12 daqiqada öqiladi

4 909 marta körilgan

Mixail Bulgakov. Ityurak

Mixail Bulgakov

(Qissa)

Uv-uv-u-u-u-uv! Men şörlikka bir razm solinglar, ölyapman, axir. Taşqarida ökirayotgan böron bamisoli janozamni öqiyapti, men ham böronga qöşilib uv tortyapman. Şörginam qursin, şörginam… Xalq Xöjaligi Markaziy Kengaşining oddiy işçilar oşxonasida isqirt qalpoqli bir ablah oşpaz ustimga qaynoq suv tökib, çap biqinimni pişirdi-qöydi. Voy laʼnati-yey, yana proletariy! Voy jonim-yey, biram oğriyaptiki!.. suyaklarimgaça sirqiratib yubordi. Endi yotib uv tortyapman. Faqat uv tortganing bilan darding yengillaşsa qani edi-ya…

Nima, men uning arpasini xom öribmanmi? Tovba! Öşa axlatxonasini ozgina titkilaganim bilan Xalq Xöjaligi Kengaşining jami ozuqasini yamlab yuborarmidim? Oçofat maxluq! Siz fursat topib uning afti-angoriga bir razm soling-a: başarasi moy surilgandek yalt-yult qiladi. Qip-qizil öğri. Eh, odamlar, odamlar…

«Qalpoq» meni peşinda qaynoq suv bilan mehmon qilgandi, hozir esa qoronği tuşgan, Preçistenka öt öçiriş komandasi qarorgohidan qovurilgan piyoz hidi kelayotganiga qaraganda, oradan yana tört soatlar çamasi ötgan. Özingizga yaxşi maʼlumki, öt öçiruvçilar bötqa isteʼmol qilişadi. Ular uçun bötqa qöziqorinday mazali taom. Lekin öşa preçistenkalik itlarning hikoya qilişlariça, Neglinniydagi «Bar» restoranida göyoki kundalik taom sifatida porsiyasi 3 söm 75 tiyin turadigan qöziqorinu pikan qaylasi isteʼ- mol qilişarmiş. Bu, albatta, şinavandalarning işi, kaliş yalagandek bir gap… Uv-u-u-uv…

Biqinim zirqirab oğriyapti, yaqin istiqbolimni ham mutlaqo aniq sezib turibman: kuygan joylarim yaraga aylanadi. Qanday davolanaman endi? Yoz bölsa ekanki, zinğillab Sokolnikiga borsang, u yerda ajoyib, juda yaxşi bir şifobaxş öt ösadi, undan taşqari, tekin kolbasa bölaklarini terib yesa böladi. Hurmatli grajdanlar yoğli qoğozlarni taşlab ketişadi, ularni maza qilib yalaş mumkin. U yerda anavi oy nurida öltirib «Azizim Aida»ni kuylaydigan qandaydir löttibozning yurakni ezuvçi nolasini hisobga olmasa, hammasi joyida bölardi… Hozir-çi, qayerga ham borasan?.. Sizni heç etik bilan orqangizga tepişganmi? Tepişgan. Qovurğangizga ğişt bilan tuşirişganmi? Yetarliça tuşirişgan. Hammasiga çidaganman. Allaqaçon taqdirga ham tan berganman. Agar hozir yiğlayotgan bölsam, faqatgina jonim oğriganidan, sovuqdan yiğlayapman, lekin ruhim hali tetik. Itlarning ruhiyati barqaror böladi. Mana, butun tanamning soğ joyi qolmagan, yara-çaqa, hammasi mehribon odamlarning şarofati. Lekin asosiysi qaynoq suv bilan pişirişganidan keyin yuz berdi: biqinimning junlari tökilib, şir yalanğoç bölib qoldim. Endi öpkamni şamollatib qöyişim ham heç gapmas, undan ham oldin, qadrli grajdanlar, oçimdan ölaman. Öpkasi şamollagan it zinapoya tagidagi qalin qilib töşalgan burçakda jim yotişi kerak. Xöş, u holda menday böydoq va oşqozoni pakillab yotgan kuçuk örniga kim qorin töyğaziş uçun axlatxonama-axlatxona chopadi? Öpkam butunlay işdan çiqqan taqdirda ham qornim bilan emaklab, obdan holdan toyib yurganimda istagan odam tayoq bilan bir urib surobimni töğrilaydi-qöyadi. Köça supuruvçilar esa meni oyoğimdan uşlab, axlat ortilgan aravaga uloqtirişadi.

Köça supuruvçilar proletarlar içidagi eng berahm, battol odamlardir. Ular eng past tabaqaga mansub. Oşpazlarning har xili uçraydi. Masalan, preçistenkalik marhum Vlas. U ozmunçamizning hayotimizni saqlab qoldimi? Har qanday bemor uçun eng muhimi — bir burdagina nimadir yeb oliş. Qari itlarning gapiga qaraganda, öşa Vlas deganlari baʼzida suyakka qöşib yaxşi ğajilmagan göşt ham taşlab turarkan. Joying jannatda bölgur asil inson bölgan-da, man-man degan graf Tolstoylarning xonadonida xizmat qilgan, anavilarga öxşab mötadil ovqatlaniş Kengaşida emas… Ularning ovqatlaniş tarmoğida körsatayotgan karomatlariga itning ham aqli bovar qilmaydi. Anavi ablahlar bölsa, tuzlangan sassiq göştdan karam şörva pişirişadi, heç narsadan bexabar haligi şörliklar esa, yugura kelib yeb-içib mazza qilib ketişadi.

Anovi maşinkaçi esa töqqizinçi razryad böyiça tört yarim sölkavoy oladi, töğri, uying öynaşi momiqqina paypoq sovğa qilib turadi. Lekin bitta momiq paypoq uçun qanday xörliklarga çidaşi kerak, çunki öynaşi undan oddiygina usulni emas, fransuzça muhabbat qoidalarini talab qiladi. Gap örtamizda qolsin, ölguday bemaza bölişadi öşa fransuzlar. Lunjlari töla ovqat-u, ustidan qizil vino içganlariga nima deysiz.

Ha… Yugurib-yelib keladi şörlik maşinkaçi… Axir, uning 4,5 sölkavoyiga «Bar»ga kirişning iloji yöq. Hatto kinematografga ham yetmaydi. Kinematograf esa ayollar hayotida yakkayu yagona ovunçoq. Aftini bujmaytirib, közlarini yumib-oçib turgan bölsa ham gupillatib hammasini yeb oladi. Özingiz öylab köring: ikki xil ovqat uçun 40 tiyin tölaş kerak. Vaholanki, bu ovqatlar 15 tiyinga ham arzimaydi. Çunki qolgan 25 tiyinni zavxoz çöntagiga uradi. Maşinkaçiga şunaqa haşamatli stol kerak deysizmi? Uning öng öpkasining yuqori qismi dardga çalingan. Yana fransuzça mu- habbat tufayli xotinlarga taalluqli kasal ham orttirgan. Işxonasida undan balo-battarlar uçun pul uşlab qolişadi, oşxonada esa yuvindi bilan qornini töyğazvorişadi, ana u, ana u… öynaşi sovğa qilgan paypoqçalarda yugurib ketyapti. Oyoqlari muzday, qorniga sovuq şamol kirib ketyapti, çunki köylagi mening junimga öxşagan, iştoni ham ipildiriqgina, quruq törlaru lentalardan tikilgan. Öynaşining nigohi uçun. Issiq, paxmoq işton kiyib körsin-çi qani… Namunça qöpol kiyinasan, deb şunaqangi baqirib be- radiki! Jonimga tegdi mening matryonam paxmoq iştonlari bilan… Endi mening davrim keldi. Endi rais böldim, qança öğirlasam, hammasini ayol tanasiga, nozik böyinlarga, Abrau-Dyurso*ga baxşida etaman. Çunki yoşligimda orzularimga yetolmay, oç-nahor armon bilan ötgayman, narigi dunyosiga esa işonmayman.

*«Abrau-Dyurso» — eng yaxşi şampan vinosi.

Açinaman unga, juda açinaman! Lekin undan ham köproq özimga rahmim keladi. Xudbinligim tufayli aytayotganim yöq bu gaplarni, biz haqiqatan ham u bilan bir xil şaroitda yaşamayapmiz. U heç bölmasa uyiga kirib isinadi-ku! Men-çi, men qayoqqa boraman? U-u-u-u-!..

— Kuç-kuç-kuç! Şarik, hoy, Şarik, namunça ğamnok uv tortmasang sen şörlik? Kim seni xafa qildi? Eh…

Jodugar böron darvozalarni taraqlatib, beçora xonimning quloqlarini yalab ötdi. Yubkasini kötarib, oç sarğiş paypoqli tizzalarini, yaxşi yuvilmagan iç kiyimining törlarini körsatib, uning sönggi sözlarini yutib, itnn esa nariga surib taşladi.

Voy xudoyim-yey. Bu qanaqa havo böldi-a?.. Voy… Qornim hamon burayapti. Öşa göştning asorati bu, sasigan göştning… Qaçon bularning oxiri bölarkin-a?

Xonim boşini eggança, böronga qarşi hujumga ötdi, darvozadan çiqib, köçada izğirin bilan olişa-olişa, qorda toyğana-toyğana közdan ğoyib böldi.

It esa darvozaxonada yarador biqinidan azob çekkan holda muzday devorga suyangança, yolğiz özi qoldi. Hamda bu yerdan endi aslo qözğalmaslikka, şu yerda ölimini kutişga qatʼiy qaror qildi. Tuşkunlik uni şu köyga solgandi. Qalbida şunçalar armon, şunçalar dard-alam, yolğizlik va dahşat bor ediki, hatto közlarida mayda yoş tomçilari paydo bölib, pastga oqib tuşar va şu zahoti qurib qolardi. Kuygan biqinida junlari suv, qor tekkani tufayli sumalak bölib qotib qolgan, ular orasidan esa terining kuygani, katta-katta qizğiş doğlar yaqqol közga taşlanardi. Bu oşpaz deganlari namunça befahm, befarosat, toşbağir bölmasa?! Xonim uni «Şarik» deb çaqirdimi? Qanaqasiga u Şarik bölsin, axir? Şarik deganlari xöppa semiz, töyib ovqat yegan, yum-yumaloq, tentak, suli bötqasini tanovul qiluvçi, zodagon itlarning farzandi degani-ku, axir! U bölsa junlari yulingan, tanasi şilingan, kuygan, oriq, köça-köyda sanğib yuradigan, sayoq it bölsa… Ha, mayli, şirinsuxanligi uçun ham rahmat.

Köchaning narigi tomonidagi çiroqlari çaraqlab yonib turgan magazinning eşigi şaraqlab oçilib, ostonada bir grajdanin körindi. Ha-ha, örtoq emas, grajdanin, töğriroği — janob. Janob deyilsa, haqiqatga yaqinroq va aniqroq böladi. Paltosiga qarab, şunday deyapti deb öylayapsizmi? Xato qilasiz! Hozir proletarlarning köpçiligi palto kiyadi. Töğri, yoqasi bunikiday emas albatta, bunaqasi haqida gap ham bölişi mumkin emas, lekin uzoqdan adaştiriş mumkin. Ammo közlar… Bu şunday narsaki, uzoqdan ham, yaqindan ham özgarmaydi, adaştira olmaysan. Xuddi barometrga öxşaydi ular. Közga qarab, odamning qalbida nimalar keçayotganini biliş mumkin, hammasini payqasa böladi: kimning qalbi Sahroyi Kabir singari böm-böş, kimdir heç nimadan-heç nima yöq etigi bilan qovurğangga nuqib qoladi, baʼzi birovlar esa özlaridan-özlari «pirr» etgan narsadan qörqib yurişadi. Mana şu oxirgi landovurning «xap» etib boldiridan tişlab oliş juda maroqli böladi-da. Qörqasanmi — ol oladiganingni! Qörqsang — demak, narxing şu… r-r-r- Vov-vov…

Janob dadil qadamlar bilan simyoğoç böyi baravar böron kötarilayotgan köchani kesib ötib, darvozaxona tomon yönaldi. Ha-ha, hammasi körinib turibdi. Bu janob sasigan göşt yemaydi, mabodo, biron joyda şunday göşt taklif qilingan taqdirda ham şunaqangi janjal kötargan bölardiki… Keyin esa gazetaga yozardi: meni, Filipp Filippoviçni, zaharlamoqçi bölişdi.

Mana u tobora yaqinlaşib kelayapti. Bu töyib ovqat yeydi, öğirlik qilmaydi, heç kimni tepmaydi, lekin özi ham heç kimdan qörqmaydi. Nima uçun qörqmaydi? Çunki hamişa töq. U aqliy mehnat odami, yumşoq, oppoq, fransuz ritsarlari kabi çöqqi soqol va möylov qöygan janob. Sigarasi ham bor. Ammo undan yoqimsiz kasalxona va sigareta hidi anqib turibdi.

Nima jin urib, u Markaziy Xöjalik kooperativida adaşib yurgan ekan? Mana, u yonginamda… Nima qidiryapti özi?.. — U-u-u-u… Şu ipirisqi dökonçadan nima xarid qilişi mumkin? Nahotki, ovçilik bozori unga kamlik qilgan bölsa? Nima-nima? Kolbasa. Janob, siz bu kolbasaning nimadan tayyorlanganligini bilganingizda edi, dökonçaning yaqiniga ham yölamagan bölardingiz. Uni menga berganingiz maʼqul.

It sönggi kuçini töpladi-da, darvozaxonadan yölakka qarab sudralib ketdi. Öq ovoziday guvillab avjiga çiqayotgan böron «Yoşariş mumkinmi?» degan plakatning katta-katta harflarini uçirib yurardi.

Albatta, mumkin. Mana, meni hid yoşartirdi, oyoqqa turğazdi, ikki kundan beri heç vaqo tuşmagan oşqozonim borligini yodimga soldi, kasalxona hidini ham yutib yuborayotgan antiqa hid, pişirilgan ot göşti, sarimsoq va murç- ning jannatbaxş hidi… Sezib turibman, yöq, aniq bilaman, pöstinining öng çöntagida kolbasa bor. Mana u, şundoq burnim ustida. O, hazratim! Menga bir nazar sol. Men ölayapman, axir! Qismatimiz qursin, qullar qismati!

It közlaridan şaşqator yoş oqizgança kaltakesakka öxşab qorni bilan emaklab ketdi. Oşpazning nimalar qilganini bir köring-a! Lekin siz bir tişlam ham bermaysiz. Boyvaçça odamlar tabiatini juda yaxşi bilaman, axir! Lekin aslida sizga nima keragi bor sasigan ot göştining? Bunaqa zaharni Mosselpromdan boşqa heç qayerdan topa olmaysiz. Siz esa bugun ertalab nonuşta qilgansiz, erkaklik puştingiz tufayli siz jahonşumul ahamiyatga molik odamsiz. U-u- u-u… bu yoruğ jahonda nimalar bölyapti özi? Körinib turibdi, hali ölişimga ança bor, ruhan taslim böliş esa — ğirt gunoh. Qölini yalaş kerak, boşqa iloj yöq.

Turgan-bitgani jumboqdan iborat janob esa, itga engaşdi, közlarini yaltillatgança, öng çöntagidan uzungina oq öram oldi. Jigarrang qölqopçalarini yeçmagan holda qoğoz öramni oçdi, uni şu zahoti şamol uçirib ketdi, söngra Krakov kolbasasidan bir bölak sindirdi. Nahotki, şu bölak it uçun bölsa? O, marhamatli janob! U-u-u!

— Huşt-huşt, — huştak çaldi janob, keyin jiddiy ovozda qöşimça qildi: — Ola qol! Şarik, Şarik!

Yana Şarik! Peşonamga şu nom yozilgan ekan şekilli… E, mayli, nima desangiz deyavering, bunday marhamatingiz uçun nima deb atasangiz ham roziman.

It bir zumdayoq kolbasaning pöstini artdi-da, inqillay-sinqillay bir yamlaşdayoq yeb taşladi. Qor aralaş bir bölak kolbasa tomoğiga tiqilişiga sal qoldi, çunki oçközlik qilib, ipini ham yutib yuborayozgandi. Qöllaringizni qayta-qayta yalaşga, hatto iştoningizni ham öpişga tayyorman, xaloskorim!

— Hozirça yetadi. — Janob xuddi harbiy odamlarga öxşab qisqa-qisqa gapirardi. U Şarik ustiga engaşib, sinov- chan nigohda itning közlariga tikildi, kutilmaganda mehri- bonlik bilan Şarikning qornini silab qöydi.

— Hmm, — dedi u sirli ohangda, — böyintiriği yöq, juda soz, menga aynan sen kerak eding-da, oşna. Qani, men bilan yur-çi, — u barmoqlarini qarsillatdi. — Fit-fit!

Siz bilan?!. E, siz bilan dunyoning narigi çekkasiga ham boraveraman. Oyoğingizdagi çarm botinkangiz bilan tepsa- ngiz ham miq etgan nomard.

Çiroqlar butun Preçistenkani sutday nurafşon etgan. Biqini uzluksiz oğrişiga qaramay, Şarik pöstin kiygan olijanob bu kişini yöqotib qöyişdan qörqib, undan bir qadam ham orqada qolmaslikka intilar va hatto oğriqni ham unutayozguday edi. U qanday bölmasin, öz mehri va vafodorligini izhor etişni istardi. Va buni Preçistenkadan to Obuxov jinköçasigaça bölgan oraliqda yetti marta izhor etdi, botinkasini öpdi, Murda jinköçasi muyulişiga yetganda, öziga yöl oçayotib, şunday dahşatli uv tortdiki, yölovçi bir xonim qörqqanidan ötirib qoldi, öziga nisbatan yanayam rahm-şafqat uyğotiş maqsadida bir-ikki bor zorlanib uv tortib qöydi.

Kutilmaganda suv quvuri ostidan badbaşara bir daydi muşuk çiqib keldi, böron avjiga olayotganiga qaramay, u Krakov kolbasasining hidini sezib qolgandi, çamasi.

Darvozaxonadan yarador itlarni yiğib yuradigan bu dumbul boyvaçça manavi qaroqçini ham özi bilan birga olib ketişi, keyin Mosselprom mahsulotini örtasidan arra qilişga töğri kelişi haqidagi fikrdan Şarikning közlarida öt çaqnab ketayozdi. Şuning uçun tişlarini ğijirlatib, muşukka qarab şunday irilladiki, u şörlik, teşik şlangaga öxşab pişillagança quvur içidan çopqillab ikkinçi qavatga çiqib ketdi.

Fr-r-r… Vov! Yöqol! Mosselpromning Preçistenkada izğib yuradigan har bir daydining qornini töyğazişga vaqti yöq.

Derazasidan Valtornaning yoqimli ovozi eşitilayotgan öt öçiriş komandasi yoniga yetganlarida, janob itning sadoqatini yana bir bölakça kolbasa bilan taqdirladi, lekin bu bölakça avvalgisidan kiçikroq, beş tiyinlik çaqani eslatardi.

Eh, ğaroyib odam ekan! Meni öziga oğdirib olmoqçi… Xavotirlanmang! Şundoq ham heç qayoqqa jilmayman. Qayerga desangiz, öşa yoqqa ergaşib ketaveraman!..

— Fit-fit-fit! Bu yoqqa yur!

Obuxovgami? Maʼzur tutasiz. Bu jinköça bizga juda yaxşi taniş.

— Fit-fit! — Bu yoqqami? Bajoni… E, yöq, maʼzur tuting. Yöq. U yoqda şveysar bor. Bunaqasi olamda yöq. Köça supuruvçi farroşlar ham uning oldida ip eşolmaydi. Juda xudo urgan zot. Indamasang, boşingga minib, qorningni çavaqlaşdan ham toymaydi.

— Nega qörqasan, axir? Yuraver.

— Salomatmisiz, Filipp Filippoviç.

— Salom, Fyodor.

Mana buni şaxs desa böladi. Voy xudoyim-yey, baxtiqaro qismatim meni kimga röpara qildi? Köçada yurgan itlarni bunday haşamatli örtoqlik uyiga olib kirişga qodir juda hurmatli, gapi hammaga ötadigan qanaqa şaxs ekan özi bu?

Qarang-a, anavi ablahning qimir etgani holi yöq. Közlariga eʼtibor bering, özi indamagani bilan, közlari yeb taşlaguday tikilayapti, şunga qaramay, har doimgiga nisbatan ança sipo, ança bosiq. Göyo şunday bölişi kerakday. Hurmat qilar ekan, juda hurmat qilar ekan bu janobni! Eh-ha! Men bölsam u bilan birgaman, izma-iz ketyapman. Nima, tegib ketdimmi? Eplasang, uzib ol. Öşa qadoq bosgan proletar oyoğidan bi-ir ğajisang! Avlodimizga körsatgan hamma hunarlari uçun. Başaramni kaltak bilan neça marta bejaganding, a?

— Yur, yura qol.

Albatta, albatta, siz heç xavotir olmang, faqat yölakni körsatsangiz bas, u yoğini bizga qöyib beravering. Biqinimning löqillaşiga qaramay, orqangizdan bir qadam ham qolmayman.

Janob zinadan pastga qarata:

— Fyodor, menga xat kelmadimi? — deya savol berdi.

Pastdan iltifot ila javob berişdi:

— Yöq-yöq, Filipp Filippoviç — dedi (keyin sekin, sirli tovuşda), — uçinçi kvartiraga bir neça örtoq joylaştirildi.

Itlarga mehribon hurmatli janob zinada keskin orqasiga ögirilib, pastga engaşdi-da, dahşatga tuşib söradi:

— Xöş-ş?

Uning közlari ola-kula bölib, möylovlari tikkayib ketdi.

Şveysar pastdan oğziga kaftini tutib, boş irğagan holda tasdiqladi:

— Xuddi şunday, bir emas, tört kişi.

— Yo tavba! Uyimizda nimalar bölişini endi tasavvur qiliş mumkin. Özlari nima qilişyapti?

— Heç nima.

— Sizdan sörayapman, Fyodor Pavloviç?

— Ğişt va parda olib kelgani ketişdi. Uyni ikkiga bölib, devor qurişmoqçi.

— E, jin ursin, bu qanaqasi, axir!

— Hamma kvartiralarga odam qöyişarkan, Filipp Filippoviç, siznikidan taşqari. Hozir majlis böldi, yangi şirkat saylaşdi, eskilarining esa dumini tugişdi!

— Nimalar bölyapti özi, tavba… Fit-fit.

Ketyapman, mana, yonginangizdaman. Biqinim qurğur zinğillab, sira tinçlik bermayapti-da. Ijozat eting, botinkangizni yana bir yalab qöyay.

Şveysarning zar uqali boş kiyimining gardişi körinmay ketdi. Marmar yotqizilgan maydonçada quvurdan çiqayotgan issiqlik «gup» etib dimoğimga urildi. Yana bir marta burilib, mana, manzilimizga ham yetib keldik.

(Davomi bor)

“Yoşlik” 1989/12

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar (6)

  1. Jonibek

    Davomini qöqyinglar tezroq, iltimos.

  2. Ğiyosiddin Önarov Tahririyat

    Bor. Endi sayt qöyamiz.

  3. Sena

    Beçora hali uni nimalar kutayotganini bilmaydi.Filip Fillippoviç salida plastik xirurg .U bir alkaş 'janjalda vafot etgan yigitni gipofizini şu itga qöyadi.It ma'lum muddat odamga aylanadi.Koop bemazagarçiliklar qiladi .Itga Poligraf Poligrafiviç Şarikov deb ism berişadi.Qissa söngida şifokor xato qilgani bilib uni qayta operatsiya qiladi

  4. Alişer

    Davomi qöyilmadimi?

  5. Yunusbek

    Qanaqa bilib savlab olsak buladi mp3
    Yuqmi

  6. Ğiyosiddin Önarov Tahririyat

    Assalomu alaykum. Saqlab olib bölmaydi!

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (375)