16 daqiqada öqiladi

1 211 marta körilgan

Ijodkor olamiga safar

Xolis eʼtirof ehtiyoji

(2018-yilda çop etilgan şeʼriy töplamlar töğrisida)

2018-yilda bosib çiqarilgan kitoblardagi şeʼr­lar töğrisida umumlaştirib aytganda, ularni şoirlar­ning öz içki olamiga qilgan safarlari mahsuli deyiş mumkin. Oldinlari şoirlarimiz köproq taşqariga qarar, undan taʼsirlanar va bitiklarida ham uni aks ettirardi. Endilikda şoirlarning poetik nazari öziga, özining ham içki dunyosiga qaratilmoqda. Ijodkorning içidagi mikrodunyosi taşqaridagi makrodunyodan köra bepoyon va çeksizroq ekani şeʼrlariga köçmoqda.

Maʼlumki, şeʼrga bezovta yurakning mahsuli deb qaraladi. Bulturgi şeʼriy kitoblardagi bitiklarga esa bezovtalik emas, qandaydir xotirjamlik xos. Şoirlar özlarini har sari uravermaydi, nima qilmoqçili­gini yaxşi biladigan odamlarday tutadi özini. Ular insonday yaşaş uçun yöl izlaş lozimligini, bu yöl har kimning naq öz yuragidan ötişini yaxşi biladi va yurakka yöl solişga xotirjam tadorik körişadi. Bunday xotirjamlik taqdirga tan bergan, tasodif yöqligi-yu, yagona Yor hamişa yöldoşligiga işongan kişida böladi.

Bultur çiqqan şeʼr kitoblar orasida maşhur şoir Usmon Azimning “Kollaj” tarzida nomlangan asari alohida örin tutadi. “Kollaj” degani turli suv­ratlarni yopiştiriş orqali yangi bir suvratli manzarani yuzaga keltirişdir. Uni mozaikaning foto körinişi desa böladi. Azaldan favqulodda obrazlar, kutilmagan taşbihlar, çiyratma ifodalar ustasi bölgan Usmon bu kitobidagi şeʼrlarida tiriklik, keçirilgan umr mazmuni haqida çu­qur öyga tolgan mutafakkir sifatida namoyon bölgan. Ayni vaqtda u bitiklarida aks etgan fikr va tuyğularning ifoda yösinini sezilarli yangilayotir. Şoir “Çaqaloq zaminni keçaga örab, belançak şamolda tebratadi kuz” satrlari bilan boşlangan şeʼrida umr kuzidagi holatini şunday aks ettiradi:

 

Kuzligim muborak özimga! Yondi

Et-u suyagimning har bir zarrasi!

Kullarim sovrildi, faqat ruh qoldi,

Uzun bu umrimdan uzun “uh” qoldi –

Qaynagan ongimning pinhon naʼrasi.

Kuz aro boraman. Taqdir dastida

Hayot-u ölimga boş egmiş yurak.

Yomon ötmaganday umrim aslida:

Yaraşib yaşadim yerning ustida,

Yerning tagiga ham yaraşsam kerak.

Şeʼrdagi paradoksal mantiq va favqulodda ifodadan taşqari, tovuşlar takroridan juda örinli foydalanilgani bitikka özgaça joziba bergan.

Usmonning kitobdagi şeʼrlari töğrisida söz­laş qiyin. Ularni faqat öqiş kerakday. Çunki odatiy mantiqqina sözga köçadi. Kutilmagan qaraşlar kutilmagan ifodani taqozo qiladi. “Bir hodisa va bir taxmin” şeʼri ana şunday bitiklardan:

 

Kiçkina idoraning kiçkina xodimi

Mahmud vafot etganda, rosa erkalatişdi.

Yuvib-taraşdi avval

(bunday eʼzozdan marhum rosa uyaldi!)

Yiğlab ham turişdi boşida

(özining ham yiğlagisi keldi Mahmudning),

Xuddi bayramlardagidek oppoq matolarga öraşdi

Barça sukutda, qöllar qovuştirilgan…

Söng (işonasizmi!)

