6 daqiqada öqiladi

471 marta körilgan

Bir tirnoqning izidan…

Bir tirnoqning izidan...

1

Yöl körindi Termiz tomonlarda. “Hayyo-huyt” deb safarga otlandim – körganlarim bir olam taassurot böldi, körmaganlarim ham. Xalqaro baxşiçilik festivali baxşi degan qavm­ning qaddini bir rostladi, tik böldi, lekin festival ham maqtasa maqtagudek böldi. Men bir toğ körmagan, tirik baxşini tinglab ulğaymagan odam uçun festivalga boriş imkoni qandaydir yoruğlik bölib körindi, haq rost, bir dostonni oxirigaça eşitmay, xalqning rosmana xazinasini bilmay yuravergan ekanman, puşmon yedim, özimga “şunday yurtda Alpomiş va Barçinoy haqida kitobdan öqib odam böpsan, uyalmay öl”, dedim. Alqissa, festivalning dovruği doston böldi, borganning boşi osmon böldi. Barini bir boşdan aytayin, gapimga yolğon oralasa, bu yöldan qaytayin. Dam şu damdir, özga damni dam dema, aytaring köp, söyla, gapim kam dema, deb edi burungilar…

2

Dostonlar millatning ruhini tarbiyalaydi, baxşilar şu sababdan ham uluğ insonlar. Xal­qaro baxşiçilik sanʼati festivali birinçi marta bejiz Termiz şahrida taşkil etilmadi. Şunday anjumanni ötkazişga Alpomiş diyoridan boşqa munosib joy bormi, yaxşilar?

Prezident Şavkat Mirziyoyev baxşi­çilik sanʼatini milliy madaniyatning öziga xos “taşrif qoğozi”ga aylantiriş kerakligini taʼkidladi. Yurtboşi “Baxşilar nafaqat xalq ötmişi­ning aks-sadosi, ayni paytda bugungi kunning ham jarangdor ovozidir” deb turganida öz sanʼatimizning qadriga özimiz yetişimiz kerakligini fahmlay boşlaymiz.

Zap iş bölgani aniq, yaxşi anʼanaga tamal toşi qöyildi: baxşilar festivali endi har ikki yilda bir marta anʼanaviy tarzda ötkaziladi.

Termizga borgan kunim “Surxon yoşlari” gazetasining boş muharriri Isroil Şomirov bilan festivalni qanday qilib olamga yoyiş haqida mubohasa qildik. Ikkimizga ham tuşgan masʼuliyat şu.

– Jurnalistlarning harakati yomon emas, lekin köngil tölmayapti-da. Men boşqa narsa öylab edim – öxşamayapti, – deydi Isroil aka.

– Ayting, öxşatamiz, – deyman men.

– “Falon yerda festivalga bağişlab falon narsa böldi” degan axborotdan boşqaga ötişmayapti bular. Baxşiçilikning ruhini oçib beradigan materiallar yozilmayapti, – deb Isroil aka nimadir esiga tuşganday, “menda bir zör narsa bor” deb telefonini çuqalay boşladi.

Isroil aka uzoq yillardan beri surxon baxşilarining aytimla­rini yozib olib yiğib yurar ekan. Yozib olingan termalarda kitobiylik yöq, baxşining oğzidan qanday çiqqan bölsa, qoğozga şunday tuşirilgan. Ulardagi ruh odamga kimligini anglatadi, doston eşitmay ulğayganingdan afsus tuyasan. Isroil aka haq edi, biz odamlarga şuni anglatişimiz kerak.

3

Baxşilarni izlayman, gurunglaşgim keladi, söz bilan adoğiga yetib bölmaydigan gurunglar. Festivaldan bir kun oldin baxşilar yiğildi. Ajab tomoşa böldi. Şoberdi baxşi söz olib, davrani bir qalqitsa, Abdunazar baxşi aytimning davomidan ilib ketadi, davra yana bir qalqiydi. Keyin bu qa­torga yoş baxşilar qöşiladi.

