7 daqiqada öqiladi

675 marta körilgan

Maqsad – talant tarbiyasi

Bahodir Karim

Isteʼdod – xalq mulki. Maʼlum va maşhur uşbu taʼbirni köpçilik biladi. Bebaho xazina hamişa eʼtiborga, ehtiyotga, himoyaga, qöriqlaşga, sayqal va hatto, köz-köz qilişga munosibdir. Isteʼdodli insonlarning dunyoga kelişi, bu isteʼdodni ilğaş va uni yuzaga çiqariş millatni har jihatdan yuksak maqomlarga olib çiqişi mumkin.

XXI asr boşida Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi bilan hamkorlikda Özbekiston Milliy universiteti qoşida Oliy adabiyot kursi taşkil qilingan edi. Biroq uning iş faoliyati uzoq davom etmadi. 2001–2009-yillar mobaynida faoliyat yuritgan bu Oliy adabiyot kursi yoşlarning adabiy tafakkuri va qalamini çarxlaşda imkon boriça öz vazifasini bajardi. Ammo kursning moddiy taʼminoti, rasmiy-huquqiy maqomi va bitiruvçilarga beriladigan hujjatlar ustida muammolar paydo böldi. Şunday bölsa-da, öşa Oliy adabiyot kursini bitirgan bir qator isteʼdodlar öz tahsilidan mamnun bölganini yaşirmadi. Bugun ular jamiyatning turli madaniy-maʼrifiy, adabiy jabhala­rida – naşriyot, matbuot, televideniye, Yozuvçilar uyuşmasi tizimida samarali işlab keladi. Ular ikki yillik öqiş davomida olam-jahon adabiy-nazariy yangiliklar, maslahatlar, öz ijodiga yordam beradigan bilimlar olganini, qizğin adabiy uçraşuv va suhbatlardan bahramand bölişganini har vaqt mamnuniyat bilan eslaganlariga men guvohman.

Matbuot turli janrdagi “badiiy asarlar”ga töldi. Naşriyotlarda turli saviyadagi “badiiy asarlar” paydar-pay bosildi. Oddiy sözlar yiğindisiga gözal şeʼr sifati, bir marta öqişga arzimaydigan quruq voqeanomalarga hikoya, qissa yoki roman sifati berilayotgan holatlar kuzatildi. Aslida, betöxtov turli kitoblar, hatto köpjildliklar naşr ettiriş ham katta adabiyot maydonida heç narsani anglatmasligi mumkin. Yozilgan narsalarning darajasi, inşolardagi sayozliklar isteʼdod tarbiyasi bilan maxsus şuğullaniş, ularga yöl-yöriq körsatiş, “Mahorat maktabi” maşğulotlarida tajribali adiblar maslahatini olişga zarurat borligini körsatdi. Şunga köra, Oliy adabiyot kursi ötmişga aylanmasdan milliy adabiyotimizning kelajagi – yoş adiblarni tarbiyalaydigan çinakam maʼrifiy maskan bölişiga ehtiyoj kundan kun ortdi.

Şu maʼnoda Respublika Prezidentining “Özbekis­ton Yozuvçilar uyuşmasi faoliyatini yana-da takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarorida yoş isteʼdodlar tarbiyasiga alohida urğu berilgani, xususan, Alişer Navoiy nomidagi Toşkent davlat özbek tili va adabiyoti universiteti tarkibida Oliy adabiyot kursi taşkil etilgani köpçilik yoşlarni quvontirdi. 2018–2019-öquv yilida Oliy adabiyot kursi qaytadan yangi bir yösinda iş boşladi: dasturlari, iş rejalari yangilandi; kurs maqomi magistratura darajasiga kötarildi.

Har qanday yoş nihol kamoloti uçun doimiy eʼtibor va parvariş zarur. Har kim öziça qalam tebratib, xayoliga kelganini yozgani bilan uzoqqa bora olmaydi. Jahon adabiyoti tarixida hamma vaqt umrboqiy asarlarda umuminsoniy masala va muammolar yuksak obrazli tafakkurning adabiy-nazariy qonuniyatlari asosida taqdim etilgan. Ming yillik mumtoz adabiyotimiz tarixida ham ijod ahli tarbiyasi bir neça minglab misra şeʼrlarni yodlatiş bilan birga “ilmi bade”, “ilmi aruz”, “ilmi qofiya” kabi nazariy bilimlar maxsus örgatilgani moziy haqiqati.

Ilm – ijodkor uçun tuganmas maxzan. Adabiy tahsil – ijodkor uçun maʼnaviy ozuqa. Ijodkor­ning öz vaqtida adabiy-nazariy bilim olişi uning badiiy tafakkur kuç-quvvatini sarflaş yölida yordam beradi.

Ijodkor har kuni, har soat va har lahzada ijoddan bezovta yurgan, qalb közi oçiq va betöxtov izlanişdagi odamdir. Ijodkor uçun baʼzan hafta kunlarining xronologik tartibi özgaradi, gohida tuş bilan xuş yoki kun bilan tunning örni almaşadi. Çinakam ijodkor peşonasiga haqiqatni yoziş, adolatga sadoqat, töğrini yoqlaş, gözallikdan zavqlaniş, eng muhimi, öz xalqiga, Vataniga, qölidagi qalami – öz yuragiga xiyonat qilmaslik kabi fazilatlar bitilgan böladi.

Ildizi mustahkam viqorli toğlar Yer şari harakatidagi muvozanatini saqlab turadi. Gözal adabiyot insoniyat hayot tarzini adabiy-estetik, axloqiy-etik mezonlarga soladigan maʼnaviyat toğlaridir. Iymon nuri maʼnaviyat obidalarini iç-içidan yoritadi, ularga toza-pokizalik baxş etadi. Ijodiy faoliyatning uzun yölidagi har bitta bekat muhtaşam adabiy durdonalarning tavallud manzili sanaladi. Yaxşi kitob yoziş adiblar ijodiy biografiyasini bezaydi. Ijodkor qalbi daryodek toşqin keladi. Öz vaqtida kerakli özanlari sari buriş natijada bunday daryolar ummonlarga ulanadi…

Oliy adabiyot kursida öqiydiganlarninggina emas, balki ularga taʼlim va tarbiya beradigan ustozlar zimmasida ham ulkan masʼuliyat yuki bor. Özi tarbiya körmagan odam birovga tarbiya bera olmaydi; gapi yuqmaydi. Murabbiy hamişa maʼnan yuksak bir rutbada turgan odamdir.

Oliy adabiyot kursida öqiyotgan yoşlar tabia­tini ozgina bölsa ham bilaman. Ularning har biri bir olam, biri-biridan özib ketişni istaşadi. Özaro adabiy bahs-munozalari qiziydi. Birining gapi boşqasini öyga toldiradi; gohida ular orasida bir qator körkam misrasi uçun aytilgan ol­qişga butun boşli bir oylik stipendiyasini sarflab kursdoşlariga bazm uyuştirib beradigan toifasi ham topiladi. Qolgan kunlari saboqdoşidan qarz oladi yoki qotgan non bilan obijöş tanovul qiladi. Bu­ning oqibatida esa döstlik, özaro maʼnan yaqinlik va umrlarga tatigulik fayz-u tarovat şakllanadi. Umuman, ijodkorlarning qiziq tabiati haqida öylaganda şu kabi köp fikrlar xayolda keçadi.

Alişer Navoiy nomidagi Toşkent davlat özbek tili va adabiyoti universitetidagi Oliy adabiyot kursida yoş isteʼdodlarga çuqur taʼlim beriş uçun barça imkoniyatlar bor. Qolaversa, talant tarbiyasi öz farzand­lari kelajagiga befarq bölmagan har bir insonning işi sanaladi. Oliy adabiyot kursi magistrlari uçun universitet professor-öqituvçilari bilan birga Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi aʼzolari, taniqli adiblarning maxsus “Mahorat sirlari” böyiça amaliy-seminar maşğulotlari ham taşkil qilinib kelmoqda. Quş tilini quş biladi.

Ijodkor şaxsiyati va badiiy asar, ijodkor sözi va amali – bu juftliklar özaro ajralmas, özak masalalardir. Taʼlimda yoş ijodkorlarning qalami va dunyoqaraşi­ni durdona asarlar yoziş tomon yönaltiriş, ijodning tabarrukligi, sözning qadrini, qoğoz va qalam vositasida mudragan yuraklarni uyğotuvçi çinakam sanʼat namunalarini bunyod etiş yöllari örgatilişi kerak. Bunday adabiy-nazariy ögitlar hosilasi umrboqiy gözal asarlar bölişi aniq.

Yoş ijodkorlarning ortiqça manmanlik va manfaatga berilib, ozgina maqtovdan taltayib ketmasliklari, xolisona aytilgan tanqidiy fikrlarni töğri qabul qilişlari uçun ularga başariyat tarixida asrlar böyi sinovdan ötgan odamiylik va kamtarinlik ilmidan sa­boq beriş örinli böladi. Şu maʼnoda hazrat Navoiy­ning “Odami ersang demagil odami, Oniki yöq xalq ğamidin ğami” degan bebaho hikmatlarini özlariga hayotiy va ijodiy dastur qilib oladigan adabiy avlodlar tarbiyasi Oliy adabiyot kursi zimmasiga tuşadi.

Ijod ahli hamişa odamlarning yuragiga quloq tutişi, ularning qalb amrini anglab, töğri yöldan borayotganlarga ilhom, qanot va qanoat berişlari, ayni çoğda, jinday adaşganlarni özlarining ötkir, sehrli sözlari bilan töğri yölga boşlaşlari kerak. Buning uçun har bir yoş qalamkaş öz “meni”ni, estetik idealini tölaqonli şakllantirişi, milliy qadriyatlarni eʼzozlaşi, söz sanʼatini moddiy manfaatlarga, yengil-yelpi şuhrat-u qarsaklarga alişmasliklari lozim. Oliy adabiyot kursi kelgusida şunday oliyjanob, özbek adabiyotining buyuk kelajagi uçun tinmay, tunlarini bedor ötkazib çin yurakdan ijod qiladigan adiblarni tarbiyalaşdek missiyani ado etişi şart.

Aynimasdan tuşunarli yoziş, bilib, öylab, anglab va sezib yoziş – umuman badiiy asarning bunyod böliş omillarini jahon va milliy adabiyotşunosligimiz negizida teran anglaş – bu ham yoş isteʼdodning saodati. Alloma adibimiz Abdulla Qodiriy aytadiki: “Yozuvçining özi tuşunib, boşqalar tuşunmasligi katta ayb. Aslida yozuvçilik aytmoqçi bölgan fikrini hammaga barobar anglata bilişda, oraga anglaşil­movçilik solmaslikdir”.

Bugungi yoş ijodkorlar tafakkuri darajasini inson qalbining haqiqiy muhandisi degan baland rutbaga kötariş, şuningdek, ular ong-u şuurini nafosatning odamlarga zavq-şavq ulaşişdek saxovat nuri bilan yoritiş kerak. Şu eʼtibordan:

“Butun kuçni xalq içidan olaylik,

Quçoq oçib xalq içiga boraylik!”

degan çölponona çaqiriq mohiyatini teran anglaş lozim.

Badiiy ijodni qismat deb bilgan yoşlarni tarbiyalaş jarayonida ularga söz sanʼatining qonuniyati va falsafiy-estetik mazmunini, obrazlar olami va ramzlar tilini, konseptual abadiy mavzularni aniq va ravşan tuşuntiriş özbek adabiyotining yaqin kelajakdagi jahoniy dovruği uçun zamin hozirlaşi mumkin.

Ayniqsa, bugun el-yurt, Vatan va millat dardi bilan yaşab, qalam tebratayotgan yoş isteʼdodlarga özbek va dunyo adabiyotining boy tarixini, adabi­yotşunoslik nazariyasi, ijod psixologiyasi, maşhur adiblarning ijod laboratoriyasi sirlarini tizimli örgatiş, albatta, özining ijobiy samarasini beradi.

Yana bir mulohaza: Oliy adabiyot kursiga qardoş qöşni respublikalardan, umuman, uzoq va yaqin xorijdan özbek adabiyotining eng nodir namunalarini öz ona tillariga tarjima qiladigan yoş adabiyotçi-tarjimonlarni ham qabul qiliş masalasi ham kun tartibida turibdi. Samarqandda bölib ötgan “Şeʼr oqşomlari”ga qatnaşgan qardoş respublikalardan kelgan yoşlar bilan suhbatlaşganimizda ularning Özbekiston adabiy muhitiga talpinişlari, xususan, Ozarbayjon, Qozoğiston, Qirğizistondan kelgan yoş adiblar bizdagi Oliy adabiyot kursida öqiş istaklarini bildirişdi. Yaqin qöşnilar bilan böladigan bunday ijodiy hamkorlik, tahsilning huquqiy meʼyor va maromnomalarini işlab çiqiş lozim, menimça. Özbek adabiyotining dunyoga çiqişi va millatla­r­a­ro adabiy aloqalarning kuçayişiga Oliy adabiyot kursida taʼlim oladigan öşa qardoş millatlarning isteʼdodli yoşlari öz uluşlarini qöşişlari kutiladi.

Umuman olganda, uşbu Oliy adabiyot kursi respublika maʼnaviy-adabiy muhitining tozarişi, zamonaviy özbek adabiyoti taraqqiyoti uçun xizmat qilişi tabiiy. Ezgu işlarga ezgu tilak, orzu-niyatlar yaraşadi. Oliy adabiyot kursidan özbek millatining nomini, şon-u şuhratini dunyoga tanitadigan, jahon adabiyoti xazinasiga öz hissasini qöşadigan adiblar yetişib çiqsin. Bunday çöng orzu röyobini köriş har birimizga nasib etsin.

Quyida Oliy adabiyot kursida tahsil olayotgan yoş ijodkorlarning ijod namunalaridan öqiysiz.

Bahodir KARIM,

filologiya fanlari doktori, Alişer Navoiy nomidagi Toşkent davlat özbek tili va adabiyoti universiteti professori

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar (2)

  1. Laziza Inamqulova

    Maqolani öqib tölqinlandim. Maqolada keltirilgan kamtoranalik, tanqid va tahlillarni töğri qabul qilişni örganişga özimda ehtiyoj va xohiş sezdim. Havaskorlik darajasida qolib ketmaslik hamda adabiyotga nimadir beriş uçun uzoq va ğayratli yölni matonat bilan bosib ötiş lozimligini angladim. Maqola uçun lutfan rahmat!

  2. Ğiyosiddin Önarov Tahririyat

    Taşakkur!

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (112)