Yelkalarida kötarib ketişdi uni

Juda taʼsirlandi Mahmud,

qayta yaşagisi keldi:

– Ölim kerak emas, siz bilan yaşayman degisi keldi

Mahmudning.

Ammo heç narsa demadi,

Miq etmasdan ketaverdi

Çunki Mahmud juda tajribali,

Juda aqlli (bekorga ölmagan!):

U juda yaxşi biladi – bunday baxtli kun

Insonga bir bor nasib etgusidir.

Bu şeʼr kişini çuqur öyga toldiradi. Piçing, iztirob, ramz va işora uyğun aks etgan bu şeʼrda odatdagi tasviriy unsurlar yöqligiga qaramay, özgaça poetik ruh borligi kişini hayratga soladi.

Boşqa bir şeʼrida ham şoir körilgan narsadan körilmagan xulosa çiqaradi:

 

Uy baxt bilan töla

Baxtga heç kim eʼtibor ham bermaydi,

Bu eʼtiborsizlikdan negadir kattarar baxt.

Bu eʼtiborsizlikdan negadir yana çaraqlar.

Xullas, uy baxt bilan töla

Ammo uni heç kim körmaydi.

Xuddi şunday! Baxt yöqligida körinadi, xolos.

Aytilganiday, şoir qofiya, turoq singari tasviriy unsurlarga eʼtibor qilmaydi. Xuddi hayotiy eʼtiborsizlik baxtni kattartgani kabi poetik eʼtiborsizlik ham şeʼrga joziba beradi.

Şarifa Salimovaning “Bedor tun tomçilari” kitobiga kirgan şeʼrlarda öz köngli bilan sirlaşayotgan ayol öy-xayollari, tuyğulari aks etgan. Şoira tabiatni odam, odamni tabiat orqali körsatişga intiladi. “Kuzak titroğini sezadi gullar” şeʼridagi

 

Kuz suvlari oqar. Xayolçan, xomuş,

Intizor qirğoqqa taşlamay nazar.

Xazonli yölakda bölib faromuş,

Kuz qadam taşlaydi maʼyus, sarosar.

Şeʼrdagi maʼyus ohang tasvirga samimiyat va joziba bağişlagan. Kuz suvlarining xayolçan, xomuş oqişi tasviri ham haqqoniyligi, ham musiqiyligi bilan şeʼrxonni rom etadi. Şarifa şeʼriy eksperimentlarga öç emas, u anʼanalar bağrida yangiliklar yaratişga urinadi. Tasvirdagi samimiyat, köngil holatining çin manzarasi uning şeʼrlariga jon bağişlaydi:

 

Bir kungina meni otaş bölib sev,

Bir kungina meni köklarga kötar.

Men tutun qaytargan kunlardan bezdim,

Minnat-u xörliklar jonimdan ötar.

Bu nidolarda köngil mamlakatini obod, osmonini yuksak körişni istagan şoirona qalb titroqlari öz aksini topgan.

Azim Suyunning “Ey döst yoxud Azimnoma” kitobi 1077 şeʼriy va ikki yuzdan oşiq nasriy qayirmalarni öz içiga oladi. “Qayirma” sözi obdon yetilgan, tobiga kelgan narsa, iş, harakat, amal maʼnolarini anglatadi. Qayirma­ning özagida “qayiş”lik, yaʼni pişiqlik, puxtalik maʼnosi ham bor. Şoirning şeʼriy qayirmalari hikmatlarga öxşab ketadi. Çunki ular – yet­mişdan oşgan oqsoqolning fikr-u tuyğulari mahsuli. Azim Suyun öqirmanga aql örgatmaydi, uni köngliga yuzlaştiradi. Qayirmalarda baʼzan katta hayot yölini bosib ötgan kişining töxtamlari ifodalansa, gohida borliqning turfa holatidan hayratlari muhrlanadi:

 

Ey döst!