Alqissa, Şoberdi baxşi aytadi: “Asta qarang-da, Qultoy chol, Yoydi borib-a ushladi, Shartillatib-a yoydi tortdi, Yoylarding öqi-yay, qarang-a, Izillab çambarga ketdi, Ultontozning kökragidan, Qarang-a, teşib-ay ötdi”.

Dömbira çertiladi, yurakni tub-tubigaça yetib boruvçi bir zarbda çertiladi. Ting­lovçining ruhini qözğay beradi har çertki. Abdunazar baxşi davom qiladi: “Dömbiram, söyla tor bilan, quşlar uçadi por bilan, Baland toğlar çiroyli, boşida öpqor qor bilan, Hazillaşmang zör bilan, kötarib urar jer bilan, Ikki oğiz terma aytayin qölimda qöşa tor bilan”.

Qora baxşi tinç turarmidi, qöymaydi, “Nurali” dostonidan bir parça aytayin deb turgan joyi:

“…Hö, alqissa, Nurali Sayriboğda Ahmad Sardorning qizi Guloyimga duç kep qoldi. Qizlarning sarasini Guloyim der edi, bilganlar uçasini muloyim der edi, özi ölguday duzzi edi, Ahmad Sardorning törtinçi qizi edi, yoşi yigirmadan ötgan edi, teng-töşlari turmuşga çiqib ketgan edi. Böyi-basti kelişgan edi, öziyam rosa tölişgan edi. Yuzini körmagan yigitlar men olayin, deb ustida ölişgan edi. Özi oqqiz edi. Çaynagani saqqiç edi, közlari kök qiz edi. Beti çötir edi, nonparlagan patir edi, buning ustiga qayeridir qötir edi. Özi şoşib yurar edi, qötiri şu yerda bölsa kerak – bir joyini qaşib yurar edi. Soçi taqimidan oşar edi, zulpagi kökragiga tuşar edi…”

Şoberdi baxşi davra törini olib yana söz boşlaydi. Köp narsalarni gapiradi, lekin bir gapi quloğimda qolib ketdi: “Ahli surxon, qara, bir tirnoqning izidan Termizga şunça mehmon keldi…”

4

Ittifoqo, festival kunlari Ismoil­xon baxşi bilan suhbatlaşdim. Bir davrada Ismoilxon baxşi tört qator şeʼr öqiydi:

Otang bölsa, toğ ekan,
Onang bölsa, boğ ekan.
Otasi yöq, onasi yöq,
Yuragida doğ ekan.

Şu şeʼrni eşitib rahmatli Abdulla Oripov yiğlab yuborgan ekan.

“Baxşiçilik tirikçilik manbasi, daromad topiş usuli emas. Özim suvçi – mirobman. Yoşligimda otamning dömbira çertib, dostonlardan parça aytib berişiga işti­yoqmand bölib, men ham qölimga dömbirani olganman. Nega xalq oğzaki ijodi namunasi – baxşilar aytib berayotgan dostonlar davrlar ötsa-da, jamiyatda öz örnini yöqotmayapti? Gap şundaki, u har bir davrda insoniy fazilatlar, iymon va eʼtiqoddan söz oçadi, şunga tarğib qiladi. Eşituvçi nohaqliklardan jirkanib, yoruğlikka intilişi lozim”, – deydi Ismoilxon baxşi Anvarov.

Baxşida dardni his qiliş iqtidori borligi, iqtidorki tuğma…

Festivalda dunyo baxşilari öz xalqining dostonlarini mahorat bilan kuyladi. Ötirganlar sel böldi, iç-etini yer böldi.

