Toğay Murod asarlarida xalq oğzaki ijodi namunalaridan eng köp foydalangan yozuvçilardan biridir. Uning asarlarini öqigan çet ellik, özbek etnografiyasi va xalq oğzaki ijodi haqida heç qanday maʼlumoti bölmasa ham, bu madaniyat haqida ançagina bilimga ega böladi. Toğay Murod kabi yozuvçilar öz xalqiga ikki taraflama xizmat qilişyapti. Birinçisi, asarlarida xalq madaniyatini jonlantirib, unutilib ketişidan saqlab qolişyapti. Ikkinçisi esa, öz madaniyatlarini dunyoga tanitişyapti. Qirğiz yozuvçisi Çingiz Aytmatovning asarlari ham bunga misol böla oladi. Qirğiz madaniyatining yaşaşi va dunyoga tanilişida uning asarlari katta ahamiyatga ega. Aytmatovning asarlari dunyoning tört tarafida öqilişi bilan bir qatorda qirğiz xalq madaniyati ham dunyoning tört tarafida tanilib boryapti. Davlatlar, hukumatlar katta miqdorda sarmoya ajratmasin, baribir millatni tanitişda yozuvçi – sanʼatkorçalik samarali natijaga erişa olmaydilar. Yozuvçi kuçli tasvirlarga boy bir asari bilan öz madaniyatini öquvçilariga osonlik bilan yetkazişi mumkin. Bu jihatdan Toğay Murodning asarlari özbek madaniyatini tanitiş borasida misli körilmagan ahamiyatga ega. Özbek madaniyatini tanitişga masʼul şaxslar va tanitişni istaganlar bu muhtaşam asarlarni dunyo tillariga tarjima qilişni tezroq boşlaşlari kerak deb öylayman.
“Ot kişnagan oqşom” qissasining asosiy mavzusi köpkaridir. Bu qissa ayni paytda köpkari va ot ensiklopediyasiga ham öxşab ketadi. Yozuvçi özbek xalqining köpkari va ot haqida neça asrlardan beri orttirgan tajribasini öquvçiga yetkazadi. Asarning orqa planida esa anʼana-tuzum örtasidagi kuraş körsatilgan. Anʼana eskini, tuzum yangini tamsil qiladi. Ziyodullaning mavqeyi, yaʼni dunyosini bu kuraşdagi qismlar belgilab beradi. Ziyodulla urf-odatlar va anʼanalariga sodiq, durust, saxovati, oçiq köngil bir qahramondir. U anʼanaviylikni tamsil qilyapti va kuraşning bir tarafidadir. Qarşisida esa sovet tuzumining tamsillari, yaʼni rasmiy idoralarda işlaydigan şaxslar turadi. Ziyodulla şifoxonadan şifo topmaydi, soçlari tökiladi; maktabda özini kamsitilgan his qiladi va öqişni taşlaydi. Çöponlik qila boşlaydi va bu bilan birgalikda baxşilik sanʼatini ham örganadi. Bu yerda tuzumdan anʼanaviylikka ötiş bor. U bundan keyin tamoman anʼana tarafida böladi. Bir ot olib, köpkariga tayyorlay boşlaydi. Qirq kun otni yopiq joyda boqadi. (Göröğli dostonining Turkiston va Onadöli nusxalarida ham Göröğlining Ğiroti qirq kun yopiq joyda boqib yetiştiriladi). Ziyodulla ham bir doston qahramoni kabi otga boğlanib qoladi. Tarlon oti uning eng yaqin dösti, sirdoşidir. Göröğli uçun Ğirot qanday bölsa, Ziyodulla uçun ham Tarlon şunday qadrli bor-yöği edi. Davlat buyruği ostida barça otlar töplanib söyilişga olib ketilayotgan paytda Ziyodulla otini asrab qoladi, bermaydi. Çunki ot uning xonumoni – bor-yöği. Ot uni ötmişiga – Alpomişga, Kuntuğmişga boğlaydi. Otni berganida ötmişidan ham ayrilar edi. Yozuvçi, Ziyodullaga qarşi tuzum tarafdori Rixsiyevni çiqaradi. Qiziq tarafi, Ziyodulla bilan Rixsiyev bir qişloqda tuğilib katta bölişgan. Rixsiyev tuzum maktablarida taʼlim olgani uçun tuyğularini yöqotgan, ötmişidan va xalqidan ajralib qolgan edi. Özbek madaniyatini kamsitadigan holga kelib qolgan edi. Asarda öşa zamon tuzumini ifodalovçi personajlardan yana biri harbiy bölinmadagi askarlar va boşqasi şifoxonadagi şifokorlar edi. Ziyodulla heç aybsiz harbiy bölinmada kaltaklanadi. Qöli çiqib qolganida şifokorlar qölini joyiga tuşurmasdan gips qilişadi. Ziyodullaning çiqqan qölini tabib joyiga tuşirib qöyadi.
Asarda madaniyatlar töqnaşuvining muhim ölçovini ikki taraf işlatgan til ifodalaydi. Ikki taraf işlatgan tillar oçiqçasiga bir-biriga begonadir. Tuzum tarafini tamsil qilgan şaxslar rusça va özbekçani aralaştirib gapirişyapti. Ularning işlatgan sözlari Ziyodullaning dunyosiga umuman töğri kelmaydi. Ziyodulla işlatgan maqollar va iboralar öquvçini öziga rom qiladi, sof özbekça sözlaydi. Asarda quyida aniqlaganimiz maqollarning barçasi Ziyodullaning tilidan berilgan. Maqollar jamiyatning umumtafakkuri bilan yaratilgani uçun, içida yaşayotgan jamiyatni dunyoga va hayotga qaraşlarini, qadrlarini, hukmlarini ötkazadilar. Şuning uçun maqollar milliy qadriyatlar, urf-odatlar, anʼanalar davom etayotgan joylarda va öşa muhitda köp işlatiladi. Şu maʼnoda asarda kelgan barça maqollarning Ziyodulla orqali gapirtirilişi tabiiy holdir. Bu bir tasodif emas, çunki özbek xalqining xotirasini Ziyodulla tamsil qilyapti. Ziyodulla oddiygina inson emas… U ayni paytda asrlardan beri kelayotgan madaniy qadriyatlardir, anʼanalardir, xalqdir!
Maqollar qisqa bölişiga qaramay, oğzaki adabiyotning eng didaktik xususiyatga ega turidir. Bu qisqa jumlalar içiga ulkan maʼno singdirilgan. Toğay Murod maqollarning didaktik kuçidan iloji boriça köproq foydalangan.
Maqollar va iboralar adabiy asarlarning gultojidir. Asarning tilini yana ham öqişli va jozibali qiladi. Maʼlumki Toğay Murodning barça asarlarida bölgani kabi uşbu qissada ham öziga xos va ajoyib tili, uslubi bor. Öquvçini öziga rom qilgan bu gözal ifoda köp işlatilgan maqollar bilan yana ham tabiiy, yana ham muhtaşam qilingan.
Uşbu asarda jami qirq ikkita maqol qöllanilgan bölib, ularning eng köpini ot bilan boğliq maqollar taşkil qiladi. Bu esa asarning mavzusi bilan bevosita boğliqdir. Özbek xalqi madaniyatida ot bilan boğliq maqollarning soni, maqolga öxşaş iboralarni ham qöşib hisoblaganda, yuzdan ortiq. Yozuvçi bular orasidan aytilişi juda osonlarini tanlab olganini kördik. Keyingi navbatda uylaniş va kallik bilan boğliq maqollar keladi. Asarning orqa planida bu mavzular ham yoritilgani uçun yozuvçi bu maqollarning maʼno kuçidan foydalangan.
Quyida keltirilgan maqollar asarda keliş navbatiga köra berilgan. Ikkinçi darajada joy olgan maqoldan taşqari hammasi asarda bir marta işlatilgan.
- Kambağalni tuyaning ustida it qopadi (b.410).
- Ot olsang Oboqlidan ol, ayol olsang Irğalidan ol (b.413).
- Ot olsang hökiz qorindan ol, hökiz olsang ot qorindan ol (b. 413).
- Oti borning qanoti bor (b.414).
- Ot bitdi, qanot bitdi (b.414).
- Otangni kördim ahmadi foriğ, onangni kördim tovoni yoriq (b.414).
- Körpangga qarab oyoq uzat (b.414).
- Bor bölsa körolmaydi, yöq bölsa berolmaydi (b.414).
- Kalning nimasi bor, temir taroği bor (b. 417).
- Otga minsang boşingni öyla, yerga tuşsang otingni öyla (b.420).
- Ot tepkisini ot kötaradi (b.420).
- Odam sözlaşib topişadi, yilqi kişnaşib topişadi (b.421).
- Oşingni yesa-da mard yesin, boşingni yesa-da mard yesin (b.426).
- Sut bilan kirgan jon bilan çiqadi (b.427).
- Eşak yiqitsa tuyoğini töşaydi, ot yiqitsa yolini töşaydi (b.428).
- Yomondan qoç-da qutul, yo, ton-da qutul (b.429).
- Özbek eli ör keladi, özi öjar zör keladi (b.431).
- Öroqda yöq, maşoqda yöq, xirmonda hozir (b. 433).
- Yolğiz otning çangi çiqmaydi, çangi çiqsa-da donği çiqmaydi (b.436).
- Bir kalning hiylasi qirq kişini çarçatadi (b.449).
- Haq saqlasa balo yöq, Haq qarğasa davo yöq (b.450).
- Özing yaxşi olam yaxşi, özing yomon olam yomon (b.450).
- Oraçiga olti tayoq (b.458).
- Nasib etsa kelar Şom-u Iroqdan, nasib yetsa ketar qoş-u qaboqdan (b.459).
- Davlat-da egiz-egiz, mehnat-da egiz-egiz (b.459).
- Qazisan, qartasan, asli naslingga tortasan (b.471).
- Kuyovni payğambarlar-da siylagan (b. 474).
- Böydoqning aqli ikki közida böladi (b.476).
- Yigitning boşi ikkita bölmaguniça moli ikkita bölmaydi (b.476).
- Yoş yigit közi bilan qiz olma (b.476).
- Yoş bolaga iş buyur-u, izidan özing yugur (b.476).
- Bir yaxşiga bir yomon har yerda bor (b.478).
- Indamagin kalga, özi kelar holga (b.478).
- Kal özini ovutar, qöltiğini sovutar (b.479).
- Yaxşi otdan yiqilsa, yomon taʼnaçi böladi (b.480).
- Oğzing qora qon bölsa-da, ğaniming oldida tupurma (b.482).
- Eşak egasini tanimaydi, pişak bekasini tanimaydi (b.484).
- Elning quloği ellikta (b.487).
- Yomon gap raketadan oldin yuradi, yaxşi gap toşbaqadan keyin yuradi (b.487).
- El oğziga elak tutib bölmaydi (b.487).
- Kuygan ölançi böladi, suygan laparçi böladi (b.489).
- Osmon olis, yer qattiq (b.494).
Huseyin Baydemir,
filologiya fanlari doktori,
Otaturk universiteti professori
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