Oq böyniga qora soçi öralgan,

Bir örami oq töşida taralgan.

Bir xilqatkim marmar hovuz böyida

Hovuz böyni unga qarab buralgan.

Bu satrlarda holatning turğun surati emas, balki şoir keçinmalari dinamikasi aks etgan. Unda axborot emas, jarayon aks etgan. Çinakam gözallikka lol bölib, qarayverganidan böyni buralgan hovuz holati ifodasi öqirmanni ruhiy muvozanatdan çiqaradi.

Ijodda bir xillik va takror tanazzulga eltadi. Butun boşli kitobning faqat “qayirma”lardan iboratligi öqirmanni zeriktirib qöyişi mumkin edi. Şoirning sözni “qayirma” qilib qöllay oliş mahorati sirtdan bir xil köringan şeʼrlarning içki qurilişi, poetik mazmunida qaytariq bölmasligini taʼminlagan. Şoir har bir şeʼrda yangidan-yangi ruhiy holatlarni suvratlantirgan. U qayirmaning torgina maydonida erkin harakatlanib, rang-barang sezimlarni jilolantirgan:

 

Ey döst!

Sarkaş köklam edi, men va yor ikkov,

Bir qirda turardik yelvagay, lov-lov.

Yomğir yoğib berdi, yorga qaradim,

Yomğirda yonardi gulbadan olov.

Yomğirda lov-lov yonayotgan gulbadan yoğ­dusidan közlari qamaşsa-da, ruhi tiniq oşiq holati aks etgan uşbu qayirmaga berilgan har qanday izoh möjizaviy bu holatning gözal poetik tasvirini faqat xiralaştiradi.

Nekbin tuyğular egasi Azim Suyunning ezgulik tantanasiga işonçi qayirmalarda ham yorqin aks etgan:

Ey döst!

Bir nazardan er tuzalar,

Şarros tinar – sel tuzalar.

Bitta hikmat menga ayon:

Söz tuzalsa, el tuzalar.

Şoir faqat öz menining taftişçisi emas, amal odami ham bölgani uçun qayirmalarga faqat dil izhori deb qaramaydi. Şu bois qayirmalariga ezgulikka iş­onç va umidbaxşlik xos: “Ey döst! Men hikmat aytaman, arava jilar, Dehqon ketmonini yelkaga ilar. Tuşib ketar jallod qölidan bolta, Hukmdor adolat libosin kiyar”.

Abdumajid Azimning “Qadr keçasi” kitobidagi bir şeʼrda pokiza tuyğularga töla bolalik çoği qömsalgan: ön bandlik şeʼrning birinçi törtligida yurtidan, bolaligidan uzoqlaşgan kişi tuyğulari: “Şopirgança xas-xazonni, qilib nola, Uriladi şamol oyna töşlariga. Adirlarda suruv quvlab yurgan bola, Keçalari kirib çiqar tuşlariga”, yösinida aks etadi. Qömsaş ruhi sönggi öninçi bandda ham pasaymaydi:

 

Bir kimsani qidirganday çekib nola,

Şoşqin şamol uvullaydi keçalari.

Şudgorlarda qöy izlaydi öşa bola,

Loyga botib etigining ökçalari.

Bu satrlarda qaytib kelmas pokiza bolalikni so­ğinib içikkan odam tuyğulari aks etgan.

Şoirning boşqa bir şeʼrida bosib ötgan umr yöli töğrisida öyga botgan odam holati özgaça şaklda ifoda etiladi:

 

Falaklarga nigohimni tikkan edim,

Yuraklarga armonlarni ekkan edim,

Ajriqday toşni yorib çiqqan edim,

Kunlarimni somon kabi yiqqan edim,

Yiğib barin bitta qopga tiqqan edim,

Ekkan edim, yiqqan edim, tiqqan edim.

