Yoşlik
Yöl çetida,
Daryo böyida,
Turar edim aso tayanib.
Hayot isin tuymoq öyida,
Dunyolarga boqsam, deb qonib.
Öşa mahal uzoq-uzoqdan
Körindi-ku bir guruh şodmon.
Kelmoqdaydi yoşlar u yoqdan,
Öyin-kulgi avjida çunon.
Ötişdilar, guvohdir közim,
Meni soğinç tuyğusi yengdi.
Qoldimmikan tumanda özim,
Yoki ular tumanga singdi.
Hayotni sev
Hayotni sev,
Borligiça sev,
Bir yon kulba, bir yon qalʼalar.
Osmonlarning darğasiman, deb
Uçib yurar loçin, qarğalar.
Hayotni sev,
Şodlik, kulfatda,
Bir yon oğu, bir yonda tabib.
Bir yoningda ğanim, albatta,
Bir yoningda döstlar bor, habib.
Hayotni sev,
Yozmi, qahraton,
Har lahzada şukronalar ayt.
Hatto Hajga borgin-u, şu on
Sovimagan töşagingga qayt.
Hayotni sev,
Töyib va töyib,
Ota-onang, farzanding qadar.
Desinlarki, sen köngil qöyib,
Söng özing ham bölding mötabar.
Hayotni sev,
Boğlagin qanot,
Fazoga ham uçgin tavakkal.
Qattiqroq sev, seni şul hayot
Yomon körib qolmasdan avval…
Aprel
Borliq kiyib olgan moviy bir libos,
Yel esar – bahorning pildiroqlari.
Qalbingda uyğotar ajib ehtiros,
Aprel osmonining qaldiroqlari.
Yomğir taraladi köm-kök adirda,
Uzoq qirda esa yaltirar quyoş.
Bunday nafislik yöq heç bir atirda,
Ruhingni yayratar havo, toğu toş.
Qofiya yiğişar şeʼrga – nazmga
Jajji jilğalarning şildiroqlari.
Atrofni çaqirar yaşil bazmga
Aprel osmonining qaldiroqlari.
Toyçoq va öğlon
Toyçoğingni avaylagin,
Aziz yilqibon,
U tulporga aylanadi,
Vaqt ötib hali.
Minglab odam oyoğiga
Qalqar begumon,
Maydonlarda kelbatini
Körgan mahali.
Ota, sen ham duolar qil
Öğloning uçun,
Bolang balki öspirindir,
Balki juda yoş.
Ehtimol, u yurt söraydi,
Ulğayib bir kun,
Valloh, sening özingga ham
Bölğusidir boş.
Agar sensiz…
Quyoş çiqib çaraqlaydi tengsiz bu olam,
Quşlar sayrar, esar tongning şamollari ham.
Bamisoli qayta boşdan tuğilgay odam,
Agar sensiz ötar bölsa, onlarim bekor,
Tandagi bu jonim bekor, şonlarim bekor.
Oy balqadi, billur kökni şuʼlaga çayqab,
Ol şafaqni simiradi bulutlar çanqab.
Yulduzlar ham raqsga tuşar, nenidir payqab,
Agar sensiz ötar bölsa, onlarim bekor,
Tandagi bu jonim bekor, şonlarim bekor.
Bitta sen, deb bu dunyoda yurgan men özim,
Gardlaringni tötiyolar aylagay közim.
Isming aytsam, sadolarga töladi sözim,
Agar sensiz ötar bölsa, onlarim bekor,
Tandagi bu jonim bekor, şonlarim bekor.
Men oşiqman, mehr körgaz, nazarga ilgil,
Sendan özga qiblam yöqdir olamda, bilgil.
Azal kasbing rahmdilsan, rahmlar qilgil,
Agar sensiz ötar bölsa, onlarim bekor,
Tandagi bu jonim bekor, şonlarim bekor.
Umid yorkim, faqat sensan oy va quyoşim,
Mahşargaça tik boqolmas egilgan boşim.
Saqlan, jonim, to tutmasin közdagi yoşim,
Agar sensiz ötar bölsa, onlarim bekor,
Tandagi bu jonim bekor, şonlarim bekor.
Falaklarning salomiga çiqqin sen kulib,
Bahra olsin zamin, osmon şavqlarga tölib.
Ostonangda turibman men, Abdullo bölib,
Agar sensiz ötar bölsa, onlarim bekor,
Tandagi bu jonim bekor, şonlarim bekor.
Ğalati odamlar
Şunday odamlar bor,
Yurmaslar töğri,
Albatta, gapida bor çimdim zahar.
Deydilar: – Falonçi naynovning öğli
Falon idoraga bölibdi rahbar.