5

Festival boşlangaç, kunning ikkinçi yarmida mahalliy baxşilarning tanlovini borib köraman – doston aytimiga mahliyo bölaman, ğujurim qözğaydi. Baxşilar hakamlar aytgan dostondan söralgan parçani aytişarkan, söz bilan dömbiradan taralgan ohangning birikuvi yomğirdan qoçib uyga kirgan bolakayday odam­ning ruhiyatiga kirib oladi. Özimiznikini eşitib bölib asosiy sahnaga qarab yuramiz. Bu yerda endi dunyo dostonçiligi bizni maftun etadi. Afğonistonlik baxşi Arna baxşi (Şervan Arna Juma) “Oşiq Ğarib va Şohsanam” dostonining afğonça talqinini ijro etdi – bu ijro ikki qardoş xalqning bir-biriga muştarak ruhiyatini namoyon qildi. Erondan kelgan baxşilar Ali Rizo Sulaymoni u bilan Hamid Sulaymon uning çiqişi ham özgaça, Eron dostonçiligi bilan dunyo baxşilarini boxabar qildi ular. Kuy va qöşiq millat tanlamaydi, deganlari rost-da! Koreyadan taşrif buyurgan “Hanmyra Art” guruhi ham, Ozarbayjondan kelgan “Oşiqlar” dueti ham, serbiyalik Zoran Samardziç-u mongoliyalik Avermed Baldandorj ham öz xalqining qadim xalq oğzaki ijodi namunalarini ijro etarkan, aytilajak qöşiqlar qalbga oson joylaşadi, xuddi “Alpo­miş”-u “Göröğli”ni tinglagandek huzur qiladi kişi. Oxirida esa baxşiçilik sanʼatiga oşiq köngillarni titratgan baxşilar tanlov ğolibligini uloqni ayirib olgan çavandozlardek bölib olişdi. Uloq qozoq oqini Uljan Baybösinovada ketdi, turkman bax­şisi Kervan Yovbasarov, özbek baxşisi Abdunazar Poyonov, rossiyalik Ilgam Baybuldinov, ozarlar­ning “Oşiqlar” dueti, qoraqalpoq jirovi Gulnara Allamberganova ham uloqdan bebahra bölmadi. Heç kim xafa bölmadi, ğoliblar bisyor böldi, mukofotlar ham.

6

Hö, alqissa, festival-ku soz böldi, lekin könglimda paydo böldi xavotirlar. Baxşilar köp, lekin doston bilişmaydi, baxşilar köp, badiha qilişga iqtidori kam. Qadim baxşiçilik­ning formasi qolgani heç kimga sir emas, köza bor – may yöq, nay bor – nafas yöq.

Arra deb atalmiş zikri baxşilarning may tomon yölak oçadigan texnosi, ehtimol. Gohida kimlardir ruhiy iztirob çekkanda, beixtiyor tomoğidan arralaganini seziş mumkin, qonda bor, lekin odamning özi sezmaydi.

Vaqt ötdi, baxşilar ham tuzumlarni alqagan bölişdi, formasi tubanlaşdi. Qadim dostonlarni yoddan, şunçaki, dasturlanganday aytib boşlaşdi, zotan, baxşi­çilik avvalgi nufuzidan ança uzoqlaşgan, hozirgi baxşilar qadim baxşilarning so­yalari, xolos degan öy odam xayolida kuçli örnaşib qolgan.

Lekin festival anʼanaga aylanadi, şunda tarqab ketadi bu xavotirlar.

Aytarlarim köp edi, taassurotlarim möl edi – nima qilay eng zör baxşi oğzimga tuf­lasa bölarkan, sözga çeçan bölarmidim. Xalqda ixlos bor-ku şunday.

Abdunabi akaning gaplari bilan sözimni tugal qilsam, “Hay, yoray-y-y, sayragan tilla­ringdan aylaniblar ketay, dömbira! Voy, yo­­­ray-y-y, möjizakor barmoqlaringdan örgilib­lar ketay, baxşi!..”

Xurşid Abduraşid,

Oliy adabiyot kursi magistranti

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (112)