Şeʼr misralarida aks etgan asosiy holatni ifodalovçi sözlarning sönggi satrga yiğilgani bitikka özgaça ohang va ohor baxş etib, tasvirdan kelib çiqadigan poetik maʼnoni kuçaytirgan.

Sermahsul ijodkor Zamira Röziyevaning “Röş­nolik” kitobining nomidayoq şukronalik bor. “Sevsang, joning arzon bölar işqingdan, Ruhingda rayhonlar unar aşkingdan” satrlarida kattagina yoşda, hatto haj amallarini ham ötab kelgan Zamiraning ijodidagi ruh navqironligi seziladi. Şoiraning nomsiz bir şeʼrida visolsiz sevgi fojiasi öta taʼsirli aks etgan:

Sizni topib, Sizga yetmagan

Tuyğularga jonim taloşdir.

Şabnam emas bargda titragan,

Közlarimdan tökilgan yoşdir.

Oğriq oqqan tomirim yonar,

Kuyuk isda sirlarim foşdir.

Çalkaş çiziq peşonam qonar,

Işq deb urib olganim toşdir.

Va…

Siz…

Bu bor darddan bexabar

Könglingizda qay qalamqoşdir.

Bizni avrab ayirgan şahar –

Biri Anjan… va biri Şoşdir.

Bitikda sevguvçi köngilning samimiy tuy­ğulari betakror va tabiiy ifodalangan. Şeʼrda tasvirlana­yotgan anduhlarning ayolga xosligi sezilib turgani muallif mahorati belgisi. “Közlarimdan tökilgan yoşdir”, “Kuyuk isda sirlarim foşdir” singari misralar ayol köngli nolalari ekani sabab taʼsirlidir.

Yoş şoir Jörabek Jahonning “Köngil poytaxti” kitobidagi şeʼrlarida öziga xos poetik nigoh sezilib turibdi. “Tuğiliş” şeʼrida tasvir öqirmanlar könikkan yönalişdan özgaça tus olgan:

 

Bugun oxirgi kun,

Bariga şayman.

Fariştam, vidoning totini tuygin.

Endi kökda emas, yerda yaşayman,

Qalbimni töldirib işqingdan quygin.

Mana fursat yetdi,

Mana, vaqt yetdi,

Köksimda nimadir urayotir niş.

Közimga köp narsa körinib ketdi,

Bunça azob ekan, azob –

TUĞILIŞ.

Jörabek tabiat hodisalarini jonlantirib va şaxs­lantirib taʼsirli badiiy holat yaratadi. Uning “Tun. Tiq-tiq. Derazamni çertib yiğlaydi yomğir” tarzida boşlanadigan şeʼridagi özgarişlar dinamikasi oşiq fojiasi darajasiga muvoziy tasvirlanadi: “Yomğir ögit qildi aylanib qorga: Işonma, işonma, sen u dildorga” “Endi boşim uzra yoğar edi döl: Battar böl! Battar böl! Battar böl!” töplamdagi köpçilik şeʼrlar şoirning şakliy-ifodaviy izlanişlari mevasidir.

Şoir Muhiddin Omonning yetti fasldan iborat “Örtamizda işqning gulxani” kitobiga kirgan şeʼrlarning köpçiligida özi, atrofidagi odamlar va olam haqida öylayotgan kişi holati aks etgan. Şoir “Har narsa foniydir…” deb boşlanadigan şeʼrida yozadi:

 

Har narsa foniydir, yöqlikning xasmi,

Yam-yaşil yaproqning qismati xazon.

Gar bugun tilimda visolning vasfi,

Ertaga umrimda hokimdir hijron.

Kelganlar ketajak, ketganlar qaytmas,

Umr daryosining özani nişab.

Ajabki, heç kimsa töydim, deb aytmas,

Hattoki, qöysa-da yuz yilni yaşab.

Men ham bir daryodek oqib ötarman,

Bahorimda toshib, kuzlarda sokin.

Baxt sörab köklarga boqib ötarman,

Kun kelib töldirgum ajdodlar xokin.

Balki kimdir yöqlar, kimdir söragay:

“Qanday yaşab ötdi Muhiddin Omon?”

Şunda aytavering xijolat bölmay:

Uning har satrida umri namoyon.

Şoir ham biz kabi tuğildi, ösdi,

Unga ham insoniy barça qusur xos.

Faqat HAQIQATning edi çin dösti,

Faqat u OŞIQdek yaşadi, xolos.

Kitobdan joy olgan deyarli barça şeʼrlar – oşiqona dil izhorlari. Muhiddin sevgiga köngilni uyğotib, oşiqni yuksaltiradigan qudrat sifatida qaraydi.

Taniqli şoir Sirojiddin Raufning “Muallaq çeksizlik” kitobidagi “Bugunning odami” şeʼrida davr odamlariga xos örtoq sifat juda topib tasvirlangan:

 

Bugunning odami vazmin va öyçan,

Köpning baxti uçun Haqqa yukingan.

Töplamdagi köpçilik şeʼrlarda şoirning “Bu qanday işq, bilmadim, yo Rab, Otaşidan közimda yoşlar. Uzoqlaşsam qolaman muzlab, Yaqinlaşsam kuydirib taşlar” törtligidagi mohiyat aks etgan. Ularda sevgi qudrati, uning yaşatiş, yaşnatiş va yaşartiriş quvvati tasviriga köp örin berilgan. Bu jihatdan “Sevgi” şeʼridagi quyidagi misralar diqqatni tortadi:

 

Könglingning tölmoği muşkul tobora,

Olaquroq tuyğu, hislar, sezgilar

Köngil oromiga bölolmas çora!

Sevgingni maydalar mayda sevgilar…

Sevgiday buyuk va muqaddas tuşunçaning maydalanmasligi, uluğ tuşunçalarga ulkan yondaşuv­lar bölişini şoir orzulaydi.

  1. Raufning “Hasbi hol” şeʼrida şoirning bosib ötgan yöli, hayotdagi örni haqidagi haqqoniy öylari ifoda etiladi: “Bahorni anglamay yozga yetibman, Umrim boğlarida ğimirlar kuzak. Özimdan şunçalar olis ketibman, Bamisli havoga töyingan pufak. Osmonning çetida şafaqlar sarjin, Kunga qöl silkitib tun oğayotir. Qalbimda bir hadik, xavotir parçin, Tun mening nazdimda tund oğayotir”.

Murakkab timsollar, serqatlam ramzlar bilan fikrlaşga moyil Gözal Begimning “Yoki” tarzida ğalati nomlangan töplamidan şoiraning olamni öziga xos körişi natijasi bölgan şeʼrlari örin olgan. Har kimning ham xayoliga kelmaydigan taşbihlar, fav­qulodda obrazlar, kutilmagan ifodalar har bir şeʼrda közga taşlanadi. Töqqiz şeʼrni öz içiga olgan “Hali bu hammasi emas” turkumidagi bitiklar tasvirning injaligi bilan ajralib turadi:

 

Qöldan tuşib ketdi yuragim,

Dumaladi yaqin-uzoqqa.

Kelayapti kiprik tiragim

Qaroğimga siğmagan boqqa.

Barmoğimni gar qisirlatsam,

Böşatadi yaproqlar yerni.

Ipak könglim bir qiqirlasa,

Titratadi şu yarim şarni.

Hali hammasimas, ketmayman,

Yuragingda yer qimirlatmay.

Soyalar jarangin eltgayman,

Sirqiraydi qalbimda şu nay.

Bu satrlardagi obrazlar kölami va şoira­ning öz tuyğulari qudratiga işonçi mustahkamligi sabab öqirmanni hayratga soladi. Lirik qahramonning kiprigini boğdagi oğoçlarga tirgoviç qilmoqçi, könglining qiqirlaşi bilan yarim şarga titroq solmoqçi, oşiq yu­ragida zilzila qöptirmoqçi va soyalar jarangini eltmoqçi bölgani tasvirlaridagi poetik ğulu bitik jozibadorligini oşirgan.