Birov töy ötkazar yiğinib, terib,
Mehmon qilsam, deya mahalla-köyni.
Kimdir kamsitadi oşin yeb turib:
– Senga kim qöyibdi karnayli töyni.
Falonçi mukofot olibdi keça,
Radio nomini uç bor qaytardi.
Deydilar: – Onasi falonçi çeça
Töyma-töy yurardi, lapar aytardi.
Kibr kuni keça bölmagan paydo,
To abad iğvoning nonin yeyişgan.
Bola Alişerni kamsitib hatto,
Kiçkina Ğiyosning öğli deyişgan.
Köçadan ötadi bir tobut oğir,
Deydilar: – Yetibdi bunga ham navbat.
Tirik yurgan edi azonda, faqir,
Hatto qilgan edik töplanib ğiybat.
Mudom bundaylarga boqdik hayratda,
Ajabo, issiq ham, sovuq ham yoqmas.
Özlarin kimligin bilmas, albatta,
Demak, özgaga ham odamday boqmas…
Bu közlar…
Dunyoda eng noyob, eng tansiq sözdek
Bitta kalomimni aytaman senga.
Özbekiston desam, desam gar özbek,
Ikkita qoraköz körinar menga.
Misoli olovdek ötli bir nigoh,
Asrlar qaʼridan boqar jovdirab.
Körsa, behuş bölib Layli ham nogoh,
Majnun ham ketardi daştga dovdirab.
Bu közlar şodlikdan, ğamdan ziyoda,
Unda pok yuraklar öqurlar vahiy.
Maʼnosiz nazarlar töliq dunyoda
Bu közlar ilohiy, çindan ilohiy.
Rangbaranglik
Zaminga barobar kulfati, baxti,
Majnuntol yonida zaqqum daraxti.
Cahrolar belibos, örmonlar başang,
Delfinning hamrohi odamxör nahang.
Şodlik bir tomonda, bir tomonda ğam,
Ikki xil balodir suv bilan öt ham.
Lekin qozonda suv, tagida çöğdir,
Birovi bölmasa taom ham yöqdir.
Yaxşilar bor joyda yomon ham mavjud,
Bu – qadim bobolar qoldirgan ögit.
Men ham öz fikrimni aytay yakunda:
Qaysiga mansubsan – hamma gap şunda!
Kiyik ovi
Tongda ovçi saydga çiqdi,
Degança, “Yo, Haq!”
Bir kiyikni taʼqib etdi
Qisgança toqqa.
Öqi tegdi öljasining
Quloğiga naq,
Ikkinçisi tekkan edi
Aynan tuyoqqa.
Ovçi rostdan tuşgan edi
Ölja ketiga,
Erinmasdan qarab çiqdi
Yaqin-yiroqni.
Kiyik esa, ola qol, deb
Yölning çetiga
Taşlab ketmiş bir quloğu
Bitta tuyoqni.
Kiyik va toşbaqa
Tiriklikning sirlari köp,
Kuzatsang agar,
Toqat bilmas, bu dunyoga
Kelganda inson.
Beşikda ham tinç yotmaydi,
Ğoyatda öjar,
Kiyik kabi sakraydi söng,
Tolmas, çopağon.
Yillar ötib, oxirlaydi
Foniy bu dunyo,
Inson uçun jannatlardan
Aslo kam emas.
U dunyo gar çorlab qolsa,
Eşitmas göyo,
Toşbaqadek imillaydi,
Borgisi kelmas.
Muvofiqlik
Ğoyat rang-barangdir işi olamning,
Muvofiq kelmagay yöq bilan bori.
Juda oğir gapdir, ikki odamning
Gar töğri kelmasa feʼlu atvori.
Birovi issiqqa özini urar,
Lekin şerigiga yoqar qahraton.
Vijdoni qoşida ular teng turar,
Sanar ikkisi ham özin qahramon.
Turfa el bosgandir çeksiz dunyoni,
Unda yolğiz bir kas yurmasligi rost.
Birisi tanganing oldgi tomoni,
Boşqasi öşaning orqasi, xolos.
Iltijo ayladim dunyoga kelib,
Iloyo, bergin sen loyiq suhbatdoş.
Yaşayin har qayda özimni bilib,
Topilsin meni ham anglovçi yöldoş.
Tört qavm tunu kun tortişar, ajab,
Aslida yiğilgan uzum yegani.
Palaxmon otişar yöqlikka qarab,
Aziz-ku eng avval Inson degani.
Tafakkur çiqajak oxiri ğolib,
Örin qolmagaydir nozga, firoqqa.
Faqat, tuşunganlar yörgaklab olib,
Faqat, tuşunganlar qöysin tuproqqa.
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida