirning bolalik xotiralari – oğir zamonlarda ham mardligini, tantiligini saqlab qola olgan, ruhini tuşirmay, kelajak kunlardan umid qilib, hazil-huzullarga ham vaqt topib, qişning ayozli tunlarida qora chiroqning xira şuʼlasi ostida kösak çuvib ötirgan odamlar… Ularga “Göröğli” dostonini öqib berayotgan ösmir Tursunboy Adaşboyev… Qöşni qişloqqa sovçilikka, söng esa kelin tuşirişga borgan bari çötir xotinlarning kulgilari… NKVD xodimlaridan yaşiriş uçun qadimda bitilgan kitoblarini oçiq görga kömib, talay vaqt ötgaç nam tortib ketgan sahifalarni bittalab oçayotgan Tursunboy Adaşboyevning bobosi…
Tursunboy aka… şu kunlarda sakson yoşga kirib ötirgan bölar edi.
Atigi bir yarim yil yetmay qoldi bu sanaga.
Yetmiş sakkiz yoşida Tursunboy aka ham gul tergani ketgan otasi ortidan yölga tuşdi. Şoir bobolarini yöqotib qöyib söroqlayotgan, öksib qolgan norasta özbek bolalar şeʼriyatini, u kişining önlab şogirdlarini yupatib, “Tursunboy akamiz gul tergani ketgan”, deb taskin berişdan boşqa nima çoramiz bor?
Ilohi, gul terayotgani rost bölsin!
Zuhriddin ISOMIDDINOV,
adabiyotşunos olim
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


