Şiddatli davrda yaşayapmiz. Goho vaqtning uçqurligini ilğab qolib, zamon tezlaşib ketdi-ya, deya hayratga tuşamiz. Keçagi kunning birmunça sokin oqimiga örgangan, bugungi davr surʼatiga moslaşa olmayotgan ayrim kişilarning boş çayqayotganiga ham guvohmiz. Bu jarayonda, ayniqsa, ijod ahli sinovdan ötmoqda. Negaki, ijodkorlar zamondan bir qadam ilgari yurişi şart, degan aqida hamon öz kuçida turibdi. Baʼzi birovlar davr bilan hamqadam bölişga qiynalayotgan bir paytda ijodkorning bir odim oldin yurişi… oson emas. Ammo boşqa iloj ham yöq-da. Bunga erişiş uçun esa jamiyatda keçayotgan jarayonlarga faol aralaşiş, yuz berayotgan evrilişlarning mohiyatini töğri anglaş va, kerak bölsa, yangilanişlar nafasini oldindan his qiliş zarur.
“Kim edigu kim böldik, ertaga qanday yuksak marralarni egallaşimiz kerak?” şiori ostida yurtimiz öquv dargohlarida taşkil etilayotgan tadbirlar ijod ahliga bu borada kömak beryapti – şunday uçraşuvlarda iştirok etayotgan taniqli şoir, yozuvçi, aktyor va xonandalar ertangi kun egalari bölgan yoşlarimizning kayfiyati, öy-fikrlari bilan yaqindan tanişyapti, mamlakatimizda va dunyoda röy berayotgan voqealar böyiça fikr almaşyapti, keçagi va bugungi kun manzaralarini qiyoslab, aniq xulosalarga kelişyapti.
Farzandlarimiz taʼlim olayotgan maktablarga kirib borarkanmiz, beixtiyor öz öquvçilik davrimiz yodga tuşadi. Bugungi yoşlariga havasimiz ortadi. Zamonaviy uslubda qurilgan binolar, keng va yoruğ, turli fanlarga moslaştirilgan öquv xonalari… Ayniqsa, yangi davr bolalarining tetikligi, özlarini erkin namoyon qila bilişlarini körib xursand bölamiz.
Eʼtiborimizni tortgan yana bir kiçik, ammo muhim jihat şuki, maktab devorlaridagi hikmatli sözlar ham biz öqigan paytdagi şiorlardan tubdan farq qiladi. Muayyan bir davr emas, barça zamon va makonlarda ahamiyatini yöqotmaydigan hikmatlar mustaqil hayotga hozirlanayotgan avlodga yölkörsatkiç vazifasini ötayotir. Yodingizda bölsa, maktablarda nonning eng aziz neʼmat ekanini eslatuvçi peşlavhalar bölardi. Garçi xalqimiz hozir ham nonni köziga surtsa-da, ammo tan olaylik, dunyoda bundan-da aziz maʼnaviy neʼmatlar borligini bugun barçamiz birday his qilmoqdamiz: tinçlik, imon-eʼtiqod, qadr-qimmat… Yaratganga şukrki, xalqimiz istiqlol yillarida bu neʼmatlardan töla-tökis bahramand bölib hayot keçirayotir.
Şu nurafşon kunlarga öz-özidan, osonlikça erişganimiz yöq. Çorak asr davomida köp sinovlarga ham duç keldik. Xalqimizga xos vazminlik, bağrikenglik, uddaburonlik kabi fazilatlarga tayanib barça imtihonlardan yoruğ yuz bilan ötdik. Bugun quvonçimiz şundaki, mustaqillik yillarida tuğilib voyaga yetgan yoşlarimiz katta avlod köz taşlagan yuksak marralarni zabt etişga astoydil bel boğlagan. Ularga oq yöl tilarkanmiz, özimiz ham ortda qolmaslikka, qölimizdan kelsa, bir qadam oldinda yurişga intilamiz. Zero, zamon bilan hamnafas böliş degani, qaysidir maʼnoda, yoşlar bilan hamqadam böliş deganidir.
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida

