Birinçi taqriz
Maşhur fransuz adibi Gi de Mopassan yozuvçi bölişidan oldin dengiz vazirligida masʼul bir vazifada işlaydi. Ön yil umri şu yerda ötadi. Biroq adabiyotga muhabbat sabab işini qöyib, öqiş-örganiş, yoziş bilan maşğul böladi. Flober qölida olti yil şu tarzda tarbiyalangaç, maşqlari uslub va mazmun jihatidan ustoziga maʼqul tuşadi va ularni eʼlon qilişga ruxsat oladi.
Bir neça yillardan söng Mopassan işlagan vazirlik arxividan u haqidagi bir tavsifnomani topişadi. Unda şunday deyilgandi: “Harakatçan xodim, lekin yomon yozadi”.
Uyi barobar kitob yozgan adib
Ustoz Abdulla Qahhor Lev Tolstoyni “böyi barobar kitob yozgan” deya taʼriflaydi. Şu maʼnoda, ispan dramaturgi Lope de Vega (1562–1635) haqida bemalol “uyi barobar kitob yozgan” deb aytiş mumkin. Çunki u 2000 ga yaqin pyesa va 3000 ga yaqin sonet muallifidir. De Vega pyesalarining 426 tasi bugungaça yetib kelgan.
Dramaturg asosan tarixiy, işqiy va hajviy mavzularda qalam tebratgan. Uning pyesalari Uyğoniş davri ispan dramaturgiyasining mumtoz namunalari sanaladi.
Yozolmagan yozuvçi
Dedektiv romanlari bilan jahonga tanilgan Agata Kristi dastlab harbiy kasalxonada, söng dorixonada işlagan. Zaharlar va ularning taʼsirini juda yaxşi bilgan. Şu sababli asarlarida qotilliklar köpinça zahar yordamida amalga oşiriladi.
Kitoblari tört milliarddan ortiq nusxada çop etilgan va dunyoning yuzdan ortiq tiliga tarjima qilingan Agata xonim disgrafiya dardidan aziyat çekkan – qölda yoza olmagan. U barça maşhur romanlarini aytib turib yozdirgan.
Maşhur kemaning prototipi
“Titanik” kemasi halokatga uçraşidan 14 yil oldin – 1898-yili amerikalik fantast yozuvçi Morgan Robertson “Behudalik” nomli qissa eʼlon qiladi. Asarda tilga olingan “Titan” kemasi aprel oqşomlarining birida muztoqqa urilib, çökib ketadi. Yölovçilarning juda köpi halok böladi. Qiziq tomoni, “Titan” hajm jihatidan ham “Titanik”ka juda yaqin keladi.
Qissa 1912-yili “Titanik” halokatidan söng ayrim özgartirişlar bilan “Behudalik yoxud “Titan”ning halokati” nomi ostida çop etiladi va maşhur bölib ketadi.
Orif Tolib
tayyorladi.
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