Gözal – poetik tajribalarga öç şoira. U ayrim şeʼrlaridagi barça misralarni “qaniydi”, “yoki” sözlari bilan boşlaydi. Bunday şeʼrla­rida ham u faqat şaklga mahliyo, takrorlar musiqasiga andarmon bölib qolmaydi. Bitiklariga badiiy yuk orta biladi: “Qaniydi yuragingdagi olmalarga qurt tuşmagan bölsa, Qaniydi yuragimdagi olma tişlanmagan bölsa”, – deb yozadi. Kitobga nomi çiqarilgan şeʼridagi

 

Yoki suv

yoki suvdagi jarohat

yoki suvga çökib ketgan tuyğular

yoki dengizning dengiz haqidagi öyi

yoki barmoq izi kul ostidagi

satrlari öqirmanni öylantiradi. Biri ön ikki biri yigirma qatorli bu ikki şeʼrning biror örnida tiniş belgisi işlatilmagan. Bu hol ularni har bir şeʼrxon öz ohangiga solib öqiy olişiga imkon beradi.

Samarqandlik şoir Xurşid Nurullaning “Beş fasl va yurt vasfi” kitobi kompozitsion tuzilişiga köra öziga xos: undagi şeʼrlar töplamning nomiga muvofiq ravişda tabiatning tört fasli hamda “Oşiqlar dunyoda bitta qabila” va “Özbekiston – mukammal diyor” singari ikki bölimdan joy olgan. Xurşid köklamni ğoyat sevadi va juda çiroyli tasvirlaydi. Uni­ng “Köklam taşbihlari” şeʼrida bu gözal faslga xos xususiyatlar ğoyat original aks ettirilgan:

 

Quyoş mağlubiyatni tan olmagan heç,

Uç kunlik qamaldan tuman körmas naf.

Sekin tark etarkan borliqni ilinj,

Ufqda alp toğlar torta boşlar saf.

Qörquvdan daraxtni bosgan sovuq ter,

Baldoqqa öxşaydi butoqda tomçi.

Köklam manzarasining mahorat bilan tasvirlanişi öz holiça gözallik yaratadi va öqirman köngliga zavq bağişlaydi. Lekin şoir bu bilan kifoyalanmaydi, balki undan qöşimça poetik maʼno çiqarişga urinadi va “Muhabbatga öxşar bahor degan söz” misrasi orqali bunga erişadi ham.

Xurşid Nurilla faqat tabiat körinişlari tasvirida emas, balki ijtimoiy munosabatlar ifodasida ham öziga xos yöldan boradi. Jumladan, “Xijolatpazlik” deb nomlangan şeʼrda vatan haqidagi öylarini biror ijodkorga öxşamagan yösinda ifoda etadi:

 

Vatan haqida şeʼr yozgim kelsa,

Avval,

Xayolim kökida quyoşdek porlar

…Bir kun körmasa, meni soğinadigan onam,

Yangam çizgan çiziqdan çiqmagan akam,

Boylik söqir qilgan ukam,

Va kundan kunga onamga öxşab borayotgan singlim.

Söng özimni öylab xijolat çekaman.

Kundan bir soniyani onamga bağişlamaganimdan,

Farzandimni oliy maʼlumotli qilolmaganimdan,

Davolatmaganimdan ukam közini.

Javob berişga tayyor emasligimdan

Vatan uçun nima qilding degan söroqqa.

Vatanni uluğlaşga doir birorta kötarinki söz aytmay, bironta çaqiriq qilmay, ğoyat maişiy-rözğoriy tasvirlar orqali ota yurt oldidagi mangu qarz­dorlikni bir qadar prozaizm aralaş yöl bilan ifodalaş şeʼriyat tajribasida köp uçramaydigan hodisa.

Salomat Dadayevaning “Saodat” nomli kitobidagi şeʼrlar orasidagi:

 

Ufqning yurakday çegarasi yöq,

Anglab ololmaysan uni dafʼatan.

Sölim tabiatning har zarrasida,

Özligin eslatib turadi Vatan

singari öziga xos satrlar eʼtiborni tortadi. Şoira ça­qiriğ-u undovlarsiz ham vatan töğrisida juda körimli körkam söz bitgan. Salomatning: “Havoda uçadi nafis mezonlar, Armonday ila­şib qoş-u kiprikka. Quyoşning yuzini tösadi bulut, Soğinçlar öxşaydi uzun köprikka” tarzidagi misralari ham taʼsirçanligi bilan diqqatga loyiqdir.

Öz ijodiy kredosini “Men tanlagan yölim – buyuk ğam” deb belgilagan şoira Aliyaning “Maktub” nomli kitobi köngil puçmoqlaridagi eng nafis, eng yaşirin tuyğular ifodasi bölgan şeʼrlarni öz içiga olgan. Şoira Alloh uning tiliga “quyoş bağrida olovlarni yoqişga qodir” söz berganidan iftixor tuyadi va ana şu söz bilan bi­tilgan maktubni yor bugunoq öqişini istaydi:

 

Guldan tökib subhiy ğuborni

Gul umrim şu soatlarida

Yuragimni sizga yubordim

Kapalakning qanotlarida…

Bugun öqing…

Bu iltijo – bejizga emas: xat kapalak qanotiga yozilgan. Kapalak esa bir kungina yaşaydi. Demak, uning qanotidagi maktub umri juda qisqa. Sevgida paysalga solib bölmaydi.

Aliya şeʼriy eksperimentlarga qiziqadi. Nimani yoziş emas, qanday yozişni ham köp öylaydi. Uning “Sensiz kunlar” deb atalgan yigirma olti qatorlik şeʼrining yarmidan köpi faqat atov gaplardan iborat. Telegramma usulida bitilgan bu şeʼrda odatdagi musiqiylik yöq. Öqirman har sözda bir töxtalişga majbur. Bir töxtaliş bir öylaniş demakdir. Öylaniş esa mohiyatni ang­laş yöli:

 

Tong. Uyğoniş. Nonuşta. Işga.

Kunduz. Uyga. Tuşlik va qaytuv.

Oqşom. Uyga. Dasturxon. Kino.

Tun. Ming öyga ulangan uyqu.

Töqinib-töqinib öqiladigan bu şeʼr sevgisiz kunlarning ğaribligini körsatişga xizmat qiladi.

Şunga öxşaş iqror buxorolik yoş şoira Madina Baxşilloyevaning “Işq nuri” kitobidagi “Sening yuragingda…” şeʼrida ham uçraydi:

 

Sening yuragingda yaşaş baxt axir,

Könglingga yaşirgan eng xuş mavoman.

Ey, işqning sarvari, bil, mening uçun

Sen Odam Atosan, Odam Atosan!

Bu hol qavariq tuyğular öxşaşligi qavariq ifodalar öxşaşligini ham keltirib çiqarişi mumkin ekanligini körsatadi.

Madina – işq bilan oğrigan yuraklar kuyçisi. U oşiq dardini teran his qilgani uçun dardmanni emlamoq istaydi: “Köksingda osmonning guli bor, Osmonlar naqadar betakror. Köksimda könglingning izi bor, Yuragim baxtiyor. Baxtiyor! Qorlarning hidi bor dardingda, Dardlaring qordanda beğubor. Azizim, xayolim – xa­yoling, Jimgina öylaydi beozor”. Bu misralarda dardkaşlik tuyğusi ustuvor.

Zilola Yaxşiyevaning “Sevgi sohili” deb nomlangan töplamidagi şeʼrlar, öziga xos sami­miy ifoda yösini bilan eʼtiborni tortadi. Zilola işq olovida yonmoqdan ozorlanmaydi, yirik tuyğularni börtiq ifodalaydi:

 

Közday yaqin edik bir-birimizga,

Men yerga egildim, sen kökka yetding.

Kutdim qönğiroğing daqiqa sayin,

Ön yetti yoşimday olislab ketding.

Közimda hovuçlab yurganim soğinç,

Ğururni parçalab holing söraman.

Barça yozganlarim özing haqdadir,

Nahotki, men seni yaxşi köraman?!

Işq yölining tikanzor ekani, sevgining adoqsiz sinovlari şoirani iztirobga soladi: “Men könglimga yulduzlar ekdim, Dedim: “Şeʼrga ovunsin jonim”. Goho böldim hajrdan ado, Goh kölmakda qoldi osmonim”. Şoira fojia zamirida kulgi köra biladi.

Baʼzan Zilolaning şeʼrlarida toğlarni örnidan qözğatguvçi isyon zabti aks etadi. Şoira “Ketaman” şeʼrida yozadi: “Ğamlarning bağridan yulqinib, Xudoga işqdan arz etaman. Istasang, suvdanmi, ötdan top, Könglimni otaman, ketaman. Men suysam, men kuysam, kimga naf? Joningdan sadaqa balo daf. Nomingga bir dunyo şeʼr atab, Könglimni otaman, ketaman.

Yoş şoira Zarnigor Tursunovaning “Oşufta gullar” kitobidagi şeʼrlarda uning yoşidagi odamlarga xos yösinda sevgi iztiroblari kuylangan. Şeʼrlari orasida lirik qahramoni holatini tabiat manzarasiga uyğunlaştira bilgan, odam ruhiyati tovlanişlarini işonarli aks ettirgan örinlar bor. U “Yiğlolmadim” şeʼrida yozadi:

Yiğlolmadim alamimdan heç,

Men uçun ham yiğladi osmon.

Ğam közidan tökilgan yoşlar,

Yuragimga yoğmoqda hamon.

“Osmon körpasi” deb nomlangan kitob muallifi Mukarrama Xuşmurodova – ön sakkiz yoşda. Uning kitobidagi ayrim şeʼrlarda ança zalvorli tuyğular aks etgan. U “Intizor” şeʼrida yozadi:

 

Boşim borib osmonga tegdi,

Dunyo senga yetmadi böyim.

Meni telba qilmoqçimisan,

Halovatim öylagan öyim.

“Ikkimizdan qolsin alanga” kitobi yozari Nas­rulla Ergaş – köngliga safar qilişni, ola­m-u odamlardan köra, öz ruhiyatini tekşirişni yoq­tiradigan ijodkor. Şeʼrlarining birida insonlik va şoirlik qismati borasida çiqargan poetik töxtam çinakam ijod fojiaga eşligi va çinakam odam mangu sinovlar oğuşida ekanini mutlaqo özgaça yösinda ifoda qiladi:

 

Rauf “uf” tortadi,

“voh” deydi E. Voh.

Söngra qobirğamning ostida

oh çekar bir şoir,

çekar Nasrul Oh…

Asl şeʼr yöqotişlar evaziga topilişini yaxşi ang­lagan Nasrulla oh çekişga ruhan tayyor. Quyidagi şeʼrda şoirning yöqotişlar evaziga qölga kiritgan topildiği kölami aks etadi:

 

DÖSTIM MЕNGA QILAR XIYONAT,

taşlab ketar sodiq sevgilim

yoki xalqim tuşunmas meni…

Eng gözal şeʼr yozmoğim uçun.

Qoidaga muvofiq bultur bosilib çiqqan kitob­larga kirgan şeʼrlardagi kamçiliklar haqida ham bir neça oğiz töxtaliş kerak edi. Lekin har biri neça önlab şeʼrlarni öz içiga olgan ellik beş şeʼriy kitobdagi kamçiliklarni tadqiq etiş uçun alohida bir kitob yoziş kerak böladi.

Qozoqboy YÖLDOŞ,

pedagogika fanlari doktori, professor

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (147)